Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
https://telegra.ph/Ozorlarni-yuving-03-19
«Alloh» so‘zining aql bovar qilmas sirlari


Niderlandiyalik psixolog Vander Hoven Kur’on o‘qish va «Alloh» so‘zini takrorlash bemor va sog‘lom insonlarga qanday ta’sir qilishini kashf etganini e’lon qildi. Professor uch yildan bir qancha bemor ustida tadqiqotlar olib borib, hayratlanarli xulosalarga erishdi. Bemorlarning ba’zilarini musulmon emasligini, ayrimlari musulmon bo‘lsa-da, arab tilini bilmasligini ta’kidlagan Hoven kasallariga «Alloh» so‘zini o‘rgatganini aytadi. Natija esa nihoyatda mukammal bo‘lganini, ayniqsa, ruhiy ziqlik va qon bosimi ko‘tarilishi (xafaqon) bilan og‘riganlarda yaxshi natijaga erishgani ma’lum bo‘ladi.
Professor Xoven "Alloh" kalimasidagi harflar bemorlar ruhiyatiga ta’sirini shunday izohlaydi:

«Alloh» so‘zining ilk harfi bo‘lgan «Alif» nafas yo‘llari tizimidan sirg‘alib chiqadi va nafas olishni izga soladi.
"Lom" harfi esa (arab tilidagidek talaffuz qilinganida) til bilinar-bilinmas tanglayning ust qismiga tegadi va jag‘ bir muddat shu muddatda turib qoladi («lom» harfi tashdidni olgani uchun).
So‘nggi harf «h» talaffuz qilinganida jigar va yurak o‘rtasida aloqa vujudga keladi va bu jarayon so‘nggida yurak urishi me’yoriga tushadi.
Bu izlanishni amalga oshirgan niderlandiyalik olim musulmon emas, lekin Islom ilmlariga qiziqqan va Qur’oni Karim sirlarini tadqiq qilgan. Bemor to‘shagida dard tortaëtgan insonning «Alloh!» deya ingraganiga ko‘pchiligimiz guvoh bo‘lganmiz. Biror musibatga yo‘liqqan insonning «Allohim!» deya xitob qilganini eshitmaganlar bo‘lmasa kerak.
Tutadigan shoxi qolmasa, boshi berk ko‘chaga kirsa, qo‘l uzatadigan insoni qolmasa, banda "Alloh" deya tinchlanadi. "Alloh" so‘zi hayotimizning asosiga aylanib ketganidan, har qanday holatda Alloh deymiz. To‘g‘ri yo‘lni topish, yaxshilikka erishish, uchun «Yo Alloh» deymiz. Shaytondan qochib, Allohdan panoh istaganda «A’uzu billah» deymiz. Har ishni «Bismillah» deya Uning nomi bilan boshlaymiz. Ne’matga munosib ko‘rsa, shukr qilamiz. Berganida ham, olganida ham «Alhamdulillah» deymiz. Hayratlanganimizda, «Mashaalloh» deymiz. Pushaymon bo‘lganimizda, «Astag‘firulloh» deymiz.
Sevinganimizda, «Allohu akbar» deymiz. Xafa bo‘lganimizda, «Inna lillah...» deymiz. Yuragimiz siqilganida «Subhanalloh» deymiz. G‘alaba qilganimizda «Nasrumminalloh» deymiz.
Rizq topganimizda, «Ar-rizqu lillah» deymiz. Orzu qilganimizda, «Inshaalloh» deymiz. Bir ishni bajarganimizda, «Biiznillah» deymiz. Mashaqqat oldida «La havla va la quvvata illa billah» deymiz.
Va’da berganimizda, «Vallohi va billah» deymiz. Bu qadar eslatmalar nuri qalbni yoritganida «E valloh» demaslik mumkinmi?..

«Iymon va huzun» kitobidan.


Yumshoq muqova, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍7🥰5😢32
Muvozanat qonuni _ Ey qizim


Bir kishi Tobein Maymun ibn mihron rohimahullohning qiziga sovchi bo‘lib keldi.
U kishi:
Qizimni senga ravo ko‘rmayman - dedi.
Sovchi:
Nega? - dedi .
Maymun:
Chunki qizim zebu-ziynat va kiyim-kechakni yaxshi ko‘radi - dedi.
Sovchi :
Menda unday narsalardan juda ko‘p - dedi.
Maymun :
Endi seni unga ravo ko‘rmayman - dedi.

Buning sababi, bu dunyoda barcha narsa "muvozanat qonuni"ga asoslangan. Ayol tabiatidan zebu-ziynatga o'ch bo‘ladi. Erkak esa "menda ko‘p" deb ayoliga istaganini beraversa oila muvozanati buziladi. Bunday erkak "boshqaruvchi" emas, "boshqariluvchi" demakdir. Aqlli ota, qiziga "boshqariladigan" emas, "boshqaradigan" erni ravo ko‘radi. Maymun ibn mehron ham qizi uni boshqaradigan emas, qizini boshqaradigan kuyov istagan edi. Chunki, ayol boshqargan oilada (boshqa ishlarda ham) hech qachon baraka bo‘lmaydi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🔥9🥰5👏31😢1
Kofe yoki energetikni g‘aflat uyqusiga kuchi yetmaydi!

Jeyms Allen _ "Fikrlayotgan odam"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩16👍9🔥72😁1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Masalan, mehmon kelishidan avval uyimizni bir qator tartiblab chiqamiz, sababiga esa mehmonlar nima deydi? deya javob beramiz... Natijada barcha amalimizning mukofoti odamlarning nima deyishi bilan taqdirlanadi. Aslida esa bir musulmon o‘laroq "Mehmon atoyi…
Mayitni hammolday koʻtarib kelib, masjid ostonasiga qadam qoʻya olmay koʻchada qolganlarni koʻrdik...
Farzi ayn boʻlgan ibodatga qoʻshilolmay, farzi kifoyaga “qoʻr toʻkib” saf tortganlarni koʻrdik...
Alloh baxtni istamas ekan, takbiri tahrima tugul, takbirga-da ogʻiz ocha olmas... Namoz oʻqish tugul, ostona hatlab masjidga ham kira olmas...
Bu baxtsizlikdir!

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Yumshoq muqova, 124 sahifa, 25ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21👍12🥰7👏1🤩1
"Safar" Adam O‘zkosa


Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni jamlagan, bilimga qadr-qiymat va ahamiyat bera olgan Islomdadir.
Kunimiz musulmonlari ishlab chiqaruvchilar emas, balki isteʼmol qiluvchilargina boʻlib qolishgan va bu holatni oʻzgartirish darkor. Bu masalaning yechimi – musulmonlar Islom madaniyatining yuksalish davridagi ruhiyat va tushunchaga takror qaytishlari kerak!!!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5👍4👏4🎉1
Malkolm X, «Fitrat» kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Amerika Islom dinini tushunishi kerak, chunki u o‘z jamiyatini irqchilik balosidan qutqara oladigan yagona din.


Insonlar bir odamning butun hayoti birgina Kitob bilan o‘zgarishi mumkinligidan bexabarlar.


Ta'lim — bizni kelajakka olib boradigan hujjat. Kelajak bugundanoq unga tayyor bo‘lganlarnikidir.


Sochingga berganingdek miyangga e'tibor ber va ming marta yaxshiroq bo‘lasan.


Qancha sekin bo‘lsang bo‘l! Hali boshlamagandan oldindasan!


Irqchilik ideologik tushuncha emas, psixologik xastalikdir...


Agar uyg‘oq bo‘lmasangiz, gazetalar [media, ijtimoiy tarmoq] sizni mazlumlarno yomon, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qo‘yadi.


Yo‘q, sen ozod emassan. Shunchaki bo‘yningdagi arqon boshqalarnikiga qaraganda uzunroq xolos.


Diningga ko‘ra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥23👍12😢71🎉1
🔥Din nasihatdir!

Kim Robbini tanisa, Undan boshqa hamma narsani unutib yuboradi. Kimki, Robbisidan g‘aflatda bo‘lsa, Undan boshqa hamma narsaga bog‘lanib qoladi.
Hikmatning alomati insonlarning qismatini bilishlik, taqvoning alomati Allohdan qoʻrqishlik, qoʻrquvning alomati shubhali narsalardan tiyilish va mahzunlik, umid qilishlikning alomati chiroyli itoatda turish, zohidlikning alomati orzularni qisqa qilish.
Zohidlik harom amallarda farz, muboh ishlarda fazilat, halolda esa Allohga yaqinlikdir.
Yaxshiliklarning barchasi bir uyda saqlanadi, uning kaliti kamtarlikdir. Yomonliklar ham bir uyga jamlangan, uning kaliti kibrdir!

"Ulug‘lar nasihati" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🔥6👏3
"Yoz qisqartir!"


Bugun deyarli hamma nimadir yozadi. Biroq behuda gaplar bilan oʻquvchilarning hafsalasini pir qilayotgan yoki fikrini yetkaza olmay, kulgiga qolayotganlar ham yoʻq emas. Sababi — matnni qanday yozish haqidagi oʻzbekcha adabiyotlar kam, shuning uchun ham koʻpchilik fikrini yozuvda toʻgʻri ifodalashga qiynaladi.
Javob albatta yoziladigan va manziliga qaytarib yuborilmaydigan xatlarni qanday yozish kerak? Taʼsirli va odob doirasidan chetga chiqmaydigan reklama eʼlonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolgʻon, siyqasi chiqqan va ortiqcha safsatalarsiz loʻnda, aniq, ishonarli ifodalash mumkin?
“Yoz, qisqartir” kitobida kuchli, risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni oʻqib, soʻzni isrof qilmagan holda aniq va taʼsirli yozishni oʻrganasiz.

Fleksbil muqova, 440 sahifa, 95ming
Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥85👏5👍3🤩2🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Vaqt bilan muammoyingiz bormi?! BIR KUNDA 24 SOAT YASHASH kitobi sizga vaqtingizdan yanada unumliroq foydalanishni o‘rgatadi. Vaqtning uzunligi barobarida kengligi ham borligini anglatadi. Yumshoq muqova, 112 sahifa, 26ming Buyurtma berish @TaskinKitob…
Arnold Bennet "Bir kunda 24 soat yashash" kitobidan.

Vaqt hukmronligi ostida hech qanday boylik yoki aql aristokratiyasi mavjud emas. Daho kishi ham hech qachon birgina kun uchun boʻlsa ham qoʻshimcha bir soat bilan mukofotlanmagan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩5🥰3👏2👍1
Inson oʻlimdan qutulishga harakat qiladi, jahannamdan emas. Ammo harakat bilan jahannamdan qutulish mumkin, oʻlimdan emas!

Odam buyrak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
yurak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
qon yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
aql yetishmovchiligidan esa haligacha birov oʻlmagan. Bu yetishmovchilik bilan uzoq yillar yashash va hatto katta-katta mansablarni egallash mumkin.
Aql yetishmovchiligi odam bolasini oʻldirmas, lekin u bor joylarda talafotlar katta boʻladi: ishonchlar, gʻayratlar, shijoatlar, umidlar oʻlib bitadi...


"Odamlar nima deydi?" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢13👏8👍5🔥5🤩3
Yangilik kutganlar bormi?!

Yangi haftada jiddiy premyeraga tayyor turing!


Yangi kitobdan parcha:
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...
Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Tafakkur cho‘qqisi tomon!
🔥14🎉6🤩3🥰1👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yangilik kutganlar bormi?! Yangi haftada jiddiy premyeraga tayyor turing! Yangi kitobdan parcha: Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi... Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va…
Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, ana shu muddat - so‘nggi nafasgacha bo‘lgan mujodala eng og‘ir davr deb. Aslida unday emas. Hayot uchun kurash jarayoni muddatida chekilgan iztiroblar eng og‘iri emas. Eng og‘iri o‘sha mudhish kun kelgandan so‘ng, o‘lim sodir bo‘lgandan keyin boshlanadi. Eng yaqiningizning yo‘qligiga umrbod ko‘nikishga harakat qilib yashaysiz. Ming uning yo‘qligini anglang, his qiling aslo ko‘nikolmaysiz! Hech qachon bunga ko‘nikib yashab ketolmaysiz. Bu dunyo shunaqa. Bu dunyoning achchiq qonunlari shunaqa...

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9🤩62👍2🥰2
O‘z davrida bu zamindan yunonlar hosil yig‘ishtirib ketdi, mo‘g‘ullar esa yig‘ishtirmadi ham, joyida o‘t qo‘yib ketdi, «qizil»lar hosil yig‘ishtirib ketdi, inglizlarga esa o‘zimiz olib borib sotdik...

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥17👍5😢32🥰2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tug‘ilish. O‘lim. O‘rtasida Umr. Qazoyi qadar bo‘lib O‘limning taxminiy muddati aniq bo‘lib qolsa, deylik doktor aytsaki Otangizning shuncha umri qoldi, deya… to o‘sha muddat kelguncha bu vaqtning kelishiga qarshi, uni kechiktirish uchun azobli mujodala berasiz.…
Farzandlarimizni bizdan koʻra Google yaxshiroq taniydi...

Nimani yozish, nimani yozmaslik bu huquq bo'libgina qolmay katta mas'uliyat hamdir. Bu Yaratgan va millat oldidagi mas'uliyat!

Sayyid Abdulaziz Yusuf _ "Sangtarosh iztiroblari" kitobidan.


Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍6🤩3🥰2❤‍🔥1