Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.94K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Bolajonlar uchun (qisqa) payg‘ambarlar tarixi


Qattiq muqova, 159 sahifa, 105ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰115🎉2❤‍🔥1🔥1👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Video
Tozalik uchun kurashish emas, supurish zarur!
Har bir inson Qur’oni karimdan o‘zining darajasi va iymoni qadar ma’no topadi.
Ilm va din bir-biridan ayrilganida, din odamlarni qoloqlikka, ilm esa ateizmga yetaklaydi.
Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich juma namoziga kechikib keldi. O‘zi oldingi safda namoz o‘qishni odat qilgandi. Birinchi safga yetib olsin uchun odamlar unga yo‘l bo‘shatishdi. Shunda u namozxonlarga darg‘azab o‘girilib, o‘zining mashhur bu so‘zini aytdi:
"Sizlar diktatorlaringizni shunday paydo qilasiz!"
Hozirga qadar boshqalar tomonidan bizga yetkazilgan zararlar va yo‘qotishlar haqida gapirib keldik. Endi o‘zimizga yetkazayotgan zarar va og‘riqlarimiz haqida gapirish vaqti keldi. Bu muvaffaqiyatimizning boshlanishi bo‘ladi.
Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o‘yindir.
Da'volar dardda tug'iladi, farovonlikda o'ladi!

"Sharaf" kitobidan


Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥75👍4🔥21🤩1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitob turmush qurishgacha va  turmush davridagi muammolar va savollarga qadriyatlarimizga mos va xos javob beradi. Ushbu risola har bir yoshga saodatli hayot uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi. Kitobdan: Nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak…
Ey iffatni sharafli qilgan Robbimiz!
Bizlarni haromlarning botqog‘iga botishdan asragin!
Bizlarni sevgimizga pokiza holda qovushtirgin!

«Ishq imtihoni» kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥75👍4🔥3🤗2🥰1🤩1🤓1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9533👍3❤‍🔥1🤓1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ey iffatni sharafli qilgan Robbimiz! Bizlarni haromlarning botqog‘iga botishdan asragin! Bizlarni sevgimizga pokiza holda qovushtirgin! «Ishq imtihoni» kitobidan Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Sevgini tirik tutgan, saqlagan, yashatgan narsa nima?

– Axloq, to‘g‘rilik, juftiga sadoqat, sevgi va o‘zaro hurmat! Ana shu ifodalarni o‘z ichiga olgan munosabatning nomidir sevgi.

“Ishq imtihoni” kitobidan
🔥10❤‍🔥52🤗21🥰1🤩1🕊1
Biz baxt tushunchasini toptab qo‘ydik. Aslida baxt degan narsa yo‘q. Faqatgina lahzalar, chaqnoq onlar bor, ular esa keyin kundalik hayotimizni bezaydi — yaqinlarimiz chehrasi, do‘stlar bilan yig‘ilish, uchrashuvni kutgandagi yurak urishi, toshlar ustida sharqirab oqayotgan suv sadosi, yangi yoqqan qordagi qush izlari, quyoshning botishi va chiqishi, tumanlar… Baxt — eng kichik narsani ham qadrlay bilishdir.

Ushbu kitob sanoqli kunlarda kitobxonlar hukmiga havola etiladi.


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍153❤‍🔥211🥰1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi» asari bundan 100 yil oldin yozilgan. Oradan 100 yildan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay bizdagi ahvol qay darajada? Bir asr oldin yozilgan ushbu kitobda aynan bugungi kun bilan bog‘liq juda ko‘p voqealar qalamga olingan. Tadbirkorlik…
Ulamo. Ma'lumingizki, Buxoro qadimdan g'oyat dono va zukko bo'lib yetishgan fuzalo ahlini tarbiyalab, voyag'a yetkazgan. Har kuni bir Abu Ali, Farobiy, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy va Ulug'bek kabilarni jahonga hadya etib, shu tariq o'zining sharafli dovrug'ini jahon xalqlarining quloqlariga zirak qilib taqqan. Ammo, mana, ikki yuz yildirki, o'zining ilmiy qimmatini yo'qotmish. Mirzajon Sheroziyning* kelishi bilan Buxoro ulamolari «ziyodati lafzi salosin» ma'nisini tahqiq etishdek nafsiz ishg'a berilib, adashmishlar. Turkistonlilarning ko'bchiligi ayni shunda tahsil ko'rganlari bois buxorolilarga ergashib, ular ham jaholat va g'aflat botqog'iga botmishlar. Alaloqibat, madaniyat osmonining porloq yulduzi, insoniyat kitobining nurli sahifasi bo'lmish Turkistonni do'st-u dushman oldida eshitish va gapurish bobida uyatliq bir holg'a yetkazmishlar, halokatg'a mubtalo etmishlar.

*Mirzajon Sheroziy - XVIII asr boshlarida Erondan Buxoroga kelib o'rnashgan ulamo va mudarris. Uning davrida ilohiyot ilmini o'rgatishda ko'proq og'zaki talaffuzga e'tibor qaratilib, matnning mazmuni va sharhiga hamda arab grammatikasining o'rganilishiga kam e'tibor berilgan edi. Bu nom Buxoro madrasalari tarixiga oid manbalarda uchraydi.

📖"HIND SAYYOHI BAYONOTI"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥5🔥4👍21😇1
Cho‘qqilar sari otlanishning o‘ziyoq insonga g‘oliblikdan avloroq sharaf beradi!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👏43❤‍🔥3👍2🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ulamo. Ma'lumingizki, Buxoro qadimdan g'oyat dono va zukko bo'lib yetishgan fuzalo ahlini tarbiyalab, voyag'a yetkazgan. Har kuni bir Abu Ali, Farobiy, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy va Ulug'bek kabilarni jahonga hadya etib, shu tariq o'zining sharafli dovrug'ini…
Ushbu «azizlar» (yaʼni amirlar) maktab ko'rmaganlar, hokimlik qonuniyatlarini eshitmaganlar, ma'muriy idoraning axloq qoidalarin bilmamishlar. «Millat qanday yuksaladi, mamlakat qaysi yo'l bilan boyiydi, davlatning xazinasini qanday to'ldirish mumkin» kabi masalalar ularning xayollarig'a kelmamish. «Muayyan hokimi mansabdorning xalq oldidagi vazifasi nedan iborat, xalqning hokimg'a nisbatan huquqi qay darajali» kabi andishalarni hech qachon eshitmaganlar. Ammo biror bir viloyat hokimligiga tayinlansalar bormi, o'shal yer hokimlig'ini do'zax olovining baroti* yoxud bosqinchilik manbai deb bilmishlar. Alaloqibat o'zlarig'a qarashli kishilari va bor do'stlari bilan balo lashkari misol ushbu yerga qo'nub, badbaxt aholining molini nafslari istagancha oladilar-da, podshoh xazinasiga esa insoflari yetkancha topshiradilar. Hech bir kas ulardan bu daryosimon g'oratchilik va tomchiday topshirish sababini surishtirmaydi.

*Barot-oqlash, beayblik.

📚 "HIND SAYYOHI BAYONOTI"
🥰8👍42😢1
– Ishq imtihonidan o‘ta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtining to‘g‘ri tanlanishidir. Ko‘pchilik erta turmush qurganlaridan shikoyat qiladilar. Kimlardir esa karera qilish istagida yurib, turmush qurishni kechiktirmoqda.  Sevgi imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tmoq bu erta yoki kechroq emas, sevgini va turmush qurishni o‘z vaqtida amalga oshirmoqdir.– E’tibor beraylik: go‘zal oila kim bilan bo‘lsa ham emas. Xayrli, axloqli, shaxsiyat egasi bo‘lgan bir juft bilan bunyod bo‘ladi! Yo‘qsa, axloqsiz, sharafsiz, istaklarning quli, shaytoniy yo‘llardan qaytmagan, oila degan so‘zni (mas’uliyatni) tushunmagan biri bilan turmush qurmoq bu o‘zini olovga otmoqdan boshqa narsa emasdir.

Muhammad Bo‘zdag‘: «Ishq imtihoni» kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥8👍53🔥2🥰21
Insonning bosh maqsadi — o‘zini topish. Bu esa kam sonli odamlarga nasib etadi. Qolganlarning aksari esa jar ustidagi bu tor yo‘ldan yurishga yo yalqovlik qiladi, yoki qo‘rqadi. Ammo bu yo‘ldan o‘ta olgan inson mukofot sifatida haqiqiy hayotni qo‘lga kiritadi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥11👍63🔥32
Men shuni angladimki, sabr — bu aqlning bir ko‘rinishidir. Hamma narsani darhol hal qilish shart emas, har bir savolga ham aniq javob bo‘lishi kerak emas. Ba’zan qila oladigan eng yaxshi ishing — bu nafas olish, kuzatish va hammasining o‘z-o‘zidan kechishiga imkon berish.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰8🔥42❤‍🔥221👍1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi» asari bundan 100 yil oldin yozilgan. Oradan 100 yildan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay bizdagi ahvol qay darajada? Bir asr oldin yozilgan ushbu kitobda aynan bugungi kun bilan bog‘liq juda ko‘p voqealar qalamga olingan. Tadbirkorlik…
Umaro (Amirlar). Bu dahshat to'la jamoa ongsizlik vajhidan baxtga erishgan to'dalar yordami bilan bir-birlarini quvib, hukmronlik otig'a mingach, bechora-yu badbaxt xalqning moli va joni, irz-u* nomus va sharafini shafqatsizlarcha poymol etmishlar. Bu «salohiyatli» (!) hokimlar to'dasi hech bir zamonda hech kimning hurmat-e'tiborig'a sazovor bo'lmag'an ikki toifadan tuzilmishlar. Birinchisi, johil hokimzodalar bo'lib, otalarining hukmronlig'i davrida fisq-u fujur va bema'nilarcha maishatga berilib, barcha insoniy fazilatlardan, hatto zaruriy xat-savoddan ham bebahra qolmishlar. Boshqa bir toifa attor va baqqollar bo'lib, ikki dunyo saodatidan imkon boricha bahramandlik istamishlar hamda ilm-u fazl tahsilini insoniy fazilatlardan biladilarki, hammalari birlashib, turlicha yoʻllar bilan hokimlikning oliy martabasigʻa yetmishlar.

*Irz - meros; meros qolgan yaxshilik. Ayrim o'rinlarda «nomus» ma'nosida keladi.

📚 "HIND SAYYOHI BAYONOTI"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
5❤‍🔥211🔥1👏1🕊1
Insonlar aqlsiz bo‘lib tug‘ilmaydilar, balki ilmsiz bo‘lib tug‘iladilar. Insonlarning ahmoq bo‘lishiga ta’lim va tarbiya sababchidir

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10🤩63🥰3❤‍🔥2👍1
Malik Badriy va G‘arb psixologiyasi: Tafakkur kim uchun xizmat qiladi?


Zamonaviy G‘arb psixologiyasi tafakkurni asosan individual samaradorlik moslashuvchanlik va psixologik qulaylik bilan bog‘laydi. Fikr — muammo yechish vositasi, ong esa ko‘pincha neyrobiologik jarayon sifatida talqin qilinadi.
M Badriy esa “Tafakkur” asarida mutlaqo boshqa yo‘ldan boradi. U tafakkurni axloqiy mas’uliyat va iymoniy hushyorlik bilan bog‘laydi. Uning nazarida tafakkur — nafaqat “qanday yashash”, balki “nega va kim uchun yashash” savoliga javob beruvchi jarayondir.

Qiyosiy farq

G‘arb psixologiyasida:
Tafakkur — moslashish mexanizmi
Maqsad — stressni kamaytirish
Me’yor — shaxsiy qulaylik
Ong — neyronlar faoliyati

M Badriyda:
Tafakkur — ibodatga teng amaliyot
Maqsad — ma’naviy uyg‘onish
Me’yor — axloq va mas’uliyat
Ong — qalb va aqlning birligi

Tafakkur — bu G‘arb psixologiyasi taklif qilgan “ichki xotirjamlik”dan ko‘ra chuqurroq chaqiriqdir. Kitob insonni fikrlashga emas, uyg‘onishga, qulaylikka emas, haqiqatga chorlaydi.
👍5🥰4🔥3👏31❤‍🔥11
🧠 Tafakkur: qulaylikmi yoki uyg‘onish?


G‘arb psixologiyasi tafakkurni
insonni muhitga moslashtirish vositasi deb ko‘radi.
Maqsad — xotirjamlik, stresssiz hayot.
Malik Badriy esa tafakkurni
qalbni uyg‘otuvchi mas’uliyat deya talqin qiladi.
Maqsad — haqiqatga yuzlanish.
G‘arbda ong — mexanizm,
Badriyda ong — omonat.
U yerda fikr qulaylik uchun ishlaydi,
bu yerda tafakkur hisob berish uchun.
Axloqsiz ilm davolamaydi —
u faqat moslashtiradi.
Tafakkur — tinchlanish emas,
uyg‘onishdir.

📘 Malik Badriy — “Tafakkur”


Kitob sanoqli kunlarda hukmingizga havola etilajak...
🔥64❤‍🔥3😭211👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
🧠 Tafakkur: qulaylikmi yoki uyg‘onish? G‘arb psixologiyasi tafakkurni insonni muhitga moslashtirish vositasi deb ko‘radi. Maqsad — xotirjamlik, stresssiz hayot. Malik Badriy esa tafakkurni qalbni uyg‘otuvchi mas’uliyat deya talqin qiladi. Maqsad — haqiqatga…
Insonning ayolga muhabbati, insonning san’atga muhabbati va insonning go‘zallikka muhabbati, bularning bari bizlarni Allohga, muhabbatga haqli yagona Mahbubga yetaklaydigan yashirin qadamlar dalilidir. Bular oxirgi bekat - visol bekatiga olib boradigan safar bekatlaridir.

Mustafo Mahmudning "Hayot topishmog‘i" kitobidan.
6🔥5👍3😭3❤‍🔥211🤓1
“Tafakkur” — bu shunchaki o‘qiladigan kitob emas, balki o‘ylashga majbur qiladigan asardir. Malik Badriy ushbu kitob orqali zamonaviy insonni qiynayotgan savollarga yuzlanadi: nega o‘ylayapmiz, qanday o‘ylayapmiz va kim uchun o‘ylayapmiz?
Muallif tafakkurni faqat aqliy mashq sifatida emas, balki iymon, qalb va hayotiy mas’uliyat bilan chambarchas bog‘liq jarayon sifatida talqin qiladi.

Kitobdan olinadigan foydalar:
Yuzaki fikrlashdan voz kechish, voqealarga chuqurroq qarash odatini shakllantiradi
Taqlidiy ongdan chiqish, mustaqil va mas’uliyatli fikrlashga undaydi
Ilm va tafakkurning axloqiy mezonlarini anglatadi
Zamonaviy psixologiyaga tanqidiy nigoh bilan qarashni o‘rgatadi
Tafakkurni ibodat va hayotiy amaliyot sifatida qayta kashf etishga yordam beradi
“Tafakkur” kitobi tezkor javoblar izlaydiganlar uchun emas, balki savollar bilan yashashga jur’at qiladigan kitobxonlar uchun yozilgan. U o‘quvchini qulaylik tomon emas, uyg‘onish va mas’uliyat tomon yetaklaydi.
86🥰32👍1🔥1
Har narsaning o‘zi vaqti bor, ammo tavbaning vaqti HOZIR!

"Ularga qo‘rquv yo‘q" kitobidan.
🔥10❤‍🔥4🤩3🕊32😭211👍1😍1😇1