Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Ichindagi ichindadur

Xalq bu hadisning zohiriy maʼnosinigina qabul qilgan, yaʼni bir olim yomon (olim) boʻlmaslik uchun amirni yoʻqlamasligi lozim, amirni borib koʻrish unga munosib emas, deb bilgan. Aslida, fikrning haqiqiy maʼnosi xalq oʻylaganday emas, balki shunday: Olimlarning yomoni amirdan yordam olgani va ular vositasida oʻz ahvolini yaxshilagani, kuchga kirganidir. Amirlar menga inʼom beradilar, meni izzat-ikrom qiladilar va bir yaxshi joy ehson etadilar, degan tushuncha bilan va ularning qoʻrquvi ostida oʻqigan kimsa olimlarning eng yomonidir. Shu holida bu kimsa amirlar tarafidan isloh boʻlgan, bilimsizliklardan biladigan ahvolga kelgan hisoblanadi...

Mahbublarga ulashing

@Taskinkitoblar 📖
👍2
"Menga pul kerak emas" debdilarku ammo kitobini narxi "osmon"...

Aslida fikr bildirishimgada arzimas kitob...
Ammo kimlarnidir "suvi" oqayotganini ko'rib jim turolmadim...

Kitobni arang tugatdim, balki kitobni nomini "Menliklar, yoxud minnatli osh" ga o'zgartirish kerakmikan?!)))

Ibn Atoulloh Sakandariy ning shu fikri hayolimdan ketmayapti, Alloh kimni horlamoqchi bo'lsa uni foydasiz ishlarga ilhomlantirib qo'yadi...

Har ehtimolga qarshi quyidagi heshteglarni keltirib òtish kerak, axir bu akani davrida necha nechalab blogerlar "ketib" qoldi...
#senzura
#erkinlik

Hech kimga ulashmang!
@Taskinkitoblar 📖
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri" Kitob oʻqish menga vaqtni oʻldirish vositasi edi. Oxiri borib vaqtni tiriltira boshladi... O'lim yashaganlikni anglatmaydi... Ba'zilar o'lolmagani uchungina yashaydilar... Vaqt qotili bòlmang! @Taskinkitoblar📖
Ulamolar nazdida vaqtning qadri

Kechasidan bir vaqt ilm bilan shugʻullanish, boshqa narsa bilan toʻliq tunni bedor oʻtkazishdan afzaldir.

Vaqt hayotdir. Agar uni oʻldirsangiz oʻlasiz. Agar tiriltirsangiz oxiratda yangi hayotga ega boʻlasiz!

​​Solih salaflarning Qurʼondan bosh koʻtarmay, malol koʻrmasdan, uzoq vaqt qiroat qilishlari meni hayratlantirardi. Endi telefonga mubtalo boʻlganlarni koʻrganimdan keyin oʻsha hayratim soʻndi. Chunki koʻngil bir narsani sevsa, u bilan qattiq mashgʻul boʻlarkan.

Vaqti keladi demang, vaqt kelmaydi. Vaqt faqat ketadi...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🕰⌛️
👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ulamolar nazdida vaqtning qadri Kechasidan bir vaqt ilm bilan shugʻullanish, boshqa narsa bilan toʻliq tunni bedor oʻtkazishdan afzaldir. Vaqt hayotdir. Agar uni oʻldirsangiz oʻlasiz. Agar tiriltirsangiz oxiratda yangi hayotga ega boʻlasiz! ​​Solih salaflarning…
Умрининг 4 йилини иккиланиш билан ўтказди: "араб тили ўқисамми, инглиз тилими". Натижада иккисидан ҳам маҳрум бўлди. На унисини ўқиди, на бунисини.

Vaqt qotili bo'lmang! Siz soniyalardan iboratsiz!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar ⌛️
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yomon kitob oʻqimoq bu xiyonat. U biz oʻqimagan minglab yaxshi kitoblardan mahrum qiladi... Namlangan yanog'... Dardli nigohlar... Munosib hamroh , Taskin kitoblar!!!💞 Mahbublarga ulashing @Taskinkitoblar 📖
Namoz o'qiy oladigan sogʻligʻingiz boʻlsa,demak hali hech narsani yoʻqotmabsiz...

Namoz oʻqimaydigan kishi baxt saodat taʼmini totish uchun barcha narsani bajarib koʻradi. Ammo baxt saodatdan boshqa barcha narsani totishga muvaffaq boʻladi...

Avvalgi va oxirgi tavsiya!
Gunohlaring har qancha boʻlmasin namoz oʻqishni tark qilma!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Insonning asl qiymati uning qalbi va aqlidan iborat. Insonni inson qilgan, qadri ulug'lanishiga sabab bo'lgan narsa ham uning qalbi va aqlidir...

Odamlarning: “Shariatda sharm yoʻq”, deb aytishlari xato. Zero, din tamoman sharm-hayodan iboratdir.
Toʻgʻri javob esa: “Ilm talab qilishda hayo qilinmaydi”...

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
"Zuhd va hayo"

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm qadrlimi , molmi?


Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Namlangan yanog'...
Dardli nigohlar...
Munosib hamroh ,
Taskin kitoblar!!!💞

Assalomu Alaykum va Rohmatulloh
Yuragi kitob deya uradigan Kitobxonlar!

Tanlovingiz va ishonchingiz uchun minnatdormiz, Robbimiz hayrli qilsin!

Qaysi kitobni o'qisam ekan? deb o'ylanayotganlarga xolisona kitob tavsiya etish maqsadida "Meni o'zgartirgan kitob" mavzusida fikr mulohazalaringizni yozib yuboring. Eng yaxshi deb topilgan 3ta fikr sohibi taqdirlanadi...

Admin: @taskinkitob

Taskin izlaganlarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2🤩2
Ko'p muammolarimizga yechim borligi sabab bu kitobni qayta qayta tavsiya etaveraman...

Sen uning uchun yer bo'lgin, shunda u sen uchun osmon bo'ladi...
Sen uning uchun beshik bo'lgin, shunda u sen uchun ustun bo'ladi...
Sen uni Baxtli qilish uchun yashasang u seni baxtli qilish uchun yashaydi... Aksincha bo'lsa aksincha...

Muslima qizlarga ulashing
@taskinkitob 📖
👍1
Insonning ulug'ligi o'zini iroda va tarbiya qilish kuchiga ega bo'lishi bilan bilinadi...

O'zingizga boqingki, inson maqsadlari darajasida yuksaladi...

Oriflarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
Notes_210712_101737_552.pdf
1.3 MB
Uch "u" siyosati...

Marziya Saydam

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔍🔎
Zamonaviy tarbiya "qattiqqo'llik" davri bilan "hamma narsa mumkin" davrini o'zgartirib xato qiladi...

Farzandining yoshligida hamma narsa mumkin deya unga tanbeh bermagan ota onalar farzandi biroz ulg'aygach qattiqqo'llik qilishni boshlashadi. Va bu ko'pincha ularni anchayin qiynab qo'yadi. Yoshligida erkinlik berib keyin uni olib qo'yish xato, darxat niholligida tarbiyalanadi...

Bir yaxshi ota-onaning besh va to'rt yoshdagi ikki o'g'li bor edi. Bog'chada kichigini hamma xushchaqchaqligi va to'grligi uchun yaxshi ko'rar, katta o'g'ilni esa yoqtirishmas,chunki u xo'mraygan va yomon odatlardan mustasno emas edi.
Oxir oqibat tushkunlikka tushib,shifokorga murojaat qilishdi.Uzoq suhbatlardan so'ng aniqlandiki, katta o'g'il bir yosh bo'lganida olti oy mobaynida uni yosh enaga boqqan.
Yosh enaga esa moddiyat sababli tarbiyachilik bilan shug'ullangan va ko'pincha xo'mraygan tushkun kayfiyatda bo'lgan...

Masaru Ibuka
Uchdan keyin kech kitobidan...

@Taskinkitoblar🧸
👍1
⚡️Tarbiya - qalbning aqlga bo'ysunishidir...

⚡️Hayotning avvalgi yarmida , keyingi yarmini orzu qilib va ikkinchi yarmida esa , birinchi yarmini boy berganiga pushaymon bo'lib yashagan odamdek umr kechirmang!

⚡️Yomon xotima yashirin gunohdandir...

Olim, odam va olam kitobidan...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
Notes_210713_101349_701.pdf
1.8 MB
Islomni anglashadi yoxud G'arb inqirozi...

XXI asrda islom: Postmodern dunyoda qiblani topish

Timoti Uinter

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🔎🔍
Yaxshi hamroh yo'lni qisqartiradi degan naql bor, menimcha haydovchi "Ulamolar nazdida vaqting qadri" kitobini o'qigan va uqqan bòlsa kerak...

Ilm alohida vaqt ajratishni talab etmaydi...

(Shu kabi holatlarga guvoh bòlsangiz "muhrlab" bizga yuboring...)

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍2
Podshohlar uchta narsaga eʼtiborli boʻlishlari lozim:
1. Chegaralarni saqlashda.
2. Mazlumlarni himoya qilishda.
3. Mansab va vazifalarda solih insonlarni qoʻyishda.

Bunday podshohga ega mamlakat albatta taraqqiyotga erishadi...

Hukmdor
Nikkolo Makiavelli

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sema Marashli “Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq” Bir ayolning maktubi edi bu. “Turmush oʻrtogʻimning tengi yoʻq. Chunki oilaviy hayotimizning qirq yilini ham qirq kunlik asal oyi kabi mazmunli oʻtishini taʼminladi. U mening bu dunyodagi jannatim, turmushga…
Turmush o'rtog'imning tengi yo'q

U qiz aytadi:
“Toʻy boʻlishimga bir hafta qolganida buvim betob boʻlib qoldilar. U kishini shifoxonaga yotqizishdi. Men u kishini koʻrgani bordim. Borsam buvam jonlantirish xonasining eshigi oldida ekanlar. Yigʻlab oʻtiribdilar. Bunaqa ahvolni birinchi marta koʻrishim edi. Shuning uchun buvamga: “Buvajon yigʻlayapsizmi?!”, dedim. Buvam koʻz yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Men buvamning gaplaridan ajablandim. Bilishimcha buvam oldinlari juda jiddiy, musibatlarga togʻday turib bera oladigan kuchli edilar. Bugun esa bu qadar romantik!
Men yana soʻradim: “Necha marta janjal qilgansizlar? Bir-biringizni qanday yaxshi koʻrasizlar?”.
Buvam dedilar: “Koʻp martalab janjal qilganmiz. Ammo bir-birimizga boʻlgan ehtiromimizni hayotda bu kamaytirmagan”.
Shunda men har narsada meni ayblaydigan, hatto koʻrinishimni gapiradigan va buning natijasida unga boʻlgan ehtiromimni kamaytirib yuborgan men fotiha qilingan kuyovni esladim. Shunda birdan xonadan shifokor chiqib keldi. Buvam oʻrnilaridan turib hayajon ila soʻradilar: “Doktor! Uning ahvoli qanday?”. Shifokor dedi: “Alhamdulillah yaxshi. Kirib koʻrishingiz mumkin”. Shunda buvam onasini koʻrishga oshiqqan goʻdak kabi entikib xonaga kirdilar. Men u kishining orqalaridan kirdim. Bundan ham goʻzali buvimning buvamga boʻlgan muhabbatli qarashlari boʻldi. Men bunaqa qarashni hech qayerda koʻrmaganman. Buvam buvimning qoʻllaridan ushlab turib dedilar: “Ey qalbimning boʻlagi! Bemor boʻlib meni yolgʻiz tashlab ketaverasanmi?!”. Buvim kuldilar va buvamning qoʻllarini qisib dedilar: “Siz ham oldinroq amaliyot qilinganingizda meni tashlab ketgandingiz! Endi sizni tashlab ketmayman!”.
Uzoq vaqt ajablanib yurdim. Qanday qilib shunaqangi qiyin sharoitlarga qaramasdan bunaqangi aloqa buvam va buvim oʻrtalarida ellik toʻrt yil davom etdi ekan?!
Shu payt kuyov telefon qilib qoldi. U kishi ertalabdan beri javob qilmaganimdan juda gʻazablangan edi. Telefonni koʻtardim. Narigi tomondan baland ovozda: “Qayerda eding pastkash!”-degan ovoz eshitildi. Bunaqangi hollarda men odatda kerakli gaplar bilan javob qaytarar edim. Ammo buvamning gaplarini esladim: “Er-xotinning oʻrtasidagi ehtirom hayotdagi eng muhim narsadir!”. Men unga dedim: “Mening haqqimda xato qilmang!”. U dedi: “Qachondan beri hurmatga sazovor boʻlib qolding?!”. Men qattiq gʻazablanib telefonni oʻchirib qoʻydim. Oʻn daqiqa orasida undan 100 dan ortiq haqorat va soʻkishlar yozilgan xabar keldi. Shu orada buvamga qarab qoʻydim. U kishi buvimning qoʻllaridan tutib bir qoʻllari bilan boshlarini silar edilar. Ularning oldidan koʻzlarimdan yoshlar oqqan holda chiqdim.
Oʻzimdan soʻradim: “Muhabbat nima oʻzi? U menga unushtirilgan yigitning muhabbatimi? Ammo uning qiladigan ishlari muhabbatga hech ham dalolat qilmas edi. Yoki muhabbat deganlari buvamning buvimga qarashlarimi?! U kishidan tashvishlanishlarimi? Ular qanday qilib ehtiromla hayot oʻtkazishdi?!”.
Ertalab turib oilamdagilarga men u yigitga turmushga chiqmasligimni aytdim. Hammaning hushi boshidan uchdi. Ular menga qarshi chiqishdi. Ammo men ahdimdan qaytmadim. Fotiha bekor qilindi. Hayotimda ilk bor toʻgʻri qaror chiqarganimdan xursand edim.
Mana bugun turmush oʻrtogʻimning huzurida oʻtiribman. Qizcham kelib menga: “Oyijon ! Men sizni yaxshi koʻraman”, dedi. Men dedim: “Men ham seni yaxshi koʻraman. Nega bunday deyapsan?!”. Qizcham dedi: “Dadajonim har doim sizni yaxshi koʻrishlarini menga aytadilar. Shuning uchun siz ham u kishini yaxshi koʻrar ekansiz. Men ham meni yaxshi koʻrishingiz uchun sizni yaxshi koʻraman!”.
Er-xotin oʻrtasida muhabbat, ehtirom nega kerakligini yana bir bor angladim. Kattalarning gaplarini esladim:
“Farzandlaringga har ishda oʻrnak boʻladigan, qalbingni jarohatlab qoʻyishidan qoʻrqmaydigan, bolalaring oldida seni behurmat qilmaydigan kishi ila turmush qurgin!”...

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 💞
Unutgaymiz maqsadlarni ham
Osmon nima yer nima tengdir
Yuraklarga begonadir g'am
Beg'amlikning dunyosi kengdir...
Bormaymiz on sana farqiga
Uzilganmiz oyu yillardan
Qaramaymiz sira orqaga
Ketmoqdamiz izsiz yo'llardan...

Izsiz yo'llar
Xayrulla Hamidov

Safardoshlarga ulashing
@Taskinkitoblar 🗞
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf dan
Islom tarixi 1 - 2 qismlar...

Jumaning hayru barokati sizga bòlsin!

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 🕋🕌
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xatolar bu tajriba yani ildiz otishdir...
Kimni ildizi chuqur bo'lmasa tez singani kabi tajribaga sabab bo'luvchi xatolar ham kerak. Zero har ishda hayr...

Biz g'alaba qozonamiz
Shuhrat Sattorov

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1
Kimki muloyimlikdan mahrum bo'lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo'libdi...

Shubhasiz, muloyimlik nimada bo'lsa, uni ziynatlaydi va u nimadan ajratib olinsa uni aybli qiladi...

Maktubot
Imom Rabboniy

Mahbublarga ulashing
@Taskinkitoblar 📖
👍1