Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi:

🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir...
🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi...
🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?!
🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin orzusidadir...

📚"Kesik qanotlar" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14🥰4❤‍🔥3😢3🤩21👍1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlar uchun mashhur shaxslar hayoti yoritilgan ensiklopedik to‘plam.


Ushbu kitobda yoshligida o'zgacha ekanligini his qilmasdan ulg'aygan va keyinchalik dunyoga mashhur boʻlgan 20 nafar iste'dodli insonlar haqida hikoya qilmoqchimiz. Ularning siri nimada ekanligini bilasizmi?

Agar siz sinchiklab oʻqisangiz, ularning qiziqishlari va tashabbuskorliklari bilan birga qiyinchiliklarini ular kabi his qilmoq istasangiz, ularga nega bugungi kunda ham hayrat ila minnatdorchiliklar bildirishlarini ham bilib olasiz.

Yumshoq muqova, 120 sahifa, 30mingdan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰5👍3❤‍🔥22🤗21🔥1😭1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
«Britannika» ensiklopediyasi 1768 yildan beri qiziquvchilar va o‘rganuvchilarga quvonch ulashib kelmoqda. Mazkur kitob ushbu anʼananing davomchisi sifatida sizni butun Olam va tarix bo‘ylab ajoyib sayohatga olib boradi. Bu kitob orqali sizda qora tuynukka…
Ochiq qolib ketayotgan savollar...

Tadqiqotlar koʻrsatishicha, 4 yoshli bola bir kunda 300 marotaba savol berar ekan. Aksariyati "Nima uchun?" degan savol boʻladi.

Xoʻsh, bolajonlarning beradigan "Nima uchun?" soʻrogʻiga javoblarimiz bormi? Oʻzi ularni tinglaymizmi? Qiziqishlar shunchaki "Boy oʻynab kel", yoki "Ish qilyapman", "Jim oʻtir" kabi buyruq ohangi ostida yoʻq boʻlib ketmayaptimi?

Bu savollar bizni qattiq oʻylantirdi. Jamiyatning ogʻrigʻidan kelib chiqib, boshqacharoq uslubda kitob nashr etdik. Nomi:

📚 "OYIJON, AYTA OLASIZMI?"
Kitobda farzandimiz berishi mumkin boʻlgan savollar jamlangan. Javobni esa siz berasiz va qoʻllanmaga yozib qoʻyasiz. Imkoni boʻlsa, farzandingiz bilan birgalikda yozib boring!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13❤‍🔥5🥰4🔥31🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi: 🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir... 🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi... 🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?! 🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin…
Hamma narsa o‘zgara oladi... Ixlosli tuyg‘ularga ega bo‘lganlar bundan mustasnodir...

Hikmatlar deraza oynasiga o‘xshaydi: bizga haqiqatni ko‘rsatishi ham mumkin, bizdan haqiqatni to‘sib qo‘yishi ham mumkin.

📚Jubron Xalil "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰74🤓422❤‍🔥2🔥2👍1🕊1😍1
#KitobUlashing
Oriental universitetida “Ilmga e’tibor — kelajakka e’tibor!” shiori ostida boshlangan “Kitob ulashing!” ezgu tashabbus aksiyasi izchil davom etmoqda.

Aksiya doirasida "TASKIN KITOBLAR" nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. "TASKIN KITOBLAR" nashriyoti Axborot-resurs markazi fondiga o'z nashriyoti tomonidan nashr etilgan adabiyotlarni tuhfa etishdi. Ularning bu sa’y-harakatlari ilm fidoyilari uchun munosib o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus — talaba-yoshlarni ilmga, kitobga va mustaqil izlanishga undovchi ma’naviy ko‘prik, ularning bilim doirasini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kitob — bu inson tafakkurining eng yuksak timsoli. Ilm fidoyilari tomonidan sovg‘a qilinayotgan har bir asar — yosh avlodning ma’naviy kamolotiga qo‘shilayotgan bebaho hissa, kelajak uchun yozilgan mehr sahifalaridir.

Oriental universitetida kitobga bo‘lgan ehtirom, ilm va ma’rifatga mehr har qadamda seziladi. Aksiya davom etmoqda — har bir kitob, har bir sahifa, har bir satr — nurli kelajak sari tashlangan yana bir qadamdadir.


@taskinkitoblar | kitob ulashing
7👍63❤‍🔥1🥰1😍1🤓1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
📚"Jurʼat" Do‘stni o‘zing topasan, dushman o‘zi keladi. 📚"Zehn tuzoqlari" Tanqid qilishlaridan qo‘rqqan kishi hujumchi bo‘ladi. 📚"Ishq imtihoni" Sevgining aksi nafrat emas, balki befarqlikdir...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer kurrasidagi odamlar asosan go‘daklar, ulg‘ayganlar juda ozchilikni tashkil etadi. Chunki nafsga bandilik ⸺ go‘daklikning sifati.

Mavlono Jaloliddin Rumiy _ Qalb ko‘zingni och


Qattiq muqova, 35ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥7👍5🤩311🔥1😢1🤓1
Dunyo – bir kam, deydilar. Shodlik yonida g‘am doim bo‘lgan. Badrda musulmonlar zafar quchgan kuni hamma masrur edi. Buyuk Alloh buyuk Rasulini buyuk g‘alaba bilan siyladi. Ammo ushbu zafar yonida bir alam bor edi – g‘alaba sururi yeru osmonni xushlagan kuni Payg‘ambarimizning qizlari Ruqiya vafot etdi.

Boshqalaridagi singari bu voqeada ham katta ibrat bor. Ulug‘ Nabiyningki hayoti alamlarga qorishib o‘tgan ekan, u zotga ummat bo‘lganlarniki yana qanday kechishi kerak? Lekin biz ana shu haqiqatni tushuna olmayapmiz. Salgina dardga dod solib yuboramiz; osmonlarda uchib yurganimizda oyog‘imizga botgan “tosh” peshonamizning sho‘ri bo‘lib ko‘rinadi; og‘zimiz oshga yetganda qonagan burnimizni kesib tashlagudek bo‘lamiz...

Holbuki, Yaratganning yer yuzidagi sunnati boshqacha. U Zotning bandalariga, xususan, mo‘min bandalariga atalgan achchiq-chuchuk tortiqlari bor. Bandaning burchi taqdiriga rozi bo‘lishdir.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥139😭5😇21👍1🥰1
🧠 Siz gapirmasangiz ham, tanangiz gapiradi!

FBIning sobiq agenti Jo Navarro ushbu kitobda insonlarning tana tili orqali o‘zlarini qanday fosh qilishini hayratlanarli misollar bilan ochib beradi.

Bu kitob sizga:
🪶 odamlarning asl "niyatini" tezda anglashni,
🪶 yolg‘onni tanishni,
🪶 muloqotda ustunlikka erishishni,
🪶 o‘zingizni to‘g‘ri ifoda qilishni o‘rgatadi.

Hayotingizda odamlar bilan ishlaysizmi? Savdo, biznes, pedagogika yoki oddiy muloqot — har joyda sizga yordam beradi.

“Siz nimani o‘ylasangiz, o‘shani ko‘raman” — inson tabiatini tushunishning ishonchli qo‘llanmasi.

Yumshoq muqova, 318 sahifa, 45ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
10🥰5🔥21❤‍🔥1👍1🕊1
Ahmoqgarchilik, bekorchilik, munofiqlashgan jamiyatda yaxshi ishlarga jur'at topa olsangiz, demak biz bir yo'ldamiz.


Jur'at kitobini hayotimdagi ichki ziddiyatlarim, qo'rquvlarim, orzu va istaklarim, intilishlarimning hosilasi deb bilaman. Yillar davomida meni oyog'imga tushov bolib turgan ishonchsizlik qopqonidan buzib chiqib ketilgan kuchdan yaralgan fikr va anglashlardan iborat asarim.

Meni quvontiradigan jihati, men kabi boshqa yoshlarga bu kitobim o'z qobiqlaridan otilib chiqarishga hissa qo'shayotgani menga iftixor beradi.

Omar Halil

•Muqovasi: yumshoq
•Narxi: 35 000 so'm

•Buyurtma berish uchun: @TaskinKitob


@TaskinKitoblar | Yaxshiliklar sari odim!
6👍64🔥4🤓2❤‍🔥11🥰1🤗1
"Qalblarni dam oldirib turinglar, chunki ular yomon ko'rib qolsa, ko'r bo'ladi".


Kitob mavzusi qanday?
Muhammadga(s.a.v) yaqin bo'lmoq uchun tarbiya ham eng kamida Rasulga yaqin bo'ganlarnikidek bo'lmog'i darkor.
Hamma o'zinikini haq deya tan oladigan bu dunyoda inson uchun eng keragi-go'zal xulq!

So'zlashda, kiyinishda, eshitishda, taomlanish-u taom savdosida, begona-yu yaqinlar bilan muomalada-hammasida go'zal o'rnak bo'lgan Saodat asridan dalillar,alohida yondashuv misollar va iqitbos bilan yoritilgan.
Kitob kimlar uchun?
Din yo tarbiyaga oid kitob o'qiyman deguncha o'zimni uyquda topaman deganlar, shu yerdamisiz☺️
Aynan sizbop.

Farzandimga umumiy tarbiya va din haqida tushuncha berishim, o'zim ham shu borada o'qishim kerak,deyapsizmi?
Zeriktirmay o'rgatadigan, yosh bolalarga ham tushunarli bo'ladigan, o'qilishi yengil bu kitob ilk mutolaadanoq siz izlayotgan kitob ekanligini tushunasiz.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩11🤗9🕊52❤‍🔥11👍1🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Dunyo – bir kam, deydilar. Shodlik yonida g‘am doim bo‘lgan. Badrda musulmonlar zafar quchgan kuni hamma masrur edi. Buyuk Alloh buyuk Rasulini buyuk g‘alaba bilan siyladi. Ammo ushbu zafar yonida bir alam bor edi – g‘alaba sururi yeru osmonni xushlagan kuni…
Kitob bir qarashda sahobalar haqida yozilgandek tuyulsa-da, aslida, u o‘zimiz haqimizda. Har qadamida sahobalarga o‘xshashga intiladigan, ulardek bo‘lishga harakat qiladigan, birda eplasa, birda eplay olmaydigan bugunning musulmonlari haqida.

“Kitob – sahobalar bilan bugunning musulmonlari o‘rtasidagi jarlik ustiga qurilgan ko‘prik”.


Shu paytgacha kim o‘qigan bo‘lsa, juda ta’sirlanganlari haqida ta’sirli gaplarni aytishdi. Bir adabiyotshunos olim: “Diniy mavzuda ham shunday erkin ijod qilsa bo‘larkan-a”, dedi. Birov, Adham Sharqoviydan ta’sirlanibsiz, dedi. Kimdir, Sharqoviy bunday ta’sirli yozolmasdi, chunki uning yurti boshqa, dedi...

Qattiq muqova, 246sahifa, 45ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥7😭4🥰31😁1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yaxshi inson bo‘l! Lekin shunday ekaningni birovga aytishga urinma. Xato qilish insonga xos ish. Ammo shu xatoni oqlash esa shaytoniy ishdir. Lev. N. Tolstoy Qattiq muqova, 190 sahifa, 35ming Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Daloil ul-Xayrot” — islom ma’naviy merosining durdonalaridan biri. Imom al-Juzuliyning ushbu asari salovat zikrlarini nafaqat jamlagan, balki ularga o‘zining nozik tasavvufiy ruhi, muborak Rasululloh ﷺga bo‘lgan cheksiz muhabbati va ixlosini singdira olgan noyob asardir.


Kitobning eng kuchli jihati — uning ruhiy ta’siridir. O‘quvchi matnni o‘qir ekan, har bir salovatda Alloh Rasuli ﷺ siyratining ulug‘ligi, fazilatlari, nurli bashorati ko‘z oldida jonlanadi. Matnlardagi adabiy nafislik, munojot ohangi va Qur’oniy mazmun qalbni chuqur larzaga soladi.

Agar kimdir qalbini salovat nuri bilan ravshanlashtirmoqchi bo‘lsa, Rasululloh ﷺga muhabbatini kuchaytirishni istasa — bu kitob eng mo‘tabar manbalardan biridir.

"Daloilul xayrot" kitobi qattiq muqova, 298 sahifa, 75ming.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
5😭41❤‍🔥1👍1🔥1🥰1🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yalang'ochlik avrat hisoblanadi. Sababi uning ortidan fitna chiqadi. Bilimsizlik ham avrat hisoblanib, u ham fitnaga sabab bo'ladi. Shunday ekan, uni ilm bilan satr qilish shart.

"Jurʼat" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
10🔥6🤩3😢2😭2🤗2❤‍🔥1👍1😍1🤓1😇1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O'zbek xalqi birlashmaydi degan loflar ham aynan shu xoinlar o'ylab topgan va tarqatgan cho'pchakdir. O'zbek xalqi, turkiylar birlashsa nimalar qila olishini tarixda necha martalab ko'rsatib bergan. Aslida biz tez birlashuvchi xalqmiz. Biroq, bunga yo'l qo'ymaydigan…
Angliya 100 yil ham eplolmagan Hindistonni Turklar 1300 yil boshqargan.

Yevropaning qudratli davlatlari 60 yilda quvilgan arab davlatlarida Turkiy sulolalar 1000 yil hukmron bo‘lgan.

Yevropa tiz cho‘ktira olmagan va Eron deb yaqindagina atalgan forslar mamlakitini Turklar 1300 yil boshqargan!

Turklar Ossuriyani, Misrni, Arab xalifaligini, Xitoyni egallab, 3 qit’ada hukmronlik qildi.

G‘arbda Rim papasini tiz cho‘ktirgan Xunlar Sharqda Xitoyni Buyuk devor qurishga majbur qildi.

Turklar 300 yil Rossiyani boshqargan Oltin O‘rda imperiyasini tuzdilar, 3 ta yirik salib yurishini to‘xtatdilar.

Chingizxon boshchiligida Yevroosiyo qit’asida hukmronlik qilib, Vena devorlarigacha yetib bordilar.

Usmonlilar qiyofasida 600 yil yashagan Sharqiy Rim imperiyasini qulatib, poytaxtini Istanbulga aylantirdilar.

Turklar Osiyoda 2500 yil, Yevropada 1500 yil, shimoliy Afrikada 400 yil hukmronlik qildilar
.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥12👏4🤩421🔥1🕊1😍1😭1🤓1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Dunyo – bir kam, deydilar. Shodlik yonida g‘am doim bo‘lgan. Badrda musulmonlar zafar quchgan kuni hamma masrur edi. Buyuk Alloh buyuk Rasulini buyuk g‘alaba bilan siyladi. Ammo ushbu zafar yonida bir alam bor edi – g‘alaba sururi yeru osmonni xushlagan kuni…
Ikki toifali odam bu dunyodan hasrat bilan o'tadi: biri, yig'ib- yig'ib yemagan, ikkinchisi, ilm olib, ilmiga amal qilmagan!

Bir necha amaldorlar bilan birga kemada edim. Ortimizda bir qayiq gʻarq bo'lib, ikki og'a-ini girdobga tushib qoldi. Amaldorlardan biri kemachiga dedi:
— Har ikkalasini qutqar, har biri uchun ellik dinordan beraman!
Kemachi darhol o'zini suvga tashlab, og'a-inilardan birini qutqardi, ikkinchisi g'arq bo'ldi. Men dedim: "Uning kuni bitgan edi, shu sababdan uni xalos etishga shoshilmading, buni qutqarishga shoshilding". Kemachi kulib dedi:
"Aytgan gaping to'g'ri, lekin buni qutqarishga oʻzimda istak bor edi. Chunki bir mahal biyobonda qolganimda bu meni tuyasiga mingashtirib olgan edi, u birisidan esa, bolaligimda qamchi yegan edim".

Saboq: Har kimsa yaxshilik qilsa ham, yomonlik qilsa ham
o'ziga qiladi.

Shayx Sa'diy _ Sheroziy "Guliston va bo‘ston"


Fleksbil muqova, 260 sahifa, 33ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥5❤‍🔥43👏2🤗21🥰1😇1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Dunyoda u Alloh tomonidan unga "omonat" ekanini bilgan va uni qadrlagan erkakga o‘zini topshirgan ayoldek baxtli, saodatli ayol yo‘qdir... "Ishq imtihoni" kitobidan Yumshoq muqova, 196 sahifa, 35ming Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak, hayotimizning barcha jabhalarida vazifalarimizni, hamma narsamizni sevgiga qurbon qilib yuboramiz. Ishq imtihonidan oʻta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtini togʻri tanlashdir.

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri, seriallardagi yoki muhim ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqati deb qarashlarida. Insonlarning yarmi farishtadek boʻlsa, yarmi shayton kabidir. Insonning tashqi koʻrinishi ravshan, lekin uning ichki olami, kim ekani vaqt oʻtishi bilan ayon boʻladi. Soddalikka nuqta qoʻyish, hayotga real koʻz bilan qarash vaqti keldi. Haqiqat va hayotning asl yuzini koʻrsatuvchi hikoyalarni oʻz ichiga olgan ushbu kitob yoshlarning, oʻsmirlarning boshiga tushishi mumkin boʻlgan yuzlab tuzoqlarni ochib tashlaydi, bartaraf etadi. Kitobni oʻqish asnosida yetarlicha ma'lumot va foydaga ega boʻlishingiz mumkin.

"Ishq imtihoni" kitobidan


Buyurtma @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
7❤‍🔥3🔥3👍21🥰1👏1🤩1😭1🤓1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Musulmonlarni munofiqlarning qo‘liga qaram qilib qo‘ygan eng muhim halokat ongsizlikdir. Bu vaziyatda hamma ovozga labbay deysan, har to‘lqinda sudralasan, har kelganga bosh egasan, razolat qarshisida sukut saqlaysan, haqsizliklarga qarshi chiqolmaysan, muammolarni…
Fris Uilfortning ushbu asari XX asr boshlaridagi Turkiston o‘lkasi tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayotini yorituvchi muhim manbalardan biridir.
Muallif avstriyalik harbiy asir bo‘lib, Turkistonda o‘tgan kunlari davomida o‘z kuzatuvlari, taassurotlari va tahlillarini kundalik shaklida yozib borgan.

📚Asardan parcha:
1915-yil 21-noyabr. Bugun Xavas Samarqanddan ichterlamadan tuzalib qaytdi. U xuddi tirik murdaga oʻxshardi. Xavasning Samarqand haqidagi xabarlari kayfiyatni buzardi. Ichterlama, bezgak va ular tufayli kelib chiqqan boshqa kasalliklar oqibatida halok boʻlganlar behisob. Keyingi oylarda bizning jamoada vafot etganlarning soni ming nafardan kam boʻlmasa kerak. Hozir Samarqandda ham ichterlama tarqagan. Ishonchli kishilar bergan malumotlarga qaraganda, Turkistonda hozirga qadar 22 000 nafar (shundan 8000 nafari Toshkentda) harbiy asir vafot etgan.


Qattiq muqova, 340 sahifa, 63ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥6😭4👍2🥰21❤‍🔥11🤓1
"IchXasta" kitobidan:


Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganigni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.

Qalbi xastaning jismini davolashdan ne naf?!


Yumshoq muqova, 171 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥92🔥2🥰1😭1🤗1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Muammoga duchor boʻlganlarga qarata tabassum bilan gapirayotgan notiq, garchi ularni aldayotganini aytayotgan bo‘lsa ham avomning unga ragʻbati va ishonchi ortadi. Tashvishlarga koʻmilganlarga qarata kuyinib gapirayotgan noriq, garchi haqiqatni aytayotgan…
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi» asari bundan 100 yil oldin yozilgan. Oradan 100 yildan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay bizdagi ahvol qay darajada? Bir asr oldin yozilgan ushbu kitobda aynan bugungi kun bilan bog‘liq juda ko‘p voqealar qalamga olingan. Tadbirkorlik, hunarmandlik, maddohlik, qozilar bilan oddiy xalq o‘rtasidagi voqealar... bularning barchasi hali hamon davom etayotgandek... «Hind sayyohi»ni o‘qing, sayyohni o‘ylantirgan, qiziqtirgan savollar sizni ham befarq qoldirmasligi shubhasiz...

Abdurauf Fitrat "Hind sayyohining qissasi"


Yumshoq muqova, 188 sahifa, 19ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰62❤‍🔥2🔥2😢211👍1🤓1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi: 🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir... 🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi... 🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?! 🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin…
Men uni o‘zim tufayli baxtsizlikka uchragani uchun meni bir umr qarg‘ab o‘tish huzuridan mahrum qilishni istamadim. Bilasizmi, azizim, odamlar biror baxtsizlikka uchraganlarida o‘zini jabrdiyda va shuning uchun ham olijanob deb his etishlarida, boshiga bu kulfatlarni solgan kishini aybdor sanab, uni qarg‘ashga men to‘liq haqliman deb qattiq ishonishlarida so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan allaqanday huzur-halovat bor.

F. Dostoyevskiy, “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar”


Qattiq muqova, 464 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥4🔥4😭411👍1🥰1🕊1