Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Hayotni kitob bilgan hikmat topadi, oʻyin deb bilgan esa gʻurbat!

Sayyid Abdulaziz Yusupov

Inson lahzalardan iborat, kimki lahzasini boy bersa demak bir qismini boy beradi...
Biz sizga jamoamiz bilan umringizga sarmoya bo'ladigan, vaqtingiz o'zingizga qaytaradigan, qalbingizga taskin beruvchi kitoblarni taqdim etamiz...⚡️

@taskinkitoblar📚📖📚
👍81🔥1
Forwarded from Tevekkülvakti
👍31🥰1
Umringizni Ramazondek o'tkazingki ohiri hayit bo'lsin!!!
Robbimiz iymoningizni taqvo bilan ziynatlasin!
Hayit muborak!

@taskinkitoblar
👍5👏1
#Abadiymuhabbatistaganlaruchun

Avvallari har bir omadli erkakning orqasida bir ayol bo'lardi, endi esa har omadsiz erkakning oldida bir ayol bor...

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin..."

Yaxshilarga ulashing!
📚
@taskinkitoblar📚
👍52
Davlatimiz ham, biz ham yo'qmiz. Yelkamizga minib olgan podshox sal marhamatli bo'lganida, hozir hech birimiz bu zindonda o'tirmagan bo'lardik. Ularning o'zi bizni jinoyatga majburlaydi, keyin kattagina jazo ham beradi. Agar fohishabozlik taqiqlanganida, jazosi og'ir bo'lganida, men bilan janjallashgan do'stimiz qo'l urgan bo'larmidi? Agar ichkilik taqiqlanganida edi, sen ham es-hushingdan ayrilmagan, o'sha jinoyatni qilmagan bo'larding. Agar ularda adolat bo'lganida edi, men qamalmagan bo'lardim...

Amina Shenliko'g'li
"Dor ostidagi odam"

Yaxshilarga ulashing✈️
@taskinkitoblar
👍3🔥1
​​​– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.
– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.

©
Akrom Malik (Halqa) qissasidan

Yaxshilarga ulashing✈️
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
"Qizlarjon"
Odinaxon Muhammad Sodiq

​​Tor liboslarda, sochlarini tuyaning o'rkachiga o'xshatib turmaklab yurishingiz risoladagi muslimaning ko'rinishiga aslo to'g'ri kelmaydi. Bu yurish-turishingiz nafaqat o'zingizga, balki go'zal suratingizga mahliyo bo'lib ko'ngli sust ketgan ko'chadagi begona erkaklarga ham botmon-botmon gunohni yuklab qo'ymoqda. Nima qilasiz ularning nazariga, behayo o'ylariga nishon bo'lib? Bu chinakam muslima ayolning sifatlaridan emasku?)
Axir Fotima onamiz roziyallohu anho: "Ayollarning yaxshisi begona erkaklarning xayolida bo'lmaganidir", demaganmi edilar?

Yaxshilarga ulashing💌
@taskinkitoblar📚📖📚
👍81
Ziyovuddin Rahim
"Baxtli hayot sari"
Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? Demak, siz
uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi? Demak, siz
uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi? Demak,
unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz!
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayapti-
mi? Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
Farzandingiz qizgʻanchiqmi? Demak, siz u bilan
oʻzaro hamkorlik qilmas ekansiz!
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz
qilyaptimi? Demak, siz unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlarkansiz!
Farzandingiz zaifmi? Demak, siz unga koʻp
doʻq-poʻpisa qilar ekansiz!
Farzandingiz sizni qizgʻanyaptimi? Demak, siz
unga nisbatan beeʼtibor ekansiz!
Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi? Demak,
siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz!

Respublika bo'yicha yetkazib berish (🚚✈️🚗🚁Biz masofa tanlamaymiz...)

Yaxshilarga ulashing💌
@taskinkitoblar📖📚📖
1
Omina Shenlikoʻgʻli
"Nasroniy atirguli"

​Haqqa yuzlangan kunimdan beri ziyonda yurgan insonlarning farqiga bordim. Zoye ketgan yillarimni oʻylayman. Oʻtmishda yoʻqotganlarimni orqaga qaytara olmayman, lekin ayrimlarini oldini olishim mumkin...

Onam bilan plyajga bordik. Yonimizda shohid ayollar bor edi. Biri bikini kiygan, boshqasi choʻmilish kiyimida. Men buni hazm qilolmadim. Hatto onam dengizga tushganida ham dunyo boshimga qulaganday boʻldi. Onam choʻmilish kiyimidagi shohidlarni koʻrsatib meni mazax qildi. “Qara, senikilar, qara. Qizim bu qanday din? Dindor ayol shunaqa dengizga kiradimi? Biz ham kiryapmiz, lekin bizni dindorlik iddaomiz yoʻq”, dedi. Oʻyladim, soʻrayolmadim lekin onamning bu gapi toʻgʻri edi va meni ham boshimni qotirdi…

Respublika bo'yicha yetkazib berish BEPUL (🚚Biz masofa tanlamaymiz...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
Qora shim hikoyasi | Alishan Kapaklikaya
Alishan Kapaklikaya
Qora shim hikoyasi

...Otam bizni yaxshi ko'rardi, lekin uni izhor qilolmasdi...

🎤Abdukarim Mirzayev

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍41
-Qalblar nega Istanbulni sevadi?

-Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Истанбулни севганлар

Балки ишқимиз бундандир?

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍51
​​Odam buyrak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
yurak yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
qon yetishmovchiligidan oʻlishi mumkin;
aql yetishmovchiligidan esa haligacha birov oʻlmagan. Bu yetishmovchilik bilan uzoq yillar yashash va hatto katta-katta mansablarni egallash mumkin.
Aql yetishmovchiligi odam bolasini oʻldirmas, lekin u bor joylarda talafotlar katta boʻladi: ishonchlar, gʻayratlar, shijoatlar, umidlar oʻlib bitadi...

Dilfuza Komil

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍31
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Omina Shenlikoʻgʻli "Nasroniy atirguli" ​Haqqa yuzlangan kunimdan beri ziyonda yurgan insonlarning farqiga bordim. Zoye ketgan yillarimni oʻylayman. Oʻtmishda yoʻqotganlarimni orqaga qaytara olmayman, lekin ayrimlarini oldini olishim mumkin... Onam bilan…
– Boʻlmasinlar. Ularga kim nasroniy boʻl debdi?
– Islomni bilishmaydi, ona! Atrofda oʻrnak boʻladigan musulmon ham yoʻq!

***

– Shu ketishda oʻtirib qolasan. Qara, mahallaning qizlariga qara, hammasi bir nechta erkak bilan uchrashadi.
— Ha, lekin hech qaysi er topolmaydi. Erkak topish har qanday ayol uchun juda oson. Ayol toʻqson yoshda boʻlsa ham, koʻchadagi bir betayinni topa oladi. Erkak topish oson! Koʻchada erkak toʻlib yotibdi, lekin er topish juda ham qiyin.


***

- Sizga xushxabarim bor. Men musulmon boʻldim, ota! Shohidlardan ajradim.
Otam bu xabarimga taxmin qilganimdan ham ziyoda xursand boʻldi:
– Chini bilanmi, bolajonim? Bu xabaring meni baxtiyor qildi. Men ham senga xushxabar aytay, men ham musulmon boʻldim, bolam. Besh oy boʻldi… Bu izohdan hayron qoldim:
– Siz shundogʻam musulmon edingiz-ku, ota?
– Tilimda musulmon edim qizim, endi qalbim va amallarim bilan musulmon boʻldim!


***

– Albatta, yuborishmasin, opa. Bolalar onalarini qattiq sogʻinishadi. Bolalar onasini sogʻinib, hech kimga bildirmay yigʻlashadi. Bolaning bu gaplaridan yurak bagʻrim oʻrtandi. – Sen qayerdan bilasan? Yerga tikilib javob qildi:
– Men boshqa narsalarni ham bilaman, opa. Onasini sogʻingan bolalar onasining koʻzoynagini yashirib qoʻyib, sogʻinishganda uni oʻpishadi… Yondim, onam! Yurak-bagʻrim yondi! Bilintirmay yana soʻradim:
– Xoʻsh, sen bularni qayerdan bilasan? Ugʻurimning koʻzlariga yosh toʻldi. Oxiri yonoqlarini koʻz yoshlari yuvib oʻtdi. Birozdan keyin javob berdi:
– Men bilaman, chunki men shunday qilaman, opa…


***

– Men mumtoz namoyandalarni oʻqishni yaxshi koʻraman. Faylasuflarning mulohazalariga ham qoyil qolaman. Lekin islomiy sohada faylasuf yoʻq. Bundan xafa boʻlaman.
– Nega boʻlmas ekan? Bor bizda ham, lekin ularni biz faylasuf demaymiz... “Noldan cheksizlikka qadar fikrlar bizdadir va bizda Arshga borgan yoʻl” ekanligini bilmaydilar. Shuni bilmaganlari uchun mahalliy seriallar ishqibozlari mahalliy kitobxonlardan ortib bormoqda.


***

– Ular haqiqiy musulmonmi yoki ismlari musulmonchami?
– Unisini bilmayman, men musulmonman degan odam dinini bilishi kerak.
– Sen musulmonman deganingda diningni bilarmiding? Men bilarmidim? Bu dunyo musulmonlarining ahvoli ikkimizning oldingi ahvolimizdek.

“Nasroniy atirguli”
Amina Shenlikoʻgli

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍21🔥1
Bolalik xotiralarini unutish qiyin. Ayniqsa, dam olish
kunlari men uchun bayram edi. Shu kuni otam bilan aylanishga
chiqqanimizda doim markaziy xiyobondagi pufakchi amakining
oldiga shoshar edim. U har zamonda serjilo sharlarini samoga
uchirib, bolalarning es-hushini oʻgʻirlardi. Negadir boshqa hech
kimning shari bu qadar baland koʻtarilmas edi.
Sariq, qizil, moviy, koʻm-koʻk pufaklarni tanlashda
qiynalib ketardim. Bir kuni bu yaxshi amakining menga aytgan
soʻzlari hanuz yodimda saqlanib qolgan.
“Amakijon, menga eng balandga, hammanikidan yuqoriga
koʻtariladigan rangidan bering!”
Shunda pufakchi amaki men tomonga engashib, maʼnoli
koʻzlarini menga tikdi:
“Oʻgʻlim, sharning baland koʻtarilishi uning rangiga emas,
ichi nima bilan toʻldirilganiga bogʻliq ...”

(Bu kabi motivatsion kitob o'qimagandim, kitob ancha avval dunyo yuzini ko'rgan bo'lsada hali tanilib ulgurmagan. Ammo ishonchim komilki meni hayotimga tasir eta olgan kitob albatta sizning hayotingizni o'zgartira oladi... Admin)

@taskinkitoblar📚📖📚
1
Qurʼonning
“Qul hal yastavillazina yaʼlamuna vallazina la yaʼlamun”, yaʼni “Bilganlar bilan bilmaganlar har
toʻg'rida teng kelolmaydilar” degan hikmatlik soʻzini, albatta, amalga oshirish kerak edi.
Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog'iga botdi? Buning bosh sababi
dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida boʻldilar. Oʻzlarini din
homiylari deb eʼlon qilib, xalqni maʼrifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay
yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa boglamadilar, oʻqish oʻqitish ishlariga hech qanday ahamiyat
bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uygonish, fikr ochilish va bor sharoitdan
foydalanish imkoniyatlari boʻlmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar
sababchidur...

Iztirob va alam bilan o'qiladigan kitob...)

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar📚📖📚
👍2😢1
Sema Marashli
"To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin"

- Ayol tuproqqa oʻxshaydi, sen hosil olishni bilsang boʻlgani, demoqchimisiz?
- Men demayapman, Alloh deyapti. Erkak birinchi qadamni qoʻyadi, ayol hosil beradi. Qolaversa ayol bitta bermaydi, birga oʻn, birga yuz, birga ming beradi. Sen unga atirgul koʻchati eksang, u senga dasta-dasta gul beradi, sen unga bir shirin soʻz aytsang u senga yuz shirin soʻz aytadi. Aksincha boʻlsa aksincha...

Dushmanga oʻzining quroli bilan oʻq uzish mumkin, lekin u sening dushmaning emas, umr yoʻldoshing, turmush oʻrtogʻing. Uning hatosiga undan koʻra kattaroq hato bilan javob berma!

Eng chiroyli ayol ham ogʻzidan chiqadigan soʻzlar bilan xunuklashishi , eng xunuk ayol ham ogʻzidan chiqqan soʻzlar bilan goʻzallashishi mumkin...

Yaxshilarga ulashing
@taskinkitoblar 📚📖📚
👍31