Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Adabiy kareraning uchta qiyinchiligi: nashr etishga arziydigan kitob yozish, uni nashr etish uchun halol odamni topish, keyin esa uni o‘qishga aqlli odamlar...

Hurmatli kitobxonlar, bizga III "dovon"da yordamingiz kerak bo‘lmoqda!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥10😁83👍2🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ikki jins o‘rtasida muhabbat insondagi fitriy va tabiiy mayl-rag‘batdir. Din uni poklab, yuksaklarga ko‘taradi. Lekin shayton bo‘lsa, uni inson ruhiyati va axloqini yakson qilishda eng katta vosita o‘laroq ishlatadi. "Ishq imtihoni" kitobidan. Yumshoq muqova…
"Haqiqat nima?"

Haqiqat shunday narsaki sen o‘zing nohaq holingda uni ko‘rsang yoki eshitsang asabing buziladi, uni yomon ko‘rasan, unga nisbatan toqating toq bo'ladi.
Alloh taolo aytadi:
Batahqiq biz sizlarga haqni keltirdik va lekin sizlarning aksaringiz haqni yoqtirmaysizlar"

Shuning uchun xalq tilida "Haqiqat achchiq bo'ladi", "To'g'ri gap tuqqaninga yoqmaydi" kabi maqollar bor.

Agar yolg‘on dunyoda haqiqat nimaligini bilmoqchi bo‘lsang o'zingga yoqmayotgan narsaga qara, uni topasan.
Alloh taolo aytadi:
"Ular bu kishida jinnilik bor deydilar. Balki u kishi ularga haqni keltirdi. Va ularning aksari haqni yomon ko'ruvchidirlar"
Bu jismda ham ruhda ham shunday.
Kasalga dori yoqmaydi, lekin shifosi shunda, yosh bolaga o‘qish yoqmaydi, lekin kelajagi shunda, hatto sport sohasida senga eng yoqmaydigan qiyin mashq ana shu sening jisming unga eng muhtoj mashqdir.

Yumshoq muqova, 40ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
9🥰5🔥4
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Jamiyatimizda ikkita alohida sivilizatsiya yonma-yon yashaydi. Birida ayollar o‘zlarini dunyoga bag‘ishlaganlar, korporatsiya va davlat xizmatchisiga aylanganlar, ilm-fanda ilg‘or, amalga intilishadi, dars berishadi, treninglarda qatnashishadi va hokazo. …
Bizga hech narsa tegishli emasligini anglaganimizda erkinlikka erishamiz. Na hayotimiz, na tanamiz, na sog‘liq, amal, pul, oila, vatan, — bizga hech narsa tegishli emas. Hatto umid ham bizni zaiflashtiradi, umid o‘lgandan keyingina haqiqiy erkinlik paydo bo‘ladi.

"Katta oila"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍114🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
''Istig‘forning 40 xosiyati. Salovatlar'' 1. Аллоҳга итоатгўй банда истиғфор айтади; 2. Истиғфор айтган банда пайғамбарлар, солиҳлар йўлидан юради; 3. Истиғфор айтган одам имон ҳаловатига эришади; 4. Истиғфор бандани гуноҳлардан поклайди; 5. Истиғфор айтган…
Kichkina tomchi yig‘ilib-yig‘ilib daryoga aylanganidek gunohlarni kichik sanash, ularga e’tiborsizlik bilan qarash bandani kuni kelib halok etadi.
“Mo‘min kishi gunohlarini ulkan tog‘ deb biladi, o‘zini o‘sha tog‘ tagida o‘tirgandek his qiladi, ustiga qulab tushishidan qo‘rqadi. Fojir esa gunohlarini burni ustiga qo‘ngan pashshadek ko‘radi, bunday qilib (uchirib) yuboradi”.
Mo‘min banda qalbidagi imon mustahkam bo‘ladi. U Allohga taqvo qiladi, “arzimas” gunohni deb Parvardigori azobiga yo‘liqishdan qo‘rqadi, solih amallari qancha ko‘p bo‘lsayam ularga ishonib qolmaydi, yomon oqibatdan xavfsiraydi. Betavfiq odam esa gunohlar ummoniga botib ketsayam parvoyi falak yuraveradi. Bu illat mo‘minga begona. Mo‘min kishi har qanday gunohni olamlar Parvardigori Allohning amriga qarshi chiqish deb biladi, ma’siyatdan imkon qadar uzoq yuradi. Ojizlik qilganda darrov tavbaga, istig‘forga shoshiladi.

“Istig‘forning 40 xosiyati”


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥8🔥53🥰2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob o'qimaydiganlar buni tushunishi qiyin. Kitob mutolasi haqida ajoyib videorolik!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21🥰8👏7🤩6😢2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bizga hech narsa tegishli emasligini anglaganimizda erkinlikka erishamiz. Na hayotimiz, na tanamiz, na sog‘liq, amal, pul, oila, vatan, — bizga hech narsa tegishli emas. Hatto umid ham bizni zaiflashtiradi, umid o‘lgandan keyingina haqiqiy erkinlik paydo bo‘ladi.…
Farzandlar oilasini 18 yoshda tark etishi elitalar tomonidan uyushtirilgan psixologik urush operatsiyasi. Maqsadi – beshta oila a’zosi alohida beshta uy ijarasini to‘lashi, beshta avtomobil kreditini yopishi va har bir uy jihozini beshtaga ko‘paytirish.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👏4❤‍🔥32😢2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kichkina tomchi yig‘ilib-yig‘ilib daryoga aylanganidek gunohlarni kichik sanash, ularga e’tiborsizlik bilan qarash bandani kuni kelib halok etadi. “Mo‘min kishi gunohlarini ulkan tog‘ deb biladi, o‘zini o‘sha tog‘ tagida o‘tirgandek his qiladi, ustiga qulab…
''Istig‘forning 40 xosiyati. Salovatlar''


1. Allohga itoatgo‘y banda istig‘for aytadi;
2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi;
3. Istig‘for aytgan odam imon halovatiga erishadi;
4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istig‘for aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istig‘for aytgan odamga ne’matlar ko‘paytirib beriladi;
7. Istig‘for bandaning martabasini ko‘taradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istig‘for tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istig‘for yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istig‘for aytgan inson farzand ne’mati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istig‘for aytish bilan uzviy bog‘liq;
14. Istig‘for aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istig‘for bandaning jannatga kirishiga sabab bo‘ladi;
16....

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
17👏5🔥3🤩3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitobxonlar uchun zamonaviy lavh

Bahosi 235ming


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍105🥰3👏3🔥2
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi.
Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan nariga chiqolmaysiz.

🔥Omar Xalilning "Jur'at" kitobi sanoqli kunlarda...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14👍6❤‍🔥4🥰2👏2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi. Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan…
Jurʼat nima?
Jurʼat – bu qo‘rqishga qaramasdan harakat qilish. Bu jasurlik emas, bu ichki xavotirlarga qaramay oldinga yurish. Jurʼatli odamlar ham qo‘rqadi. Farq shundaki, ular harakat qiladi.
Qanday qilib jurʼatli bo‘lish mumkin?
Qo‘rquvni tan oling – Har bir insonda u bor. Siz yolg‘iz emassiz.
Kichik sahnadan boshlang – Dastlab do‘stlar oldida gapiring, keyin guruh oldida.
"Yomon fikr bildirsa nima bo‘ladi?" degan savolga javob bering – Ko‘pincha hech nima bo‘lmaydi.
O‘zingizni maqtab yozing – Ichki suhbat ijobiy bo‘lishi kerak.
Amal qilib o‘rganing – Jurʼat, mashq bilan o‘sadi.
"O‘rinsiz uyalish orqaga tortadi, jurʼat esa yo‘l ochadi. Siz qaysi tomonni tanlaysiz?”

Omar Xalilning "Jurʼat" kitobidan.


Kitob sanoqli kunlarda hukmingizga havola etiladi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
9🔥8❤‍🔥3
⚖️ Ijtimoiy qonunlar va axloq me'yorlari inson huquqlarining poymol etilishiga yo'l qo'yib berishi, uning hayotini do'zaxga aylantirishi hamda taqdiriga halokatli ta'sir etishiga chek qo'yilmaguncha, asrimizning uch asosiy muammosi: yo'qsilga zulm o'tkazish, ayollarning ochlik sababli axloqan buzilishi hamda boshpanasiz qolishi oqibatida bolalarning halok bo'lishi masalalari uzil-kesil hal etilmaguncha, ko'pgina mamlakatlarda mudhish ijtimoiy zulm tugatilmaguncha, boshqacha aytganda, sayyoramizda jaholat va qashshoqlikka barham berilmaguncha — bunga o'xshash kitob-larga ehtiyoj saqlanib qolaveradi.

Viktor Gyugo


Qattiq muqova, 848 sahifa, 82ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
5👍3🔥3👏2😢2
"Tayfur" asari XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyodagi tarixiy voqealar - Rossiya imperiyasining Turkistonga bosqini, Qo'qon va Buxoro xonliklarining tanazzuli, shuningdek, O'ratepa shahri va unga yaqin hududlardagi xalq turmushi, yurtparvar insonlarning kurashi va yuraklarni titratar fojiali taqdirlarini tasvirlaydi.
Bosh qahramon - Tayfur, o'zining sirli o'tmishi, ichki ziddiyatlari, muhabbat sabab yuzaga kelgan fojiali qismati bilan asar dramatizmini oshiradi.

Asar o'quvchini XIX asr Turkistonining g'amgin lek sharafli sahifalariga boshlaydi. Rus bosqini arafasidagi O'ratepa va Toshkent shaharlarining hayoti milliy birlikka chaqiruv shahar muhofazasidagi xalq jasorati va ayni paytda sodir bo'layotgan ichkaridagi xiyonatlar kalbni titratmay koldirmaydi. Tarixiy voqelik, xalq og'zida saqlangan rivoyatlar va qahramonlar taqdiri o'rtasida muallif mahorat bilan badiiy ko'prik qurgan.

Qattiq muqova, 58ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰10❤‍🔥3🔥3👏21😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hayotingni oʻzing istagan tomonga borishi yoki oʻzgarishi uchun - jur’at kerak. Bu uchun esa insonda ulkan qalb boʻlishi lozim. Qalb Allohga tavakkul qilishni oʻrgangandagina kattalashadi. Jur’atli boʻling - yoʻqsa jur’atlilarning belgilab bergan hayotidan…
Jur’at - yaxshi ishlarga, ezgulikka, haqiqatni qaror toptirishga, toʻgʻri yashashga, adolatli boʻlishga, haqni talab qilishga, nohaqlikka qarshi turishga, adolatsizlikni yengishga, birdamlikka, prinsiplarni mahkam ushlashga, erkin soʻz va fikrni ayta olishga, oʻz muhabbatini izhor qila olishga, mustaqil qaror qabul qilishga boʻlgan xatti-harakatdir va tashlangan qadamdir.

Omar Xalilning "Jur'at" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥6🥰3❤‍🔥2👏2😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kichkina tomchi yig‘ilib-yig‘ilib daryoga aylanganidek gunohlarni kichik sanash, ularga e’tiborsizlik bilan qarash bandani kuni kelib halok etadi. “Mo‘min kishi gunohlarini ulkan tog‘ deb biladi, o‘zini o‘sha tog‘ tagida o‘tirgandek his qiladi, ustiga qulab…
Insoniyat tarixida hayotining barcha jihatlari eng kichik nuqtalarigacha butun tafsilotlari bilan qayd etib borilgan va o‘zgarishsiz bugungi kungacha saqlanib kelayotgan yagona shaxs Muhammad alayhissalomdir BU insonning ismi zotiga to‘la muvofiq ekani o‘sha zamonlardan to bugungacha uzluksiz silsila bilan bog‘langan tarixiy hujjatlarda mukammal aks etgan. Tarixiy hujjatlarning ishonchliligi rad qilib bo‘lmas ilmiy dalillar bilan isbotlangan. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari deb nomlangan ushbu kitobda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning 99 sifatlari jamlangan bo‘lib, mazkur sifatlar mu’tabar manbalardan olingan ma’lumotlar asosida keng kitobxon ommasiga tushunarli va sodda tilda bayon qilingan.

Qattiq muqova, 334 sahifa, 80ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
❤‍🔥9👍6😢3🔥2👏1
Otalarimiz asr namozidan soʻng doʻkonlarini yopar, shu kungi berilgan rizqqa qanoat qilar, shomdan oldin taomlanar, xufton namozini oʻqib uxlar va oʻz vaqtida bomdod namoziga turar edilar. Shunda jismlari dam olib, asablari joyida boʻlar edi. Bugun esa kech 11 da ovqatlanamiz, 1 da uxlaymiz va 9 da uygʻonamiz... Allohning koʻr-satgan yoʻlini oʻzgartirdik. Natijada Alloh bizning salomatligimizni bemorlikka va rohatlanishimiz oʻrnini charchoqqa almashtirib qoʻydi...

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
11🔥8👏42❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go‘zal xulqlar insonni komil qiladi va uni baxtga yetaklaydi. Jasorat go‘zal axloqiy fazilatdir. Birov u me’yorida bo‘lishi kerak. Zero, jasoratning haddan oshishi halokatga, yetishmasligi esa qo‘rqoqlikka olib boradi. Me’yorda ko‘rsatilgan jasoratgina go‘zal axloq, komil fazilatdir. Barchamizga ibrat bo‘ladigan insonlar hayotini yoritgan kitoblar...


"To‘rt buyuk sahobiy" to‘plami 195ming so‘m.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👏5🥰21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo yaratgan biror narsa yoʻqki, diqqat bilan nazar solinganda, unda Yaratuvchining vahdoniyatiga doir bir dalil, rububiyatiga doir bir ishorat boʻlmasa.

Qattiq muqova, 349 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥6❤‍🔥2🥰2👏2
Madaminbek ayni paytda islomiy ilmlarni puxta egallagan xudojo'y va taqvodor odam bo'lgan. U kitob mutolaa qilishni xush ko'rgan. Madaminbek muqaddas Qur'oni Karim va mashhur ozarboyjon shoiri Fuzuliyning devonini qayerga borsa doim o'zi bilan olib yurgan. Ba'zi manbalarda yozilishicha, Madaminbek Turkistonning buyuk istiqlol shoiri Cho'lpon she'rlarini sevib o'qigan. Madaminbek ishtirok etgan gurunglarda ko'pincha suhbat mavzusi she'riyatga borib ulangan. Madaminbek o'z ona tili - o'zbek tilidan tashqari tojik, rus va fransuz tillarini yaxshi bilgan.

📚 "MADAMINBEK" kitobidan


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
96👍4🔥4❤‍🔥3