Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Photo
Sallani tishlarim bilan olib, Shayxga berdim. U bu ishimdan hayratda qolgandi. Bu men uning tilini tushunishimni bildirgan ikkinchi holat edi, lekin eng muhimi - qachon u meni tilimni tushuna boshlashida...

Meni bir savol qiynar edi, "Bularga madrasada nima o‘qitiladi?" Keyin yodimga tushdi, Ilm - yetishishi mumkin bo‘lmagan odamdan qattiq himoyalangan. Axir yer unumdor bo‘lmasa suvning ko‘pligidan ne naf?!

Ayman Attumning "Xitob" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏6🔥53🤩2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sep

Xadicha Kubro Tongarning «Baqirmaydigan onalar» nomli kitobi butun dunyo bo'ylab tarqaldi va sevib o'qildi. Jumladan, «Sep» asari ham «Baqirmaydigan onalar» kabi minglab onalarning qalbini zabt etdi. Chunki onalar qizlariga tarbiya berar ekan, hamisha o'zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqadi. Qizlarini uzatar ekan, bilib-bilmay, ularning sepiga avloddan avlodga o'tib kelayotgan qo'rquvlar, qayg'ular, umidlarni qo'shib yuboradi. Kitob esa qizlar qismatlarini o'zlari yaratishi kerakligi, seplarini muhabbat va baxtga to'ldirishlari lozimligi haqida yozilgan. Asar hayotiy voqealar, psixologik bilimlarni qamrab oladi va tilining ravonligi, oddiyligi, badiiy bo'yoqdorligi bilan yanada jozibali. Aziz o'quvchilarga yoqimli mutolaa tilaymiz.

Yumshoq muqova, 29ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12🎉32🥰1👏1😁1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍🏼Qachonki ichingda gaplaring ko‘pligini his qilib, uni birovga aytishga ehtiyoj sezmasang, shunda pishib yetilgan bo‘lasan.

✍🏼Xotirjamlik ⸺ narsalarni tabiatiga ko‘ra qabul qilgan kishilarning nasibasidir.

✍🏼Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.

✍🏼Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoyalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9👏4🔥3🤩21😢1
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥5👏51🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
✍🏼Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? ✍🏼Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz… ✍🏼Harakatga o'tilmas ekan, duo qilib urushlarni (zulmni) toʻxtatolmaysiz! 📚Malkolm X ning "Fitrat" kitobidan. ✍🏼Ayrim odamlar…
Qur’on adabiyot emas, hayotdir!
Unga tushuncha tarzida emas, mukammal hayot yoʻli sifatida qarash lozim!

Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.


(Suratda: Aliye Izetbegovich va Bokschi Muhammad Ali)

Nashriyotimizda chop etilgan kitoblardan xarid qilinganda sizga eng yaqin pochta filiallarigacha tekinga yetkazib beriladi!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👏5👍31🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sallani tishlarim bilan olib, Shayxga berdim. U bu ishimdan hayratda qolgandi. Bu men uning tilini tushunishimni bildirgan ikkinchi holat edi, lekin eng muhimi - qachon u meni tilimni tushuna boshlashida... Meni bir savol qiynar edi, "Bularga madrasada…
✍️Zikr inson uchun ikkinchi umrdir!

✍️Qishlog‘imga yo‘l oldim, chunki da'vat uchun birinchi yaqinlar tanlanadi! Allohning Habibi sollallohu alayhivasallam aytganlaridek "Targ‘ibotni mas'uliyati zimmamizda bo‘lganlardan boshlashimiz zarur!"

✍️Qabriston bu yolg‘on dunyodagi haqiqatdir!

✍️Haqiqatan ham eshaklar allaqachon odamlardan ta'sirlana boshlaganini va ularning sifatlarini o‘zlashtirayotganini sezdim! Hozir ko‘rayotganim, ularni ko‘zlaridagi hasad, bizning naslimizda avval bo‘lmagan. Bu insonlardan o‘tgan illatdir!

✍️Tomosha arablar tafakkuridan shikoyat qilayotgandek, o‘z nafsiga berilib, arzimagan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan, bema’ni o‘yin-kulgi izlash bilan o‘ralashib, daraxtdan daraxtga sakrab yuruvchi maymunga qiyoslangan insonlar haqida edi. Yozuvchi, insonlarning maymunga aylanib qolganini ifoda qilmoqchidek.

Ayman Attumning "Xitob" romanidan.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10👏52👍2🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Bu kitob kim uchun? -Tafakkur qulligidan nafratlanadigan har kim uchun! O'zi va farzandining kelajagi uchun befarq bo'lolmaydiganlar uchun!
Hayvonlardan farqli o'laroq, Yaratgan bizni tik yuradigan qilib yaratdi. Aksariyat odamlar bu imtiyozdan foydalanmaydilar, ular umrining ko'p qismini "egilib" va hatto "emaklab" o'tadilar...

Hayot - iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlardan boshqa hech kim yuta olmaydigan o'yindir...

Men dushmanni la'natlayman, tarafsizlikka kelsak ular tupurishgada loyiqdir...

Hayotini faqat din va namoz bilan emas, balki ilm va amal ila tartibga solish kerakligiga inongan kishi Islomga oiddir...

Tarixni Alloh yozadi, biz faqatgina qayerda (qaysi tomonda) turishimizni tanlaymiz xolos...

Aliye Izetbegovichning "Sharaf" kitobidan.


(Suratda Preident A. Izetbegovich va Bosh qo‘mondon.)

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👍5👏4🥰21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Atrofga nazar soling, bugun qanchadan-qancha inson o'zgalar hayotini nazarga ilmay yerga tupuradi? Qanchadan-qancha inson bunga loyiq bo'lmasa ham, boshqalar tomonidan tarqatiladigan mikroblar bilan kasallanishadi? Madaniyat, aslida, baland va hashamatli…
Ushbu kitob «Yaponiyalik ota-onalar» nomli turkum nashrining davomi hisoblanadi. Zamonaviy er bo‘lish mushkul ish, ota bo‘lish esa yana-da mushkulroq! Ushbu kitobda ishdagi karyera va otalik vazifasini o‘zaro uyg‘unlikda olib borish jarayonida muammolarni boshdan kechirayotgan otalar uchun oddiy va samarali maslahatlar jamlangan.

Yaponiyalik muallif Tosimasa Oota vaqt tig‘izligida qanday qilib otalar farzandlari bilan muloqot qila olishi, qisqa vaqt davomidagi suhbat orqali qanday qilib bola qalbidan joy olish, qanday o‘yinlar o‘ynash mumkinligi haqida hikoya qiladi. Bu bilan bola tarbiyasi qiziqarli o‘yinga, o‘ta band bo‘lgan mehnatkash inson esa, dunyodagi eng mehribon otaga aylanadi.

Kitobdan quyidagilarni bilib olasiz:
Doimo band otaning o‘z farzandlari bilan qanday muloqot qila olishini
Qanday qilib bir lahzalik suhbat bilan bolangiz qalbida joy olish
Qanday qilib bola uchun maxsus o‘yinlar o‘ylab topishni.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🥰3😁21🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nashriyotimizda chop etilgan kitoblar: IchXasta _ Xosiyat Radjabova 29.000 Sharaf _ Aliye Izetbegovich 42.000 Bir kunda 24 soat yashash _ Albert Benet 26.000 Fitrat _ Malkolm X 42.000 Iymon va huzun _ Said Chamlija 25.000 Farzand tarbiyasida 33 xato _ Said…
"Suv tomchisining dunyoga sayohati"

Ushbu kitob bilan siz yillar oldin bahaybat «Titanik» halokati sabab aysbergga yopishib qolgan suv tomchisining asrlarcha davom etgan tutqunligining nihoyalanishiga guvoh bo'lasiz.

☀️ Atlantika okeanidan Afrikagacha, Yevropadan Istanbul Bosforigacha, Qora dengizdan Sharqiy Anadolugacha dunyo bo'ylab sayohatga chiqasiz.
💧 Kichik tomchining nigohi bilan suvning barcha ko'rinishlarini uchratasiz, muzlikdagi, okeandagi tomchi, ba'zan esa osmonda bulut bo'lish hayajonini his qilasiz.

Kichik suv tomchisi qor bo'lib tog'larga, yomg'ir bo'lib yaylovlarga yog'adi, artizanlardan otilib chiqadi, sel bo'lib, sizni o'zi bilan dalalarga olib boradi...

Kitob yordamida siz geografik ma'lumotlar orqali Yer va osmonning ajoyib tartibini kashf qilasiz.

Buyurtma berish @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍6🔥4🥰31🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sallani tishlarim bilan olib, Shayxga berdim. U bu ishimdan hayratda qolgandi. Bu men uning tilini tushunishimni bildirgan ikkinchi holat edi, lekin eng muhimi - qachon u meni tilimni tushuna boshlashida... Meni bir savol qiynar edi, "Bularga madrasada…
– Xo‘sh, g‘oya-chi?

– Dastur insonlarga shunday deydi: «Yaxshilik bu – asos, yomonlik esa unga to‘sqinlikdir, adolat – asos, zulm esa unga to‘sqinlikdir, sevgi asosdir, nafrat esa unga to‘sqin likdir. Shu bilan birga, dastur buyuklarning asarlari va ibratli hayot yo‘li orqali insonlar qalblaridagi sevgi, adolat va yaxshilik qadriyatlarini uyg‘otadi.

– Yaxshi fikr, ammo seni hech kim eshitmaydi, insonlar nasihat eshitish o‘rniga, raqsga tushiruvchi qo‘shiq eshitishni afzal ko‘radilar, – dedi rahbar.

– Chunki sizlar olomonni shunga o‘rgatib qo‘ydingiz! Sizlar allalashingiz emas, uyg‘otishingiz kerak asli! – dedim jahlim chiqib.

Ayman Attumning "Xitob" romanidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍2🤩21🥰1👏1😢1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir oʻz xoʻjasiga ovoz beradi!

Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!
Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...

Malkolm X "Fitrat"

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13👍61
Muhabbatsiz kishi odam emasdir,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!

Muhabbat bu - ohanglar og‘ushida ko‘rilgan reelslar sabab tuyilgan tuyg‘u emas, muhabbat bu - sevganingiz akkountlarini o‘zingizga ulab, nazorat qilish emas, muhabbat bu - sevgilingiz lablarining cheti va yanog‘i o‘rtasidagi chuqurga o‘zingizni ko‘mish emas, muhabbat bu - yor ko‘zlarining qa’riga cho‘kishingiz emas...

Muhabbat bu... Yaxshisi kitobni o‘qib muhabbatning haqiqatini anglang..

Abu Homid G‘azzoliy hazratlarining "Muhabbat va shavq" kitobini mutolaa qiling.

Yumshoq muqova, 140 sahifa, 28ming.
Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🥰6👍4👏21🎉1
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍3🥰2😢21
-Tarbiya qilish deganda nimani tushunasiz?!
-Haqni sinov onida ham unutib yubormaydigan darajada tanitishni...

Yangilikka ko'zi uchayotganlar bormi?!😍

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰14🤩6👍4🔥41
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
-Tarbiya qilish deganda nimani tushunasiz?! -Haqni sinov onida ham unutib yubormaydigan darajada tanitishni... Yangilikka ko'zi uchayotganlar bormi?!😍 Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
O‘sha ko‘zingiz uchib turgan yangilikni hukmingizga havola etamiz. 🥳

Ushbu risola mulohaza va tajribalar natijasi bo‘lib, siyqasi chiqqan fikr kuchi mavzusiga bag‘ishlanmagan. Qo‘llanma turli tushunchalar bermaydi, balki aniq takliflarni ilgari suradi, zero uning maqsadi insonlarni haqiqatni kashf qilish hamda idrok etishga undashdan iboratdir. Fikr va tafakkur kuchi nimalarga qodirligini aks ettirgan sahifalarni o‘qir ekansiz, hali o‘z miyangiz ham ko‘plab imkonlarini ishga solmaganini tushunib yetasiz. Shu jihatdan ushbu qo‘llanmani aqlini tanigan har bir inson o‘qib chiqishi darkor. 

Kitob keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan.


Risola XX asrda yozilgan bo‘lib, ko‘plab shu yo‘nalishdagi asarlarning asosi hisoblanadi! Kitob qariyb yuz yil davomida shaxsiy rivojlanish bo‘yicha betakror manbaa ekanligini isbotlay olgani bilan kutubxonangizdan joy olishga haqlidir!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰6👍3👏2🤩21
Izzetbegovichning "Sharaf" kitobidan parcha:

"Bir millat yoki davrni tushunish uchun ularning tarixini o'qish, yetarli bo’lmaydi, albatta. Hatto to'qqiz jildlik “Fransiya tarixi” ham Balzak romanlarisiz fransuz jamiyati hayotining real tasvirini bera olmaydi. Biroq, aytishimiz mumkinki, biz ushbu romanlar orqali XIX asr fransuz jamiyati bilan tanishishimiz mumkin.
Tarix kitoblari voqea-hodisalar haqida ma’lumot bersa, roman, she’r, doston, hikoya, rivoyat va ertaklarda inson – shaxs hayoti, boshqacha aytganda, haqiqatda sodir bo‘lgan voqea haqida so‘z boradi. Badiiy asarlar tarix solnomalariga qaraganda senzuradan birmuncha holi bo’lganligi bois ular orqali tarixning mavhum nuqtalarini his qilishimiz mumkin. Tarixiy faktlar va badiiy asarlardan ma’lumki fransiya avval moddiyatan (aholi turmush tarzi, ijtimoiy aloqalar jihatdan) isqirt bo’lsa hozir ma’nan isqirtdir!"

Aliye Izzetbegovich. 1999-yil.

(Prezident Aliye Izzetbegovich bu fikrlarini Fransiya Prezidentining Bosniyaga nisbatan har tomonlama adolatsizlik qilinishiga panja ortidan qaragani (Muallifning “Sharaf” kitobida bu haqida batafsil bayon qilingan) ham sabab bo’lgandi, biroq Izzetbegovichning ushbu fikrlari Parij 2024 olimpiya o’yinlarida yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.)

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👏5👍31🥰1
Xalifa Umar ibn Abdulaziz Oxiratga rihlat qilib xalifalik Yazid ibn Abdul Malikka o‘tgach, Iroqqa Umar ibn Hubayra fazoriyni hokim qildi va unga Xurosonni ham qo‘shib berdi. Yazid avvalgi xalifalarga o‘xshamas edi. U Umar ibn Hubayraga tinmay maktub jo‘natar, garchi haqqa qarshi bo‘lsa ham maktubdagi ishlarni bajarishga amr qilar edi. Umar ibn Xubayra Hasan Basriy, Omir ibn Shurahbillarni chaqirdi va ularga: "Alloh taolo amiyrul mo‘miniyn Yazid ibn Abdul Malikni bandalarga xalifa qildi. Odamlar unga itoat qilishlari vojibdir. Ko‘rib turganinglardek, u meni Iroqqa hokim kildi, keyin esa Xurosonni ham qo‘shib berdi. Ba’zida u menga maktub jo‘natib, men istamagan ishlarni qilishga amr qiladi. Unga ergashib, uning dindan tashqari bo‘lgan amrlarini bajarishimga fatvo bera olasizlarmi?" dedi. Sha’biy unga six ham, kabob ham kuymaydigan qilib javob berdi. Hasan esa sukut saqladi. Umar ibn Hubayra Hasanga qarab: "Siz nima deysiz, Ey Abu Said?" dedi. Hasan: "Ey Ibn Hubayra, Yazid borasida Allohdan qo‘rq, lekin Alloh borasida Yaziddan qo‘rqma. Bilginki, Alloh seni Yaziddan himoya qila oladi, lekin Yazid seni Allohning azobidan himoya qila olmaydi. Ey ibn Hubayra, yaqinda Allohning amriga osiy bo‘lmaydigan qattiqqo‘l farishta tushib seni keng qasringdan tor kabringga tushiradi. U yerda sen Yazidni topa olmaysan. Lekin Yazidning Parvardigoriga qarshi chiqqan amalingni topasan. Agar sen Allohning itoatida bo‘lsang, U Zot seni dunyoda ham, Oxiratda ham Yazid ibn Abdul Malikning yomonligidan himoya qiladi. Agar Allohga osiy bo‘lib Yazid bilan birga bo‘lsang, Alloh seni Yazidning qo‘liga topshiradi. Bilginki, Xoliqqa osiy bo‘lish bilan mahluqqa itoat etilmas", dedi.

📖 Doktor Abdurrahmon Ro'fat Al-Bosho: "Tobeinlar hayotidan lavhalar"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍15👏32🔥1
Saxovat — sendan ko'ra muhtojroq bo'lgan narsamni menga berishing emas.
Saxovat — mendan ko'ra muhtojroq bo'la turib, menga berishingdir.

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥19👏21🥰1