Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Doimiy ravishda bajaradigan ishlarimiz yengillashishiga vazifaning o'zgarishi emas, balki bajarish qobilyatimiz o'sishi sabab bo'ladi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Saodatning ilhomini mushki anbardan oldim. Unga avvalo oʻzim burkanmay turib, boshqalarga ulasholmas ekanman...

Baxt va saodat qalbning Parvardigorga yaqinligi qadar boʻladi. Bundan boshqalari esa, sababi ketsa oʻzi ham ketadigan shunchaki xursandchilikdir.

Maktubot

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Qisqa qilib aytsam, bir mashxur oziq ovqat bozorini omborxonasi... eee uzr otashxonasi... (Havo harorati 55 gradus_konteyner qòlni kuydirayapti)

Konteynerlar ichida yarim tayyor oziq ovqat maxsulotlari va ichimliklar bor ekan....

Men nima qilay? deyishingiz mumkin?

Shu kabi ahmoqlik qilishi mumkin bòlgan farzandni tarbiyalamang!

#Uchdankeyinkech
#Uchgachaaynivaqti
#Farzandtarbiyasi
#Farzandnoma
#Donishmandbobougitlari

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔎🔍
O'zingga qiladigan eng katta yomonliging bu - vaqti kirgan namozingni kechiktirishingdir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Bir voqeani eslayman, qishloqlarning birida kambag'al inson yashaydigan ammo juda toza ikkita kulba bor. Kulbalardan biri yolg'iz yashaydigan oyoqsiz qariyaga, ikkinchisi o'n yoshli nabirasi bilan yashaydigan ko'r va qari bir kampirga tegishli. Bu ikki keksa va kambag'al odamlar birgalikda gazetaga obuna bo'lishgan. Kichkina qiz har kuni pochtaga boradi va gazetani oladi,uyga kelganidan so'ng,ko'r buvisining qo'lidan tutib,oyoqsiz cholning uyiga olib boradi va ikkisiga gazetani o'qib beradi.
Finlandiyada aholining o'qimagan va kambag'al qatlamlari ham o'lishidan oldin o'z fikrlari bilan yashaydilar. Odamlar hech qanday tarzda qashshoqlikdan uyalishmaydi va ular o'zlari xohlaganlaridek yashaydilar.

Oq nilufarlar yurtida yoxud bir millatning uyg'onishi

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Sayyid Abdulaziz Yusupovdan o'qilishi kerak bo'lgan 100 ta kitob roʼyxati.

Quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. 👇

https://telegra.ph/Sayyid-Abdulaziz-Yusupovdan-oqilishi-kerak-bolgan-100-ta-kitob-royxati-07-28
👍1
Alfido haqida qisqacha...

Avvaliga oddiy mafkurasiz bir qizaloqning besamar hayotiga o'xshadi, ammo 70 sahifadan so'ng...

Menga shu kabi kitoblar yoqadi , boisi bu turdagi kitoblar o'quvchiga uni xohlasa ham , xohlamasa ham maqsadini singdirib qo'yadi. Va bu maqsadni to'g'ridan to'g'ri tushuntirishdan chetlanadi, bu usul o'quvchiga o'quvchi anglashni xohlamagan fikrni anglashiga sabab bo'ladi....

Odatda kitobxonlar kitoblarni "o'tkir" joylariga chizib qo'yishadi.  Maslahatim bu kitobni "o'tkir" joylarini chizishga urinmang
qalamingizni uchlab charchaysiz...

Diqqat: Ushbu kitob Musulmonlikka da'vo qilgan barcha tavsiya etiladi, iymoningizni bir taftish eting, chunki undan bo'lak olib ketadiganingiz yo'q... Zero iymon o'limning da'vosidir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍2
O‘zingdagi eng qimmat narsa kiyiming bo‘lishiga yo‘l qo‘yma! Kun kelib o‘zing kiygan kiyimingdan arzon bo‘lib qolmagin...

(Kanalimizda kitoblardan ayri mavzuda post joylaganimiz uchun ayrimlar norozi bo'lmoqda...
Ushbu kanal Islomga , insonlarga naf keltirish uchun yuritilmoqda , postlar o'quvchining vaqtini olganimizni qiyomat kuni Robbimizning oldida javob berishimizni anglagan holda joylanayapti... Bir musulmon inson sifatida ayrim mavzularda "jim turish bizga yarashmaydi! degan o'y bilan fikr bildirilmoqda va bu fikrlar uchun ohirat kunida javob berish degan o'lchov unutilmayapti... Hech kim ishonishga majbur emas va kanalga joylanayotgan barcha postlar eng avvalo Robbimiz rizosi uchun joylanayapti... (Va buni bizdan kitob sotib olganlar angladilar deb o'ylaymiz...)

Robbimiz shu yerda bizni jamlaganidek jannatda ham jamlasin!

Assalomu Alaykum va Rohmatulloh...

(Aytgancha Hayrli loyihamizning ilk kitobini "Iymon va stress" Avgust oyining o'rtalarida siz azizlarga taqdim etamiz...)

@Taskinkitoblar 💞
👍3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Doktor H.Shamsiy Baxt ulashing Agar inson hayotning mohiyatini anglaganida unda baxtni ro'yobga chiqaradigan ko'plab sabablarni topgan, dunyo hayotini jannatga aylantirgan, oxirat dunyosiga bormay turib jannatni ko'rgan bo'lardi... Zero Robbimiz kitobida…
"Baxt ulashing"

"Yilda bir bor sud idorasiga kel! Shunda Alloh taoloning senga bergan goʻzal xulqini anglaysan.

Oyda bir bor kasalxonaga kel! Shunda Alloh taolo bergan sogʻlomlik neʼmatini anglaysan.

Haftada bir bor istirohat bogʻiga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan tabiatning goʻzalligidagi neʼmatini anglaysan.

Kunda bir bor kutubxonaga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan aql neʼmatini anglaysan.

Har lahzada Parvardigoringga qayt!
Shunda Alloh taolo senga bergan hayot neʼmatini anglaysan."

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Alfido

Aslida ishq deganlari o'zingni qo'yarga joy topolmay qolishing, sochlaringga moviy chechaklarning taqilishi yoki yo'llaringda gullar ochilishi emas...
Aslida ishq deganlari Rabbimning san'at asarini Rabbim uchun istash ekan. Rabbim istaganidek bo'lmasa,men uchun ham bo'lmasin deya olish ekan...
Aslida ishq foniylik ichra hayajon izlash emas, balki Rabbim tomon safar chog'ida hamrohlik qiladigan insonni qidirish ekan. Qo'llarini ushlagancha ularga Rabbimning hadyasi o'laroq nazar tashlash, hovuchingda Rabbimning sevgisini ushlab turish ekan...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar 💞
👍1
📌 Одамларни карантинга тиқиш операцияси босқичлари: Рокфеллер "ЎйинКитоби"дан

❗️ 1-босқич. Шамоллаш / ГРИПП. Энг камида енгил аломатлар. Оммавий параноя (ваҳима) ва қўрқувни оммавий ахборот воситалари орқали жорий қилиш. Танадаги ҳар қандай генетик материални тўплайдиган ва ижобий натижани келтириб чиқарадиган нуқсонли синов (тест) тизимидан фойдаланиш. Ковид билан касалланганлар сонининг инфляцияси (оғирлашиши, кўпайиши назарда тутилган), ўлим тўғрисидаги гувоҳномаларни ўзгартириш, икки марта ҳисоблаш ва барча ўлимларни, шу жумладан бошқа касалликлар ва табиий сабабларни Ковид-19 деб таснифлаш. Одамларни қамал қилиш (карантинга солиш) бизни Дракония (шайтонийлар балки?) қонунлари асосидаги ҳаётга татбиқ этади, норозиликларнинг олдини олади ва жамоат қаршилигини аниқлайди.

❗️ 2-босқич. Биринчи босқич озиқ-овқат этишмовчилиги, ижтимоий масофани сақлаш, ниқоб тақиш, қуёш нурлари ва соғлом бактериялар билан алоқа қилмаслик орқали одамларнинг иммун тизимлари бузилган ва заиф ҳолатга олиб келинади. 5G нурланиш инсонларнинг иммун тизимига қўшимча салбий таъсир кўрсатади. Шундай қилиб, одамлар яна жамоат жойларига чиқишганида, кўплари касал бўлиб қолаверишади. Бунга Ковид-19 айбдор деб топилади. Буларнинг барчаси эмлаш омма томанидан маъқулланишга (оқланишга) тайёр бўлгунга қадар содир бўлади. Вакцинани қабул қилгунча ҳамманинг устида узоқроқ ва кучли карантин амалга оширилади.

❗️ 3-босқич. Агар одамларнинг аксарияти вакцинага қарши турса, қуролланган SARS / HIV / MERS вируси чиқади (тарқатилади). Кўп одамлар бундан ўлишади. Бу "энг яхши" одамларнинг омон қолиши бўлади. Бундан ташқари, бу нормал ҳолатга қайтиш учун ҳар кимга эмлаш учун энг сўнгги "имконият" бўлади. Вакцинани олганлар, олмаганлар билан урушади. Бунда ҳар томонлама анархия тизими жорий бўлади.

💡
1. Сиз ушбу вакцинани оласизми (танангизга киритасизми), "Ҳайвон белгиси" (шайтон)ни қабул қиласизми ва ўз руҳингизни (иймон, инсоф, виждонингизни) (ушбу ёлғон) тизимга сотасизми?
2. (Ёки) Сиз ўз ҳуқуқларингиз ва фарзандларингизнинг келажаги учун курашасизми?


19.01.2021 й. | ©Доктор Огоҳий


Original file:
https://i.redd.it/9i20idrqt8b51.jpg

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Кўнда ёки тимсоҳ" мультиги ёдимга тушди шу пайт, ҳозирги аксари одамлар ҳам ҳудди шу молларга ўхшаб қолишган. "Бу зарарли" десанг, "йўқ, буни зарари йўқ, бу фойдали", дейди. Жонингни жабборга бериб, зўрға бир кишига тушунтирган бўласанки, бошқаси келиб, "бу фойдали", деб туради... 🤦‍♂

💉🐏🐏🐏🤥

👨‍⚕ @TaskinKitoblar 🔎🔍
👍1🤩1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books (IymonAli KitobAliyev)
Zamonaviy tarbiya "qattiqqo'llik" davri bilan "hamma narsa mumkin" davrini o'zgartirib xato qiladi...

Farzandining yoshligida hamma narsa mumkin deya unga tanbeh bermagan ota onalar farzandi biroz ulg'aygach qattiqqo'llik qilishni boshlashadi. Va bu ko'pincha ularni anchayin qiynab qo'yadi. Yoshligida erkinlik berib keyin uni olib qo'yish xato, darxat niholligida tarbiyalanadi...

Bir yaxshi ota-onaning besh va to'rt yoshdagi ikki o'g'li bor edi. Bog'chada kichigini hamma xushchaqchaqligi va to'grligi uchun yaxshi ko'rar, katta o'g'ilni esa yoqtirishmas,chunki u xo'mraygan va yomon odatlardan mustasno emas edi.
Oxir oqibat tushkunlikka tushib,shifokorga murojaat qilishdi.Uzoq suhbatlardan so'ng aniqlandiki, katta o'g'il bir yosh bo'lganida olti oy mobaynida uni yosh enaga boqqan.
Yosh enaga esa moddiyat sababli tarbiyachilik bilan shug'ullangan va ko'pincha xo'mraygan tushkun kayfiyatda bo'lgan...

Masaru Ibuka
Uchdan keyin kech kitobidan...

@Taskinkitoblar🧸
👍1
Oʻtmish va kelajakni yoqib yubormaguningcha Allohni topolmaysan...

Muhiblarga ulashing
@TaskinKitoblar 💞
👍1
BOMDOD SHAMOLI

Bomdod namozidan keyin esadigan ilohiy shamol haqida nima bilamiz?
Sahih rivoyatlarga koʻra Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bomdod namozidan keyin quyosh chiqqunicha uxlamasdan uygʻoq utirganlar. Paygambarimiz sallollohu alayhi va sallam va avliyoullohlarning nega bomdoddan keyin uxlamaganliklarini sababini qidirganlarning qarshisiga quyidagi maʼlumotlar chiqqan.
Bomdod namozidan keyin Alloh taoloning qudrati bilan yer yuziga bir shamol inadi. Bu havo u vaqtda uygʻoq boʻlganlarga Allohning bir lutfidir. Faqat bu havo uygʻoq boʻlganlarga foyda va shifo boʻladi, uxlab yotganlar bu shifodan mahrumdir. Oʻsha paytda uygʻoq boʻlgan jamiki jonlining immuniteti yuksaladi, umri uzayadi, terisi porloqlashadi. Bu shamoldan foyda koʻrganlar ruhiy kasallikka chalinmaydi, xofizasi kuchlanadi.
Bu havo yaʼni yengil shabada quyosh chiqishi bilan yoʻkoladi.
Quyosh chiqqunicha uxlaganlar bu havodan mahrumdir.
Ajoyib bir siri bor bu shabadaning. Bomdodga uygʻonib tahorat olganlarning vujudi magnit kabi bu havoni oʻziga torta boshlaydi. Chunki tahorat olgan kishining vujudi bu havoni oʻziga yopishtirish xususiyatiga ega modda ishlab chiqara boshlaydi.
Tahoratli inson undan xam nafas oladi, ham vujudida toʻplaydi. Bu birikma undagi immunitetni kuchaytiradi. Maʼnaviy foydasi haqida olimlar: “Bu havodan tannaffus qilganlar (nafas olganlar) hilm sohibi boʻladi”, – deganlar. Ruhi huzurli boʻladi.
Endi siz soʻraysizki, bu soatda uygʻoq, ammo tahorat olmagan, namoz oʻqimagan gʻayrimuslimlarning holati nima boʻladi deya.
Alloh taoloning marhamati shu qadar kengki, faqatgina uygʻoq boʻlgani uchun ular xam foyda koʻradi.
Iymonli, iymonsiz, anglagan, anglamagan, insondir, jindir, hayvondir, farqi yoʻq, hammasi u havodan uxlamagani bois foyda koʻradi.
Demakki, faqat uxlab yotganlar bu neʼmatdan mahrum boʻladilar.

Marziya SAYDAM

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Bolaning qalbi aslida oppoq bir qogʼozga oʼxshaydi. Nima narsa naqshlangan, chizilgan boʼlsa, oʼsha qogʼozda shundoqqina qolib ketaveradi. Undagi naqshlarni chizadigan zot ota bilan onadir. Yoinki ota bilan onaning beparvoligi tufayli koʼchadagi boshqa odamlar chizib qoʼyadi. Ota oʼz farzandini iymonli boʼlib ulgʼaytirish uchun nima qilishi kerak? Men bilaman deydigan odamlar oʼzini ovutish uchun qoʼliga maza qilib gazeta, jurnal oladi, bekorchi vaqtini shunga sarflaydi. Mening nasihatomuz gaplarimni ular oʼziga qattiq oladi, gaplarimni eshitgisi ham kelmaydi. Bunday odamlarga koʼproq qaysidir artistning qanaqa qilib kiyinishligi, qanaqa qilib boʼyanishligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kerak. Ular goʼyo yaxshi odamlar yomonlikning oldidan oʼtayotganlarida koʼzlarini yumib, oʼzlarini koʼrmaganlikka olib beparvolik bilan oʼtganidek bolani yaxshi, iymon- eʼtiqodli qilib tarbiyalash toʼgʼrisidagi gaplarga eʼtiborsiz boʼladilar...

Ali Tantoviy ning Ey qizim kitobidan...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🐣
Bir dirham yuz dirhamdan ustun keldi…
(Bir kishi bor yo’g’I ikki dirham puli bor edi, uning bir dirhamini sadaqa qildi. Boshqa bir kishining juda ko’p boyligi bore di, undan yuz dirham sadaqa qildi…)
Kimning himmati qorniga kiradiganga bo’lsa, uning qiymati qornidan chiqadigan narsachalik bo’ladi…

Modomiki, olim kishi bozorda sotuvchilik qilib pul topishga majbur boʻlayotgan ekan, demak, u yashayotgan jamiyat maymunlar jamiyati ekan. Olimiga himmat qilmagan xalq maymun saviyasidagi xalqdir...

Himmat mo'minning quvvati

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Jangchi Akrom Malik

- U tosh haykal...
- Xudo emasmi o'sha tosh haykal?
- Xudo, albatta...
- Nega unda qo'lidan bir ish kelmaydi?
- Tosh haykallar Xudolarning siymosi... Xudolar boshqa yashaydilar...
- Xudolar o'z siymosini hamma bandalarga ko'rsataversa, qadri ham yo'q ekan-da!?

Biz shunday ummatmiz: gunohimizga jazo kechikmaydi. Oxiri zamon Ahmadning ummati esa doimo bir muhlat ustida bo'ladi. Ular Allohning yo'lida sobit va xolis turganlarida butun yer yuziga hukm beradilar, nafs va shaytonga ergashganlarida butun yer yuzining kofir qavmlar ularga hukm beradi. Bu ularga jazo ekanligini kamdan kami idrok etadi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍3
Қадим замонда бир камбағал одам бор экан.
Пешонасида биттагина уйи бўлиб, у ҳам қулаб тушган экан.

Камбағал кўп машаққатлар билан қайтадан уй солибди.

Томига бордон ёпиб, ярмини тупроқ билан бостиргандан кейин қолган ярмини ёпишга пул тополмай, устага жавоб бериб юборибди ва «қолганини кучим етганда ўзим ёпиб оларман», деб янги уйга кириб ўтираверибди.

Бир ўғри бу камбағалнинг уйини кўриб: «Бу одам бойиб қолганга ўхшайди: янги иморат солибди, буни бир боплаш керак», деб томга чиқадиган жойни кундуз куни мўлжаллаб кетибди.

Ўғри тун ярмига келиб, томга чиқибди, энди ҳовлига тушаман деб том устида кетаётганда томнинг оманатгина қилиб бордон билан ёпиб қўйилган жойи ўпирилиб кетибди.

Шу пайтда камбағал уйда ётган экан, ўғри «тап» этиб унинг устига тушибди.
Камбағал қўрқиб кетиб ўғрини ушлаёлмай қолибди.

Ўғри бўлса камбағалнинг уйида ҳеч нарса йўқлигини кўриб, ғазабланиб чиқиб кетибди, эртасига эрта билан подшога арзга борибди.

Подшо:
Кимсан? Нима арзинг бор? деб сўрабди.

Ўғри:

Шоҳим, мен катта ўғрилардан бўламан. Шу кеча бировникига ўғриликка бориб эдим, томини бордон билан омонат ёпиб қўйган экан, ўпирилиб кетди, мен уй ичига йиқилиб тушдим, оёғим синишга сал қолди, — деган экан,

Подшо:
Ҳа, талабинг нима? деб сўрабди. Ўғри:
Уй эгасига жазо берсангиз эди, дебди. Подшо уй эгасини чақириб, ундан:
Шу кеча бу одам томингдан йиқилиб тушгани ростми? деб сўраган экан,

камбағал:

Рост, шоҳим, яхшики менинг устимга тушди, бўлмаса оёғи синарди, дебди. Кейин подшо:

Рост бўлса сени дорга осиш керак, деб камбағални ўлимга буюрибди.
Бечора камбағал, нима қилишини билмай, йиғлаб подшога:

Э шоҳим, менинг нима гуноҳим бор. Томни уста шундай бўш ёпиб кетган, — деган экан,

Подшо:

Ундай бўлса, буни бўшатиб юбориб, дорга устани келтириб осинглар! дебди.
Ясовуллар устани олиб келишибди. Жаллод гуноҳсиз устани дорга осмоқчи бўлганда,

Уста:

Подшо, арзим бор, дебди. Бу гапни жаллод подшога етказибди.
Подшо устани чақиртириб:
Нима арзинг бор? деб сўраган экан,
Уста:

Шоҳим, бу ишда менинг ҳеч айбим йўқ. Бордончи бордонни сийрак тўқиб қўйган экан, билмай ёпаверибман. Агар бордон пишиқ тўқилганда устига одам чиқса ҳам тешилмас эди, дебди.

Подшо устани бўшатиб юбориб, бордончини чақиртирибди:
Бордонни сен тўқиганмисан? деб сўрабди. Бордончи:

Мен тўқиганман, дебди.
Подшо:
Дорга буни осинг! Ҳамма айб шунда экан, дебди.

Шоҳим, сизга арзим бор. Мен бордонни ҳамма вақт пишиқ тўқир эдим, қўшним яқиндан бери каптарвоз бўлиб қолган.

Шу қўшним каптарларини ҳавога учирганда, уларга қараб бордонни сийрак тўқиб қўйибман.
Гуноҳимни кечиришингизни сўрайман, дебди бордончи.

Подшо буни ҳам бўшатиб, каптарбозни олдириб келиб, дорга осишга буюрибди. Каптарбоз айтибди:

Эй жаноб, мен ишқибозлик билан каптар ўйнайман. Бунда менинг гуноҳим бўлмаса керак. Мени ўлдирганингиздан кимга фойда бор, бир камбағални ўлдиргандан кўра, ўша ўғрини ўлдирсангиз эл тинчир эди.

Буни эшитиб подшо:
Дарҳақиқат, ўғрининг ўзи гуноҳкор, сенинг гапинг тўғри! Ўғрини топиб дорга осинглар дебди.

Ясовуллар ўғрини топиб дорга осишибди. Дор паст, ўғри новча экан, оёғи ерга тегиб қолибди. Жаллодлар бориб подшога арз қилибдилар:

Э шаҳаншоҳ, ўғри новчалик қилди, оёғи ерга тегиб қолиб ўлмаяпти, нима қилсак экан?

Подшо:
Шуни ҳам мендан сўраб ўтирасанларми? Агар ўғрининг оёғи ерга тегиб қолган бўлса, гузардан бўйи паканароқ бир одамни топиб, ўғри ўрнига ўшани осавермайсанми? деярмиш.😂😂

Бугунги кунда Халқни бўйи адолатга етиб бора олмаяпти.

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🗯