Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Tinchligingiz buzilmasin deya qaysi toʻgʻridan voz kechgan boʻlsangiz, oʻsha narxga sotildingiz demakdir. Haqiqat mudom takrorlanishi kerak, negaki Yolgʻon doimiy ravishda va'z qilinadi, bir necha kishi emas, balki ko'pchilik tomonidan. Matbuot va ensiklopediyalarda…
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib olib, tarki dunyo qilib, umrini ibodatda o‘tkazsa ajablanmayman. Lekin dunyo oyoqlari ostida bo‘lgan bir insonning dunyodan yuz o‘girib, zohidona hayot kechirganidan ajablanaman” dedi...

Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...

Qattiq muqova, 295 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥15👍53👏1😢1
Ham Allohni, ham mahbubini, ham oʻzini rozi qiladigan, tom ma’nodagi muhabbat madrasasining formulasi ushbudir.

Ishqi tushmagan odamga mehr berishga oʻzni majburlash manzili yoʻq yoʻlga oʻxshaydi. Yuraverasan, ammo manzil qayerda, qachon kelishini bilmaysan. Oxiri yoʻq yoʻl esa odamni ezib tashlaydi.

Bemehrga ishqi tushgan odamning holi esa qorda muzni yoqishga urunishga oʻxshaydi. Qancha urinma, u baribir yonmaydi.

Ishq talpinish, mehr esa avaylash. Mana shu formula toʻgʻri ishlasagina, oilada muhabbat madrasasi quriladi. Bundan u ham, siz ham va sizlarning baxtli holingizni koʻrgan Alloh ham sizdan rozi boʻladi, inshaalloh.

Allohning joriy qilgan qonuniyatlariga, ya’ni ishqsiz va mehrsiz oila qurib, undan muhabbat madrasasini kutish, huddi qalampir ekib qulupnay unib chiqishini kutishga oʻxshaydi.

"Muhabbat madrasasi"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9🥰6👏31👍1
Iso alayhissalom iblisga dedilar:" Insonlar orasida senga yaxshisi kim? " Baxil mo'min", -dedi u. Yana Iso alayhissalom so'radilar: " Senga insonlar ichida eng yomoni kim?" U aytdi: " Sahiy fosiq", " Nima uchun?"-deb so'radilar. U aytdi:" Men bahil mo'minni gunoh qilishi uchun uni bahillikka solib qo'yishga umidim bor. Lekin sahiy kishining gunohi Allohning fazli bilan kechirilmog'idan qo'rqaman".

Ey tavhid kalimasini aytuvchi inson, uni tasdiqlaydigan hujjating bormi? Amrlarga bo'ysunish, qaytarilgan narsalardan tiyilish, ofatlarga sabr qilish va taqdirga taslim bo'lish ushbu da'voga hujjat bo'la oladi...

"Rabboniylikni anglash"

Qattiq muqova, 367 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰10👍91🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.

✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.

✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.

✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9🥰21👍1👏1
Kambagʻallik sabab keladigan imtihondan oʻtish oson, biroq boylikning imtihoni ogʻirroq boʻladi.

Jism haj uchun tuya izlayotgan vaqtda qalb allaqachon Kaʼbani tavof qilayotgan boʻladi.

Boshqalarga oʻxshashni istadim. Natijada oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.
Soʻngra ichimga boqdim. Ismimdan boshqa narsani tanimasligimni angladim!.

Inson to oʻzini oʻqimagunicha omi boʻlib qolaveradi!.

"Masnaviydan 40 rivoyatga 40 sharh"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍75🥰3🔥2👏2🤩2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Muhabbat madrasasi"

Xohlaymizmi yo‘qmi baribir ikki jins oʻrtasidagi munosabatlarga kirishib qolamiz. U xoh shar’iy, xoh noshar’iy boʻlsin oʻziga xos xatoliklarni sodir etamiz. Balki, siz toʻydan keyin muhabbat paydo boʻladi, degan fikrga qat’iy ishonarsiz yoki birinchi muhabbat doim haqiqiy boʻladi, degan aqidaga suyanarsiz. Ehtimol, muhabbatning pisixologik jihatlari borligini hech oʻylab koʻrmagan, aksincha uni anglab boʻlmas gʻaybiy tushuncha hisoblarsiz. Umuman olganda, oʻsmirlik davri muhabbat oʻyinlariga kirib qolganlar, muhabbatdan kuyganlar, uylanish arafasida turganlar, oila qurganlar va er-xotinlik munosabatida boʻlganlar oʻqishi kerak boʻlgan, hayotiy tajribalarga boy asar. Endi bu moʻjaz kitob uyingizdan oʻrin olishi mumkin...

Muammo - zoye qilgan yillaringizda emas. Balki umringizning qolganida ham, dunyoga ayni tushunchalaringiz bilan yuzlanmogʻingizdadir.


Mustafo Mahmud

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍86🥰6🔥5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh vafot etganlarida Vizantiya imperatori Lev III qattiq yig‘ladi. Buni ko‘rgan a’yonlar va yepiskoplar bu yig‘ining sababini so‘radi. Shunda imperator: “Adolatli podshoh vafot etdi. Men bir rohib uyiga kirib, ichidan berkitib…
Islom qoʻlni kesish uchun emas, molni himoya qilish uchun kelgan.
Islom darralash uchun emas, aqllarni muhofaza qilish uchun kelgan.
Islom insonlarni toshboʻron qilish uchun emas, obroʻlarni saqlash uchun kelgan!
Islom ayolni "berkitish" uchun emas, himoya qilish uchun kelgan!
Islom bizni ikki dunyo saodatini topishimiz uchun kelgan!

“Jim turgan holingizda odamlarni Allohga chaqiring”, dedilar.
- Qanday qilib?
- Axloqingiz bilan.

Agar kuch-qudrating odamlarga zulm qilishga undayotgan boʻlsa, Allohning senga nisbatan qudratini eslagin!

Kitob Risolatdan keyingi eng yaxshi davr haqida so‘zlaydi...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥15👍92🥰2🤩2👏1😢1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Vanihoyat Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi yoxud muhabbatning 55 muammosi" kitobini kitobsevarlar hukmiga havola etamiz🔥🎉 Kitobdan muallifning "Shayton uyimizda yashaydi" asari ham joy olgan. Qattiq muqova, 286 sahifa, 55ming Buyurtma berish @TaskinKitob…
Erkinlik va mustaqillik hech qachon xohlagan ishini qilish boʻlmagan. Hurlik bu har bir ishning oqibati va mas’uliyatini oʻz boʻyniga olish demakdir.

Masalan, kimga uylanish yoki kimga turmushga chiqishda mustaqil boʻlish degani, oilada qanday kelishmovchilik chiqsa ham, ajrim boʻlsa ham, har qanday muammoning oqibati va mas’uliyatini oʻz gardaniga olishni anglatadi. Mustaqil oila qurganingda ulgʻayganingni, muammolaringni ota-onangsiz ham oʻzing hal qila olishingni, ular esa qarigan chogʻlarida kap-katta farzandlarining tashvishisiz hotirjam yashash baxtiga muyassar qilgan boʻlasan.

"Muhabbat madrasasi"


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🥰42👏2
“Bir olima qiz bor edi”

Insonlarning suratini ko’ramiz-u, siyrati bizga no’malum. Ko’p niqobli kishilarning asl yuzi ochib berilgan “Bir olima qiz bor edi” asari o’quvchini sergak torttiradi.
Mutolaa davomida iymoni va sevgisi o’rtasida qolgan yosh qizning qanday sinovlarni boshdan kechirganiga
guvohi bo’lasiz. Omina Shenliko’g’lining mazkur asari qahramoni qat’iyatda barchamizga o'rnak bo'la oladi.

Yumshoq muqova, 60ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14🥰83👍3👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Muhabbat madrasasi" Xohlaymizmi yo‘qmi baribir ikki jins oʻrtasidagi munosabatlarga kirishib qolamiz. U xoh shar’iy, xoh noshar’iy boʻlsin oʻziga xos xatoliklarni sodir etamiz. Balki, siz toʻydan keyin muhabbat paydo boʻladi, degan fikrga qat’iy ishonarsiz…
O'ziga keraksiz bo'lgan narsani berish sadaqa bo'ladi. O'ziga kerakli bo'lgan narsani berish ehson bo'ladi. O'zi yaxshi ko'rgan narsani berish hadya. O'ziga zarur bo'lgan narsani berish fidokorlik. O'zni berish esa MUHABBAT bo'ladi.

Odam yo oʻzi sevgan narsasi uchu  kurashib yashaydi. Yoki oʻzi yoqtirmagan narsa uchun chidab yashaydi. Lekin yoqtirmagan hayotida chidab yashash odamni kuchli qilmaydi! Kurashib yashash va chidab yashash bir-biridan farq qiladi. Kamolot uchun kurashiladi. Kurashgan odamgina kamolotga erishadi!

Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi"
asaridan.

Qattiq muqova, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍1917🔥5🤩2😢1
Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi.
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...


Bayramingiz muborak aziz ustozlar!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥23😢18👍4👏1
Kitobxon fikri


Jeyms Allenning "Fikrlayotgan odam" asari, o'z-o'zini rivojlantirish va fikr kuchi haqida chuqur mulohazalar olib keladi. Kitobda muallif, insonning fikrlari va his-tuyg'ulari uning hayotini qanday shakllantirishi haqida yozadi. Allen, har bir inson o'z fikrlari orqali hayot yo'lini belgilash imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Asar, o'z-o'zini anglash va ichki kuchni topish uchun muhim yo'l-yo'riqlarni taklif etadi. Allen, fikrlarning kuchi va ularning hayotimizdagi ta'siri haqida misollar keltirib, o'zgarishlar qilish uchun zarur bo'lgan ijobiy fikrlashni rag'batlantiradi.
Kitob, o'z-o'zini rivojlantirishga niyat qilgan ammo harakatga o'tolmayotgan har bir inson uchun foydali manba bo'lib, o'z fikrlarini nazorat qilish va hayotini yaxshilashga intilishga undaydi. Allenning oddiy, lekin chuqur fikrlari, o'quvchini o'z ichki dunyosiga sayohat qilishga va o'z hayotini o'zgartirishga ilhomlantiradi.

Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🥰8👏5
Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Sizlar uchun Allohning Rasulida go'zal namuna bordir" (Ahzob surasi, 21-oyat) deya marhamat qiladi.

Ushbu kitob Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kundalik hayotlarini tasvirlash orqali, u zotning har bir harakatlari va so'zlari zamirida yashiringan chuqur ma'no va hikmatlarni ochib berishga harakat qilgan. Kitob orqali o'quvchi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oddiy kunlaridan birini kuzatish, u zotning oilaviy munosabatlari, ibodatlari, sahobalar bilan muloqotlari va ummatga ko'rsatgan g'amxo'rliklarining guvohi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning kundalik hayotlarini yoritish orqali, Islom dinining amaliy jihatlarini tushunishga yordam beradi

Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi, qo'ni-qo'shnichilik kabi kundalik masalalarda Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini o'rgatadi

Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰95👍4🔥3👏2🤩2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olti yoshli bolaga nimanidir tushuntirib
berolmas ekansiz, uni hali o’zingiz yaxshi
anglab yetmagansiz.
        Albert Eynshteyn

Fizika - ilm-fanning nisbatan murakkab sohasi, uning g'aroyib qonuniyatlari doim qiziqish uyg'otishiga qaramay, koʻpincha tushunarsiz. Shu bois ushbu fanga qiziqqan kishi jiddiy shug'ullanish uchun vaqt va sabr ajratishi zarurdek tuyiladi, ammo qoʻlingizdagi risola sizni Borliq qonuniyatlari bilan osongina tanishtirib qo'yadi.

Yumshoq muqova, 94 sahifa, 20ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰7👍3🤩3👏2🎉1
Nikola Tesla o'z zamonidan ilgarilab ketgan daho kashfiyotchi edi. Insoniyat haligacha uning kashfiyotlaridan foydalanib kelmoqda. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu kitobda buyuk kashfiyotchi, olim o'zining qiyinchiliklar ostida kechgan hayoti, bolaligi va muvaffaqiyatlar cho'qqisigacha boʻlgan mashaqqatli yo'li haqida so'zlab beradi.

Yumshoq muqova, 110 sahifa, 24ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11👏43🔥3🤩2
To'gri bo'lishga intilsang-u, omading chopmasa, umidingni uzma. Toki nafsing to'g'ri bo'lmaguncha urinaver, urinaver, urinaver...
Muhammad ibn Munqadir rohimahulloh aytadi: "Nafsim bilan qirq yil kurashdim. Nihoyat uni bo'ysundirdim."

"Qalblardan so'rang"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12🥰9🤩5🔥4
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O'ziga keraksiz bo'lgan narsani berish sadaqa bo'ladi. O'ziga kerakli bo'lgan narsani berish ehson bo'ladi. O'zi yaxshi ko'rgan narsani berish hadya. O'ziga zarur bo'lgan narsani berish fidokorlik. O'zni berish esa MUHABBAT bo'ladi. Odam yo oʻzi sevgan narsasi…
Kitobxon fikri


"Muhabbat madrasasi "

Umrimda kitob oʻqigan odammasman. Yoshim 35 da. 18 yoshimdan boshlab koʻcha hayotiga qiziqib, koʻp qizlar bilan gaplashdim. Hatto bir beva ayol bilan norasmiy er-xotin boʻlib ham yashagan paytim boʻldi. Eng kuchga toʻlgan paytim va qizlar atrofimda tekindan besh battar edi. Ulfatlar, qulluq qilganlar koʻp boʻlardi. Sababi, koʻchadagi “Разборкалар”ni hal qilardim. Asosiy kunim tungi klubda qizlar bilan kayf-u safo qilish bilan oʻtardi. Keyinchalik bu hayotdan zerikib rusga ishlashga kettim. Musofirlikda yurib bu hayotdan ham zerikdim. Endi haqiqiy halol turmush qurib yangi hayot boshlayman deganimda negadir hech qaysi sovchilik amalga oshmayapti. Onam qayerga bormasinlar hech kim qizini uzatishga roʻyxushlik bermayapti. Musofirlikda Omar Xalilning bir nechta hikoyalarini tinglagandim. Shu orqali taniganim uchun yaqinda “Muhabbat madrasasi” kitobini koʻrib qoldim. Qiziqib sotib oldim va oʻqishni boshlaganimda “Shaharlik ot” haqidagi qismini oʻqiboq toʻxtadim. Qaniydi, shu kitobga 10 yil avval duch kelganimda…

https://t.me/Taskinkitoblar/1892
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍8😢8👏53🤩1
Ba'zilar 25 yoshida o‘ladi, biroq 70 yoshida ko‘miladi...

O‘limga yopishgan yashaydi, hayotga yopishgan o‘ladi...

Hamma narsa FIKRdan boshlanadi.

"Fikrlayotgan odam" Jeyms Allen


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍106😢4🥰2🤩1