Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Forwarded from Kitobxona
#K_107 #mutolaa_2025

Yana bir kitob mutolaasi oʻz nihoyasiga yetdi...

"ISHQ IMTIHONI YOHUD KOʻRGANINGGA ISHONMA." MUHAMMAD BOʻZDAGʻ.

Tanlovingiz xato boʻlsa, badali umringiz boʻladi...

Burgut yolgʻiz holida yuksaklarda bemalol, ufqlarni kashf qilib, zavq bilan ucha oladi. Ammo inson juftsiz, yolgʻiz boʻlsa, hatto jannatda ham mahzunlikda yashashi mumjin. Farzand balogʻatga yetib, mehribon onasining quchogʻidan ayrilarkan, suyukli bir jufti boʻlishini istay boshlaydi. Suyuklilari bilan birga boʻlsa, sevinadigan, yuragining toʻrida joylashadigan bir sevgi, ishq xohlaydi. Bugun odamlar ommaviy ravishda, telbalarcha sevgi-muhabbatga mukka tushmoqda. Notogʻri manzilda, notogʻri vaqtda va nomunosib insonlar bilan bevaqt koʻngil munosabatlari sababli qancha yoshlarning muvaffaqiyat yõli berilmoqda. Oʻzlarini ishqning shavqatsiz devorlariga urib, hayotlarini yoqmoqdalar, huddi parvona kapalaklar singari uvol boʻlmoqda...

Ushbu kitobni oila qurish arafasidagilar uchun ayni muddao deb hisobladim, chunki nikohgacha boʻlgan yoʻl va undan keyingi oila munosabatlari qisman, tushunarli tarzda yoritib berilgan. Muallif sodda uslubdan foydalangani tufayli  oʻquvchini zeriktirib qoʻymaydi. Kitob 13 boʻlimdan iborat va har bir bõlimda bir mavzu yetarlicha yoritilgan.

Ishq imtihonida yurgan yoshlarni shayton din va Alloh sevgisi bilan aldaydi. Sevganlari bilan his qilayotganlarini ilohiy ishq deb oʻylaydi. Ilohiy ishq deganlari va uning ilk qadami dunyoviy va uning ichidagi muhabbat va shavqni tark etmoqdir. Koʻzning Allohdan boshqasini koʻrmasligidir. Har bir yosh koʻngil eshiklarini sevgiga qachon ochishi kerakligini bilishi kerak. Sevib qolmasdan avval, kech boʻlmasidan unga qaror berishi kerak. Sovuq iqlimda bevaqt ochilgan gullar " hali sovuq ekan" deya qaytib gʻunchaga aylana olmaydi.

Muqaddas deyilgan narsalar hayotda hamma narsadan ustun turadi. Agar biz nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak, hayotimizning barcha jabhalarida vazifalarimizni, hamma narsamizni sevgiga qurbon qilib yuboramiz. Muvaffaqiyatli yashashning ilk qadami bu mustahkam ta'lim poydevorini qurishdir. Ishq imtihonidan oʻta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtining togʻri tanlashdir. Koʻpchilik erta turmush qurganlaridan shikoyat qiladilar, kimlardir esa kar'era qilish istagida yurib, turmush qurishni kechiktiradi. Sevgi imtihonidan muvafaqqiyatli oʻtish bu ertaroq yoki kechroq emas, sevgini va turmush qurishni oʻz vaqtida amalga oshirishdir. Togʻri qaror berish qobilyati shakllanmasdan irodali va mas'ulyatli boʻlmasdan turib, vaqtidan erta boshlangan oshiq-ma'shuqlik hayoti ishonchsiz, chidamsiz va muammolarga toʻla turmushni yuzaga keltiradi. Sevgi imtihonida muvaffaqiyatga erishishdagi muhim qadam sevgining zavq-shavqiga berilish emas, oila qurish ekanligini unutmaslikdir. Shu tariqa, maqsad nikohdan tashqari holatlardagi koʻngilhushlik emas, nikohdan keyingi baxt-saodat, rohat-farogʻatdir.

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri, seriallardagi yoki muhim ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqati deb qarashlarida. Insonlarning yarmi farishtadek boʻlsa, yarmi shayton kabidir. Insonning tashqi koʻrinishi ravshan, lekin uning ichki olami, kim ekani vaqt oʻtishi bilan ayon boʻladi. Soddalikka nuqta qoʻyish, hayotga real koʻz bilan qarash vaqti keldi. Haqiqat va hayotning asl yuzini koʻrsatuvchi hikoyalarni oʻz ichiga olgan ushbu kitob yoshlarning, oʻsmirlarning boshiga tushishi mumkin boʻlgan yuzlab tuzoqlarni ochib tashlaydi, bartaraf etadi. Kitobni toʻliq oʻqish asnosida yetarlicha ma'lumot va foydaga ega boʻlishingiz mumkin.

📌Kitobni xarid qilish uchun

Boshlandi : 14.09.2025
Tugatildi   : 15.09.2025


🍄@kitobxonadan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥10🔥7👏76🥰1
Qirolning ulugʻvorligi qashshoqlar ustidan emas, balki boy va baxtli fuqarolar ustidan hukmronlik qilishda koʻproq namoyon boʻladi. Shu sababli oliyjanob va yuksak fe’l-atvorli Fabritsiy shunday degandi: “Men oʻzim boy boʻlishdan koʻra boy odamlarni boshqarishni afzal bilaman. Chunki atrofdagilar qaygʻu va iztirob ichida yashayotgan bir paytda birgina odam boylik va rohat-farogʻatga choʻmib yursa, u podsho emas, balki zindon qorovuli kabidir”. Bemorni bir kasallikdan saqlab, boshqasiga giriftor qiladigan noshud shifokor mutlaqo bilimsizdir, shunday ekan, oʻz xalqining xatolarini tuzatish uchun ularning turmush qulayliklarini tortib olishdan boshqa yoʻl topolmagan kishi erkin millatni boshqarishning mohiyatini tushunmasligini tan olishi lozim. Uning oʻzi dangasaligini yengishi yoki manmanligidan voz kechishi kerak, chunki xalqining unga boʻlgan nafrati yoki adovati uning oʻzidagi nuqsonlardan kelib chiqadi.

Utopiya


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12🥰32👍2🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Alloh uzr bilan kelgan kimsani ham qabul qiladi, qanday qilib endi Unga intilgan bandasidan yuz o‘girsin?! Foniy bo’lgan ishq yo’qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san’atkorning san’atini ko’rur, kimdir san’atkorning o’zini. "Iymon va…
Hamdardlik- o‘zgalar dardidan dardman bo‘lishdir, hasad-o‘zgalar baxtidan baxtsiz bo‘lmoqdir.


Alloh uzr bilan kelgan kimsani ham qabul qiladi, qanday qilib endi Unga intilgan bandasidan yuz o‘girsin?!


Foniy bo’lgan ishq yo’qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san’atkorning san’atini ko’rur, kimdir san’atkorning o’zini.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍145🔥5❤‍🔥2
El, dedim bisyor aytdim,
Haq, dedim xushyor aytdim,
Bu vatanda har kishi
Shod, dedim—bekor aytdim.
Aytmadim, xonlar g‘ofil—
Ko‘ngilda ming xavotir,
Ikki inim musofir
Yurganin bir aytmadim.

Najmiddin Ermatovning "Turon sog‘inchi" kitobidan.


Yumshoq muqova, 140 sahifa, 32ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8😢7👏4🤩31
Munir Utaybaning «Kavkaz arsloni» romani - XIX asrda bosqinchi rus imperiyasiga qarshi mardonavor kurash olib borgan buyuk qo'mondon imom Shomil hayotiga bag'ishlangan tarixiy-badiiy asardir.
Muallif asarda nafaqat imom Shomilning harbiy iste’dodi va siyosiy donoligini, balki uning ichki dunyosi, e'tiqodi va xalqiga bo'lgan sadoqatini teran badiiy tafsilotlar orqali yoritadi. Roman Kavkaz tog'larining dramatik manzarasi, urush va murosaning murakkab sahnalari, shaxsiy fidoiylik va xalq ozodligi yo'lidagi kurash ruhi bilan sug'orilgan.
«Kavkaz arsloni» - bu bir inson taqdiri orqali butun boshli xalqning qaddini tiklashga bo'lgan intilishining timsolidir.

Qattiq muqova, 144 sahifa, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
7❤‍🔥4🔥2👍1🤩1
Baʼzi kitoblar shu zaylda yoziladi...


@TaskinKitoblar _ Qon bilan bitilgan bitiklar...
😢36🔥7❤‍🔥65🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Aqlli dushmanga qaraganda befahm do'stning ziyoni katta bo'ladi. Aql ittifoqqa olib keladi. Befahmlik esa ixtilofga, u esa bo‘linishga, bo'linish esa nochorlikka sabab bo'ladi. Qani endi maktablarda farosat va hikmat ilmlari, voqea-hodisalarga munosabat bildirishda…
Tibbiyotda kasalliklar yosharyapti deyishadi, fanda esa professorlar

Yovuzlikka qarshi kurashish uchun ham bilim bo‘lishi kerak!

Insoniyat tarixi o‘z fitratiga isyon tarixidir

Taraqqiyot - insonning cheksiz erkinligi. Ayni vaqtda mutaraqqiy jamiyatda inson ojizligicha qolaveradi. Ana shunda odam bolasi Uning irodasi oldida zarracha qiymati va salmog‘i yo‘qligini anglaydi

Biz qachon bu 97% ma’lumotni bila olamiz, qachonki bu irsiy ma’lumot – yuzaga chiqishga majbur bo‘ladigan sharoit kelsa! Bu qanday sharoit? Bu ... insoniyatga hali ma’lum bo‘lmagan kasalliklar chiqsa, aytaylik, havo tarkibi... o‘zgarsa, kutilmagan radioaktiv nurlar paydo bo‘lsa

Odamlar bir-birining rioyasini qilmog‘i, haddini bilmog‘i kerak

Mantiqiy xulosa: Insonning fe’l-sajiyasida qirg‘in va vahshiylikka moyil. Bu moyillik asta-sekin zaruratga aylanib bormoqda

Biznes ham siyosat aslida. Siyosatning tili va lug‘ati – yolg‘on, buni hech qachon yodingdan chiqarma

Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
5👍5🔥4❤‍🔥2🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlovingiz xato boʻlsa, badali umringiz boʻladi...


Bir narsani aql amri bilan tark qildingmi, tamom. Endi tuyg‘u amri bilan uning oldiga bosh egib borma!


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10❤‍🔥6👍511😍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tibbiyotda kasalliklar yosharyapti deyishadi, fanda esa professorlar Yovuzlikka qarshi kurashish uchun ham bilim bo‘lishi kerak! Insoniyat tarixi o‘z fitratiga isyon tarixidir Taraqqiyot - insonning cheksiz erkinligi. Ayni vaqtda mutaraqqiy jamiyatda inson…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Doktor, suratni sun’iy ong ishlagan bo‘lsa ham, uni dasturlagan – inson. Shunday ekan, bu suratda baribir omili borligini inkor etib bo‘lmaydi.
– Men “inson omili” emas, “inson g‘oyasi” deya fikringizni isloh etgan bo‘lardim. Insondagi g‘oyani sun’iy ong shu surat ko‘rinishida ideal tarzda yakunlagan xolos, professor.

Baxtiyor Abdug‘afurning
"Azal muhri" kitobidan.


Yumshoq muqova, 336 sahifa, 49ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏8❤‍🔥54🔥21😢1
Sabr eng yuksak maqomdir. Alloh mo'minga tashvish bergan bo'lsa, bilginki, darajasi yuksaladi. SHunday ekan, Alloh uchun sabr qilish kerak bo'ladi... Qalbingni asrlar qa'riga o'girganingda uni huzurga yetaklovchi bir oyat ko'rasan: "Alloh uchun sabr et"

Yumshoq muqova, 208 sahifa, 39ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8❤‍🔥7311🥰1
Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

©Frensis Bekon


© Qora qalam


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥15🥰5🤩4❤‍🔥3👍31
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nashriyotimizda chop etilgan "Sharaf" kitobi muallifi Ali Izzatbegovichning hayot yo‘li qisqa satrlarda... Kitobdan iqtibos: Biz inson bo‘lishga, inson bo‘lib qolishga harakat qildik va muvaffaqiyatga erishdik... Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga…
Tozalik uchun kurashish emas, supurish zarur!

Har bir inson Qur’oni karimdan o‘zining darajasi va iymoni qadar ma’no topadi.
Ilm va din bir-biridan ayrilganida, din odamlarni qoloqlikka, ilm esa ateizmga yetaklaydi.

Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich juma namoziga kechikib keldi. O‘zi oldingi safda namoz o‘qishni odat qilgandi. Birinchi safga yetib olsin uchun odamlar unga yo‘l bo‘shatishdi. Shunda u namozxonlarga darg‘azab o‘girilib, o‘zining mashhur bu so‘zini aytdi:
"Sizlar diktatorlaringizni shunday paydo qilasiz!"

Hozirga qadar boshqalar tomonidan bizga yetkazilgan zararlar va yo‘qotishlar haqida gapirib keldik. Endi o‘zimizga yetkazayotgan zarar va og‘riqlarimiz haqida gapirish vaqti keldi. Bu muvaffaqiyatimizning boshlanishi bo‘ladi.

Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o‘yindir.

Da'volar dardda tug'iladi, farovonlikda o'ladi!

"Sharaf" kitobidan


Sotuvda 39ming

Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥11🔥411👍1🥰1
Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi.
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...


Bayramingiz muborak aziz ustozlar!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥189😁83👍2🔥1
Hamdardlik- o‘zgalar dardidan dardman bo‘lishdir, hasad-o‘zgalar baxtidan baxtsiz bo‘lmoqdir.


Alloh uzr bilan kelgan kimsani ham qabul qiladi, qanday qilib endi Unga intilgan bandasidan yuz o‘girsin?!


Foniy bo’lgan ishq yo’qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san’atkorning san’atini ko’rur, kimdir san’atkorning o’zini.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥165👏4🥰3🔥1😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tozalik uchun kurashish emas, supurish zarur! Har bir inson Qur’oni karimdan o‘zining darajasi va iymoni qadar ma’no topadi. Ilm va din bir-biridan ayrilganida, din odamlarni qoloqlikka, ilm esa ateizmga yetaklaydi. Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich…
Hammasi tugaganida xotirlaydiganimiz dushmanlarimizning so‘zlari emas, do‘stlarimizning sukuti bo‘ladi.

Ayrim odamlar o‘zlarining diniy mansubliklarini fikrlash masʼuliyatidan ozod etadi, deb o‘ylashadi...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥1063👍3👏2❤‍🔥1
Sizni baxtli qiladigan ishlarni ertaga qoldirmang. Atrof ertaga qoldirganlarning nadomati bilan to'la.

Nashr etilayotgan "Zehn tuzoqlari" kitobidan.


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13👍6🔥5😢21❤‍🔥1
Ishonch ila ayta olamanki, inson daf'atan o'lib qolmaydi, balki bosqichma-bosqich o'ladi:
- Har safar bir do'sti vafot etganda, uning bir qasmi o'ladi,
-Har safar sеvgan bir yaqini tashlab kеtganda, uning bir qismi o'ladi,
- Har safar orzusi armonga aylanganda uning bir qismi o'ladi.
Toki katta o'lim kеlib, o'lik qismlardan boshqa hеch narsa topmagunicha, (shunday hol davom etadi). U kеlgach uning bo'laklarni ko'tarib kеtadi.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥154🔥311🥰1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sizni baxtli qiladigan ishlarni ertaga qoldirmang. Atrof ertaga qoldirganlarning nadomati bilan to'la. Nashr etilayotgan "Zehn tuzoqlari" kitobidan. Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Hech kim sizning ogʻriqlaringizni, alamlaringizni tortib olishga qodir emas. Shunday ekan, sizdan saodatingizni ham tortib olishlariga yoʻl qoʻymang!

"Zehn tuzoqlari" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥1963😢2🤩2🕊1