Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Baribir so‘nggi hukmni KITOBXON o‘qiydi!

"Maqtanchoq qo‘zi" nomli ertak kitobi nashr qilinganiga 1 yildan oshgan bo‘lsa-da hozirgacha sanoqli adadda sotildi. Bir necha bor ushbu kitobcha haqida kitobxonlardan iliq fikrlar eshitdik, quyida ulardan birini havola qilmoqchimiz...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰6🤩4👍21🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baribir so‘nggi hukmni KITOBXON o‘qiydi! "Maqtanchoq qo‘zi" nomli ertak kitobi nashr qilinganiga 1 yildan oshgan bo‘lsa-da hozirgacha sanoqli adadda sotildi. Bir necha bor ushbu kitobcha haqida kitobxonlardan iliq fikrlar eshitdik, quyida ulardan birini…
🐑Lola ismli mana bu oppoq qo‘zichoq o‘zining ipakdek yumshoq va silliq yungidan judayam faxrlanadi. Uni doim tarab, parvarishlab yuradi.

✂️Ammo bahor kelganda, fermadagi barcha qo‘ylar kabi Lolaning yungi ham qirqiladi. U tashqi ko‘rinishidan xafa bo’lib, toki yangi yung o‘sib chiqmagunicha fermaga qaytmaslikka qaror qiladi.

😢Lola endi o‘tloqda yolg‘iz kutadi, kutaveradi. Nihoyat yangi yung o‘sa boshlaydi, ammo endi u avvalgidek silliq emas, balki to‘zg‘igan va tartibsiz edi.

🐥Bir kuni qattiq shamol turib Lolaning ustiga qush tuxumi tushib ketadi. Keyin esa undan mitti, rangin qushcha ochib chiqadi. Qushcha Lolaning qalin va issiq yungi ichida xavfsiz katta bo‘ladi.

🧡Ular qadrdon do‘stga aylanadilar. Lola yangi yungini ham yaxshi ko‘rib qoladi. Xo‘sh, bizning olifta qo‘zichoq yana o‘z fermasiga qaytadimi? Buyog‘ini endi kitobning o‘zi hikoya qilib bersin a?

📔Gemma Merinoning ushbu kitobi o‘zbek tiliga "Maqtanchoq qo‘zi" deb tarjima qilingan. Juda ko‘p kitob do‘konlaridan topishingiz, onlayn buyurtma qilishingiz mumkin.

🌸Kitob nafaqat qiziqarli hikoya, balki iliq va samimiy rasmlari bilan ham ajoyib. Sahifalar quvnoq, rang-barang va bolakayning tasavvurini o‘stiradi. Qizcham ham rasmlarini boshqacha zavq bilan tomosha qiladi.

💖Bu kitob bolajonga o‘ziga ishonch, mehr-muhabbat va o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikni o‘rgatadi. Bizning eng sevimli kitoblarimizdan biri. Siz uchun ham sevimlisi bo‘lishiga aminman.
@biyron_cha

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰5🤩5👏3👍21
"Iymon va huzun" asari muallifi Said Chamlijadan "Farzand tarbiyasida 33 xato"

Farzanding istaganingday emas, tarbiyalaganingday bo‘ladi...
Mevaning ta’mini yetishgan shoxidan, shox bog‘liq bo‘lgan daraxtdan, daraxtni urug‘idan, urug‘ini ekilgan tuproqdan va tuproqning yon-atrofidagi muhitdan ayro tasavvur qilsangiz “Nega bu meva achchiq?” degan savolga javob topolmaysiz… Va aybni faqat mevaga yuklaysiz!


Kitob qayta nashrdan chiqdi🔥
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍97🔥1🥰1👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan. Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan. Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan! Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya…
U kishi:
Xazinani adolatli taqsimladi.
Soliqlarni qisqartirdi, musulmon boʻlmaganlarga zoʻravonlik qilinmasligini taʼminladi.
Zakot tizimini kuchaytirdi.
Zulmga uchraganlarning haq-huquqlarini himoya qildi.
Mansabdor shaxslar va hokimlarning zulmini toʻxtatdi.
Mol-mulkni noqonuniy yoʻl bilan olib qoʻygan davlat xodimlarini jazoladi.
Allohdangina qoʻrqdi, buyrugʻiga amal qildi, qaytarganidan qaytdi, qatʼiy rioya qildi.
Ulamolar va din peshvolari bilan maslahatlashib ish tutdi.
Barcha qavmlar oʻrtasida tenglik tamoyilini joriy qildi.
Adolati bilan mashhur boʻldi va Umar Soniy, Ikkinchi Hazrati Umar nomi bilan ataldi.
Oradan bir yarim ming yil oʻtdi, hanuz u na yomon nom bilan eslandi va na unutildi.
Uning nomiga masjidlar, madrasalar, taʼlim muassasalari, xayriya tashkilotlar, universitetlar va hatto, koʻchalar barpo qilindi...

Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11🤩54👍4👏1
James Allenning "Fikrlayotgan odam" kitobi o'quvchilarni hayotining barcha jabhalarini o'z fikrlarini nazorat qilish orqali qanday o'zgartirishi mumkinligini tushuntiradi. Ushbu kitob hayotdagi muvaffaqiyat va baxtga erishishning asosiy kaliti insonning o'z fikrlarini va ichki dunyosini boshqarishda yotadi. Kitob Allenning "Fikrlarimiz bizni bunyod etadi" degan muhim g'oyasiga asoslanadi va bu g'oya orqali u o'quvchilarni hayotlaridagi qiyinchiliklarni yengish va o'zlarining orzu-umidlariga erishish uchun fikrlash tarzlarini qayta ko'rib chiqishga undaydi.

James Allen o'zining oddiy, ammo chuqur fikrlari bilan o'quvchini o'zining ichki kuchini topishga, muvaffaqiyatga erishish va baxtni topish uchun qanday qilib fikrlarimizni ijobiy va konstruktiv tarzda yo'naltirishimiz kerakligini ko'rsatadi. "Fikrlayotgan odam" kitobida ular tomonidan taqdim etilgan muhim g'oyalardan biri shundaki, odamlar o'z hayotlarining maqsadi va yo'nalishini faqat o'zlarining fikrlarini boshqarish orqali shakllantiradilar. Kitobda o'ylashning, xatti-harakatlarning va hissiyotlarning bir-biriga qanday ta'sir qilishi, ular qanday qilib bizni muvaffaqiyatga yoki muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi haqida so'z boradi.

Agar siz o'z hayotingizda ijobiy o'zgarishlar kiritishni istasangiz, bu kitobni o'qish juda foydali bo'ladi. Kitob sizga o'zingizni qayta shakllantirish, maqsadlaringizga erishish va baxtli hayot kechirish yo'lida kuchli ilhom manbai bo'ladi. Allenning eng katta merosi shundaki, u har bir o'quvchiga o'z fikrlarini o'zgartirish orqali dunyoni qanday o'zgartirish mumkinligini ko'rsatadi.

O'qish jarayonida har bir bobni chuqur tahlil qilish va o'z hayotingizda amalda qo'llashni tavsiya qilaman. Kitobda ko'rsatilgan falsafiy g'oyalar, shuningdek, amaliy maslahatlar sizni o'zingizni anglash va yangi fikrlar bilan to'ldirishga yordam beradi. "Fikrlayotgan odam" - bu nafaqat o'qilishi kerak bo'lgan, balki hayotda qo'llanilishi zarur bo'lgan bir asar.

Agar siz o'zgarishni boshlashni istasangiz, James Allenning bu kitobi – siz uchun mukammal boshlanish nuqtasi bo'lishi mumkin.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7🥰3👏32👍2😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan. Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan. Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan! Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya…
Umar ibn Abdulazizning uyiga bir kuni mehmon keldi. Xufton namozini o‘qigandan keyin, bir narsa yoza boshladi. Mehmon oldilarida ekan, chiroqning nuri xiralashib qoldi.
Mehmon: «Ey amiral mo‘minin, men men turib chiroqqa yog‘ to‘ldirayinmi?» deb so‘radi.
Umar: «Mehmoniga bir ish qildirmog‘i kishining odamgarchili-gidan emas», dedi.
Mehmon: «Xizmatchini uyg‘otayinmi?» dedi.
Umar: «Yo‘q, u hozirgina uyquga ketdi», dedi. So‘ngra o‘zi turib, yog‘ idishdan yog‘ni olib, chiroqni to‘ldirdi.
Mehmon: «O‘zingiz to‘ldirdingiz-ku, ey amiral mo‘minin», dedi.
Umar ibn Abdulaziz: «Men turganimda ham Umar edim, qaytib kelib o‘tirganimda ham o‘sha Umarman. Odamlarning yaxshisi Alloh nazdidagi kamtarin kishilardir», deb javob qildi.

"Islom tarixidan OLTIN SAHIFALAR" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16🔥5🥰3👏2😢21
Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir.

Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda, maktab va universitetlarda, umuman hamma yerda Yolgʻon hukmronlik yurgizadi, olomon oʻz tomonida ekanligi haqiqatidan o'zini baxtli va qulay his etadi...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍5😢42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bu kitob sizni tarbiyalaydi!
Ushbu kitobda men anchadan beri qidirib yurgan shaxsiy erkinlik boʻyicha savolimga javob bor. Menga ta'sir qilgan bu asar, sizga ham albatta foydali boʻladi degan umiddaman. Shaxs oʻlaroq ham erkin, ham rivojlangan boʻlishimiz uchun bu kitob javonimizda boʻlishi kerak.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🤩53👍3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
– Ustozim! Ishlarim ko‘payib ketgani uchun hech kitob o‘qiy olmayapman. – Kitob o‘qimaganing uchun ishlaring ko‘payib ketgan! (Suratda nashrga tayyorlanayotgan kitob.) Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari…
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰
"Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi!

Kitobdan parcha:
Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan yiqilmoqda...



Yumshoq muqova 126 sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍24🤩6🔥51🥰1🎉1
G'oliblikni qisqichbaqadan o'rganish kerakligini bilasizmi? Qanchalik hayratlanarli eshitilmasin, bu haqiqat. Kanadalik psixolog Jordan Piterson o'zining "Hayot uchun 12 qoida" nomli bestsellerida bu va boshqa haqiqatlarni tushuntiradi. Mazkur kitobda ishonchli do'st, fahmli turmush o'rtoq, oqil ota-ona va kuchli inson bo'lish hamda qanday xatolar qilmaslikka oid maslahatlar mujassam. Ushbu maslahatlar oldinga yurish, qiyinchiliklarni yengish va mazmunli yashashga yordam beradi.

“Hayot uchun 12 qoida” kitobida kanadalik taniqli psixolog Jordan Piterson do‘stlik, ta’lim, tarbiya, oila va jamiyat to‘g‘risidagi mulohazalarini bildiradi hamda bu mulohazalar asosida hayotimizni yanada mazmunli qiladigan tavsiyalarini ilgari suradi.

Qattiq muqova, 430 sahifa, 90ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👍5😢5👏3🤩21
Dostoevskiy asarlari bir to‘plamda:
Jinoyat va jazo 65ming
Qimorboz 32ming
Telba 45ming
Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar 50ming
Oydin tunlar 30ming
Iblislar 69ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13🤩6👍3👏32🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰 "Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi! Kitobdan parcha: Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan…
Bir ayol 20 dinor pulini yoʻqotib qoʻyib, koʻchaga quyidagicha eʼlon ilib qoʻydi:

“Men 20 dinor pulimni yoʻqotib qoʻydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz boʻlgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yoʻq”.

Bir kishi “Men oʻsha pulni topib oldim” deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, oʻsha xotin yashaydigan manzilga bordi. Pulni olgan xotin yigʻlab yuborib, “Oʻgʻlim, sen oʻsha pulni topib oldim deb kelgan oʻn ikkinchi kishisan”, dedi.

"Odamlar nima deydi?" kitobidan.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢49👍19🔥162🤩1
Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏14🔥85👍5😁2😢2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sovuq kunda "qaynoq" yangilik🥰 "Odamlar nima deydi?" kitobi hukmingizga havola etiladi! Kitobdan parcha: Imtihon savollarining tarqab ketishi muvaffaqi yatga erishildi degani emas. Masalan: qabr savollari ham tarqab ketgan, biroq odamlar baribir imtihondan…
"Avliyolar sultoni" deya ulug‘langan Shayx Abdulqodir Jiyloniyning ushbu risolalar to‘plami "musulmonman" degan har birimizga hayotiy qo‘llanma bo‘la oladi. Haqiqiy mo‘min dunyoni qalbiga qarorgoh, o‘ziga maskan qilmaydi. Umri qisqa, neʼmatlari o‘tkinchi bu dunyo havaslariga aldanib qolmaydi. Mo‘minning har bir amali Alloh taolo roziligi yo‘lida bo‘ladi, bandalari esa baʼzan ilmsizligi, baʼzan munofiqligi sabab o‘z amallarini insonlarga ko‘z-ko‘z qilib gunohkor bo‘ladilar. Ushbu qisqa va lo'nda bayon etilgan risolalar Allohning rahmatidan umidvor bandalarning ko‘p savollariga javob berishiga aminmiz.

Yumshoq muqova, 110 sahifa, 19ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍134🤩3🥰2😢2🔥1👏1
Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta oʻyin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni oʻziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya oʻrtasida kechgan kurash “Katta oʻyin”ga asos boʻldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari.
Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi.

Yumshoq muqova, 744 sahifa, 80ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10👏75🎉1
Ushbu asar o‘tmishidan voz kechib kelgan bir o‘smirning hikoyasidir. Yo‘lini yo‘qotgan, turli xil savollar girdobida qolgan, suz tinglamas va isyonkor bir yosh niholning... Sahifalarni varaqlab o‘qiy boshlaganingizda bu hikoyaning haqiqatan ham hayotda ro‘y berganligiga ishonch hosil qilasiz. O‘zingizni bir onda hayrat va hayajon ichida ko‘rasiz. Yaʼni, har bir jumlasi yuragingizga qadar qadaladi. Taʼsirchan tuyg‘ularga boy voqealar rivoji sizni xayollar domiga olib ketadi.

Ushbu hayotiy asarni o‘qish orqali sizga berilgan umrni yana ham go‘zal yashashga harakat qilasiz. Bu kabi hislar og‘ushida kitob tugagunga qadar uni qo‘lingizdan qo‘ymaysiz. Va nihoyat, so‘ngida «Bunday nihoya topmasligi kerak edi» deya hayratga tushasiz.

Yumshoq muqova, 256 sahifa, 35ming
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍173🎉1
Remark asarlaridan parchalar:
Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi.

Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin.

Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdanda zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa.

Uch og'ayni _ Jannatdagi soyalar _ Lissabondagi tun _ Qarzga olingan umr _ G'arbiy frontda o'zgarish yo'q


Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍9😢3👏21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Safar" Adam O‘zkosa Gʻarbning pozitivistik bilim tushunchasi dunyoga na ilohiy va na insoniy biror gʻoya bera oldi. Bu holat insoniyatni sekin asta oʻz joniga qasd qilish falokatiga yetakla(y)di. Bunday falokatlardan qutulishning imkoni, bilim va donolikni…
Minorai Kalon 1127-yilda Qoraxoniylar hukmdori Arslon Xonning buyrug‘i bilan barpo qilingan. Mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Buxoroning har yerini vayron qilgan Chingizxon nima uchun bu minoraga tegmaganining qiziq hikoyasi bor. Shaharga kirib bo‘lgach, otda o‘tirgan holda Minorai Kalonga qarayotgan Chingizxonning dubulg‘asi yerga tushib ketadi. Bu ishning ilohiy ogohlantirish deb bilgan Chingizxon Buxoroni talon-toroj, vayron qilinishi buyrug‘ini berayotib, Minorai Kalonga aslo qo‘l tekkizilmasligini tayinlaydi.

"Safar" kitobidan.

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥4🥰32🎉1