Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
"Qalblar tabibi" deya e'tirof etiladigan zotning mashxur kitobi...
Ey, farzand

Azon aytilganda uni tinglamasdan boshqa narsalar bilan mashg'ul bo'lish - o'sha kishining iymonida nuqson borligini ifodalaydi...

Sevsang Alloh uchungina sev, sevmasang Alloh uchungina sevma!

Qadarni Allohdangina ekanligini bilmagan inson uchun bu dunyo azobdan boshqa narsa emas...

Orifning uch alomati:

Jimligi (sukuti) -tafakkur
Boqishi (qarashi) - ibrat
Xohishi (istagi) - ibodatdir

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 💞
👍1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xatolar bu tajriba yani ildiz otishdir...
Kimni ildizi chuqur bo'lmasa tez singani kabi tajribaga sabab bo'luvchi xatolar ham kerak. Zero har ishda hayr...

Biz g'alaba qozonamiz
Shuhrat Sattorov

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Assalomu Alaykum va Rohmatulloh
Yuragi kitob deya uradigan Kitobxon azizlar salomatmisiz?

Sabringiz va sadoqatingiz uchun tashakkurlar...

Robbimiz qodir qilsin bugundan boshlab kanalimiz yangi mavsumni boshlaydi, endi sizga taqdim etadigan kitoblarimiz soni 10 barobarga ko'paydi...

Yomon kitob oʻqimoq bu xiyonat. U biz oʻqimagan minglab yaxshi kitoblardan mahrum qiladi...

Sizlarga Taskin ulashishdan baxtiyormiz!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Jannat kaliti

Daryo sohiliga keluvchi yo‘lovchilar otini bog‘lab qo‘yishi uchun qoziq qoqib qo‘ygan kishiga Alloh taolo tomonidan savob yoziladi. Lekin bu qoziqqa qoqilib, yiqilib tushmasinlar deb, uni olib tashlagan inson ham savobsiz qolmaydi. Eng ahamiyatlisi - niyatning yaxshiligidir.

Ahmad Lutfiy (3/1)

Insonlik mezoni xafa bo‘ladigan, qayg‘uli xodisalar oldida g‘am chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
...Bolasi yig‘lasa, ayb menda, deb o‘ylab, eziladi. Aytganini muhayyo qilib, ko‘ndiradi. O‘g‘li: «Otam mening ko‘nglimga qarab yashashi kerak ekan», deb ishonadi. Katta bo‘lib, talabni oshiraveradi. Shunday qilib, ota o‘zi dunyoga keltirgan bolasining quliga aylanadi...

Farzandingizni tarbiya qilishga urinmang, u baribir sizga o'xshaydi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
Halqa

…O’z nafsini yaxshi bilgan musulmon Islom haqida gapirishdan hayo qiladi…
Islom olamlar Robbisi Allohning insoniyatga tushirgan Dasturidir. Bu dasturni musulmonlar amalga joriy etamiz, shu asosda yashaymiz deb qabul qildilar. Biroq bu vada ustida turolmagach, inson Islom haqida so’zlashga hayo qiladi. O’zini tanigan mo’min Islom haqida, Allohning dini haqida iztirobsiz, azobsiz gapira olmaydi. Bu Allohning oldidagi javobgarlik, mas’uliyat hissidir…


Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍41
Ey qizim

Millatning darajasini mana shu millat ayoli belgilaydi. Chunki hech qachon xalq ayolidan baland bo'lolmaydi. Negaki xalq shu ayolning mahsulidir... Millatning kelajagi bugungi ayolning ongi bilan belgilanadi...

Ayolning baxti tilidadir.

Hayotda eng yomoni o'zgadan jon va mol qarzdor bo'lib qolishdir, Yaratgan kechishi mumkin ammo bandasi kechmaydi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📚
👍1
Qaror-tanlovlar - hayotning mohiyati, biz aslida o'z qarorlarimizning natijasimiz. Ikkilanish o'z xohishini bilmaslikdan yuzaga keladi.

Shuuringizga diqqat qiling. Shunda undagi istaklar so'zga aylanadi. So'zlaringizga
diqqat qiling - ular harakatga aylanadi. Harakatga ergashing - u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qiling, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa sizning taqdiringizdir...

Biz g'alaba qozonamiz kitobidan

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
Ilm olish sirlari

Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo'ladi...

Kimni ilmi bilan muammosi bo'lsa bilsinki uning Ustozi bilan muammosi bor...

Agar ko'p gapiradigan kishini ko'rsang majnun ekaniga, aqli zaiflashib qolganiga aniq ishonavergin!

Amal ilmning qanotidir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍2
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Alfido

Ta'lim dargohlarida jonzotlarning qancha turga ajralishi haqida gapirganlar inson joynamozda oladigan nafasning isidan og'iz ochishmadi.
Imtixonlardan o'tolmasak,yana bir yil o'qishimizga to'g'ri kelishini aytishdi- yu, qabrda qaytadan imtixon topshirib bo'lmasligi haqida gapirishmadi.
Ta'lim dargohidagi qoidalarni buzsak, jazoga tortilishimiz haqida ogohlantirishdi,biroq Allohning amrlariga itoat etmasak, bizni o'rab olgan rahmatga qarshi isyon ko'targan bo'lishimiz to'g'risida miq etishmadi.
Holbuki,Yo Rab,sening qoidalaringga amal qilganlar hatto chumoliga ham ozor bermaydi.
Holbuki,Yo Rab,sening qoidalaringga rioya qilganlar ikki dunyoda ham saodatga erishadi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍2
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Allohga maʼqul kelmaydigan boshlashlarning oxiri sizni qoniqtirmaydi...

Namoz oʻqish va roʻza tutishga buyurishdan oldin, sharʼiat qonunlarini ishlab chiqishdan oldin va iymon haqida gapirishdan oldin, Alloh “Oʻqi“ dedi...

Men ham tafakkur qilaman

Tafakkur sohib(a)lariga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
👍1
Ҳаёт давом этаверади

Туркиянинг Муғла вилояти Мармарис туманидаги ўрмон ёнғинларидан сўнг табиат ўз вазифасига киришди яна: ҳаёт қайта тикланмоқда.

Биз ҳам табиатдан ўрнак олсак арзийди. Ҳаётимизда қандай ҳодисалар рўй берган бўлишидан қатъи назар, токи тирик эканмиз, ҳамма нарсани тиклаш, янгидан бошлаш мумкин.
@sanjarsaiduz
Qatlnoma

"Qodiriyni anglamasligimizni boisi biz u yashagan zamonni tasavvur qilolmaymiz" degan edi zamonamiz adabiyotshunoslaridan biri...

Millat dushmanlari yani mustabid tuzumning vakillari Qodiriyning asarlaridagi millatni uyg'otuvchi chaqiriqlarni anglolmasdilar. Ularga doimgidek ichimizdan yordam berib yuborganlar...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
"TaskinKitoblar" loyihamizning ilk kitobi ertadan taqdim etiladi...

Aziz kitobxonlar kutganingiz va hamrohligingiz uchun rahmat!

"
Iymon va huzun" Taskin izlaganlar va taskin ulashmoqchi bo'lganlar uchun...

(tez kunda taqdimot qilishni ham rejalashtirganmiz, talab va takliflarni kutib qolamiz...
@taskinkitob

Mahbublargagina ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Sajdada orom bor

Nazar bir qadam, ikkinchisi halokat deb bil ey odam...

Ajabo men ikkita narsaning egasi yo'q: biri - tobut bo'lsa, yana biri mansab deb bilardim.
Uchinchisi ham bor ekan...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Иймон ва Ҳузун

Инсон ҳаёти давомида кўплаб синов-имтиҳонларга дуч келади. Уларни сабр ва сабот билан енгиб ўтиш иймоннинг тақозосидир. Унутмайлик, иймонимизда тушкун бўлсак, ҳаётимиз ҳам тушкун кечади.
Ушбу китобда асримизнинг энг жиддий муаммолари бўлмиш тушкунлик, умидсизлик, асабийлик, беқарорлик хусусида жиддий мулоҳазалар баён қилинган. Тушкун инсонлар иймонсиз эмас, албатта. Лекин тутганимиз иймон шохи бизни ҳаёт ташвишларидан чиқаролмаса, у шохни қандай тутганимизни ўйлаб кўришимиз керак.
Муаллиф бу борада жиддий саволларни ўртага ташлайди ва жўяли жавобларни ҳам ҳикматли тарзда тақдим этади.
Ўқинг, уқинг, мулоҳаза қилинг ва ҳаётга ёруғ назар ташланг...

Мурожаат учун:
@TaskinKitob

Mahbublargagina ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Илк бисмиллоҳини айтаётганида танасининг бутун ҳужайралари титраб кетди ва аста таҳорат олишга киришди. Қўлларини ювгани сайин ёмон хотиралари сувга қўшилиб оқди, юзини ювгани сайин ўтмишидаги зулматлар ўчиб кетди. “Ё Аллоҳ!” деб бошига масҳ тортди ва энг охирида оёқларини ювганида гуноҳларидан сув билан бирга гуноҳлари ҳам тўкилди гўё.
Жойнамозни ёзди. Нафсини Аллоҳга бағишлайдигандек қурбон қилишга тайёрлади ва дунёни ортда қолдириб, ифтитоҳ такбирини келтира бошлади:
– Аллоҳу акбар!..
Энди бор ҳолида Аллоҳнинг ҳузурига ҳисоб беришга келгандек эди. Қуръон ўқигани, гуноҳларини ўйлаган сари ҳисоб бера олмаслик маҳжубияти билан рукуга эгилди.
– Субҳана раббиял азийм...
Эй буюк Раббим, сен барча нуқсонлардан поксан, мен эса чорасизман...
Сўнг минг хижолатда саждага бош қўйди:
– Субҳана раббиял аъла...
Ҳисоб бериш осон бўлмаслигини тушунган эди.

"Излаш"

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar
👍31