Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Oʻtmish va kelajakni yoqib yubormaguningcha Allohni topolmaysan...

Muhiblarga ulashing
@TaskinKitoblar 💞
👍1
BOMDOD SHAMOLI

Bomdod namozidan keyin esadigan ilohiy shamol haqida nima bilamiz?
Sahih rivoyatlarga koʻra Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bomdod namozidan keyin quyosh chiqqunicha uxlamasdan uygʻoq utirganlar. Paygambarimiz sallollohu alayhi va sallam va avliyoullohlarning nega bomdoddan keyin uxlamaganliklarini sababini qidirganlarning qarshisiga quyidagi maʼlumotlar chiqqan.
Bomdod namozidan keyin Alloh taoloning qudrati bilan yer yuziga bir shamol inadi. Bu havo u vaqtda uygʻoq boʻlganlarga Allohning bir lutfidir. Faqat bu havo uygʻoq boʻlganlarga foyda va shifo boʻladi, uxlab yotganlar bu shifodan mahrumdir. Oʻsha paytda uygʻoq boʻlgan jamiki jonlining immuniteti yuksaladi, umri uzayadi, terisi porloqlashadi. Bu shamoldan foyda koʻrganlar ruhiy kasallikka chalinmaydi, xofizasi kuchlanadi.
Bu havo yaʼni yengil shabada quyosh chiqishi bilan yoʻkoladi.
Quyosh chiqqunicha uxlaganlar bu havodan mahrumdir.
Ajoyib bir siri bor bu shabadaning. Bomdodga uygʻonib tahorat olganlarning vujudi magnit kabi bu havoni oʻziga torta boshlaydi. Chunki tahorat olgan kishining vujudi bu havoni oʻziga yopishtirish xususiyatiga ega modda ishlab chiqara boshlaydi.
Tahoratli inson undan xam nafas oladi, ham vujudida toʻplaydi. Bu birikma undagi immunitetni kuchaytiradi. Maʼnaviy foydasi haqida olimlar: “Bu havodan tannaffus qilganlar (nafas olganlar) hilm sohibi boʻladi”, – deganlar. Ruhi huzurli boʻladi.
Endi siz soʻraysizki, bu soatda uygʻoq, ammo tahorat olmagan, namoz oʻqimagan gʻayrimuslimlarning holati nima boʻladi deya.
Alloh taoloning marhamati shu qadar kengki, faqatgina uygʻoq boʻlgani uchun ular xam foyda koʻradi.
Iymonli, iymonsiz, anglagan, anglamagan, insondir, jindir, hayvondir, farqi yoʻq, hammasi u havodan uxlamagani bois foyda koʻradi.
Demakki, faqat uxlab yotganlar bu neʼmatdan mahrum boʻladilar.

Marziya SAYDAM

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Bolaning qalbi aslida oppoq bir qogʼozga oʼxshaydi. Nima narsa naqshlangan, chizilgan boʼlsa, oʼsha qogʼozda shundoqqina qolib ketaveradi. Undagi naqshlarni chizadigan zot ota bilan onadir. Yoinki ota bilan onaning beparvoligi tufayli koʼchadagi boshqa odamlar chizib qoʼyadi. Ota oʼz farzandini iymonli boʼlib ulgʼaytirish uchun nima qilishi kerak? Men bilaman deydigan odamlar oʼzini ovutish uchun qoʼliga maza qilib gazeta, jurnal oladi, bekorchi vaqtini shunga sarflaydi. Mening nasihatomuz gaplarimni ular oʼziga qattiq oladi, gaplarimni eshitgisi ham kelmaydi. Bunday odamlarga koʼproq qaysidir artistning qanaqa qilib kiyinishligi, qanaqa qilib boʼyanishligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kerak. Ular goʼyo yaxshi odamlar yomonlikning oldidan oʼtayotganlarida koʼzlarini yumib, oʼzlarini koʼrmaganlikka olib beparvolik bilan oʼtganidek bolani yaxshi, iymon- eʼtiqodli qilib tarbiyalash toʼgʼrisidagi gaplarga eʼtiborsiz boʼladilar...

Ali Tantoviy ning Ey qizim kitobidan...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🐣
Bir dirham yuz dirhamdan ustun keldi…
(Bir kishi bor yo’g’I ikki dirham puli bor edi, uning bir dirhamini sadaqa qildi. Boshqa bir kishining juda ko’p boyligi bore di, undan yuz dirham sadaqa qildi…)
Kimning himmati qorniga kiradiganga bo’lsa, uning qiymati qornidan chiqadigan narsachalik bo’ladi…

Modomiki, olim kishi bozorda sotuvchilik qilib pul topishga majbur boʻlayotgan ekan, demak, u yashayotgan jamiyat maymunlar jamiyati ekan. Olimiga himmat qilmagan xalq maymun saviyasidagi xalqdir...

Himmat mo'minning quvvati

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Jangchi Akrom Malik

- U tosh haykal...
- Xudo emasmi o'sha tosh haykal?
- Xudo, albatta...
- Nega unda qo'lidan bir ish kelmaydi?
- Tosh haykallar Xudolarning siymosi... Xudolar boshqa yashaydilar...
- Xudolar o'z siymosini hamma bandalarga ko'rsataversa, qadri ham yo'q ekan-da!?

Biz shunday ummatmiz: gunohimizga jazo kechikmaydi. Oxiri zamon Ahmadning ummati esa doimo bir muhlat ustida bo'ladi. Ular Allohning yo'lida sobit va xolis turganlarida butun yer yuziga hukm beradilar, nafs va shaytonga ergashganlarida butun yer yuzining kofir qavmlar ularga hukm beradi. Bu ularga jazo ekanligini kamdan kami idrok etadi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍3
Қадим замонда бир камбағал одам бор экан.
Пешонасида биттагина уйи бўлиб, у ҳам қулаб тушган экан.

Камбағал кўп машаққатлар билан қайтадан уй солибди.

Томига бордон ёпиб, ярмини тупроқ билан бостиргандан кейин қолган ярмини ёпишга пул тополмай, устага жавоб бериб юборибди ва «қолганини кучим етганда ўзим ёпиб оларман», деб янги уйга кириб ўтираверибди.

Бир ўғри бу камбағалнинг уйини кўриб: «Бу одам бойиб қолганга ўхшайди: янги иморат солибди, буни бир боплаш керак», деб томга чиқадиган жойни кундуз куни мўлжаллаб кетибди.

Ўғри тун ярмига келиб, томга чиқибди, энди ҳовлига тушаман деб том устида кетаётганда томнинг оманатгина қилиб бордон билан ёпиб қўйилган жойи ўпирилиб кетибди.

Шу пайтда камбағал уйда ётган экан, ўғри «тап» этиб унинг устига тушибди.
Камбағал қўрқиб кетиб ўғрини ушлаёлмай қолибди.

Ўғри бўлса камбағалнинг уйида ҳеч нарса йўқлигини кўриб, ғазабланиб чиқиб кетибди, эртасига эрта билан подшога арзга борибди.

Подшо:
Кимсан? Нима арзинг бор? деб сўрабди.

Ўғри:

Шоҳим, мен катта ўғрилардан бўламан. Шу кеча бировникига ўғриликка бориб эдим, томини бордон билан омонат ёпиб қўйган экан, ўпирилиб кетди, мен уй ичига йиқилиб тушдим, оёғим синишга сал қолди, — деган экан,

Подшо:
Ҳа, талабинг нима? деб сўрабди. Ўғри:
Уй эгасига жазо берсангиз эди, дебди. Подшо уй эгасини чақириб, ундан:
Шу кеча бу одам томингдан йиқилиб тушгани ростми? деб сўраган экан,

камбағал:

Рост, шоҳим, яхшики менинг устимга тушди, бўлмаса оёғи синарди, дебди. Кейин подшо:

Рост бўлса сени дорга осиш керак, деб камбағални ўлимга буюрибди.
Бечора камбағал, нима қилишини билмай, йиғлаб подшога:

Э шоҳим, менинг нима гуноҳим бор. Томни уста шундай бўш ёпиб кетган, — деган экан,

Подшо:

Ундай бўлса, буни бўшатиб юбориб, дорга устани келтириб осинглар! дебди.
Ясовуллар устани олиб келишибди. Жаллод гуноҳсиз устани дорга осмоқчи бўлганда,

Уста:

Подшо, арзим бор, дебди. Бу гапни жаллод подшога етказибди.
Подшо устани чақиртириб:
Нима арзинг бор? деб сўраган экан,
Уста:

Шоҳим, бу ишда менинг ҳеч айбим йўқ. Бордончи бордонни сийрак тўқиб қўйган экан, билмай ёпаверибман. Агар бордон пишиқ тўқилганда устига одам чиқса ҳам тешилмас эди, дебди.

Подшо устани бўшатиб юбориб, бордончини чақиртирибди:
Бордонни сен тўқиганмисан? деб сўрабди. Бордончи:

Мен тўқиганман, дебди.
Подшо:
Дорга буни осинг! Ҳамма айб шунда экан, дебди.

Шоҳим, сизга арзим бор. Мен бордонни ҳамма вақт пишиқ тўқир эдим, қўшним яқиндан бери каптарвоз бўлиб қолган.

Шу қўшним каптарларини ҳавога учирганда, уларга қараб бордонни сийрак тўқиб қўйибман.
Гуноҳимни кечиришингизни сўрайман, дебди бордончи.

Подшо буни ҳам бўшатиб, каптарбозни олдириб келиб, дорга осишга буюрибди. Каптарбоз айтибди:

Эй жаноб, мен ишқибозлик билан каптар ўйнайман. Бунда менинг гуноҳим бўлмаса керак. Мени ўлдирганингиздан кимга фойда бор, бир камбағални ўлдиргандан кўра, ўша ўғрини ўлдирсангиз эл тинчир эди.

Буни эшитиб подшо:
Дарҳақиқат, ўғрининг ўзи гуноҳкор, сенинг гапинг тўғри! Ўғрини топиб дорга осинглар дебди.

Ясовуллар ўғрини топиб дорга осишибди. Дор паст, ўғри новча экан, оёғи ерга тегиб қолибди. Жаллодлар бориб подшога арз қилибдилар:

Э шаҳаншоҳ, ўғри новчалик қилди, оёғи ерга тегиб қолиб ўлмаяпти, нима қилсак экан?

Подшо:
Шуни ҳам мендан сўраб ўтирасанларми? Агар ўғрининг оёғи ерга тегиб қолган бўлса, гузардан бўйи паканароқ бир одамни топиб, ўғри ўрнига ўшани осавермайсанми? деярмиш.😂😂

Бугунги кунда Халқни бўйи адолатга етиб бора олмаяпти.

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🗯
...yozilishida ishtirok etmagan narsalarimizni o'qishni yaxshi ko'ramiz...

O'zimiz yozganlarni* ham o'qib turaylik...

* amal daftarimiz)

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
XXI asrda qiblani topish

Eng qizig‘i, Internet va sun'iy yo‘ldosh televideniesi o‘zaro tushunmaslik devorini buzib tashlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uchrayapti. Buning sababi juda oddiy:
odamlarning aksariyati hukmron ommaviy axborot vositalari mahsulotini iste'mol qilishadi. Axborot yig‘ayotgan jurnalistlar uchun odamlar xohlagan yangiliklarni tarqatishda ma'lum bir cheklovlar mavjud. Ijtimoiy did, afsuski, fojiali va dahshatlidir. Misol tariqasida Pokistonni olib ko‘raylik. Bu mamlakatda Abdusattor Idhi degan diniy olim boshqaradigan bir islom xayriya jamg‘armasi bor. Bu jamg‘armaning kambag‘al pokistonliklar bepul davolanishi mumkin bo‘lgan yuzdan oshiq shifoxona va
polikilinikalari mavjud. Tinchliksevar Idhi va u mutasaddilik qilayotgan shifoxonalar haqidagi xabarni kechki yangiliklarga chiqarish imkoniyati yo‘q. Buning o‘rniga 5-6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bomba portlagan joydan reportaj, zilzila yoki suv toshqini xususidagi xabarlar beriladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarida siyosiy zo‘ravonlik va tabiiy ofatlardan boshqa hech narsa yangilik bo‘lmaydi. Bu ba'zi musulmon radikallari ishonayotganiday, senzura yoki mutaassiblikning ko‘rinishi emas, aksincha, o‘zaro raqib bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining odamlar e'tiborini tortadigan xabar tarqatishga bo‘lgan intilishi bilan bog‘liq. Ravalpindi yoki Peshavorda yangi shifoxonaning ochilish marosimini ko‘rsatgan televideniening obro‘si oshib qolmaydi. Dunyo ahli so‘nggi bomba portlagani haqidagi xabarni eshitishga ko‘proq qiziqadi...

Timoti Uinter

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
"Qalblar tabibi" deya e'tirof etiladigan zotning mashxur kitobi...
Ey, farzand

Azon aytilganda uni tinglamasdan boshqa narsalar bilan mashg'ul bo'lish - o'sha kishining iymonida nuqson borligini ifodalaydi...

Sevsang Alloh uchungina sev, sevmasang Alloh uchungina sevma!

Qadarni Allohdangina ekanligini bilmagan inson uchun bu dunyo azobdan boshqa narsa emas...

Orifning uch alomati:

Jimligi (sukuti) -tafakkur
Boqishi (qarashi) - ibrat
Xohishi (istagi) - ibodatdir

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 💞
👍1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xatolar bu tajriba yani ildiz otishdir...
Kimni ildizi chuqur bo'lmasa tez singani kabi tajribaga sabab bo'luvchi xatolar ham kerak. Zero har ishda hayr...

Biz g'alaba qozonamiz
Shuhrat Sattorov

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Assalomu Alaykum va Rohmatulloh
Yuragi kitob deya uradigan Kitobxon azizlar salomatmisiz?

Sabringiz va sadoqatingiz uchun tashakkurlar...

Robbimiz qodir qilsin bugundan boshlab kanalimiz yangi mavsumni boshlaydi, endi sizga taqdim etadigan kitoblarimiz soni 10 barobarga ko'paydi...

Yomon kitob oʻqimoq bu xiyonat. U biz oʻqimagan minglab yaxshi kitoblardan mahrum qiladi...

Sizlarga Taskin ulashishdan baxtiyormiz!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Jannat kaliti

Daryo sohiliga keluvchi yo‘lovchilar otini bog‘lab qo‘yishi uchun qoziq qoqib qo‘ygan kishiga Alloh taolo tomonidan savob yoziladi. Lekin bu qoziqqa qoqilib, yiqilib tushmasinlar deb, uni olib tashlagan inson ham savobsiz qolmaydi. Eng ahamiyatlisi - niyatning yaxshiligidir.

Ahmad Lutfiy (3/1)

Insonlik mezoni xafa bo‘ladigan, qayg‘uli xodisalar oldida g‘am chekib-chekmaslik emas, bu hodisalarni sabr va matonat bilan qarshilash va afv etishdir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
...Bolasi yig‘lasa, ayb menda, deb o‘ylab, eziladi. Aytganini muhayyo qilib, ko‘ndiradi. O‘g‘li: «Otam mening ko‘nglimga qarab yashashi kerak ekan», deb ishonadi. Katta bo‘lib, talabni oshiraveradi. Shunday qilib, ota o‘zi dunyoga keltirgan bolasining quliga aylanadi...

Farzandingizni tarbiya qilishga urinmang, u baribir sizga o'xshaydi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
Halqa

…O’z nafsini yaxshi bilgan musulmon Islom haqida gapirishdan hayo qiladi…
Islom olamlar Robbisi Allohning insoniyatga tushirgan Dasturidir. Bu dasturni musulmonlar amalga joriy etamiz, shu asosda yashaymiz deb qabul qildilar. Biroq bu vada ustida turolmagach, inson Islom haqida so’zlashga hayo qiladi. O’zini tanigan mo’min Islom haqida, Allohning dini haqida iztirobsiz, azobsiz gapira olmaydi. Bu Allohning oldidagi javobgarlik, mas’uliyat hissidir…


Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍41
Ey qizim

Millatning darajasini mana shu millat ayoli belgilaydi. Chunki hech qachon xalq ayolidan baland bo'lolmaydi. Negaki xalq shu ayolning mahsulidir... Millatning kelajagi bugungi ayolning ongi bilan belgilanadi...

Ayolning baxti tilidadir.

Hayotda eng yomoni o'zgadan jon va mol qarzdor bo'lib qolishdir, Yaratgan kechishi mumkin ammo bandasi kechmaydi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📚
👍1
Qaror-tanlovlar - hayotning mohiyati, biz aslida o'z qarorlarimizning natijasimiz. Ikkilanish o'z xohishini bilmaslikdan yuzaga keladi.

Shuuringizga diqqat qiling. Shunda undagi istaklar so'zga aylanadi. So'zlaringizga
diqqat qiling - ular harakatga aylanadi. Harakatga ergashing - u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qiling, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa sizning taqdiringizdir...

Biz g'alaba qozonamiz kitobidan

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
Ilm olish sirlari

Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo'ladi...

Kimni ilmi bilan muammosi bo'lsa bilsinki uning Ustozi bilan muammosi bor...

Agar ko'p gapiradigan kishini ko'rsang majnun ekaniga, aqli zaiflashib qolganiga aniq ishonavergin!

Amal ilmning qanotidir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍2
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Alfido

Ta'lim dargohlarida jonzotlarning qancha turga ajralishi haqida gapirganlar inson joynamozda oladigan nafasning isidan og'iz ochishmadi.
Imtixonlardan o'tolmasak,yana bir yil o'qishimizga to'g'ri kelishini aytishdi- yu, qabrda qaytadan imtixon topshirib bo'lmasligi haqida gapirishmadi.
Ta'lim dargohidagi qoidalarni buzsak, jazoga tortilishimiz haqida ogohlantirishdi,biroq Allohning amrlariga itoat etmasak, bizni o'rab olgan rahmatga qarshi isyon ko'targan bo'lishimiz to'g'risida miq etishmadi.
Holbuki,Yo Rab,sening qoidalaringga amal qilganlar hatto chumoliga ham ozor bermaydi.
Holbuki,Yo Rab,sening qoidalaringga rioya qilganlar ikki dunyoda ham saodatga erishadi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍2
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Allohga maʼqul kelmaydigan boshlashlarning oxiri sizni qoniqtirmaydi...

Namoz oʻqish va roʻza tutishga buyurishdan oldin, sharʼiat qonunlarini ishlab chiqishdan oldin va iymon haqida gapirishdan oldin, Alloh “Oʻqi“ dedi...

Men ham tafakkur qilaman

Tafakkur sohib(a)lariga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
👍1