Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir oʻz xoʻjasiga ovoz beradi!

Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!
Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...

Malkolm X "Fitrat"

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13👍61
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!

Muhabbat bu - ohanglar og‘ushida ko‘rilgan reelslar sabab tuyilgan tuyg‘u emas, muhabbat bu - sevganingiz akkountlarini o‘zingizga ulab, nazorat qilish emas, muhabbat bu - sevgilingiz lablarining cheti va yanog‘i o‘rtasidagi chuqurga o‘zingizni ko‘mish emas, muhabbat bu - yor ko‘zlarining qa’riga cho‘kishingiz emas...

Muhabbat bu... Yaxshisi kitobni o‘qib muhabbatning haqiqatini anglang..

Abu Homid G‘azzoliy hazratlarining "Muhabbat va shavq" kitobini mutolaa qiling.

Yumshoq muqova, 140 sahifa, 28ming.
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🥰6👍4👏21🎉1
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍3🥰2😢21
-Tarbiya qilish deganda nimani tushunasiz?!
-Haqni sinov onida ham unutib yubormaydigan darajada tanitishni...

Yangilikka ko'zi uchayotganlar bormi?!😍

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰14🤩6👍4🔥41
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Tarbiya qilish deganda nimani tushunasiz?! -Haqni sinov onida ham unutib yubormaydigan darajada tanitishni... Yangilikka ko'zi uchayotganlar bormi?!😍 Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
O‘sha ko‘zingiz uchib turgan yangilikni hukmingizga havola etamiz. 🥳

Ushbu risola mulohaza va tajribalar natijasi bo‘lib, siyqasi chiqqan fikr kuchi mavzusiga bag‘ishlanmagan. Qo‘llanma turli tushunchalar bermaydi, balki aniq takliflarni ilgari suradi, zero uning maqsadi insonlarni haqiqatni kashf qilish hamda idrok etishga undashdan iboratdir. Fikr va tafakkur kuchi nimalarga qodirligini aks ettirgan sahifalarni o‘qir ekansiz, hali o‘z miyangiz ham ko‘plab imkonlarini ishga solmaganini tushunib yetasiz. Shu jihatdan ushbu qo‘llanmani aqlini tanigan har bir inson o‘qib chiqishi darkor. 

Kitob keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan.


Risola XX asrda yozilgan bo‘lib, ko‘plab shu yo‘nalishdagi asarlarning asosi hisoblanadi! Kitob qariyb yuz yil davomida shaxsiy rivojlanish bo‘yicha betakror manbaa ekanligini isbotlay olgani bilan kutubxonangizdan joy olishga haqlidir!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰6👍3👏2🤩21
Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan parcha:

"Bir millat yoki davrni tushunish uchun ularning tarixini o'qish, yetarli bo’lmaydi, albatta. Hatto to'qqiz jildlik “Fransiya tarixi” ham Balzak romanlarisiz fransuz jamiyati hayotining real tasvirini bera olmaydi. Biroq, aytishimiz mumkinki, biz ushbu romanlar orqali XIX asr fransuz jamiyati bilan tanishishimiz mumkin.
Tarix kitoblari voqea-hodisalar haqida ma’lumot bersa, roman, she’r, doston, hikoya, rivoyat va ertaklarda inson – shaxs hayoti, boshqacha aytganda, haqiqatda sodir bo‘lgan voqea haqida so‘z boradi. Badiiy asarlar tarix solnomalariga qaraganda senzuradan birmuncha holi bo’lganligi bois ular orqali tarixning mavhum nuqtalarini his qilishimiz mumkin. Tarixiy faktlar va badiiy asarlardan ma’lumki fransiya avval moddiyatan (aholi turmush tarzi, ijtimoiy aloqalar jihatdan) isqirt bo’lsa hozir ma’nan isqirtdir!"

Aliye Izzetbegovich. 1999-yil.

(Prezident Aliye Izzetbegovich bu fikrlarini Fransiya Prezidentining Bosniyaga nisbatan har tomonlama adolatsizlik qilinishiga panja ortidan qaragani (Muallifning “Sharaf” kitobida bu haqida batafsil bayon qilingan) ham sabab bo’lgandi, biroq Izzetbegovichning ushbu fikrlari Parij 2024 olimpiya o’yinlarida yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.)

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👏5👍31🥰1
Xalifa Umar ibn Abdulaziz Oxiratga rihlat qilib xalifalik Yazid ibn Abdul Malikka o‘tgach, Iroqqa Umar ibn Hubayra fazoriyni hokim qildi va unga Xurosonni ham qo‘shib berdi. Yazid avvalgi xalifalarga o‘xshamas edi. U Umar ibn Hubayraga tinmay maktub jo‘natar, garchi haqqa qarshi bo‘lsa ham maktubdagi ishlarni bajarishga amr qilar edi. Umar ibn Xubayra Hasan Basriy, Omir ibn Shurahbillarni chaqirdi va ularga: "Alloh taolo amiyrul mo‘miniyn Yazid ibn Abdul Malikni bandalarga xalifa qildi. Odamlar unga itoat qilishlari vojibdir. Ko‘rib turganinglardek, u meni Iroqqa hokim kildi, keyin esa Xurosonni ham qo‘shib berdi. Ba’zida u menga maktub jo‘natib, men istamagan ishlarni qilishga amr qiladi. Unga ergashib, uning dindan tashqari bo‘lgan amrlarini bajarishimga fatvo bera olasizlarmi?" dedi. Sha’biy unga six ham, kabob ham kuymaydigan qilib javob berdi. Hasan esa sukut saqladi. Umar ibn Hubayra Hasanga qarab: "Siz nima deysiz, Ey Abu Said?" dedi. Hasan: "Ey Ibn Hubayra, Yazid borasida Allohdan qo‘rq, lekin Alloh borasida Yaziddan qo‘rqma. Bilginki, Alloh seni Yaziddan himoya qila oladi, lekin Yazid seni Allohning azobidan himoya qila olmaydi. Ey ibn Hubayra, yaqinda Allohning amriga osiy bo‘lmaydigan qattiqqo‘l farishta tushib seni keng qasringdan tor kabringga tushiradi. U yerda sen Yazidni topa olmaysan. Lekin Yazidning Parvardigoriga qarshi chiqqan amalingni topasan. Agar sen Allohning itoatida bo‘lsang, U Zot seni dunyoda ham, Oxiratda ham Yazid ibn Abdul Malikning yomonligidan himoya qiladi. Agar Allohga osiy bo‘lib Yazid bilan birga bo‘lsang, Alloh seni Yazidning qo‘liga topshiradi. Bilginki, Xoliqqa osiy bo‘lish bilan mahluqqa itoat etilmas", dedi.

📖 Doktor Abdurrahmon Ro'fat Al-Bosho: "Tobeinlar hayotidan lavhalar"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍15👏32🔥1
Saxovat — sendan ko'ra muhtojroq bo'lgan narsamni menga berishing emas.
Saxovat — mendan ko'ra muhtojroq bo'la turib, menga berishingdir.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥19👏21🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
– Xo‘sh, g‘oya-chi? – Dastur insonlarga shunday deydi: «Yaxshilik bu – asos, yomonlik esa unga to‘sqinlikdir, adolat – asos, zulm esa unga to‘sqinlikdir, sevgi asosdir, nafrat esa unga to‘sqin likdir. Shu bilan birga, dastur buyuklarning asarlari va ibratli…
✍🏼Eshak boshqa eshaklarni och qoldirish uchun yerdagi barcha o‘tlarni yeb qo‘ymaydi, lekin boylar shu ishni qiladilar.

✍🏼Birinchi mag‘lubiyatingiz, gaplarimni miyangizda in qurib olgan johiliyatga emas balki shaxsiyatingizga qaratilgan, deb qabul qilishingizda!

✍🏼Bizdan yo‘lboshlash – sizlardan esa amal, zero, amalsiz ilm faqatgina yuk bo‘ladi


Ayman Attumning "Xitob" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👏4😢21👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O‘sha ko‘zingiz uchib turgan yangilikni hukmingizga havola etamiz. 🥳 Ushbu risola mulohaza va tajribalar natijasi bo‘lib, siyqasi chiqqan fikr kuchi mavzusiga bag‘ishlanmagan. Qo‘llanma turli tushunchalar bermaydi, balki aniq takliflarni ilgari suradi, zero…
Fikrlayotgan odam _ Jeyms Allenning ushbu kitobini "Bilganingga amal qilmaguningcha johil sanalaverasan" hikmatining amalga tatbiq etish qo‘llanmasi deyish mumkin.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍84
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sinov faqat jazo uchun kelmaydi, gohida poklash uchun yuboriladi.

Asl mashaqqat bulutda edi. Ammo hamma yomg‘irga atab she’rlar yozdi...

Har kim hayotida bir insonni topadi. Ammo muhimi, bir-birini topmoqdir...

Bir musibat ming nasihatdan afzaldir...

"IchXasta" _ muallifidan intiqom olgan asar...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥24👍41🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sallani tishlarim bilan olib, Shayxga berdim. U bu ishimdan hayratda qolgandi. Bu men uning tilini tushunishimni bildirgan ikkinchi holat edi, lekin eng muhimi - qachon u meni tilimni tushuna boshlashida... Meni bir savol qiynar edi, "Bularga madrasada…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadimgi yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asari falsafa tarixidagi muhim asarlardan biri.

Aflotunning eng mashhur asarlari «Davlat», «Qonunlar» va «Fedon» hisoblanadi. Uning davlat tuzumi, adolat, ruhning boqiyligi, ideal hayot
va odil hukmdor qanday bo’lishi zarurligi xususidagi fikrlari bugungi davr uchun ham dolzarbdir.

Aflotunning qarashlari G’arb
falsafasiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Qattiq muqova, 49ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🥰4🔥3👏1🎉1🤩1
Psixologik kitob shinavandalari uchun:

📚Qora psixologiya _ 25ming
📚Manipulyatsiya san'ati _ 25ming
📚Tana tili va uning sirlari _ 25ming

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7👏7🔥1🥰1
Qo‘rqoqlardan uzoqroq yuring. Chunki ular boyligi, maqomi, daromadi va hayoti uchun mudom qo‘rquv muhitida yashaydilar...


Aliye Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan.
🔥18👍6👏41
Yaqin kunlarda @TaskinKitoblar da🎉
🎉22👍8👏42🔥2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O‘sha ko‘zingiz uchib turgan yangilikni hukmingizga havola etamiz. 🥳 Ushbu risola mulohaza va tajribalar natijasi bo‘lib, siyqasi chiqqan fikr kuchi mavzusiga bag‘ishlanmagan. Qo‘llanma turli tushunchalar bermaydi, balki aniq takliflarni ilgari suradi, zero…
"FIKRLAyotgan odam" kitobining mohiyati haqida qisqacha:

Oʻy-xayolni quvgin! Agar quvmasang u tushunchaga aylanadi. Tushunchani yoʻq qil! Boʻlmasa u shahvatga aylanadi. Endi shahvatga qarshi kurash! Bunday qilmas ekansan, u qasd va himmatga aylanadi. Bundan himoyalan! Aks holda u ish va amalga aylanadi. Endi agar bunga qarshi chora topmasang, u odatga aylanadi. Shundan keyin qutilishing qiyinlashadi.

Kitobning bahosi 25ming so‘m. Sizga eng yaqin pochta filiallarigacha 5ming so‘mga yetkazib beriladi.


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7🥰6👏32👍1
Ushbu asarda antikvar buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati haqida so'z boradi. Uning orzularga to'la qalbi bor edi, yoshlik chog'laridan qadrdon do'sti Surayyo bilan uzoq-uzoqlarga ketishni orzu qilardi. Ayni paytda umri iztiroblar, kaltaklar ostida o'tayotgan onaizorning dardlariga sherik, otasiga esa davomchi kerak edi. Orzularga to'la kelajak va iztiroblardan so'zlovchi o'tmish - ikki o'rtada qolgan qahramonimizni yillar tarbiyaladi.

Asarning har satri antikvarchining o'tmishi haqida hikoya qiladi. Nadomatga to'la umr sarhisobida kim hokimu, kim jabrdiyda va nega? Yozuvchi bu asar orqali munosabatlardagi noqisliklar oqibatidan ogoh etadi va shuning barobarida qahramonlar dardiga darmon istaydi. Halovatga eltuvchi yo'llarni ko'rsatadi.

Bahodir Yenishehirlio’g’li,
📓«Antikvarchi»

Qattiq muqova, 256 sahifa, 37ming.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥81👏1