Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz? Muallif tafakkurni…
Malik Badri va islomiy tafakkur konsepsiyasi


“Tafakkur — unutilgan islomiy farz”

Zamonaviy psixologiya tafakkurni asosan kognitiv jarayon — muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va axborotni qayta ishlash bilan izohlaydi. Bunday yondashuv tafakkurni biologik va mexanistik doirada talqin etib, uning ruhiy-axloqiy qatlamlarini e’tibordan chetda qoldiradi. Sudonlik psixolog va mutafakkir Malik Badri ushbu asarida aynan shu reduksionistik qarashni tanqid ostiga olib, tafakkurni islomiy epistemologiya doirasida qayta talqin qiladi.

Asar Qur’onning ilk nozil bo‘lgan oyatlari — “Iqro’ bismi rabbik” bilan boshlanishi tasodifiy emas. Muallif uchun tafakkur bilim hosil qilishning boshlanish nuqtasi bo‘lish bilan birga, insonning ontologik vazifasiga daxldor amaldir. Tafakkur bu yerda nafaqat bilish jarayoni, balki ibodat, axloqiy poklanish va ruhiy yuksalish vositasi sifatida talqin qilinadi.

Kitobning muhim jihatlaridan biri — tafakkur va oddiy fikrlash o‘rtasidagi qat’iy farqning qo‘yilishidir. Malik Badri fikrlashni utilitar va vaziyatga bog‘liq aqliy faoliyat sifatida tasvirlar ekan, tafakkurni mavjudlik, inson mohiyati va ilohiy tartib ustida chuqur mulohaza yuritishga asoslangan, maqsadli va yo‘naltirilgan ruhiy amal deb ko‘rsatadi. Shu orqali muallif tafakkurni psixologik kategoriya doirasidan chiqarib, uni ma’naviy-intellektual amaliyot darajasiga ko‘taradi.

Asarda Qur’on oyatlaridagi tafakkurga doir chaqiriqlar tizimli tahlil qilinadi. Muallif tafakkur buyruqlari tasodifiy emasligini, balki islomiy dunyoqarashning markaziy ustunlaridan biri ekanini asoslaydi. Bu kontekstda tafakkur nafsni tarbiyalash, e’tiqodni mustahkamlash va insonning kosmik tartibdagi o‘rnini anglashga xizmat qiladi.

Malik Badri zamonaviy ilm-fan bilan din o‘rtasida qarama-qarshilik yaratmaydi. Aksincha, u tajriba fani tafakkurga vosita bo‘lishi mumkinligini, biroq u vahiydan uzilgan holda insonni ma’naviy yo‘ldan chalg‘itishini ta’kidlaydi. Shu jihatdan asar ilm va iymon o‘rtasidagi muvozanat masalasini ham muhim falsafiy muammo sifatida ko‘taradi.

Kitobning yana bir e’tiborga molik tomoni — tafakkur darajalaridagi individual farqlarni psixologik va axloqiy omillar bilan bog‘lab izohlashidir. Muallif tafakkur sifati insonning qalb holati, niyati, e’tiqodi va ichki pokligi bilan bevosita aloqador ekanini asoslaydi. Bu esa tafakkurni sof intellektual qobiliyat emas, balki axloqiy mas’uliyat sifatida ko‘rishga undaydi.

Xulosa qilib aytganda, “Tafakkur — unutilgan islomiy farz” asari islomiy psixologiya, falsafa va ma’naviyat chorrahasida yaratilgan muhim ilmiy asardir. U zamonaviy musulmon ongida yo‘qolib borayotgan tafakkur madaniyatini qayta tiklashga qaratilgan konseptual chaqiriq sifatida baholanishi mumkin.

Ushbu kitob nafaqat psixologlar va ilohiyotshunoslar, balki tafakkur va iymon uyg‘unligi masalasiga befarq bo‘lmagan har bir ziyoli o‘quvchi uchun muhim manbadir.
👍8❤‍🔥321🔥1🥰1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar…
Notoʻgʻri inqilob - oʻzidan boshqa hamma narsani oʻzgartirishga harakat qilishdir.

"Hayot topishmog‘i" kitobidan.


Yumshoq muqova, 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
4❤‍🔥3🔥3👏311
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz? Muallif tafakkurni…
MIYA HAQIDA MASAL


— Do‘xtir, miyam ishlamay qolayotganga o‘xshaydi. Go‘yo hamma qatori yashayapman, lekin tevaragimda nimalar bo‘layotganiga hech aqlim yetmayapti. O‘ylamoqchi bo‘laman, o‘yimga bir fikr kelmaydi, boshim g‘ovlab ketaveradi. Asablar bitdi, chinqirib yuboryapti. Nima qilsam ekan-a? Iltimos, biror chorasini ayting.— Asabni qo‘zg‘aydigan ham, chinqiratadigan ham, yeb-bitiradigan ham miya bo‘ladi!To miya bor ekan, asabga tinchlik yo‘q. Buning ustiga, sizning miyangiz aynigan. Miya deganimiz o‘zi ikki hovuch qatiqdan boshqa narsamas. Sut aynisa, nima bo‘ladi? Qatiq bo‘ladi. Qatiq aynisa, nima bo‘ladi? Zahar  bo‘ladi! Aynigan qatiqni qancha tez to‘kib yuborsangiz, shuncha yaxshi. Endi, o‘sha miya deb ataladigan qatig‘ingiz aynisa, unga endi chora yo‘q, tuzalmaydi! Yaxshisi, u zahar butun tanangizga yoyilib ketmasidan undan shartta qutuling. Bosh chanog‘ingizni ochamiz-da, qirtishlab tozalab tashlaymiz.— Iye, miyasiz qanday yashayman keyin, do‘xtir?— Odam ochlikdan o‘lishi mumkin, ovqatsiz yashay olmaydi, lekin miyasiz bemalol yashayveradi. Qaytaga yaxshi bo‘ladi. Shaxsan o‘zim do‘xtirlik faoliyatimda qanchadan-qancha odamning miyasini olib tashlaganman. Yurishibdi-ku yashab. Mana shu ko‘cha-ko‘yda ko‘rayotganingiz odamlarda hammasida miya bor deb o‘ylaysizmi? Bu boshlarning ichi bo‘sh, bosh chanog‘i yuvilgan hammasining. Har kuni o‘nlab, yuzlab, minglab odam biz do‘xtirlarga kelib miyasini oldirtirib tashlaydi. Siz hatto kech qoldingiz...— Yopiray, odam ularni miyasiz deb o‘ylamaydi... Ko‘rinishlari ham tuppa-tuzuk...— Ha, ana! Miyalaridan voz kechganlaridan keyin shunaqa tuppa-tuzuk bo‘lib qolishdi. Ungacha qovoqlari soliq, yuzlari so‘lg‘in, boshlari hech tashvishdan chiqmay yurishgan edi o‘zlarini o‘tga-cho‘g‘ga urib. Mana, endi qarang: egnilarida chiroyli kiyimlar, oldilarida xilma-xil ovqatlar, taglarida allambalo moshinalar, o‘yin-kulgi qilib... yashab yurishibdi shu zormanda miyasiz ham. So‘rang ulardan, miyasiz qanday bo‘larkan, deng. Yashash yengillashdi, deyishadi. Hech narsani o‘ylamaysan, hech narsaga bosh qotirmaysan, tevaragingga parvo qilmaysan... to‘g‘rirog‘i, o‘ylash, bosh qotirish, parvo qilish nima ekanini bilmaysan ham, zo‘r ekan, deyishadi. U yog‘ini so‘rasangiz, tinch-sokin yashashingizga miya xalaqit qiladi o‘zi. Qo‘rqmang, shartta oldirib tashlang, hojat quvuriga to‘kib yuboring. Yashasin miyasizlik!— Ajoyib gaplar aytdingiz. Ilgarilari bunaqa gap hech eshitmaganman. Qiziqtirib qo‘ydingiz. Boshim qattiq og‘riydi, u og‘riqlardan ham paqqos qutulsam kerak-a? Qolaversa, bir xaltacha sasiq qatiqni bir umr boshda ko‘tarib yurish jonga tegib yuruvdi o‘zi! Ortiqcha yuk.— Miyasi yo‘q degani aqli yo‘q deganimas. Mana, qarang, shu aynigan miyangiz bilan ham eng aqlli gapni aytdingiz: miya ortiqcha yuk! Haqiqatda to‘g‘ri! Miya kichkina jussaga butun olamning tashvishini yuklaydi, xolos. Yashasin miyasizlar!— Xafa bo‘lmasangiz, bitta narsa so‘rasam, maylimi?— So‘rang, tortinmang.— Shuncha foydali maslahat beryapsiz, o‘zingizda...— ...miya bormi, deb so‘ramoqchisizda, a? Biz Oliy o‘quv yurtida "Miyasizlik — sihat-salomatlik garovi!" degan birinchi darsni olgan paytlarimizdayoq navbat turib miyalarimizni oldirib tashlaganmiz! Ya’ni, xotirjam bo‘ling, pichoqni oldin o‘zimizga urganmiz, og‘rimagani uchun bemalol boshqalarga ham urib yuribmiz! Bo‘ldimi, endi ishondingizmi, oldirasizmi, tezroq ayting, tashqarida sizga o‘xshaganlardan yuztasi kutib qoldi...

Nurulloh Muhammad Raufxon


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😭8😢32👍2🔥2🥰2❤‍🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bizning muammomiz fikrlarning ozligi emas. Fikrlar ko‘p va ko‘pi to‘g‘ri, ajoyib fikrlar. Bizning asl muammomiz - mana shu fikrlarning tatbiqi uchun yo‘l topilmasligidir. Tatbiq qilinmayotgan fikr esa manfaat keltirish o‘rniga egasiga yuk bo‘lib qolaveradi.…
Biz muhtoj bo‘lgan narsalarning birinchisi: fikrlarimizni aniq va tiniq qilib belgilab olish bo‘ladi. Ommatan fikrlarning shakllanishi ishimizni osonlashtirishi mumkin, lekin voqelikni o‘zgartirolmaydi. Qachonki biz nima istayotganimizni aniqlashtirsak, ana shunda aqlga biz istayotgan narsa uchun munosib bo‘lgan yo‘llarni topish osonlashadi va parokandalik kamayadi.
Ikkinchisi: ulkan fikrlarni imkon darjasida kichik odimlarga yoyish, taqsimlash hikmat sanaladi. O‘zgarish birdan sodir bo‘lmaydi, aksincha, sokin va uzluksiz tarzda davom etgan o‘sish natijasida yuzaga keladi. Inson o‘z faoliyatning oz bo‘lsada natija berayotganini ko‘rar ekan, undagi davom etish istagi kuchayib boraveradi.

"Yashil ufq" _ Abdulkarim Bakar


Yumshoq muqova, 25ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
32🔥2❤‍🔥1👍1😭1🤓1
Diqqat Markazda: Malik Badriy, Tafakkur. 3 bob: Islomiy tafakkur…
Raising Young Scholars
Ustoza 🎙 Iroda Ahmed tomonidan qilingan psixolog Malik Badrining "Tafakkur" kitobi sharhi 1⃣ qism.

"Tafakkur" kitobi 35ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍4🔥421
Bir arobiyning shunday deb duo qilayotganini eshitdim:
- Allohim, Sendan gunohlarimning ko‘pligiga qaramay istig‘for so‘rashim – pastkashlikdir.
- Sening qudratingni naqadar kengligini bilganim holda istig‘forni tark etishim esa – ojizlikdir!
- Ilohim, qanchalar ne’mating bilan menga O‘zingni sevimli qilding!
- Ammo men qanchalar gunohlarim bilan Senga yoqimsiz bo‘ldim, o‘girilib oldim. Vaholanki, Senga juda muhtojman!
- Allohim! Qudratingni qattiq jazosi, zarbalaringdan  O‘zing meni asragin va qahringdan menga panoh bergin!
- Men Senga O‘zing bilan  vasila qilaman va Sendan O‘zingning panohingga qochaman!

"Ularga qo‘rquv yo‘q"
😭10❤‍🔥92🥰211👏1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tozalik uchun kurashish emas, supurish zarur! Har bir inson Qur’oni karimdan o‘zining darajasi va iymoni qadar ma’no topadi. Ilm va din bir-biridan ayrilganida, din odamlarni qoloqlikka, ilm esa ateizmga yetaklaydi. Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich…
Agar hayot insonlarni ayirsa masjid ularni birlashtiradi...
Jamoat namoziga chorlov va uning ajri ulug‘ligi ham aslida ummat birdamligiga chaqiriqdir!

Ali Izzatbegovichning "Sharaf" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏7🔥43❤‍🔥22👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Notoʻgʻri inqilob - oʻzidan boshqa hamma narsani oʻzgartirishga harakat qilishdir. "Hayot topishmog‘i" kitobidan. Yumshoq muqova, 35ming. Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Kamolot - bu ko'p narsalar munosabat bildirishga arzimasligini anglashdir!

Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar bekatlaridir.

"Hayot topishmog‘i" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😭6❤‍🔥3🕊2111👍1🔥1🥰1
Xo'rozdan so‘rashibdi:
Nega sen lochindan qo‘rqasan?
Seni hajming undan yirik bo'lsa, tumshug‘ing ham uning tumshug‘idan uzun bo'lsa, qanotlaring ham uning qanotidan katta?
Xo'roz aytibdi:
"Chunki jo'jalik vaqtimda qalbimga kirib qolgan qo‘rquv haligacha meni tark etmagan"
Musulmonlar yutuqlaridan yuragi yorilib ketayotganlar holati ham shunga o‘xshaydi.
Ularda "vatanini hech kimga bermaydigan" armiya, qurollar bor, ortlarida katta davlatlar, ular sabab jonidan to'ygan millionlagan xalq bor.
Shunga qaramay to‘rt-besh musulmon va uning g‘alabasi ularni tashvishga soladi.
Ular erkaklarning soqoli, ayollarning hijobidan yuraglari yorila boshlaydi..

Chunki adolat zolimning ajali.
Taqvo esa fosiqning nihoyasi.
Ilm jaholatning dushmani.
Bundaylar nazdida agar musulmonlar urush qilsa, bu "fitna". Sulh qilishsa, sulhlari "o‘yin" bo'ladi...
Bu qarama qarshiliklar sababi esa, nafslaridagi fisqu-fujur sabab haqiqatni yomon ko‘rishlari.

"Ularga qo‘rquv yo‘q"
🔥123👍3🥰31🤩1🕊1
Kitob uch yoshdan olti yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'lillangan tarbiyaviy qo'llanmadir. U go'daklar qalbiga ezgu fazilatlarni o'ziga xos uslubda singdiradi.
Bolalar murabbiyi, yigirmaga yaqin lmiy-ma'rifiy kitoblar muallf ustoz Ziyovuddin Rahim bolajonlar uchun sodda, qiziqarli, ta'sirli tarzda axloq asoslarini tushuntirgan.
Kitobda odob-axloq, polik, rostgo'ylik, hurmat, mehr, milly qadriyatlar kabi muhim tarbiyaviy mavzular hikoyalar, misollar, qiziqarli savol va topshiriqlar orqali yoritilgan.
Kitobning eng katta afzalligi shundaki, har bir dars bolaning yoshiga mos vizual, interaktiv, amaliy tarbiya uslubida tuzilgan. Bu esa bolajonlar go'zal xulqlarni ishtiyoq bilan o'zlashtirishlariga yordam beradi.
"Odobni uch yoshdan o'rganamiz" kitobi bog'cha tarbiyachilari, oquv markazlari ustozlari, qolaversa, ota-onalar uchun tayyor yo'l xaritasi vazifasini o'tashiga ishonamiz.

Qattiq muqova, 49ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
12🤩3😭3🥰2❤‍🔥1🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
📝Ayollar har bir qilingan yaxshilikni ko‘paytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda, unga birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina…
Ayollar har bir yaxshilikni ko'paytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda, unga birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boʻladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz boʻlgan erkaklar esa oila binosi poydevorining moʻrtlashib qolishiga sabab bo'lishadi. Loqaydlik va qilingan zulmga ham o'n parobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaningga tupurishadi. Shuni ham unutma!
Senga qalban yaqin bo'lgan insoningni qadrlamasang, senga qalban uzoq boʻlgan odam bilan jazolanasan.
Agar qiz o'zini yigitning oyog'i ostiga tashlamasa, yigit ham uni oyoqosti qilolmaydi. Ya'ni nikohdan avval yigitlarga kelajagini, qo'lini va tanasini topshirish nasiyaga olingan poyondozdir. Sababi yigit kishi hech qachon nikohini zinoning ustiga qurishni istamaydi. Siz esa shunchaki ko'ngilxushlik qurboni bo'lib qolaverasiz.

Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.
72👍2🥰2❤‍🔥11😢1😇1
Bir kishi Hasan Basriy rohimahullohning huzuriga kelib dedi:– Mening eshitishimcha, har bir qilingan gunohning jazosi bor. Men Allohga ko‘p martalab gunohlar qildim, ammo U meni jazolamadi-ku?!Hasan Basriy rohimahulloh dedi:- Bolam! Alloh seni bir necha bor jazolagan, ammo sen bilmagansan:
1. U sendan munojot qilish halovatini tortib olmadimi?
2. Bir necha kunlar o‘tsada Qur’onni Alloh uchun ochib o‘qimading. Bu jazo emasmi?
3. Bir qancha kechalar o‘tsada tahajjudga turmading. Bu jazo emasmi?
4. Alloh seni zikridan to‘sib qo‘ymadimi?
5. Seni molni, obro‘ni va shuhratni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘ymadimi?
6. Qalbingga toatni og‘ir bo‘lib qolganini sezmayapsanmi?
7. G‘iybat, chaqimchilik va yolg‘on gapirish senga oson bo‘lib qolmadimi?8. Alloh senga oxiratni unuttirib, eng katta g‘amingni dunë qilib qo‘ymadimi?
9. Ramazon, shavvolning olti kuni, zulhijjaning o‘n kuni kabi savob mavsumlari kelganida sen ularni g‘animat bilmading-ku! Shu jazo emasmi?

“Taqvo ahlining go‘zal qissalari” kitobidan


@TaskinKitoblar
🔥7😢752❤‍🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
«Alloh bir bandada ikki qo‘rquvni jamlamaydi va ikki omonlikni ham jamlamaydi. Kim bu dunyoda Mendan qo‘rqsa, Qiyomatda uni omon qilaman. Kim bu dunyoda Mendan omonda bo‘lsa (ya’ni qo‘rqmasa), Qiyomatda uni qo‘rqitaman». (Imom Termiziy, Imom Bayhaqiy, Imom…
Qur’onda Muso (a.s.) 120 marta zikr qilingan. Biror payg‘ambar yo podshohning ismi Musonikichalik ko‘p zikr qilinmagan. Muso qissalari tasalli va qiziqtirish uchun keltirilmagan. Balki xalifalar fir’avnlarga aylanmasligi uchun, yana xalqlar Allohdan boshqaga ibodat qilish jinoyat ekanini bilishi uchun hikoya qilingan.
Zero qullikka rozilikning natijasi dunyo va oxirat xorligi bo‘ladi.

"Ularga qo‘rquv yo‘q"
🔥218❤‍🔥32😢1🕊1