Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Yaxshi hamroh yo'lni qisqartiradi degan naql bor, menimcha haydovchi "Ulamolar nazdida vaqting qadri" kitobini o'qigan va uqqan bòlsa kerak...

Ilm alohida vaqt ajratishni talab etmaydi...

(Shu kabi holatlarga guvoh bòlsangiz "muhrlab" bizga yuboring...)

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
Podshohlar uchta narsaga eʼtiborli boʻlishlari lozim:
1. Chegaralarni saqlashda.
2. Mazlumlarni himoya qilishda.
3. Mansab va vazifalarda solih insonlarni qoʻyishda.

Bunday podshohga ega mamlakat albatta taraqqiyotga erishadi...

Hukmdor
Nikkolo Makiavelli

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sema Marashli “Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq” Bir ayolning maktubi edi bu. “Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq. Chunki oilaviy hayotimizning qirq yilini ham qirq kunlik asal oyi kabi mazmunli oʻtishini taʼminladi. U mening bu dunyodagi jannatim, turmushga…
Turmush o'rtog'imning tengi yo'q

U qiz aytadi:
“Toʻy boʻlishimga bir hafta qolganida buvim betob boʻlib qoldilar. U kishini shifoxonaga yotqizishdi. Men u kishini koʻrgani bordim. Borsam buvam jonlantirish xonasining eshigi oldida ekanlar. Yigʻlab oʻtiribdilar. Bunaqa ahvolni birinchi marta koʻrishim edi. Shuning uchun buvamga: “Buvajon yigʻlayapsizmi?!”, dedim. Buvam koʻz yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Men buvamning gaplaridan ajablandim. Bilishimcha buvam oldinlari juda jiddiy, musibatlarga togʻday turib bera oladigan kuchli edilar. Bugun esa bu qadar romantik!
Men yana soʻradim: “Necha marta janjal qilgansizlar? Bir-biringizni qanday yaxshi koʻrasizlar?”.
Buvam dedilar: “Koʻp martalab janjal qilganmiz. Ammo bir-birimizga boʻlgan ehtiromimizni hayotda bu kamaytirmagan”.
Shunda men har narsada meni ayblaydigan, hatto koʻrinishimni gapiradigan va buning natijasida unga boʻlgan ehtiromimni kamaytirib yuborgan men fotiha qilingan kuyovni esladim. Shunda birdan xonadan shifokor chiqib keldi. Buvam oʻrnilaridan turib hayajon ila soʻradilar: “Doktor! Uning ahvoli qanday?”. Shifokor dedi: “Alhamdulillah yaxshi. Kirib koʻrishingiz mumkin”. Shunda buvam onasini koʻrishga oshiqqan goʻdak kabi entikib xonaga kirdilar. Men u kishining orqalaridan kirdim. Bundan ham goʻzali buvimning buvamga boʻlgan muhabbatli qarashlari boʻldi. Men bunaqa qarashni hech qayerda koʻrmaganman. Buvam buvimning qoʻllaridan ushlab turib dedilar: “Ey qalbimning boʻlagi! Bemor boʻlib meni yolgʻiz tashlab ketaverasanmi?!”. Buvim kuldilar va buvamning qoʻllarini qisib dedilar: “Siz ham oldinroq amaliyot qilinganingizda meni tashlab ketgandingiz! Endi sizni tashlab ketmayman!”.
Uzoq vaqt ajablanib yurdim. Qanday qilib shunaqangi qiyin sharoitlarga qaramasdan bunaqangi aloqa buvam va buvim oʻrtalarida ellik toʻrt yil davom etdi ekan?!
Shu payt kuyov telefon qilib qoldi. U kishi ertalabdan beri javob qilmaganimdan juda gʻazablangan edi. Telefonni koʻtardim. Narigi tomondan baland ovozda: “Qayerda eding pastkash!”-degan ovoz eshitildi. Bunaqangi hollarda men odatda kerakli gaplar bilan javob qaytarar edim. Ammo buvamning gaplarini esladim: “Er-xotinning oʻrtasidagi ehtirom hayotdagi eng muhim narsadir!”. Men unga dedim: “Mening haqqimda xato qilmang!”. U dedi: “Qachondan beri hurmatga sazovor boʻlib qolding?!”. Men qattiq gʻazablanib telefonni oʻchirib qoʻydim. Oʻn daqiqa orasida undan 100 dan ortiq haqorat va soʻkishlar yozilgan xabar keldi. Shu orada buvamga qarab qoʻydim. U kishi buvimning qoʻllaridan tutib bir qoʻllari bilan boshlarini silar edilar. Ularning oldidan koʻzlarimdan yoshlar oqqan holda chiqdim.
Oʻzimdan soʻradim: “Muhabbat nima oʻzi? U menga unushtirilgan yigitning muhabbatimi? Ammo uning qiladigan ishlari muhabbatga hech ham dalolat qilmas edi. Yoki muhabbat deganlari buvamning buvimga qarashlarimi?! U kishidan tashvishlanishlarimi? Ular qanday qilib ehtiromla hayot oʻtkazishdi?!”.
Ertalab turib oilamdagilarga men u yigitga turmushga chiqmasligimni aytdim. Hammaning hushi boshidan uchdi. Ular menga qarshi chiqishdi. Ammo men ahdimdan qaytmadim. Fotiha bekor qilindi. Hayotimda ilk bor toʻgʻri qaror chiqarganimdan xursand edim.
Mana bugun turmush oʻrtogʻimning huzurida oʻtiribman. Qizcham kelib menga: “Oyijon ! Men sizni yaxshi koʻraman”, dedi. Men dedim: “Men ham seni yaxshi koʻraman. Nega bunday deyapsan?!”. Qizcham dedi: “Dadajonim har doim sizni yaxshi koʻrishlarini menga aytadilar. Shuning uchun siz ham u kishini yaxshi koʻrar ekansiz. Men ham meni yaxshi koʻrishingiz uchun sizni yaxshi koʻraman!”.
Er-xotin oʻrtasida muhabbat, ehtirom nega kerakligini yana bir bor angladim. Kattalarning gaplarini esladim:
“Farzandlaringga har ishda oʻrnak boʻladigan, qalbingni jarohatlab qoʻyishidan qoʻrqmaydigan, bolalaring oldida seni behurmat qilmaydigan kishi ila turmush qurgin!”...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Unutgaymiz maqsadlarni ham
Osmon nima yer nima tengdir
Yuraklarga begonadir g'am
Beg'amlikning dunyosi kengdir...
Bormaymiz on sana farqiga
Uzilganmiz oyu yillardan
Qaramaymiz sira orqaga
Ketmoqdamiz izsiz yo'llardan...

Izsiz yo'llar
Xayrulla Hamidov

Safardoshlarga ulashing
@Taskinkitoblar 🗞
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf dan
Islom tarixi 1 - 2 qismlar...

Jumaning hayru barokati sizga bòlsin!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🕋🕌
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xatolar bu tajriba yani ildiz otishdir...
Kimni ildizi chuqur bo'lmasa tez singani kabi tajribaga sabab bo'luvchi xatolar ham kerak. Zero har ishda hayr...

Biz g'alaba qozonamiz
Shuhrat Sattorov

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
Kimki muloyimlikdan mahrum bo'lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo'libdi...

Shubhasiz, muloyimlik nimada bo'lsa, uni ziynatlaydi va u nimadan ajratib olinsa uni aybli qiladi...

Maktubot
Imom Rabboniy

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
📌#Yangi_marafon
#savobsevarlar_uchun
Arafa kuni birgalikda takbir aytamiz❗️

«Allohu akbar, Allohu akbar. La ilaha illallohu vallohu akbar. Allohu akbar va lillahil hamd».
♻️

Marafonimizda Ushbu takbirni eng ko'p zikr qilgan 5 nafar ishtirokchimizga
@Iqro_ummati'ning oʻz hadyalari bor.🎉🎁🛍📚
(Keyingi tashkil etiladigan tanlovlarimizda bundan-da koʻp gʻoliblar boʻladi, inshaalloh)

Marafonga bugun 20:00 start beriladi. Hoziroq roʻyxatdan oʻting❗️📿

Roʻyxatdan oʻtish uchun
@iqro_ummati_bot'ga kirib aytilgan shartlar boʻyicha roʻyxatdan oʻting.

Roʻyxatdan oʻtish haqida toʻliq maʼlumot -
https://t.me/Iqro_ummati/502

Barchangizdan bu postni imkoningiz boricha koʻproq insonlar koʻrishiga yordam berishingizni iltimos qilamiz.
(Siz sababli yaqinlaringiz ham marafonda ishtirok etsa, savobi bor inshaallah sizga ham)🌸

@Iqro_ummati
"Xonadan o'ziga ishonchi komil, oilasiga biror marta yolg'on gapirmagan qiz o'laroq chiqdim. Qaytganimda mendan nimalar kamaygan bo'lishi mumkinligi umuman xayolimga kelmagandi.
Hozir o'zimga savol beraman: agar hammasini oldindan bilgandimda o'sha eshikdan xatlab tashqariga chiqqan bo'larmidim?.. Ayt, Mittivoy, sen chiqqan bo'larmiding? O'zingdan, kelajagingdan uzoqlasharmiding? Aytaqol, Mittivoy, mening o'rnimda sen bo'lganingda, o'zingni qaytib topa olmasligingni bilganing holda o'sha eshikni istiqboling yuziga yopib qo'yarmiding?.."

"Alfido"
Onur Qoplon

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Robbimiz barchamizni hidoyatda bardavom qilsin, iymonlarimizni taqvo bilan ziynatlasin!
Qurbon hayiti barchangizga barokat olib kelsin!!!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Audio
"Baxtli hayot sari" kitobidan...

Baxtning bahosi qancha?

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Зарифбой Ибодуллаев тиббиёт фанлари доктори, профессор - Халқни нима билан эмлаётганингизни очиқланг!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔎🔍
Allohga maʼqul kelmaydigan boshlashlarning oxiri sizni qoniqtirmaydi...

Namoz oʻqish va roʻza tutishga buyurishdan oldin, sharʼiat qonunlarini ishlab chiqishdan oldin va iymon haqida gapirishdan oldin, Alloh “Oʻqi“ dedi...

Men ham tafakkur qilaman

Tafakkur sohib(a)lariga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
👍1
Odamlarning: “Shariatda sharm yoʻq”, deb aytishlari xato. Zero, din tamoman sharm-hayodan iboratdir.
Toʻgʻri javob esa: “Ilm talab qilishda hayo qilinmaydi”.

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Doimiy ravishda bajaradigan ishlarimiz yengillashishiga vazifaning o'zgarishi emas, balki bajarish qobilyatimiz o'sishi sabab bo'ladi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Saodatning ilhomini mushki anbardan oldim. Unga avvalo oʻzim burkanmay turib, boshqalarga ulasholmas ekanman...

Baxt va saodat qalbning Parvardigorga yaqinligi qadar boʻladi. Bundan boshqalari esa, sababi ketsa oʻzi ham ketadigan shunchaki xursandchilikdir.

Maktubot

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
👍1
Qisqa qilib aytsam, bir mashxur oziq ovqat bozorini omborxonasi... eee uzr otashxonasi... (Havo harorati 55 gradus_konteyner qòlni kuydirayapti)

Konteynerlar ichida yarim tayyor oziq ovqat maxsulotlari va ichimliklar bor ekan....

Men nima qilay? deyishingiz mumkin?

Shu kabi ahmoqlik qilishi mumkin bòlgan farzandni tarbiyalamang!

#Uchdankeyinkech
#Uchgachaaynivaqti
#Farzandtarbiyasi
#Farzandnoma
#Donishmandbobougitlari

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔎🔍
O'zingga qiladigan eng katta yomonliging bu - vaqti kirgan namozingni kechiktirishingdir...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Bir voqeani eslayman, qishloqlarning birida kambag'al inson yashaydigan ammo juda toza ikkita kulba bor. Kulbalardan biri yolg'iz yashaydigan oyoqsiz qariyaga, ikkinchisi o'n yoshli nabirasi bilan yashaydigan ko'r va qari bir kampirga tegishli. Bu ikki keksa va kambag'al odamlar birgalikda gazetaga obuna bo'lishgan. Kichkina qiz har kuni pochtaga boradi va gazetani oladi,uyga kelganidan so'ng,ko'r buvisining qo'lidan tutib,oyoqsiz cholning uyiga olib boradi va ikkisiga gazetani o'qib beradi.
Finlandiyada aholining o'qimagan va kambag'al qatlamlari ham o'lishidan oldin o'z fikrlari bilan yashaydilar. Odamlar hech qanday tarzda qashshoqlikdan uyalishmaydi va ular o'zlari xohlaganlaridek yashaydilar.

Oq nilufarlar yurtida yoxud bir millatning uyg'onishi

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍1
Sayyid Abdulaziz Yusupovdan o'qilishi kerak bo'lgan 100 ta kitob roʼyxati.

Quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. 👇

https://telegra.ph/Sayyid-Abdulaziz-Yusupovdan-oqilishi-kerak-bolgan-100-ta-kitob-royxati-07-28
👍1