Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.94K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kichkina tomchi yig‘ilib-yig‘ilib daryoga aylanganidek gunohlarni kichik sanash, ularga e’tiborsizlik bilan qarash bandani kuni kelib halok etadi. “Mo‘min kishi gunohlarini ulkan tog‘ deb biladi, o‘zini o‘sha tog‘ tagida o‘tirgandek his qiladi, ustiga qulab…
Insoniyat tarixida hayotining barcha jihatlari eng kichik nuqtalarigacha butun tafsilotlari bilan qayd etib borilgan va o‘zgarishsiz bugungi kungacha saqlanib kelayotgan yagona shaxs Muhammad alayhissalomdir BU insonning ismi zotiga to‘la muvofiq ekani o‘sha zamonlardan to bugungacha uzluksiz silsila bilan bog‘langan tarixiy hujjatlarda mukammal aks etgan. Tarixiy hujjatlarning ishonchliligi rad qilib bo‘lmas ilmiy dalillar bilan isbotlangan. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari deb nomlangan ushbu kitobda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning 99 sifatlari jamlangan bo‘lib, mazkur sifatlar mu’tabar manbalardan olingan ma’lumotlar asosida keng kitobxon ommasiga tushunarli va sodda tilda bayon qilingan.

Qattiq muqova, 334 sahifa, 80ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥9👍6😢3🔥2👏1
Otalarimiz asr namozidan soʻng doʻkonlarini yopar, shu kungi berilgan rizqqa qanoat qilar, shomdan oldin taomlanar, xufton namozini oʻqib uxlar va oʻz vaqtida bomdod namoziga turar edilar. Shunda jismlari dam olib, asablari joyida boʻlar edi. Bugun esa kech 11 da ovqatlanamiz, 1 da uxlaymiz va 9 da uygʻonamiz... Allohning koʻr-satgan yoʻlini oʻzgartirdik. Natijada Alloh bizning salomatligimizni bemorlikka va rohatlanishimiz oʻrnini charchoqqa almashtirib qoʻydi...

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
11🔥8👏42❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go‘zal xulqlar insonni komil qiladi va uni baxtga yetaklaydi. Jasorat go‘zal axloqiy fazilatdir. Birov u me’yorida bo‘lishi kerak. Zero, jasoratning haddan oshishi halokatga, yetishmasligi esa qo‘rqoqlikka olib boradi. Me’yorda ko‘rsatilgan jasoratgina go‘zal axloq, komil fazilatdir. Barchamizga ibrat bo‘ladigan insonlar hayotini yoritgan kitoblar...


"To‘rt buyuk sahobiy" to‘plami 195ming so‘m.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👏5🥰21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo yaratgan biror narsa yoʻqki, diqqat bilan nazar solinganda, unda Yaratuvchining vahdoniyatiga doir bir dalil, rububiyatiga doir bir ishorat boʻlmasa.

Qattiq muqova, 349 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥6❤‍🔥2🥰2👏2
Madaminbek ayni paytda islomiy ilmlarni puxta egallagan xudojo'y va taqvodor odam bo'lgan. U kitob mutolaa qilishni xush ko'rgan. Madaminbek muqaddas Qur'oni Karim va mashhur ozarboyjon shoiri Fuzuliyning devonini qayerga borsa doim o'zi bilan olib yurgan. Ba'zi manbalarda yozilishicha, Madaminbek Turkistonning buyuk istiqlol shoiri Cho'lpon she'rlarini sevib o'qigan. Madaminbek ishtirok etgan gurunglarda ko'pincha suhbat mavzusi she'riyatga borib ulangan. Madaminbek o'z ona tili - o'zbek tilidan tashqari tojik, rus va fransuz tillarini yaxshi bilgan.

📚 "MADAMINBEK" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
96👍4🔥4❤‍🔥3
Hayot shunchalik qiyinmi yoki biz uni o‘zimiz qiyinlashtirdikmi?
🤔 Har bir qadamimizda "odamlar nima deydi?" deb yashash – haqiqatan ham to‘g‘rimi?

💡 Bu hayotda aslida faqat ikkita razolat bor:
1. O‘zingni aldash
2. O‘zingday kasal bo‘ladigan odamdan qo‘rqish


🚫 Bu ikkisidan qutuling!
💫 Mard bo‘ling, fazilatli inson bo‘lib yetishing – albatta!

📖 "Odamlar Nima Deydi?" kitobidan.

📔 @TaskinKitoblar — yaxshiliklar sari odim!
🔥5🤩4❤‍🔥2👏1😍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Madaminbek ayni paytda islomiy ilmlarni puxta egallagan xudojo'y va taqvodor odam bo'lgan. U kitob mutolaa qilishni xush ko'rgan. Madaminbek muqaddas Qur'oni Karim va mashhur ozarboyjon shoiri Fuzuliyning devonini qayerga borsa doim o'zi bilan olib yurgan.…
Shermuhammadbek Farg'ona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy ozodlik uchun kurashning ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U Katta Ergash (1882-1921) va Madaminbek (1892-1920) kabi qo'rboshilarning o'rinbosari sifatida istiqlolchilarning tan olingan yirik lashkarboshisi edi.
U kurash maydoniga qadam qo'ygan ilk kunlardan boshlab
«Turkiston - turkistonliklarning yurtidir, unga boshqa hech kimning egalik qilishga haqqi yo'q!»
- degan shiorni o'rtaga tashlagan. Uning asosiy maqsadi Turkistonda Islom jumhurriyatini tashkil qilish bo'lgan. Madaminbek liberal yo'lboshchi bo'lgan bo'lsa, Shermuhammadbek keskin harakat qiladigan radikal qo'mondon edi.


📚 "SHERMUHAMMADBEK" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥74❤‍🔥3🤩2👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi. Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan…
Omar Xalilning "Jur'at" kitobi sotuvda🔥


Sizga eng yaqin pochta ofisigacha yetkazib berish 12ming 📦

Kitobdan parcha:
Kerakli paytda jur’at qila olmagan odamlar avvaliga oʻzlarini ayblab yashaydi. Oʻzlarini ayblashdan charchagandan keyin esa jur’atsizlik qilingan oʻrinlarini oqlashga intilishadi. Oʻzini oqlashni boshlash esa oʻzidan baxtiyor odamni yasashga olib keladi. U bundan buyogʻiga baxtli boʻlib emas, baxtli koʻrsatib yashashga odatlanadi.


Bir necha kundan keyin viloyatdagi kitob do‘konlaridan ham sotib olishingiz mumkin. ⚡️

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩13👏5❤‍🔥43🔥2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Omar Xalilning "Jur'at" kitobi sotuvda🔥 Sizga eng yaqin pochta ofisigacha yetkazib berish 12ming 📦 Kitobdan parcha: Kerakli paytda jur’at qila olmagan odamlar avvaliga oʻzlarini ayblab yashaydi. Oʻzlarini ayblashdan charchagandan keyin esa jur’atsizlik…
Men jamiyatning farovon yashashi uchun, avvalo, yaxshi farzand, yaxshi ota va yaxshi umr yo'ldosh bo'lishim, ana undan keyin boshqalarga yaxshilik ulashishim mumkin. Hasan Basriy hazratim aytganlaridek, biz o‘git beruvchilarga emas, o‘rnak bo'luvchilarga har qachongidan muhtojmiz. Shunday ekan o'git beradigan darajaga chiqish uchun ornak bolarlik maqomda bo'lishim lozimligini tushunib yetaman.

Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
13👏7❤‍🔥3👍2
Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏8🔥7😢5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
''Istig‘forning 40 xosiyati. Salovatlar'' 1. Allohga itoatgo‘y banda istig‘for aytadi; 2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi; 3. Istig‘for aytgan odam imon halovatiga erishadi; 4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi; 5. Istig‘for…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
''Istig‘forning 40 xosiyati. Salovatlar''


1. Allohga itoatgo‘y banda istig‘for aytadi;
2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi;
3. Istig‘for aytgan odam imon halovatiga erishadi;
4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istig‘for aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istig‘for aytgan odamga ne’matlar ko‘paytirib beriladi;
7. Istig‘for bandaning martabasini ko‘taradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istig‘for tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istig‘for yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istig‘for aytgan inson farzand ne’mati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istig‘for aytish bilan uzviy bog‘liq;
14. Istig‘for aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istig‘for bandaning jannatga kirishiga sabab bo‘ladi;
16....

Qattiq muqova, 35ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11❤‍🔥63👏3🥰2
• Amerika adabiyoti:
- Ozodlik uchun o‘lasan!
• Italiya adabiyoti:
- San’at uchun o‘lasan!
• Britaniya adabiyoti:
- G‘urur uchun o‘lasan!
• Fransuz adabiyoti:
- Sevgi uchun o‘lasan!
• O‘rus adabiyoti:
- O‘lasan!
• O‘zbek adabiyoti
- Paxta qo‘yib o‘lasan!!!

Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😁516🔥62🥰1😢1
“Ommabop kitoblarda badbo‘ylik bor. Chunki ularga mayda odamlarning hidi singmish”, deydi ulug‘lardan biri. Bu – to‘g‘ri fikr. To‘g‘riligi uchun ham bora-bora bunaqa kitoblarni qo‘lga olib varaqlash istagidan tamoman forig‘ bo‘lamiz..."


Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Xushbo‘y kitoblar maskani!
❤‍🔥12🔥42🥰2😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Haqiqiy o‘g‘il - onaizorga xizmat qilishi lozim holida uzoq o‘lkalarga ilm istab ketishdan voz kechadi, volida huzurida qoladi. Haqiqiy ona - Imom Buxoriyning onasiga o‘xshab bolasini ilm olishi uchun olis yurtlargada olib boradi. "Onalar ham aldaydi" kitobidan.…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onalar fikrlashda va qaror qilishda hech qachon yolg'iz bo'lmaydilar. Ona har doim ikki martalab o'ylaydi: o'zi uchun va farzandi uchun. Keyin qaror qabul qiladi.

"Onalar ham aldaydi" kitobidan.


Yumshoq muqova, 208 sahifa, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥95😢2🔥1
Sukunat

Bog’chada:
- Jim o‘tiramiz, bolalar.
Maktabda:
- Hamma jim o‘tirsin.
Oilada:
- Jim o‘tirib, ovqatingni ye.
Ishxonada:
- Jim yurgin, xo‘pmi?
Xalgaro konferensiyada:
- Ko‘rilgan muammoning yechimi boyicha qanday takliflaringiz bor?
Hamma jim...


📖"Onalar ham aldaydi" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21😁11👍7❤‍🔥5🥰31
Aqlli dushmanga qaraganda befahm do'stning ziyoni katta bo'ladi. Aql ittifoqqa olib keladi. Befahmlik esa ixtilofga, u esa bo‘linishga, bo'linish esa nochorlikka sabab bo'ladi. Qani endi maktablarda farosat va hikmat ilmlari, voqea-hodisalarga munosabat bildirishda aqlni charxlash testlari ham o'tilsa...

Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏17🔥943🥰2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Odamlar ba'zi mashhur, shon-shuhratli kimsalarni avliyo deya ketidan chopib, etaklariga yopishmoqdalar. Agar menga bu zamonda haqiqiy avliyo kimdir deb savol bersalar, shubxasiz, shahvatdan qochib, Allohdan panoh tilagan yoshlarni koʻrsatgan boʻlardim. "Ishq…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda u Alloh tomonidan unga "omonat" ekanini bilgan va uni qadrlagan erkakga o‘zini topshirgan ayoldek baxtli, saodatli ayol yo‘qdir...

"Ishq imtihoni" kitobidan

Yumshoq muqova, 196 sahifa, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14❤‍🔥5🔥4👍3
Forwarded from Kitobxona
#K_107 #mutolaa_2025

Yana bir kitob mutolaasi oʻz nihoyasiga yetdi...

"ISHQ IMTIHONI YOHUD KOʻRGANINGGA ISHONMA." MUHAMMAD BOʻZDAGʻ.

Tanlovingiz xato boʻlsa, badali umringiz boʻladi...

Burgut yolgʻiz holida yuksaklarda bemalol, ufqlarni kashf qilib, zavq bilan ucha oladi. Ammo inson juftsiz, yolgʻiz boʻlsa, hatto jannatda ham mahzunlikda yashashi mumjin. Farzand balogʻatga yetib, mehribon onasining quchogʻidan ayrilarkan, suyukli bir jufti boʻlishini istay boshlaydi. Suyuklilari bilan birga boʻlsa, sevinadigan, yuragining toʻrida joylashadigan bir sevgi, ishq xohlaydi. Bugun odamlar ommaviy ravishda, telbalarcha sevgi-muhabbatga mukka tushmoqda. Notogʻri manzilda, notogʻri vaqtda va nomunosib insonlar bilan bevaqt koʻngil munosabatlari sababli qancha yoshlarning muvaffaqiyat yõli berilmoqda. Oʻzlarini ishqning shavqatsiz devorlariga urib, hayotlarini yoqmoqdalar, huddi parvona kapalaklar singari uvol boʻlmoqda...

Ushbu kitobni oila qurish arafasidagilar uchun ayni muddao deb hisobladim, chunki nikohgacha boʻlgan yoʻl va undan keyingi oila munosabatlari qisman, tushunarli tarzda yoritib berilgan. Muallif sodda uslubdan foydalangani tufayli  oʻquvchini zeriktirib qoʻymaydi. Kitob 13 boʻlimdan iborat va har bir bõlimda bir mavzu yetarlicha yoritilgan.

Ishq imtihonida yurgan yoshlarni shayton din va Alloh sevgisi bilan aldaydi. Sevganlari bilan his qilayotganlarini ilohiy ishq deb oʻylaydi. Ilohiy ishq deganlari va uning ilk qadami dunyoviy va uning ichidagi muhabbat va shavqni tark etmoqdir. Koʻzning Allohdan boshqasini koʻrmasligidir. Har bir yosh koʻngil eshiklarini sevgiga qachon ochishi kerakligini bilishi kerak. Sevib qolmasdan avval, kech boʻlmasidan unga qaror berishi kerak. Sovuq iqlimda bevaqt ochilgan gullar " hali sovuq ekan" deya qaytib gʻunchaga aylana olmaydi.

Muqaddas deyilgan narsalar hayotda hamma narsadan ustun turadi. Agar biz nikohning oʻrniga sevgini muqaddaslashtiradigan boʻlsak, hayotimizning barcha jabhalarida vazifalarimizni, hamma narsamizni sevgiga qurbon qilib yuboramiz. Muvaffaqiyatli yashashning ilk qadami bu mustahkam ta'lim poydevorini qurishdir. Ishq imtihonidan oʻta olishning eng muhim bosqichi sevgining, turmush qurish vaqtining togʻri tanlashdir. Koʻpchilik erta turmush qurganlaridan shikoyat qiladilar, kimlardir esa kar'era qilish istagida yurib, turmush qurishni kechiktiradi. Sevgi imtihonidan muvafaqqiyatli oʻtish bu ertaroq yoki kechroq emas, sevgini va turmush qurishni oʻz vaqtida amalga oshirishdir. Togʻri qaror berish qobilyati shakllanmasdan irodali va mas'ulyatli boʻlmasdan turib, vaqtidan erta boshlangan oshiq-ma'shuqlik hayoti ishonchsiz, chidamsiz va muammolarga toʻla turmushni yuzaga keltiradi. Sevgi imtihonida muvaffaqiyatga erishishdagi muhim qadam sevgining zavq-shavqiga berilish emas, oila qurish ekanligini unutmaslikdir. Shu tariqa, maqsad nikohdan tashqari holatlardagi koʻngilhushlik emas, nikohdan keyingi baxt-saodat, rohat-farogʻatdir.

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri, seriallardagi yoki muhim ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqati deb qarashlarida. Insonlarning yarmi farishtadek boʻlsa, yarmi shayton kabidir. Insonning tashqi koʻrinishi ravshan, lekin uning ichki olami, kim ekani vaqt oʻtishi bilan ayon boʻladi. Soddalikka nuqta qoʻyish, hayotga real koʻz bilan qarash vaqti keldi. Haqiqat va hayotning asl yuzini koʻrsatuvchi hikoyalarni oʻz ichiga olgan ushbu kitob yoshlarning, oʻsmirlarning boshiga tushishi mumkin boʻlgan yuzlab tuzoqlarni ochib tashlaydi, bartaraf etadi. Kitobni toʻliq oʻqish asnosida yetarlicha ma'lumot va foydaga ega boʻlishingiz mumkin.

📌Kitobni xarid qilish uchun

Boshlandi : 14.09.2025
Tugatildi   : 15.09.2025


🍄@kitobxonadan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥10🔥7👏76🥰1
Qirolning ulugʻvorligi qashshoqlar ustidan emas, balki boy va baxtli fuqarolar ustidan hukmronlik qilishda koʻproq namoyon boʻladi. Shu sababli oliyjanob va yuksak fe’l-atvorli Fabritsiy shunday degandi: “Men oʻzim boy boʻlishdan koʻra boy odamlarni boshqarishni afzal bilaman. Chunki atrofdagilar qaygʻu va iztirob ichida yashayotgan bir paytda birgina odam boylik va rohat-farogʻatga choʻmib yursa, u podsho emas, balki zindon qorovuli kabidir”. Bemorni bir kasallikdan saqlab, boshqasiga giriftor qiladigan noshud shifokor mutlaqo bilimsizdir, shunday ekan, oʻz xalqining xatolarini tuzatish uchun ularning turmush qulayliklarini tortib olishdan boshqa yoʻl topolmagan kishi erkin millatni boshqarishning mohiyatini tushunmasligini tan olishi lozim. Uning oʻzi dangasaligini yengishi yoki manmanligidan voz kechishi kerak, chunki xalqining unga boʻlgan nafrati yoki adovati uning oʻzidagi nuqsonlardan kelib chiqadi.

Utopiya


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12🥰32👍2🤩1