Insonlar aqlsiz bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki ilmsiz bo‘lib tug‘iladilar. Insonlarning ahmoq bo‘lishiga ta’lim va tarbiya sababchidir
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10🤩6❤3🥰3❤🔥2👍1
Malik Badriy va G‘arb psixologiyasi: Tafakkur kim uchun xizmat qiladi?
Zamonaviy G‘arb psixologiyasi tafakkurni asosan individual samaradorlik moslashuvchanlik va psixologik qulaylik bilan bog‘laydi. Fikr — muammo yechish vositasi, ong esa ko‘pincha neyrobiologik jarayon sifatida talqin qilinadi.
M Badriy esa “Tafakkur” asarida mutlaqo boshqa yo‘ldan boradi. U tafakkurni axloqiy mas’uliyat va iymoniy hushyorlik bilan bog‘laydi. Uning nazarida tafakkur — nafaqat “qanday yashash”, balki “nega va kim uchun yashash” savoliga javob beruvchi jarayondir.
Qiyosiy farq
G‘arb psixologiyasida:
Tafakkur — moslashish mexanizmi
Maqsad — stressni kamaytirish
Me’yor — shaxsiy qulaylik
Ong — neyronlar faoliyati
M Badriyda:
Tafakkur — ibodatga teng amaliyot
Maqsad — ma’naviy uyg‘onish
Me’yor — axloq va mas’uliyat
Ong — qalb va aqlning birligi
Tafakkur — bu G‘arb psixologiyasi taklif qilgan “ichki xotirjamlik”dan ko‘ra chuqurroq chaqiriqdir. Kitob insonni fikrlashga emas, uyg‘onishga, qulaylikka emas, haqiqatga chorlaydi.
👍5🥰4🔥3👏3⚡1❤🔥1❤1
🧠 Tafakkur: qulaylikmi yoki uyg‘onish?
G‘arb psixologiyasi tafakkurni
insonni muhitga moslashtirish vositasi deb ko‘radi.
Maqsad — xotirjamlik, stresssiz hayot.
Malik Badriy esa tafakkurni
qalbni uyg‘otuvchi mas’uliyat deya talqin qiladi.
Maqsad — haqiqatga yuzlanish.
G‘arbda ong — mexanizm,
Badriyda ong — omonat.
U yerda fikr qulaylik uchun ishlaydi,
bu yerda tafakkur hisob berish uchun.
Axloqsiz ilm davolamaydi —
u faqat moslashtiradi.
Tafakkur — tinchlanish emas,
uyg‘onishdir.
📘 Malik Badriy — “Tafakkur”
Kitob sanoqli kunlarda hukmingizga havola etilajak...
🔥6❤4❤🔥3😭2⚡1✍1👏1
Forwarded from Sayyid Abdulaziz Yusupov | OQ va QORA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰8👏3❤🔥2⚡1👎1🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
🧠 Tafakkur: qulaylikmi yoki uyg‘onish? G‘arb psixologiyasi tafakkurni insonni muhitga moslashtirish vositasi deb ko‘radi. Maqsad — xotirjamlik, stresssiz hayot. Malik Badriy esa tafakkurni qalbni uyg‘otuvchi mas’uliyat deya talqin qiladi. Maqsad — haqiqatga…
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar bekatlaridir.
Mustafo Mahmudning "Hayot topishmog‘i" kitobidan.
❤6🔥5👍3😭3❤🔥2⚡1✍1🤓1
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz?
Muallif tafakkurni faqat aqliy mashq sifatida emas, balki iymon, qalb va hayotiy mas’uliyat bilan chambarchas bog‘liq jarayon sifatida talqin qiladi.
Kitobdan olinadigan foydalar:
Yuzaki fikrlashdan voz kechish, voqealarga chuqurroq qarash odatini shakllantiradi
Taqlidiy ongdan chiqish, mustaqil va mas’uliyatli fikrlashga undaydi
Ilm va tafakkurning axloqiy mezonlarini anglatadi
Zamonaviy psixologiyaga tanqidiy nigoh bilan qarashni o‘rgatadi
Tafakkurni ibodat va hayotiy amaliyot sifatida qayta kashf etishga yordam beradi

“Tafakkur” kitobi tezkor javoblar izlaydiganlar uchun emas, balki savollar bilan yashashga jur’at qiladigan kitobxonlar uchun yozilgan. U o‘quvchini qulaylik tomon emas, uyg‘onish va mas’uliyat tomon yetaklaydi.
✍8❤6🥰3☃2👍1🔥1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Har narsaning o‘zi vaqti bor, ammo tavbaning vaqti HOZIR!
"Ularga qo‘rquv yo‘q" kitobidan.
🔥10❤🔥4🤩3🕊3✍2😭2❤1☃1👍1😍1😇1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Insonlar aqlsiz bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki ilmsiz bo‘lib tug‘iladilar. Insonlarning ahmoq bo‘lishiga ta’lim va tarbiya sababchidir Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Hayot topishmog‘i" _ Mustafo Mahmud
Muallif asarda falsafa, ilm-fan, din va shaxsiy ruhiy izlanishlarni bir nuqtada jamlaydi. U murakkab mavzularni sodda, bahsga chorlovchi va samimiy uslubda bayon qilib, kitobxonni tayyor xulosalar bilan emas, fikrlash jarayoni bilan yuzlashtiradi.
“Hayot topishmog‘i”ning eng muhim jihati shundaki, u inkor yoki mutlaq tasdiqqa berilmaydi. Aksincha, muallif shubha, izlanish va tafakkurni iymonga eltuvchi yo‘l sifatida ko‘rsatadi. Shu sababli kitob ateizm, materializm va zamonaviy ilmiy qarashlar bilan muloqot qilgan holda, insonning ma’naviy ehtiyojlarini ochib beradi.
Bu asar:
hayotga yuzaki qarashdan aziyatlanganlar,
ilm va e’tiqod o‘rtasida muvozanat izlayotganlar,
savol berishdan qo‘rqmaydigan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Xulosa o‘rnida aytganda, “Hayot topishmog‘i” — bu javoblar kitobi emas, balki to‘g‘ri savollarni o‘rgatuvchi asardir. U o‘quvchini shubhaga tashlab qo‘ymaydi, balki izlanish orqali ma’naviy yetilishga yetaklaydi.
❤🔥5🔥4👍3❤2🤩2👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Men shuni angladimki, sabr — bu aqlning bir ko‘rinishidir. Hamma narsani darhol hal qilish shart emas, har bir savolga ham aniq javob bo‘lishi kerak emas. Ba’zan qila oladigan eng yaxshi ishing — bu nafas olish, kuzatish va hammasining o‘z-o‘zidan kechishiga…
Bizning muammomiz fikrlarning ozligi emas. Fikrlar ko‘p va ko‘pi to‘g‘ri, ajoyib fikrlar. Bizning asl muammomiz - mana shu fikrlarning tatbiqi uchun yo‘l topilmasligidir. Tatbiq qilinmayotgan fikr esa manfaat keltirish o‘rniga egasiga yuk bo‘lib qolaveradi.
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Abdulkarim Bakkarning "Yashil ufq" kitobidan.
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥5❤2👍2🤗2❤🔥1🥰1😭1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar…
“Inson o‘zligini tafakkur, iymon va ilm uyg‘unligida kamolga yetkazadi.
Ammo agar ilm faqat moddiy bo‘lsa, iymon va axloqdan uzilgan bo‘lsa — u insonni kamolga emas, balki zulmga yetaklaydi. Bunday ilm odamdan sayyoralar aro kezuvchi, dahshatli qurollar yasab, ommaviy qirg‘inlarni amalga oshiruvchi, oxir-oqibat boshqalarni vayron qilar ekan, o‘zi ham sezmasdan o‘zini halokatga eltuvchi mahluqni yaratadi.”
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ammo agar ilm faqat moddiy bo‘lsa, iymon va axloqdan uzilgan bo‘lsa — u insonni kamolga emas, balki zulmga yetaklaydi. Bunday ilm odamdan sayyoralar aro kezuvchi, dahshatli qurollar yasab, ommaviy qirg‘inlarni amalga oshiruvchi, oxir-oqibat boshqalarni vayron qilar ekan, o‘zi ham sezmasdan o‘zini halokatga eltuvchi mahluqni yaratadi.”
Mustafo Mahmudning "Hayot topishmog‘i" kitobidan.
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤🔥4✍4🔥2⚡1❤1👍1🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Hayot topishmog‘i" _ Mustafo Mahmud Muallif asarda falsafa, ilm-fan, din va shaxsiy ruhiy izlanishlarni bir nuqtada jamlaydi. U murakkab mavzularni sodda, bahsga chorlovchi va samimiy uslubda bayon qilib, kitobxonni tayyor xulosalar bilan emas, fikrlash…
Sotuvda 🔥
📚"Yashil ufq" _ Abdulkarim Bakar 25ming
📚"Hayot topishmog‘i" _ Mustafo Mahmud 35ming
📚"Tafakkur" _ Malik Badri 30ming
📚"Yashil ufq" _ Abdulkarim Bakar 25ming
📚"Hayot topishmog‘i" _ Mustafo Mahmud 35ming
📚"Tafakkur" _ Malik Badri 30ming
❤🔥8🔥3❤1👍1🥰1👏1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Har narsaning o‘zi vaqti bor, ammo tavbaning vaqti HOZIR! "Ularga qo‘rquv yo‘q" kitobidan.
«Alloh bir bandada ikki qo‘rquvni jamlamaydi va ikki omonlikni ham jamlamaydi.
Kim bu dunyoda Mendan qo‘rqsa, Qiyomatda uni omon qilaman.
Kim bu dunyoda Mendan omonda bo‘lsa (ya’ni qo‘rqmasa), Qiyomatda uni qo‘rqitaman».
(Imom Termiziy, Imom Bayhaqiy, Imom Ibni Hibbon rivoyatlari...)
Kim bu dunyoda Mendan qo‘rqsa, Qiyomatda uni omon qilaman.
Kim bu dunyoda Mendan omonda bo‘lsa (ya’ni qo‘rqmasa), Qiyomatda uni qo‘rqitaman».
(Imom Termiziy, Imom Bayhaqiy, Imom Ibni Hibbon rivoyatlari...)
"Ularga qo‘rquv yo‘q" kitobidan.
😭11🔥3🤗3❤🔥2👍2❤1⚡1✍1🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Malik Badriy va G‘arb psixologiyasi: Tafakkur kim uchun xizmat qiladi? Zamonaviy G‘arb psixologiyasi tafakkurni asosan individual samaradorlik moslashuvchanlik va psixologik qulaylik bilan bog‘laydi. Fikr — muammo yechish vositasi, ong esa ko‘pincha neyrobiologik…
Inson fazoda oyga qadar chorak million mil bosib oʻtmoqda. Ammo ochlikdan jon berayotgan birodari tomon bir necha metrni ham bosib oʻtishga ojiz.
Yumshoq muqova, 199 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Mustafo Mahmudning "Hayot topishmog‘i" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
✍7❤🔥5😢3❤1⚡1🔥1
Ovunchoq...
G‘iyabtchi har holda yetimlarni haqqini yemayapman, qolaversa bu gaplarni o‘ziga ham aytishim mumkin, deb o‘zini ovutadi.
Fohisha "зато man g‘iybat qimeyman" deb ovunadi.
Poraxo‘r mendan boshqasi bo‘lganda ham shunday qilgan bo‘lardi, deb ovunadi.
Mazlum yaxshiyam hisob kuni bor, deb ovunadi.

🔥15❤🔥4❤3⚡2😢2👍1🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz? Muallif tafakkurni…
Malik Badri va islomiy tafakkur konsepsiyasi
“Tafakkur — unutilgan islomiy farz”
Zamonaviy psixologiya tafakkurni asosan kognitiv jarayon — muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va axborotni qayta ishlash bilan izohlaydi. Bunday yondashuv tafakkurni biologik va mexanistik doirada talqin etib, uning ruhiy-axloqiy qatlamlarini e’tibordan chetda qoldiradi. Sudonlik psixolog va mutafakkir Malik Badri ushbu asarida aynan shu reduksionistik qarashni tanqid ostiga olib, tafakkurni islomiy epistemologiya doirasida qayta talqin qiladi.
Asar Qur’onning ilk nozil bo‘lgan oyatlari — “Iqro’ bismi rabbik” bilan boshlanishi tasodifiy emas. Muallif uchun tafakkur bilim hosil qilishning boshlanish nuqtasi bo‘lish bilan birga, insonning ontologik vazifasiga daxldor amaldir. Tafakkur bu yerda nafaqat bilish jarayoni, balki ibodat, axloqiy poklanish va ruhiy yuksalish vositasi sifatida talqin qilinadi.
Kitobning muhim jihatlaridan biri — tafakkur va oddiy fikrlash o‘rtasidagi qat’iy farqning qo‘yilishidir. Malik Badri fikrlashni utilitar va vaziyatga bog‘liq aqliy faoliyat sifatida tasvirlar ekan, tafakkurni mavjudlik, inson mohiyati va ilohiy tartib ustida chuqur mulohaza yuritishga asoslangan, maqsadli va yo‘naltirilgan ruhiy amal deb ko‘rsatadi. Shu orqali muallif tafakkurni psixologik kategoriya doirasidan chiqarib, uni ma’naviy-intellektual amaliyot darajasiga ko‘taradi.
Asarda Qur’on oyatlaridagi tafakkurga doir chaqiriqlar tizimli tahlil qilinadi. Muallif tafakkur buyruqlari tasodifiy emasligini, balki islomiy dunyoqarashning markaziy ustunlaridan biri ekanini asoslaydi. Bu kontekstda tafakkur nafsni tarbiyalash, e’tiqodni mustahkamlash va insonning kosmik tartibdagi o‘rnini anglashga xizmat qiladi.
Malik Badri zamonaviy ilm-fan bilan din o‘rtasida qarama-qarshilik yaratmaydi. Aksincha, u tajriba fani tafakkurga vosita bo‘lishi mumkinligini, biroq u vahiydan uzilgan holda insonni ma’naviy yo‘ldan chalg‘itishini ta’kidlaydi. Shu jihatdan asar ilm va iymon o‘rtasidagi muvozanat masalasini ham muhim falsafiy muammo sifatida ko‘taradi.
Kitobning yana bir e’tiborga molik tomoni — tafakkur darajalaridagi individual farqlarni psixologik va axloqiy omillar bilan bog‘lab izohlashidir. Muallif tafakkur sifati insonning qalb holati, niyati, e’tiqodi va ichki pokligi bilan bevosita aloqador ekanini asoslaydi. Bu esa tafakkurni sof intellektual qobiliyat emas, balki axloqiy mas’uliyat sifatida ko‘rishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, “Tafakkur — unutilgan islomiy farz” asari islomiy psixologiya, falsafa va ma’naviyat chorrahasida yaratilgan muhim ilmiy asardir. U zamonaviy musulmon ongida yo‘qolib borayotgan tafakkur madaniyatini qayta tiklashga qaratilgan konseptual chaqiriq sifatida baholanishi mumkin.
Ushbu kitob nafaqat psixologlar va ilohiyotshunoslar, balki tafakkur va iymon uyg‘unligi masalasiga befarq bo‘lmagan har bir ziyoli o‘quvchi uchun muhim manbadir.
👍8❤🔥3✍2❤1🔥1🥰1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar…
Haqiqat sizni ozod etadi, ammo avval (bir muddat) baxtsizlikka duchor qiladi...
"Hayot topishmog‘i"
🔥11❤🔥5🥰2❤1👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ovunchoq... G‘iyabtchi har holda yetimlarni haqqini yemayapman, qolaversa bu gaplarni o‘ziga ham aytishim mumkin, deb o‘zini ovutadi. Fohisha "зато man g‘iybat qimeyman" deb ovunadi. Poraxo‘r mendan boshqasi bo‘lganda ham shunday qilgan bo‘lardi, deb ovunadi.…
Qo‘rquv va tushkunlikning asosiy sababi - hali bo‘lmagan ishni kutib yashash hisoblanadi.
"Ularga qo‘rquv yo‘q" _ Abdulloh Islom
❤🔥5🔥3❤2✍2⚡1👍1😭1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar…
Notoʻgʻri inqilob - oʻzidan boshqa hamma narsani oʻzgartirishga harakat qilishdir.
Yumshoq muqova, 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
"Hayot topishmog‘i" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤4❤🔥3🔥3👏3⚡1✍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz? Muallif tafakkurni…
MIYA HAQIDA MASAL
— Do‘xtir, miyam ishlamay qolayotganga o‘xshaydi. Go‘yo hamma qatori yashayapman, lekin tevaragimda nimalar bo‘layotganiga hech aqlim yetmayapti. O‘ylamoqchi bo‘laman, o‘yimga bir fikr kelmaydi, boshim g‘ovlab ketaveradi. Asablar bitdi, chinqirib yuboryapti. Nima qilsam ekan-a? Iltimos, biror chorasini ayting.— Asabni qo‘zg‘aydigan ham, chinqiratadigan ham, yeb-bitiradigan ham miya bo‘ladi!To miya bor ekan, asabga tinchlik yo‘q. Buning ustiga, sizning miyangiz aynigan. Miya deganimiz o‘zi ikki hovuch qatiqdan boshqa narsamas. Sut aynisa, nima bo‘ladi? Qatiq bo‘ladi. Qatiq aynisa, nima bo‘ladi? Zahar bo‘ladi! Aynigan qatiqni qancha tez to‘kib yuborsangiz, shuncha yaxshi. Endi, o‘sha miya deb ataladigan qatig‘ingiz aynisa, unga endi chora yo‘q, tuzalmaydi! Yaxshisi, u zahar butun tanangizga yoyilib ketmasidan undan shartta qutuling. Bosh chanog‘ingizni ochamiz-da, qirtishlab tozalab tashlaymiz.— Iye, miyasiz qanday yashayman keyin, do‘xtir?— Odam ochlikdan o‘lishi mumkin, ovqatsiz yashay olmaydi, lekin miyasiz bemalol yashayveradi. Qaytaga yaxshi bo‘ladi. Shaxsan o‘zim do‘xtirlik faoliyatimda qanchadan-qancha odamning miyasini olib tashlaganman. Yurishibdi-ku yashab. Mana shu ko‘cha-ko‘yda ko‘rayotganingiz odamlarda hammasida miya bor deb o‘ylaysizmi? Bu boshlarning ichi bo‘sh, bosh chanog‘i yuvilgan hammasining. Har kuni o‘nlab, yuzlab, minglab odam biz do‘xtirlarga kelib miyasini oldirtirib tashlaydi. Siz hatto kech qoldingiz...— Yopiray, odam ularni miyasiz deb o‘ylamaydi... Ko‘rinishlari ham tuppa-tuzuk...— Ha, ana! Miyalaridan voz kechganlaridan keyin shunaqa tuppa-tuzuk bo‘lib qolishdi. Ungacha qovoqlari soliq, yuzlari so‘lg‘in, boshlari hech tashvishdan chiqmay yurishgan edi o‘zlarini o‘tga-cho‘g‘ga urib. Mana, endi qarang: egnilarida chiroyli kiyimlar, oldilarida xilma-xil ovqatlar, taglarida allambalo moshinalar, o‘yin-kulgi qilib... yashab yurishibdi shu zormanda miyasiz ham. So‘rang ulardan, miyasiz qanday bo‘larkan, deng. Yashash yengillashdi, deyishadi. Hech narsani o‘ylamaysan, hech narsaga bosh qotirmaysan, tevaragingga parvo qilmaysan... to‘g‘rirog‘i, o‘ylash, bosh qotirish, parvo qilish nima ekanini bilmaysan ham, zo‘r ekan, deyishadi. U yog‘ini so‘rasangiz, tinch-sokin yashashingizga miya xalaqit qiladi o‘zi. Qo‘rqmang, shartta oldirib tashlang, hojat quvuriga to‘kib yuboring. Yashasin miyasizlik!— Ajoyib gaplar aytdingiz. Ilgarilari bunaqa gap hech eshitmaganman. Qiziqtirib qo‘ydingiz. Boshim qattiq og‘riydi, u og‘riqlardan ham paqqos qutulsam kerak-a? Qolaversa, bir xaltacha sasiq qatiqni bir umr boshda ko‘tarib yurish jonga tegib yuruvdi o‘zi! Ortiqcha yuk.— Miyasi yo‘q degani aqli yo‘q deganimas. Mana, qarang, shu aynigan miyangiz bilan ham eng aqlli gapni aytdingiz: miya ortiqcha yuk! Haqiqatda to‘g‘ri! Miya kichkina jussaga butun olamning tashvishini yuklaydi, xolos. Yashasin miyasizlar!— Xafa bo‘lmasangiz, bitta narsa so‘rasam, maylimi?— So‘rang, tortinmang.— Shuncha foydali maslahat beryapsiz, o‘zingizda...— ...miya bormi, deb so‘ramoqchisizda, a? Biz Oliy o‘quv yurtida "Miyasizlik — sihat-salomatlik garovi!" degan birinchi darsni olgan paytlarimizdayoq navbat turib miyalarimizni oldirib tashlaganmiz! Ya’ni, xotirjam bo‘ling, pichoqni oldin o‘zimizga urganmiz, og‘rimagani uchun bemalol boshqalarga ham urib yuribmiz! Bo‘ldimi, endi ishondingizmi, oldirasizmi, tezroq ayting, tashqarida sizga o‘xshaganlardan yuztasi kutib qoldi...
Nurulloh Muhammad Raufxon
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😭8😢3❤2👍2🔥2🥰2❤🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bizning muammomiz fikrlarning ozligi emas. Fikrlar ko‘p va ko‘pi to‘g‘ri, ajoyib fikrlar. Bizning asl muammomiz - mana shu fikrlarning tatbiqi uchun yo‘l topilmasligidir. Tatbiq qilinmayotgan fikr esa manfaat keltirish o‘rniga egasiga yuk bo‘lib qolaveradi.…
Biz muhtoj bo‘lgan narsalarning birinchisi: fikrlarimizni aniq va tiniq qilib belgilab olish bo‘ladi. Ommatan fikrlarning shakllanishi ishimizni osonlashtirishi mumkin, lekin voqelikni o‘zgartirolmaydi. Qachonki biz nima istayotganimizni aniqlashtirsak, ana shunda aqlga biz istayotgan narsa uchun munosib bo‘lgan yo‘llarni topish osonlashadi va parokandalik kamayadi.
Ikkinchisi: ulkan fikrlarni imkon darjasida kichik odimlarga yoyish, taqsimlash hikmat sanaladi. O‘zgarish birdan sodir bo‘lmaydi, aksincha, sokin va uzluksiz tarzda davom etgan o‘sish natijasida yuzaga keladi. Inson o‘z faoliyatning oz bo‘lsada natija berayotganini ko‘rar ekan, undagi davom etish istagi kuchayib boraveradi.
Yumshoq muqova, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ikkinchisi: ulkan fikrlarni imkon darjasida kichik odimlarga yoyish, taqsimlash hikmat sanaladi. O‘zgarish birdan sodir bo‘lmaydi, aksincha, sokin va uzluksiz tarzda davom etgan o‘sish natijasida yuzaga keladi. Inson o‘z faoliyatning oz bo‘lsada natija berayotganini ko‘rar ekan, undagi davom etish istagi kuchayib boraveradi.
"Yashil ufq" _ Abdulkarim Bakar
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤3✍2🔥2❤🔥1👍1😭1🤓1
Diqqat Markazda: Malik Badriy, Tafakkur. 3 bob: Islomiy tafakkur…
Raising Young Scholars
Ustoza 🎙 Iroda Ahmed tomonidan qilingan psixolog Malik Badrining "Tafakkur" kitobi sharhi 1⃣ qism.
"Tafakkur" kitobi 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍4🔥4❤2⚡1