Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.94K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini o‘qigandan keyin, bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldilarida ekan, chiroqning nuri xiralashib qoldi. Mehmon: «Ey amiral mo‘minin, men men turib chiroqqa yog‘ to‘ldirayinmi?» deb so‘radi.…
Umar ibn Abdulazizning qabri yonida yig‘lab o‘tirgan ayoldan so‘rashibdi:
-Bu kishi sizga kim bo‘ladi, nega u uchun bunchalik o‘kinyapsiz?
Kampir javob beribdi:
-U bizning tepamizga kelganida oramizda sadaqa olishga haqli bo‘lmagan birorta odam yo'q edi. (Hamma faqir edi) Vafot etganida esa oramizda zakot bermaydigan odam qolmadi... (Hamma zakot beradigan darajaga ko'tarilgan edi)

"Islom tarixidan OLTIN SAHIFALAR" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥146👏4🤩211🔥1
O‘qishdan to‘xtamang! Kitoblar albatta qo‘lingizdan tutadi!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥179👍6👏61
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qalb borliqdagi eng muqaddas ikki narsa: iymon va muhabbatning manzilidir. Aqlning jonsiz va ojiz ekaniga, uning muhabbatni anglolmasligi va iymonni idrok etolmasligi yetarlidir. "Ishq imtihoni" kitobidan. Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing…
Bugun yoʻllarimiz emas, ayollarimiz ochiq.

Yon qo‘shnining bog‘idan bir bosh chiroyli qora uzum ularning bog‘iga osilib turardi. Endi uzaman deb turganida otasining ovozi darhol qo‘l tortishga majbur etdi:
- Fotima, uzma qizim! Bu uzum bizga harom! Uning jajji shuurida uzum qora bo‘lganligi uchun harom degan fikr qoldi. Oradan yillar o‘tdi, lekin Fotima bir dona ham qora uzum yemadi. Uzumning qoraligi uchun emas, birovning moli bo‘lgani uchun harom ekanini yillar o‘tib bilgach ham oq va qora uzum qo‘yilsa, uning qo‘llari beixtiyor oqiga uzalaverardi…

📚 Ahmad Lutfiy Qozonchining "OʻGAY ONA" kitobidan

Yumshoq muqova, 18ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
20🕊32❤‍🔥21👍1🔥1🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech kim sizning ogʻriqlaringizni, alamlaringizni tortib olishga qodir emas. Shunday ekan, sizdan saodatingizni ham tortib olishlariga yoʻl qoʻymang!

Alloh, o'z ahmoqligimizdan boshqa narsa jannatga kira olishimizga mone'lik qila olmaydigan bir dunyo berdi bizlarga.

Shodlik yasovchilar qayg'ulari bilan sulh tuzganlardan ko'ra ko'proq azoblanadilar...

Odamga majburiyat o'rgatishdan oson narsa yo'q, unga huquqlarini ham anglatish kerak.

Hayot juda keng tushuncha. Inson o'z saodatini muayyan bir narsaga bog'lash bilan uni toraytirib qo'yadi.

"Zehn tuzoqlari" kitobidan


📚Kitobni mutolaa qilar ekansiz, ongimizni biz va yashash tarzimizdagi ta’sirini, baxtsizligimiz zamiridagi sabablar, rejalarimiz, shakllangan dunyoqarashimiz keyin esa bularni qanday o‘zgartirish, ba’zilari bilan qanday kurashish lozimligini bilib olasiz...

Yumshoq muqova, 170 sahifa, 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13🔥8👍2🥰2😭21❤‍🔥11👏1🤗1
Lev Tolstoy "Iblis"


Mashhur rus adibi Lev Tolstoy o‘zining "Iblis" nomli qissasida tasavvuriy xiyonatning mukammal oilani inqiroz sari yetaklashini mahorat bilan tasvirlaydi.

📖 Asardagi har bir voqea va fikr muvaffaqiyatli qo‘llanilganligi kitobxonni lol qoldiradi. Insonning hakalak otgan nafsi jilovlanmasa, iblisga aylanishi va uni yengib bo‘lmasligi borasidagi faraz teran mushohadaga chorlaydi.

Qattiq muqova, 176 sahifa, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥156🥰21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hech kim sizning ogʻriqlaringizni, alamlaringizni tortib olishga qodir emas. Shunday ekan, sizdan saodatingizni ham tortib olishlariga yoʻl qoʻymang! Alloh, o'z ahmoqligimizdan boshqa narsa jannatga kira olishimizga mone'lik qila olmaydigan bir dunyo berdi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Behalovat, notinch xonadonda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsangiz signal tugmangiz har doim yonib turadi. Har lahza ko‘ngilsizlik ro‘y beradi, har on bir asabiy taranglik chiqadi, har mavhumlik noxushlik keltiradi deya o‘ylashdan zehningizni qutqarolmaysiz.

Mutaassil faol bo‘lgan rejim sokinlikni ko‘tarolmaydi. Ohistalikka toqat qilolmaydi. Jimjitlikka chidolmaydi. Ohistalik, sokinlik, jimjitlik bunday kishilar uchun yo g‘azablanish, yo boshqaruv ostiga olinish yoxud bo‘rondan oldingi sukunat o‘laroq qabul qilinadi...

Behalovat xonadonda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsangiz biroz sovuqqonlik bilan sabr qilishga, bo‘shliq va sukunatga qarashga harakat qiling. Ularda halovat va xotirjamlik bor.

"Zehn tuzoqlari" _ eʼtirof...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10❤‍🔥5👍3👏311🤩1🤗1
Yaxshi inson bo‘l! Lekin shunday ekaningni birovga aytishga urinma.

Xato qilish insonga xos ish. Ammo shu xatoni oqlash esa shaytoniy ishdir.

Lev. N. Tolstoy

Qattiq muqova, 190 sahifa, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥193👏2🤩2🤓2❤‍🔥1😍1😇1
Ko‘pincha aziyatlarni o‘zimiz paydo qilamiz. Bizni kamsitadigan joylarga boramiz va gap so‘zi ranjitadigan kishilarga ergashamiz. Kayfiyatingiz qadrli, uni buzishlariga yo‘l qo‘ymang.

Sizga aziyat beradigan narsadan uzoq bo‘ling, uning hadeb ozor berishiga yo‘l qo‘ymang.

Jarohatlovchi munosabatlar sizga kerak emas, aslida zarurati bo‘lmagan azob beruvchi do‘stlik ham.

Allohning keng yerini sizga tor qiladigan joyga o‘zingizni urmang.

Odamlar orasida undan behojat bo‘linmagan biror kishi yuk. Bir arab shoiri aytganidek, odamlarda (do‘stni, mahbubini) almashtirish bor, tark qilishda rohat bor.

"Muhammad alayhissalomga yaqinlar"


Qattiq muqova, 319 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
11🔥4😢3🤩2❤‍🔥1🥰1👏1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishonch ila ayta olamanki, inson daf'atan o'lib qolmaydi, balki bosqichma-bosqich o'ladi:
- Har safar bir do'sti vafot etganda, uning bir qasmi o'ladi,
-Har safar sеvgan bir yaqini tashlab kеtganda, uning bir qismi o'ladi,
- Har safar orzusi armonga aylanganda uning bir qismi o'ladi.
Toki katta o'lim kеlib, o'lik qismlardan boshqa hеch narsa topmagunicha, (shunday hol davom etadi). U kеlgach uning bo'laklarni ko'tarib kеtadi.

📚Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢175🔥4🤗3❤‍🔥11🥰1
Musulmonlarni munofiqlarning qo‘liga qaram qilib qo‘ygan eng muhim halokat ongsizlikdir. Bu vaziyatda hamma ovozga labbay deysan, har to‘lqinda sudralasan, har kelganga bosh egasan, razolat qarshisida sukut saqlaysan, haqsizliklarga qarshi chiqolmaysan, muammolarni hal qilolmaysan, yaxshini yomondan ajrata olmaysan. Bir xil joydan bir necha bor zarba yeyiladi, falokatlardan dars olinmaydi, axloqsiz insonlar boshqaruvni egallaydi, xalqning butun borlig‘i ular qo‘liga topshiriladi, ko‘rilgan zararlar va boshdan o‘tkazilgan xiyonatlar unutiladi.

📚 "Tanazzul" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥6👍4❤‍🔥2😍211
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Behalovat, notinch xonadonda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsangiz signal tugmangiz har doim yonib turadi. Har lahza ko‘ngilsizlik ro‘y beradi, har on bir asabiy taranglik chiqadi, har mavhumlik noxushlik keltiradi deya o‘ylashdan zehningizni qutqarolmaysiz. Mutaassil…
Zehn tuzoqlari o‘zi qanday bo‘ladi? deganlarga javoban:


Agar farqlash qobiliyatingizni yo‘qotsangiz, o‘zingizni erkindek his qilishingiz mumkin, ayniqsa, hozirgi holatingizdan boshqa bir hol bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilolmasangiz...

Farq anglashdan boshlanadi.
Lekin har bir anglash —
anglayotgan odamning
bir narsani ko‘rib, uni tanishidir,
bu esa uni o‘sha narsadan ichki jihatdan ajratib, o‘zini undan “ozod qilish”idir.

"Zehn tuzoqlari" _ siz erkka munosibsiz!


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰9🔥43❤‍🔥2😭211
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi:

🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir...
🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi...
🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?!
🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin orzusidadir...

📚"Kesik qanotlar" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14🥰4❤‍🔥3😢3🤩21👍1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlar uchun mashhur shaxslar hayoti yoritilgan ensiklopedik to‘plam.


Ushbu kitobda yoshligida o'zgacha ekanligini his qilmasdan ulg'aygan va keyinchalik dunyoga mashhur boʻlgan 20 nafar iste'dodli insonlar haqida hikoya qilmoqchimiz. Ularning siri nimada ekanligini bilasizmi?

Agar siz sinchiklab oʻqisangiz, ularning qiziqishlari va tashabbuskorliklari bilan birga qiyinchiliklarini ular kabi his qilmoq istasangiz, ularga nega bugungi kunda ham hayrat ila minnatdorchiliklar bildirishlarini ham bilib olasiz.

Yumshoq muqova, 120 sahifa, 30mingdan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰5👍3❤‍🔥22🤗21🔥1😭1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
«Britannika» ensiklopediyasi 1768 yildan beri qiziquvchilar va o‘rganuvchilarga quvonch ulashib kelmoqda. Mazkur kitob ushbu anʼananing davomchisi sifatida sizni butun Olam va tarix bo‘ylab ajoyib sayohatga olib boradi. Bu kitob orqali sizda qora tuynukka…
Ochiq qolib ketayotgan savollar...

Tadqiqotlar koʻrsatishicha, 4 yoshli bola bir kunda 300 marotaba savol berar ekan. Aksariyati "Nima uchun?" degan savol boʻladi.

Xoʻsh, bolajonlarning beradigan "Nima uchun?" soʻrogʻiga javoblarimiz bormi? Oʻzi ularni tinglaymizmi? Qiziqishlar shunchaki "Boy oʻynab kel", yoki "Ish qilyapman", "Jim oʻtir" kabi buyruq ohangi ostida yoʻq boʻlib ketmayaptimi?

Bu savollar bizni qattiq oʻylantirdi. Jamiyatning ogʻrigʻidan kelib chiqib, boshqacharoq uslubda kitob nashr etdik. Nomi:

📚 "OYIJON, AYTA OLASIZMI?"
Kitobda farzandimiz berishi mumkin boʻlgan savollar jamlangan. Javobni esa siz berasiz va qoʻllanmaga yozib qoʻyasiz. Imkoni boʻlsa, farzandingiz bilan birgalikda yozib boring!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13❤‍🔥5🥰4🔥31🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Xalil Jubronning "Kesik qanotlar" kitobida "Ona" mavzusi: 🧶Ona uyg‘onmaguncha barcha yer zulmatdir... 🧶Dunyoning eng go‘zal 3 ayoli: Onam, soyasi va oynadagi aksi... 🧶Unga kelish uchun onamning qornini tepganim hayot shumi?! 🧶Insoniylik urug‘i onangning otashin…
Hamma narsa o‘zgara oladi... Ixlosli tuyg‘ularga ega bo‘lganlar bundan mustasnodir...

Hikmatlar deraza oynasiga o‘xshaydi: bizga haqiqatni ko‘rsatishi ham mumkin, bizdan haqiqatni to‘sib qo‘yishi ham mumkin.

📚Jubron Xalil "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰74🤓422❤‍🔥2🔥2👍1🕊1😍1
#KitobUlashing
Oriental universitetida “Ilmga e’tibor — kelajakka e’tibor!” shiori ostida boshlangan “Kitob ulashing!” ezgu tashabbus aksiyasi izchil davom etmoqda.

Aksiya doirasida "TASKIN KITOBLAR" nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. "TASKIN KITOBLAR" nashriyoti Axborot-resurs markazi fondiga o'z nashriyoti tomonidan nashr etilgan adabiyotlarni tuhfa etishdi. Ularning bu sa’y-harakatlari ilm fidoyilari uchun munosib o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus — talaba-yoshlarni ilmga, kitobga va mustaqil izlanishga undovchi ma’naviy ko‘prik, ularning bilim doirasini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kitob — bu inson tafakkurining eng yuksak timsoli. Ilm fidoyilari tomonidan sovg‘a qilinayotgan har bir asar — yosh avlodning ma’naviy kamolotiga qo‘shilayotgan bebaho hissa, kelajak uchun yozilgan mehr sahifalaridir.

Oriental universitetida kitobga bo‘lgan ehtirom, ilm va ma’rifatga mehr har qadamda seziladi. Aksiya davom etmoqda — har bir kitob, har bir sahifa, har bir satr — nurli kelajak sari tashlangan yana bir qadamdadir.


@taskinkitoblar | kitob ulashing
7👍63❤‍🔥1🥰1😍1🤓1🤗1