Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.94K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
"IchXasta" kitobidan:


Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganigni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.

Qalbi xastaning jismini davolashdan ne naf?!


Yumshoq muqova, 171 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥92🔥2🥰1😭1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Muammoga duchor boʻlganlarga qarata tabassum bilan gapirayotgan notiq, garchi ularni aldayotganini aytayotgan bo‘lsa ham avomning unga ragʻbati va ishonchi ortadi. Tashvishlarga koʻmilganlarga qarata kuyinib gapirayotgan noriq, garchi haqiqatni aytayotgan…
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi» asari bundan 100 yil oldin yozilgan. Oradan 100 yildan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay bizdagi ahvol qay darajada? Bir asr oldin yozilgan ushbu kitobda aynan bugungi kun bilan bog‘liq juda ko‘p voqealar qalamga olingan. Tadbirkorlik, hunarmandlik, maddohlik, qozilar bilan oddiy xalq o‘rtasidagi voqealar... bularning barchasi hali hamon davom etayotgandek... «Hind sayyohi»ni o‘qing, sayyohni o‘ylantirgan, qiziqtirgan savollar sizni ham befarq qoldirmasligi shubhasiz...

Abdurauf Fitrat "Hind sayyohining qissasi"


Yumshoq muqova, 188 sahifa, 19ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰62❤‍🔥2🔥2😢211👍1🤓1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi: 🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir... 🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi... 🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?! 🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin…
Men uni o‘zim tufayli baxtsizlikka uchragani uchun meni bir umr qarg‘ab o‘tish huzuridan mahrum qilishni istamadim. Bilasizmi, azizim, odamlar biror baxtsizlikka uchraganlarida o‘zini jabrdiyda va shuning uchun ham olijanob deb his etishlarida, boshiga bu kulfatlarni solgan kishini aybdor sanab, uni qarg‘ashga men to‘liq haqliman deb qattiq ishonishlarida so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan allaqanday huzur-halovat bor.

F. Dostoyevskiy, “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar”


Qattiq muqova, 464 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥4🔥4😭411👍1🥰1🕊1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ahmoqgarchilik, bekorchilik, munofiqlashgan jamiyatda yaxshi ishlarga jur'at topa olsangiz, demak biz bir yo'ldamiz. Jur'at kitobini hayotimdagi ichki ziddiyatlarim, qo'rquvlarim, orzu va istaklarim, intilishlarimning hosilasi deb bilaman. Yillar davomida…
So'z — insonning eng kuchli quroli, degan edi mashhur faylasuf Aristotel.

Aflotun ritorikani "odamlar ongini boshqarish san'ati" deb ta'riflagan. Agar inson bu san'atni to'laqonli egallay olsa, uning yo'lida ulkan imkoniyatlar eshigi ochiladi.

Ushbu kitob orqali notiqlik san'atining sir-u asrorlaridan boxabar bo'lasiz. Unda omma qarshisida nutq so'zlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, kiyinish madaniyatidan tortib o'zini qanday tutishgacha bo'lgan bilimlar aks etgan.

Notiqlik nimani, qachon, qayerda gapirishni bilish deganidir!


Insonlik belgilaridan biri Tafakkur va nutqdir. Ushbu kitob sizga bu masalada katta yordam berishiga ishonamiz.

Notiqlik _ bu imtiyoz. Siz insonlarga tasir qilish va hatto ularning hayotini o'zgartirish imkoniyatiga egasiz.

Ritorika _ Notiqlik san'ati


Qattiq muqova, 222 sahifa, 35ming
Buyurtma berish _ @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥63❤‍🔥22😭2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yalang'ochlik avrat hisoblanadi. Sababi uning ortidan fitna chiqadi. Bilimsizlik ham avrat hisoblanib, u ham fitnaga sabab bo'ladi. Shunday ekan, uni ilm bilan satr qilish shart. "Jurʼat" kitobidan. Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝Ayollar har bir qilingan yaxshilikni ko‘paytirib qaytaradi. Tongda ishga ketayotganda, unga birgina sevishingni aytganing uchun to qaytguningcha sendan boxabar boladi. Faqat birinchi qadamni erkak tashlashini kutishadi xolos. Fahm-farosatli erkaklar birgina tashabbus bilan ayollarining hurmat va muhabbatini qozona olishadi, bunga ahamiyatsiz bolgan erkaklar esa oila binosi poydevorining mo'rtlashib qolishiga sabab bo'lishadi. Loqaydlik va gilingan zulmga ham o'n barobar qilib javob qaytarishadi. Butun boshli erkak ekaningga tupurishadi. Shuni ham unutma!

📝Muhabbat odamni tarbiyalaydi, kamolotga eltadi, xulqlarni shakllantiradi, fidokorlik ila himmat bilan siylaydi, maqsad hamda maslak bilan ta'minlaydi va hatto qurbonlikka ham shay qiladi. Men havas yoki garmonlar oyini haqida gapirmayapman, balki chin sevgi haqida gapiryapman.

Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥7🔥322👍2😍1🤓1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
🧠 Siz gapirmasangiz ham, tanangiz gapiradi! FBIning sobiq agenti Jo Navarro ushbu kitobda insonlarning tana tili orqali o‘zlarini qanday fosh qilishini hayratlanarli misollar bilan ochib beradi. Bu kitob sizga: 🪶 odamlarning asl "niyatini" tezda anglashni…
Ushbu kitobda ruhshunos Allan Piz izlanishlari, tadqiqotlari asosida inson tana aʼzolarining harakati, yuz ifodasi noverbal muloqot asosi ekanligi, shaxsni anglash, uni idrok etish tana tiliga bog‘liqligi, suhbatda makon va maydonlar, shaxsiy maydon, kaftlar va ular yordamida uzatiladigan maʼlumotlar, ko‘l va panjalar, oyoqlar va tananing boshqa aʼzolari bilan bog‘liq imo-ishoralarning maʼnosi haqida maʼlumotlar berilgan va bundan oliy taʼlim muassasalarida "Eksperimental psixologiya va praktikum". "Konsultativ psixologiya". "muloqot psixologiyasi", “Psixodiagnostika” kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.

Tana tili _ Allan Piz


Yumshoq muqova, 200 sahifa, 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥4😭32😢1🤓1😇1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitob bir qarashda sahobalar haqida yozilgandek tuyulsa-da, aslida, u o‘zimiz haqimizda. Har qadamida sahobalarga o‘xshashga intiladigan, ulardek bo‘lishga harakat qiladigan, birda eplasa, birda eplay olmaydigan bugunning musulmonlari haqida. “Kitob – sahobalar…
Har qanday bilimli kishidan ustunroq boshqa yana bir kishi topilishi mumkin. Bunga o‘z tajribalarim orqali ishonch hosil qildim. Hamma narsani bilaman deya, o‘zimni olim sanab yurgan kezlarim allaqachon ortda qolgan bo‘lsa ham avvalgi bilimdonligim uchun badal to‘lashimga to‘g‘ri keldi. Shu sababdanmi, tarixda nomim "har narsaga aralashaveradigan mahmadona" deya qayd etildi. Holbuki, so‘zlamoqchi bo‘lganim o‘sha kungi voqealardan so‘ng hayotga va mol-dunyoga qarashim o‘zgargan edi. O‘sha kundan boshlab bilganimni unutdim, unutganlarimni yangidan o‘rgandim. Bilim bilan hikmatning, ma’lumot ila irfonning farqini angladim va hayotimning qolgan qismini bilimimni ko‘z-ko‘z qilmay o‘tkazdim...

Iskandar Pala _ "Ishq otashi" kitobidan


Yumshoq muqova, 380 sahifa, 50ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👏3❤‍🔥21🥰1😭1🤓1😇1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Mazlumlar odamdek tug'ilib, odamdek yasholmayotganlardir. 📚 "JUR'AT" kitobidan.
📜Nafsni pirining soyasidan boshqa hech narsa oʻldirmaydi. Nafsni oʻldirganning etagiga mahkam yopish. Bu pastkash nafs sendan oʻtkinchi manfaat istaydi. Tokaygacha bunday behuda ishlar bilan ovvora boʻlasan, yetar bas!

📜Aql haj qilish uchun tuya topguncha, Muhabbat Kaʼbani aylanib boʻldi!

📜Bir ulug‘ zotdan so‘radilar:
-Tasavvuf nima?
U zot shunday javob qildi:
-Siqilgan paytda ko‘ngilda farahning bo‘lishi tasavvufdir!
Alloh taolo: «Yo‘qotgan narsalaringizga achinmang, hatto bo‘ri kelib echkingizni yesa ham», dedi. Bu balo – kattaroq balolarni daf etish, bu ziyon – dahshatliroq ziyonlarning oldini olish uchundir...

© Mavlono Jaloliddin Rumiy _ Ichindagi ichindadur

Qattiq muqova, 330 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
6👍53❤‍🔥3😭3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Zehn tuzoqlari o‘zi qanday bo‘ladi? deganlarga javoban: Agar farqlash qobiliyatingizni yo‘qotsangiz, o‘zingizni erkindek his qilishingiz mumkin, ayniqsa, hozirgi holatingizdan boshqa bir hol bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilolmasangiz... Farq anglashdan…
Totalitar tuzumlar insonni jismonan emas, avvalo ma’nan bo‘ysundiradi.

inson gapira olmaydi → demak, fikrlay olmaydi;

inson eslay olmaydi → demak, kimligini bilmaydi.

Tilshunoslikda keng muhokama qilingan Sapir–Whorf gipotezasiga ko‘ra:
Inson qanday tilda gapirsa, dunyoni shunday tasavvur qiladi.

Demakki til erkinligi yo‘q joyda tafakkur erkinligi bo‘lmaydi!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥432🔥2😭2👍1👏1😢1🤗1
NAMOZGA MUHABBAT

Namoz o‘qishga ahd qilgan inson jismonan shunday demoqchi bo‘ladi:
“Mening zaruratim yo‘q. Zaruratim — Alloh buyurganiga itoat etishdir!”

Uchrashuv va seminarlarimda menga shunday savol bilan murojaat qilishadi:
“Farzandlarimizga namozga muhabbatni qanday uyg‘otishimiz mumkin?
Bolalarimiz namozlarni vaqtida, benuqson ado etishlari uchun nima qilishimiz kerak?”

Shunday javob beraman ularga: “Avvalo o‘zimiz Islom arkonlariga xos, musulmonona hayot kechirishimiz kerak.
Eng go‘zal va mukammal saboq — amal bilan, xatti-harakat bilan berilgan saboqdir.
🤩Men bolalarimga hech qachon: ‘Namoz o‘qinglar’, demaganman.
Rafiqam va farzandlarim bilan sayr-sayohatga chiqadigan bo‘lsak,
‘Qaysi ulovga chiqsak, tez va bexatar manzilga yetamiz-u,
namozlarimiz qazo bo‘lmaydi?’ der edim.
Bolalarim namozga bo‘lgan munosabatim va muhabbatimni ko‘rib o‘rganishdi.
🤩Agar ‘namoz o‘qinglar’ deb majburlaganimda, ehtimol g‘ururlari og‘rir,
namozga majburiyat yuzasidan qarashar edi.

Ba’zan namoz o‘qish mening nafsimga ham og‘ir keladi.
Keksayganman, betobman. Tahorat olish, namoz o‘qish qiyinlashadi.
Ammo nafsga og‘ir holatda namoz o‘qish — Allohning buyuk lutf va marhamatidir.
Chunki nafs xohlamagan paytda, Alloh xohlagani uchun namoz o‘qiladi
va bu bilan ixlos ortadi.

🤩Ixlos — bir amalni faqat va faqat Alloh roziligi uchun bajarishdir.

Bir inson so‘radi:
“Xohlamay namoz o‘qish namozga nuqson yetkazmaydimi?”
Javob berdim:
“Xohlamay o‘qilgan namoz ibodat ajrini oshiradi!”
U hayratda qoldi:
“Shunday bo‘lishi mumkinmi?!”
Dedim:
“Agar qalbing istagani uchun, ma’naviy lazzat olib, ruhing yengillashgani uchun
namoz o‘qisang — o‘zing uchun o‘qigan bo‘lasan.
Ammo o‘zing istamagan holda, Alloh roziligi uchun o‘qisang —
Alloh uchun o‘qigan bo‘lasan!”

Ba’zan to‘satdan uyg‘onib ketaman. Soatga qarasam, bomdod yaqinlashgan bo‘ladi.
Rafiqamdan tahorat olish uchun yordam so‘rayman:
“Xonim, yaqinda vafot etamiz. Keling, yaxshisi, ibodat qilaylik”, deyman.
“Yaqinda vafot etishimizni qayerdan bilasiz?” deydi rafiqam.
“Biologik umrimiz tugab boryapti, taqvimlar shundan dalolat bermoqda”,
deya javob qilaman.

Agar har bir namozimizni so‘nggisi kabi ado etsak, namoz bizga og‘ir kelmaydi.
Peshinni o‘qisam, asrni o‘ylamayman. Asrgacha yetamanmi-yo‘qmi — Alloh biluvchi.


Yana bir narsani unutmaslik kerak: Dunyo ishlari namozimizdan qimmatmi?
Namozdan muhim, ibodatdan qadrli ish yo‘q!

Qabristonlarga quloq tuting —
“Dunyoda abadiy qolmaysan!” degan ilohiy ogohlantirishni eshitasiz.
Dunyoda qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lsak,
oxiratda ham o‘shalarni topamiz.
#kitob
Iymon va huzun

@nur_tafakkuur 🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🥰3😭321❤‍🔥1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ishonch ila ayta olamanki, inson daf'atan o'lib qolmaydi, balki bosqichma-bosqich o'ladi: - Har safar bir do'sti vafot etganda, uning bir qasmi o'ladi, -Har safar sеvgan bir yaqini tashlab kеtganda, uning bir qismi o'ladi, - Har safar orzusi armonga aylanganda…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishonch ila ayta olamanki, inson daf'atan o'lib qolmaydi, balki bosqichma-bosqich o'ladi:
- Har safar bir do'sti vafot etganda, uning bir qasmi o'ladi,
-Har safar sеvgan bir yaqini tashlab kеtganda, uning bir qismi o'ladi,
- Har safar orzusi armonga aylanganda uning bir qismi o'ladi.
Toki katta o'lim kеlib, o'lik qismlardan boshqa hеch narsa topmagunicha, (shunday hol davom etadi). U kеlgach uning bo'laklarni ko'tarib kеtadi.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.


Yumshoq muqova, 126 sahifa, 25ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
2👍2🔥2👏211🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Unutdikmi? | Mubasshir Ahmad


Alloh kimni jannat uchun xalq qilgan bo‘lsa undan ko‘ngilsizliklar keti uzilmaydi. Qat’iyatli mo‘min buyuk ishlarda sobit bo‘ladi. Uning fikri o‘zgarmaydi, tili shikoyat-la so‘z demaydi. Shunday ekan, o‘zingga yetgan ko‘ngilxiralikni ajr va’dasi ila va yengil sanash bilan osonlashtir. Shunda mashaqqatlar shikoyatsiz ariydi.

Shuni doim yodingda tutgilki, berilish uchun mahrum bo‘lgansan! Ofiyatli bo‘lish uchun sinalgansan! Poklanish uchun balolangansan!

Imom Ibn Qayyim rahimahulloh


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢86🔥6❤‍🔥42👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ikki toifali odam bu dunyodan hasrat bilan o'tadi: biri, yig'ib- yig'ib yemagan, ikkinchisi, ilm olib, ilmiga amal qilmagan! Bir necha amaldorlar bilan birga kemada edim. Ortimizda bir qayiq gʻarq bo'lib, ikki og'a-ini girdobga tushib qoldi. Amaldorlardan…
Odamzodga sira aytmang achchiq so'z,
Faqir-u miskinga muruvvat yaxshi. Baxilga yondashmang, kulib solmang ko'z,
Hojat bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
Yetimni ko'rganda kulib tursin yuz,
Qo'ldan kelsa, bering unga taom-tuz,
Bir g'amgin uchrasa, bo'ling shirinso'z,
Beva - bechoraga himoyat yaxshi.
Yigit uldir - so‘zga aylasa amal,
Qo'ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Ollohning amriga qilmagin badal
Bekka - ehson, shohga - adolat yaxshi.
Gʼariblik bir dardki, odam o‘ldirmas,
Valekin hayotda bir dam kuldirmas,
Bo'riga aybini it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.
Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Nihollar ko'karib, meva, gul berdi,
Go'ro'g'li Rayhonga nega yolbordi,
Kimki sulh so rasa, diyonat yaxshi.

Mahtumquli


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥5🤗43👍2🤩2
🌪Ibtidolarga ishonma, eng to‘g‘ri so‘z so‘nggi lahzalarda aytiladi...

🌪"O‘q qalbimga tegganida o‘lmadim. Ammo uni kim otganini ko‘rgach o‘ldim!".

🌪"Yaxshi do‘st bo‘l yoki sharafla dushman. O‘rtada turib qolma!".

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9❤‍🔥8👍3🤩2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak, hayotimizning barcha jabhalarida vazifalarimizni, hamma narsamizni sevgiga qurbon qilib yuboramiz. Ishq imtihonidan oʻta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtini togʻri tanlashdir.…
— Fikrlaringiz, orzularingiz,  maqsadlaringiz tutashmas ekan, nikoh rishtalarining bog‘langani befoyda...


— Erning his-tuyg‘ulari va kechinmalarini yuzidan o‘qib oladigan yagona shaxs uning rafiqasidir. Ayol eri biror narsani istasa, buyurishidan oldin o‘sha ishni bajarib qo‘yadi, biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsa, so‘rashidan oldin javob beradi. Agar eriga biror narsa yoqmasa, uni darhol bartaraf etadi.

Bordiyu, erida o‘ziga nisbatan muhabbat tuyg‘usini his qilsa, uning qalbidan joy olib, ishonchini oqlaydi. Agar xojasi undan mamnun ekanini bilsa, yanada o‘ziga qaraydi, bezanib go‘zalligi ziyodalashadi. Eri safar qilib, o‘zi uyda qolsa-da, ikki qanoti ila xojasi bilan uchib dunyolarni kezadi.

Bir so‘z bilan aytganda, ayol erining barcha ishlarida u bilan hamnafas bo‘ladi.
❤‍🔥7👍43😢2🕊2😭2🔥1
Hayotingizni o‘zgartiruvchi to‘rt muhim kalit bitta to‘plamda!


Har bir inson yuksalishni istaydi. Kimdir ilmda, kimdir boylikda, kimdir ma’naviyatda.
Haqiqiy yuksalish esa inson qalbidan boshlanadi.

Qo‘lingizdagi “Shaxsiy yuksalish kalitlari” to‘plami shu ichki yuksalish sari tashlangan muhim qadamdir. U hayotda tinchlik, baraka, muvaffaqiyat, Alloh roziligiga eltuvchi uchun zarur to‘rt sohani qamrab oladi:
1. “Rizq kalitlari” kitobi rizq nima, u qanday ko‘payadi, baraka qayerda, degan savollarga Qur’on va hadis asosida javob beradi.

2. “Najot keltiruvchi duolar” kitobi sinovli hayotda insonni himoya qiladigan, qalbga orom beradigan duolarni o‘rgatadi.

3. “Baxtli hayot sari” kitobi baxtli hayot siri nimadaligi, qanday yashash kerakligi haqida tushunarli va ta’sirli maslahatlar beradi.

4. “Istig‘forning 40 xosiyati” kitobi gunohlardan poklanish, hayotni tuzatish, yaxshilik eshiklarini ochish uchun istig‘for qanchalik muhimligini yoritadi.


Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
6❤‍🔥3🔥2🤗211
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"MUHABBAT MADRASASI yoxud muhabbatning 55 muammosi" Taqdir va Qaror. Turmush qurish taqdir, taloq qilish esa qarordir. Xafalik taqdir, xursand boʻlish esa qarordir. Hayotingda bir insonning boʻlishi taqdir, uni saqlab qolish yoki qoʻldan boy berish qarordir.…
Men oltmish yashar qizman. Uch avlod ustida ko‘prik bo‘lib umrim o‘tdi. Muhabbat nimaligini, turmushga chiqish neligini bilmay o‘tdim.
   O‘n yoshimda ukamni ko‘tarar, unga qo‘shiqlar aytib berar edim. O‘ttiz yoshimda shu ukam uylandi. Endi uning bolalarini ko‘tara boshladim. Uning bolalari ham uylandi. Endi horigan ko‘ksim ustida ularning bolalari yotar edi. Qolgan umrim shular bilan o‘tadi shekilli...
   Siz oltmish yil chanqoq holda qirg‘oqda yashash neligini bilmaysiz. Buni anglashingiz mumkin emas. Chunki siz buni tajriba qilib ko‘rmagansiz. Siz erkak kishisiz.
  Yoshligimda erkaklar ko‘cha, maktab uchun yaratilgan. Ayollar esa oshxona uchun yaratilgan deyishar edi.
   Otamning iqtisodiy holatlari o‘rtacha edi. Farzandlarini universtitetda o‘qitishni orzu qilar edilar. Onam vafot etganlaridan so‘ng bu orzuning badali men bo‘ldim. Uydan chiqa olmay qoldim. Pishirar edim, yuvar edim, kafellarni artar edim. Qisqasi xodimaga beriladigan maoshni saqlab qolib otamga yordam berar va uning orzularini amalga oshishiga ko‘maklashar edim. Yosh avlod universtitetga kirishi, ta’lim olishi va "biz erkaklarmiz" deyishi uchun go‘sht va qonidan to‘laydigan to‘lov bo‘ldim.
   Men bu fidokorlikdan baxtiyor edim. Men ko‘ksimda tarbiya topgan uch avlodning bokira onasi edim.
   Ammo hozir atrofimdagi olam o‘zgarib qolgan. O‘zimni begona olamdagi begona insondek his qilayapman. Bunda safsata, g‘urur, sevgi, xudosizlik va boylik liq to‘la.
  O‘zim tarbiya qilgan, yoshligimni va umrimni ularga bergan qizlar va bolalar menga bir buyum va eski narsa singari  boqishadi. Meni masxara qilishadi. Chunki men ularning zamonidan, siyosatdan, sevgidan bexabarman. Ustimdan kulishadi.
   Oshxonadagi hukmronligim ham tugagan. Uni yangi oshpaz egallagan. Deraza oldiga kelib hech kimga sezdirmasdan yig‘lab olaman. Bitta narsaga ega bo‘lishni hohlar edim. U qadr...
Ammo shunga ham ega bo‘la olmadim. Qanchalar baxtsizman...
--------------------------
   Doktor Mustafo Mahmud bu ayolga javob beradi:
  "Aziz ona! Zamonadan, siyosatdan va muhabbatdan xabardor qizlaringiz aslida muhabbatdan hech narsani tushunmas ekan. Ular sizga xizmatkor bo‘lishga ham loyiq emaslar. Muhabbat bu siz, ey ona! Siz sharafsiz, fidokorliksiz va fazilatsiz. Siz yangi avlod uchun to‘lov bo‘lishga rozi bo‘ldingiz. Ular sizning qo‘lingizdan olgan ilm, madaniyat va hurriyat sarmoyasiga badal bo‘ldingiz. Bu safsatalar barisi sizning dasturxoningizdagi uvoqlardir. Agar ulardan aziyat ko‘rgan bo‘lsangiz, ular sizga oq bo‘lishgan bo‘lsa siz ularni kechiring. Bu payg‘ambarlar odati va ziynatidir . Sizga buyuk narsa bunyod qilgan ayol ekaningizni his qilishingizni o‘zi kifoya qiladi. Men sizga ta’zim qilib qo‘lingizni o‘paman, ey pokiza Maryam!

✍️Mustafo Mahmud. "Muhabbat madrasasi" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢126❤‍🔥4🔥3👍21🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob turmush qurishgacha va  turmush davridagi muammolar va savollarga qadriyatlarimizga mos va xos javob beradi. Ushbu risola har bir yoshga saodatli hayot uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Kitobdan:
Nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak, hayotimizning barcha jabhalarida vazifalarimizni, hamma narsamizni sevgiga qurbon qilib yuboramiz. Ishq imtihonidan oʻta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtini togʻri tanlashdir.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7❤‍🔥6🥰43🔥21🕊1
Qayta nashr🔥

📚Sharaf _ Ali Izzatbegovich _ 40ming
📚Fikrlayotgan odam _ Jeyms Allen _ 25ming
📚Odamlar nima deydi? _ Shayx Ali Tantoviy _ 26ming
❤‍🔥8👍6🔥41🥰1🕊1