Muvozanat qonuni _ Ey qizim
Bir kishi Tobein Maymun ibn mihron rohimahullohning qiziga sovchi bo‘lib keldi.
U kishi:
Qizimni senga ravo ko‘rmayman - dedi.
Sovchi:
Nega? - dedi .
Maymun:
Chunki qizim zebu-ziynat va kiyim-kechakni yaxshi ko‘radi - dedi.
Sovchi :
Menda unday narsalardan juda ko‘p - dedi.
Maymun :
Endi seni unga ravo ko‘rmayman - dedi.
Buning sababi, bu dunyoda barcha narsa "muvozanat qonuni"ga asoslangan. Ayol tabiatidan zebu-ziynatga o'ch bo‘ladi. Erkak esa "menda ko‘p" deb ayoliga istaganini beraversa oila muvozanati buziladi. Bunday erkak "boshqaruvchi" emas, "boshqariluvchi" demakdir. Aqlli ota, qiziga "boshqariladigan" emas, "boshqaradigan" erni ravo ko‘radi. Maymun ibn mehron ham qizi uni boshqaradigan emas, qizini boshqaradigan kuyov istagan edi. Chunki, ayol boshqargan oilada (boshqa ishlarda ham) hech qachon baraka bo‘lmaydi.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🔥9🥰5👏3❤1😢1
Kofe yoki energetikni g‘aflat uyqusiga kuchi yetmaydi!
Jeyms Allen _ "Fikrlayotgan odam"
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩16👍9🔥7❤2😁1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Masalan, mehmon kelishidan avval uyimizni bir qator tartiblab chiqamiz, sababiga esa mehmonlar nima deydi? deya javob beramiz... Natijada barcha amalimizning mukofoti odamlarning nima deyishi bilan taqdirlanadi. Aslida esa bir musulmon o‘laroq "Mehmon atoyi…
Mayitni hammolday koʻtarib kelib, masjid ostonasiga qadam qoʻya olmay koʻchada qolganlarni koʻrdik...
Farzi ayn boʻlgan ibodatga qoʻshilolmay, farzi kifoyaga “qoʻr toʻkib” saf tortganlarni koʻrdik...
Alloh baxtni istamas ekan, takbiri tahrima tugul, takbirga-da ogʻiz ocha olmas... Namoz oʻqish tugul, ostona hatlab masjidga ham kira olmas...
Bu baxtsizlikdir!
Yumshoq muqova, 124 sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Farzi ayn boʻlgan ibodatga qoʻshilolmay, farzi kifoyaga “qoʻr toʻkib” saf tortganlarni koʻrdik...
Alloh baxtni istamas ekan, takbiri tahrima tugul, takbirga-da ogʻiz ocha olmas... Namoz oʻqish tugul, ostona hatlab masjidga ham kira olmas...
Bu baxtsizlikdir!
"Odamlar nima deydi?" kitobidan.
Yumshoq muqova, 124 sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21👍12🥰7👏1🤩1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Safar" Adam O‘zkosa
Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni jamlagan, bilimga qadr-qiymat va ahamiyat bera olgan Islomdadir.
Kunimiz musulmonlari ishlab chiqaruvchilar emas, balki isteʼmol qiluvchilargina boʻlib qolishgan va bu holatni oʻzgartirish darkor. Bu masalaning yechimi – musulmonlar Islom madaniyatining yuksalish davridagi ruhiyat va tushunchaga takror qaytishlari kerak!!!
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5👍4👏4🎉1
Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.
Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.
Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.
Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.
Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!
Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...
Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.
Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.
Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥23👍12😢7❤1🎉1
🔥Din nasihatdir!
✍Kim Robbini tanisa, Undan boshqa hamma narsani unutib yuboradi. Kimki, Robbisidan g‘aflatda bo‘lsa, Undan boshqa hamma narsaga bog‘lanib qoladi.
✍Hikmatning alomati insonlarning qismatini bilishlik, taqvoning alomati Allohdan qoʻrqishlik, qoʻrquvning alomati shubhali narsalardan tiyilish va mahzunlik, umid qilishlikning alomati chiroyli itoatda turish, zohidlikning alomati orzularni qisqa qilish.
✍Zohidlik harom amallarda farz, muboh ishlarda fazilat, halolda esa Allohga yaqinlikdir.
✍Yaxshiliklarning barchasi bir uyda saqlanadi, uning kaliti kamtarlikdir. Yomonliklar ham bir uyga jamlangan, uning kaliti kibrdir!

"Ulug‘lar nasihati" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🔥6👏3
"Yoz qisqartir!"
Bugun deyarli hamma nimadir yozadi. Biroq behuda gaplar bilan oʻquvchilarning hafsalasini pir qilayotgan yoki fikrini yetkaza olmay, kulgiga qolayotganlar ham yoʻq emas. Sababi — matnni qanday yozish haqidagi oʻzbekcha adabiyotlar kam, shuning uchun ham koʻpchilik fikrini yozuvda toʻgʻri ifodalashga qiynaladi.
Javob albatta yoziladigan va manziliga qaytarib yuborilmaydigan xatlarni qanday yozish kerak? Taʼsirli va odob doirasidan chetga chiqmaydigan reklama eʼlonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolgʻon, siyqasi chiqqan va ortiqcha safsatalarsiz loʻnda, aniq, ishonarli ifodalash mumkin?
“Yoz, qisqartir” kitobida kuchli, risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni oʻqib, soʻzni isrof qilmagan holda aniq va taʼsirli yozishni oʻrganasiz.
Fleksbil muqova, 440 sahifa, 95ming
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8❤5👏5👍3🤩2🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Vaqt bilan muammoyingiz bormi?! BIR KUNDA 24 SOAT YASHASH kitobi sizga vaqtingizdan yanada unumliroq foydalanishni o‘rgatadi. Vaqtning uzunligi barobarida kengligi ham borligini anglatadi. Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming Buyurtma berish @TaskinKitob…
Arnold Bennet "Bir kunda 24 soat yashash" kitobidan.
Vaqt hukmronligi ostida hech qanday boylik yoki aql aristokratiyasi mavjud emas. Daho kishi ham hech qachon birgina kun uchun boʻlsa ham qoʻshimcha bir soat bilan mukofotlanmagan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5🥰3👏2👍1
Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!
Odam buyrak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
yurak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
qon yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
aql yetishmovchiligidan esa haligacha birov oʻlmagan. Bu yetishmovchilik bilan uzoq yillar yashash va hatto katta-katta mansablarni egallash mumkin.
Aql yetishmovchiligi odam bolasini oʻldirmas, lekin u bor joylarda talafotlar katta boʻladi: ishonchlar, gʻayratlar, shijoatlar, umidlar oʻlib bitadi...
"Odamlar nima deydi?" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢13👏8👍5🔥5🤩3
Yangilik kutganlar bormi?!
Yangi kitobdan parcha:
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Tafakkur cho‘qqisi tomon!
Yangi haftada jiddiy premyeraga tayyor turing!
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Tafakkur cho‘qqisi tomon!
🔥14🎉6🤩3🥰1👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yangilik kutganlar bormi?! Yangi haftada jiddiy premyeraga tayyor turing! Yangi kitobdan parcha: Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi... Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va…
Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, ana shu muddat - so‘nggi nafasgacha bo‘lgan mujodala eng og‘ir davr deb. Aslida unday emas. Hayot uchun kurash jarayoni muddatida chekilgan iztiroblar eng og‘iri emas. Eng og‘iri o‘sha mudhish kun kelgandan so‘ng, o‘lim sodir bo‘lgandan keyin boshlanadi. Eng yaqiningizning yo‘qligiga umrbod ko‘nikishga harakat qilib yashaysiz. Ming uning yo‘qligini anglang, his qiling aslo ko‘nikolmaysiz! Hech qachon bunga ko‘nikib yashab ketolmaysiz. Bu dunyo shunaqa. Bu dunyoning achchiq qonunlari shunaqa...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9🤩6❤2👍2🥰2
O‘z davrida bu zamindan yunonlar hosil yig‘ishtirib ketdi, mo‘g‘ullar esa yig‘ishtirmadi ham, joyida o‘t qo‘yib ketdi, «qizil»lar hosil yig‘ishtirib ketdi, inglizlarga esa o‘zimiz olib borib sotdik...
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥17👍5😢3❤2🥰2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz.…
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!
Buyurtma berish: @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!
Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.
Buyurtma berish: @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍6🤩3🥰2❤🔥1
Forwarded from Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.
✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.
✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.
✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.
Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.
O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...
Buyurtma: @TaskinKitob
💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

👍14🔥7🥰3👏1