Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Islomimizni ayblashadi aslida ayb bizda, oʻzi islomimizni bizdan boshqa aybi yoʻq!

Islom sensiz ham yengilmaydi! Ammo sen Islomsiz aniq yengilasan!!!

Islom muvaffaqiyatli ish. Lekin ba'zi "advokatlari" no‘noq...

Ayyom muborak!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏14🔥6👍3🥰2🎉21
Behuda umr

Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi.

Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi.

Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏11🔥8
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Barchamizda muhabbat degan tuyg‘u bor, biroq barchamiz bu tuyg‘uni o‘z o‘rnida ishlata olmaymiz, demakki bu borada maslahatga muhtojmiz. Ba'zilar muhabbat bilan qariydi, ba'zilar esa aksincha, muhabbatni qaritishadi. Shu o‘rinda aytishimiz lozimki insonning…
DARD QAYERDA BOʻLSA DARMON OʻSHA YERGA SHOSHADI

“Hayotga ijobiy qarash” deb nomlangan seminar dasturimizga qatnashgan bir yigit soʻradi: “Xoʻsh, siz har doim xursandmisiz? Xiyonat, nohaqlik, adolatsizlik sizni ranjitmaydimi? Umidsizlikka tushgan paytlaringiz boʻlmaydimi?”
Albatta xafa boʻlaman. Mazlumlarcha oʻlim topish, ochlik, adolatsizlik, tarafkashlik, nafrat va hurmatsizlik hukmron boʻlgan dunyoviy jamiyatda qaysi pok vijdon qah-qaha otib kula olardi? Albatta, oʻksinaman, xafa boʻlaman va baʼzan uyga bemajol kelib, bir burchakka tiqilib yigʻlab ham olaman. Mulohazali hayot oʻrtada oʻrdak bolasidek jilpanglab, zavqu shavq bilan sayr qilish emas-ku? Ilmingiz va tafakkuringizni yuksaltirganingiz sari vijdoningizning ogʻirligi ortib boraveradi. Lekin dard chekish boshqa, tushkunlikka tushib, zulmatga choʻkish boshqa!
Muvaffaqiyat “jafo-safo” qoidalari bilan rivojlanadi: Yaʼni yuksalish yoʻlida jafolarni boʻyinga olib chiqasiz, ilgarilaganingiz sari, alal oqibat safoga erishasiz. Safoga taqalib qolsangiz, oxir-oqibat jafoga yoʻliqasiz. Hech kim bu azaliy imtihon toʻridan qochib qutulolmaydi. Mashaqqat bilan boshlangan ishni yakunlash oson kechadi. Koʻtarilish qiyin boʻladi, ohista suzulish rohat. Urush beshafqat, zafar zavqdir. Oʻrganish mashaqqatli, erishish halovatlidir. Turmush achchiq zaharlarni yutishga majbur qilsa-da, oila qaynoq taftli panohdir. Anglaganingizdek, mashaqqatni yelkasiga ortmagan muvaffaqiyatga musharraf boʻlolmaydi.
Bu borada Mavlono Jaloliddin Rumiy shunday deganlar: “Qayerda dard boʻlsa, davo oʻsha yerga boradi. Qayer pastlik boʻlsa suv oʻsha yerga qarab oqadi. Bulut yigʻlamasa, yashillik qanday kuladi? Bola yigʻlamasa, sut qayerdan joʻshsin?! Kulgu koʻz yoshlarda yashiringan. Ey pok va sodda kishi! Xazinani vayronalardan izlagin! Bor, oʻzingga dard izla, dard top; dardlar ichidan bir dard tanla oʻzingga! Qorongʻuda yulduzlar qanday yoʻl koʻrsatsa, doʻstlarimizga ham alamlar, muammolar dengizida shunday yoʻl koʻrsatadi!”

Muhammad Boʻzdagʻ _ "Muhabbat anatomiyasi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12🥰5🔥2🎉1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitobxon kishi sayyoh kabidir. Boshqa sayyohlardan farqi shundaki, u maʼno izlab safarga chiqadi... @Taskinkitoblar da navbatdagi o‘tkir ⚡️ma'noli 🔥 kitob yaqin kunlarda hukmingizga havola etilajak. Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ O‘rtachadan yuqori!
Bu dunyoda tuygʻularni anglata oladigan darajada soʻz yoʻq.

Soʻzni avaylab-asrash kerak. Menga qolsa, Soʻz qurumsoqlikni yoqtiradi, derdim. Agar Soʻz xuddi kechasi-yu kunduzi oqib yotgan suv misoli isrof qilinsa, Soʻzning har bir misqoli qadrlanmasa, Soʻz tejab-tergab ishlatilmasa, oʻz kuchini yoʻqotadi.

“O‘tmish bizning beshigimiz, undan uyalmasligimiz zarur"

📚 Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori
Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov

Qattiq muqova, 480 sahifa, 50ming so‘m
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍4
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi… Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan… Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini…
O'tmishning asiri, kelajakning quli.

Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz.

Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz, farzandlarimiz, va qarindoshlarimiz bilan birga bahramand bo'laylik. BAXT – bu «yugurib» hayot kechirish emas, balki yaqinlarimizga vaqt ajratish, ayni lahzalardan ununmli foydalanishdir.

Hayotimizda roʻy bergan ogʻriqli voqealarni har gal eslar ekanmiz, ularni yana yashab oʻtgan kabi tushkunlikka tushamiz, vujudimiz kimyosi oʻzgaradi. Bu holat bizdan sogʻligʻimizni tortib oladi. Demak, ayni damlarda yashaylik, oʻtmish gʻamlari yodi bilan emas. Shukr sabr, kengfeʼllik, xotirjamlik va ibrat bilan umr kechiraylik!

Yumshoq muqova, 35ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🤩9🔥4🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kitobxon kishi sayyoh kabidir. Boshqa sayyohlardan farqi shundaki, u maʼno izlab safarga chiqadi... @Taskinkitoblar da navbatdagi o‘tkir ⚡️ma'noli 🔥 kitob yaqin kunlarda hukmingizga havola etilajak. Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ O‘rtachadan yuqori!
Shifokorlar Bosniya prezidenti Ali Izzatbegovich toʻshagi qatidan, vafotidan oldin oʻz qoʻli bilan yozgan maktubni topib olishdi.

Qogʻozga boʻshnoq tilida quyidagi mazmunli bayt yozilgandi:

"Oʻzingga nasihat.. Agar boshing osmonlarga yetgan boʻlsada, baribir nihoyang oʻlimdir.

Agar sharqu gʻarbni kezgan boʻlsangda, ibtidoying sokinlikdir. Hayotingda koʻp mehmonlarga peshvoz chiqqan boʻlsangda, sen xohlamaganing bir mehmon ham  qoʻnogʻing boʻlur.

Oʻlimdan keyingi hayotingni boshlashingchun, hamma narsa tugaydi. Bu olam ham oʻladi..
Shuning uchun toʻgʻri yoʻlda yur!!

Ali Izzatbegovich ning "Sharaf" kitobidan.

Yumshoq muqova, 272 sahifa, 42ming so‘m.
Yetkazib berish TEKIN🔥
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍5🥰51👏1🎉1🤩1
"Zoe bolishimiz tabiiy. Biz oyoq kiyim tanlashda ko'p vaqtimizni safrlab qo'ydik. Ammo yuradigan yo'lni tanlashni unutdik!"

Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

Adam Uzkusaning "Jannatga taklifnoma" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍8😢21🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi… Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan… Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini…
Insonni koʻrganlaringdan iborat deb bilma. Haqiqatning surati ichidadir, tashi shunchaki — manzara...

Roʻza — koʻngil koʻzini ochish uchun, jismni koʻr qiladi.

Qachonki jarohatimizdan shikoyat qilsak, undan battarogʻi bilan imtihon qilindik. Shuning uchun ham “Tavakkul yaxshidir” deydigan boʻldik...

​Foniy boʻlgan ishq yoʻqdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir sanʻatkorning sanʻatini koʻrur, kimdir sanʻatkorning oʻzini...

"…Masalan, bir odamning ko'ngli farahlasa (quvonsa), demak, u kimnidir sevintirgan va undagi quvonch ana shu ishning mukofotidir. Xuddi shunday, insonning xafagarchiligi — uning boshqa birovning ko'nglini og'ritganiga munosib javob…"

Yumshoq muqova, 374 sahifa, 55ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍6👏4
📜“Ehtiyotkorlik nima?” deb soʻralganida, arablardan biri aytdi: “Modomiki, bir narsaning rioyasini qilgan ekansan, shu holatni saqlash va kifoya qiladigan darajadagi narsadan ham uzoqroq turish”. “Ojizlik nima?” deb soʻralganida, aytdi: “Ojizlik – imkondan oldin va zamon bilan oʻzaro kelishuvdan ilgari shoshilish”. “Majd nima?”– deyilsa: “Ulugʻ ishlarni bino qilish, qarz-u majburiyatlarni koʻtarish, muhim holatlardan xabardorlik va nafsni harom qilingan ishlardan toʻsish” – dedi. “Sharaf nima?” deb soʻralsa, dedi: “Qoʻshnilarga saxovat, qadr-qimmatni pok saqlash, xoh boy, xoh kambagʻal holatda soʻralgan narsani bera olish”. “Muruvvat nima?” deyilsa, aytdi: “Yuksak himmat va oʻzni yomon otliq boʻlishdan saqlash”. “Hilm nima?” deb soʻralsa, dedi: “Nafrat oʻtini oʻchirish, gʻazablangan paytda nafsni tiyish va jazolashga qodir boʻlaturib, kechirib yuborish”.

Qattiq muqova, 333 sahifa, 75ming so’m.
Buyurtma uchun
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥6🥰4👏3👍2🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Amerika - bu xato!" Z. Freyd Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Agar menga zolim hokimlar bilan qullarning yoʻq boʻlishi oʻrtasida ixtiyor berilganda, men oʻylab oʻtirmay qullarning yoʻq boʻlishini tanlagan boʻlardim. Chunki zolimlarni qullar paydo qiladilar.

"Fitrat" Malkolm X
😢12👍84
Rizq inson manfaatiga xizmat qilish uchun yaratilgan ne’matlar ichida shu qadar muhimki, u bilan bog’liq masalalarni har qancha chuqur o’rganib, ularga amal qilib borilsa u insonga faqat foyda beradi.

“Rizq kalitlari” zarur tushuncha va ma’lumotlarni o’zida jamlagan muxtasar asar bo’lib, o’quvchilarimizning “rizq” haqidagi tushuncha va bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Qattiq muqova, 310 sahifa, 45ming

📮Buyurtma berish:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
👍7🔥6🥰2
-Bu kimlar uchun?
-Soatlarini o‘ylab, yillarini isrof qilayotganlar uchun...
🔥15👍91👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
📹 Malkolm X kim? Nega u o'ziga "X" deb taxallus oldi? Islom ummatining YUZ BUYUK SHAXSI dan biri Malkolm X hayoti haqidagi videolavha🔥 Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Islomiy mezonlarda ba’zi gunohlarga kafforat (evaz)ga bo‘lishi uchun qul ozod qilinsin degan hukm bor. Hadislarda ham qul ozod qilgan insonning katta ajru hasanotga ega bo‘lishi aytilgan. To‘g‘ri hozir quldorlik tugatilgan. Qul ozod qilish imkonsizdek go‘yo... Biroq hozir shunday qullar borki, ular ozod bo‘lish haqida o‘ylash tugul o‘zining qul ekaninida anglamaydi. Bular mafkura qullari... Ibtidoiy qullikdan ko‘ra anchayin xavfli bo‘lgan mafkura qulligining sababi quldorlar emas, qulligini anglamaydigan qullardir.

Quldorlik zamoni hech tugamaydi. Tafakkur, tasavvur va e’tiqoddagi qullikning ketishi qiyin. U juda bo‘lmasa kiyinish va ko‘rinish ostiga yashirinadi.

Xavfli deganimni boisi, ibtidoiy qullar o‘zining qul ekanini anglar va har on ozodlikka talpinib yashardilar. Mafkura qullari esa ozodlik haqida o‘ylash tugul o‘zining qul ekanini ham tan olmaydi...

Qadimda qul ozod qilish uchun bir necha ming oltin tanga bilan amalga oshirilgan. Biroq, hozir bir necha yuz ming dollar bilan ham qul ozod qilib bo‘lmaydi, bu miqdordagi pulni biror qulga bersangiz o‘z ozodligi uchun sarflamaydi, jismini-yu ruhini mega kompaniyalarning "oltinga teng" brendlariga pullaydi, “shaxsiyatini” jarlikning tubiga yanada ko‘proq botiradi.

Qadimda bir qulni ozod qilish uchun ketadigan mablag‘ni ishlab topish qanchalik qiyin bo‘lganini har kim tasavvur qilib ko‘rishi mumkin. Hozirgi zamon qullarini ozod qilish ham qadimdagidan-da mushkulroq, boisi yuqorida aytilganidek qulligini tan olmaydigan qulni erk, hurriyat tomon yetaklash "jinoyatdek" go‘yo...

Nima demoqchiman? Aytmoqchimanki qul ozod qilishlikning ajru hasanotini ayni zamonda ham topsa bo‘ladi, biroq uning mashaqqati avvalgidanda og‘ir...

©️ Iymonali

"Fitrat" va "Sharaf" kitoblarini kimlar va nega o'qishi zarur? degan savolga javoban yozildi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍19🔥2🎉2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Behuda umr Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi. Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi. Jubron Xalil Jubronning “Kesik qanotlar” kitobidan. Mahbublarga ulashing…
Fransuz faylasufi Montesk’ening “Qonunlar ruhi haqida” asarida insonlar oʻrnatgan qonunlarnigina emas, siz-u bizga boʻysunmas qonunlar, oʻsha qonuniyatning ruhi, oʻlchovlari haqida ham fikr yuritiladi. Bizning doiramizdan tashqaridagi qonunlar haqida gapirar ekan, shunday deydi:

“Dunyoda biz koʻrayotgan barcha hodisalar taqdirning koʻr-koʻronalik mahsulidir, deguvchilar(ateistlar) buyuk safsatani ta’kidlaydilar, chunki aqlli mavjudodlarni yaratgan soʻqir taqdirdan koʻra be’maniroq nima boʻlishi mumkin?“

Montesk’e boshqaruv shaklining tabiatidan kelib chiqadigan qonunlarni tasniflaydi, turli boshqaruv shaklidagi(demokratiya, monarxiya, despotik) hukumatlarning farqli qonunlariga chizgilar beradi.

Shuningdek, u hashamatga, hashamatning qonunlarga, qonunlarning hashamatga ta’siri haqida ham alohida boblar ajratadi. Doimo dolzarb boʻlib kelgan jamiyatda ayollarning oʻrni masalasiga ham bir-necha bob ajratadi.

Umuman olganda, “Qonunlar ruhi haqida” asarini oʻqirkansiz, nafaqat oʻzimizdagi balki boshqa hukumatlarning ham kamchiliklarini teranroq anglaysiz. Qonunlarning mohiyatini, jamiyat yoki hukumat ruhiyatiga ta’sirini koʻrib chiqqach savollaringiz oldingidan ham koʻpayadi. Yechim va bizdan avvalgilardan olingan xulosalar bor ekan, nega bu narsaga toʻgʻrilanmaydi deysiz beixtiyor.

Boshqaruvni doimiy qoʻrquvda tutib boʻlmasligi, bu jarayon ham haddan ortib ketsa yoki uzoq muddat davom etsa xalqning hukumatga qarshi birlashuviga olib kelishini eslatadi. Bunga esa quyidagicha izoh beradi:

“Men qoʻrquv odamlarni bir-biridan qochishga majbur qiladi dedim; lekin qoʻrquvlari bir-biriga oʻxshash ekanligini koʻrishlari bilanoq insonlarda oʻzaro yaqinlashish istagi paydo boʻladi”.

Shuningdek, kitobda boshqaruv shakllarining tanazzuli sabablari, qonunlarning hujumkor kuchga nisbatan munosabati, qonunlarning mudofaalanishiga ham toʻxtalib, ularning ruhiyati bilan birgalikda chuqur tahlil qilinadi.

Qattiq muqova, 65ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🔥5👏41😢1
-Bu kitob kim uchun?
-Tafakkur qulligidan nafratlanadigan har kim uchun!
O'zi va farzandining kelajagi uchun befarq bo'lolmaydiganlar uchun!
🔥16👍32🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qancha sekin bo‘lsang bo‘l, hali boshlamagandan oldindasan...

Dono odam masxaraboz rolini o‘ynashi mumkin, lekin masxaraboz dono rolini o‘ynolmaydi!

Miyyangga sochingga berganing kabi e'tibor berganingda, hozirgidan ming marta yaxshiroq bo‘larding!

42.000 soʻm, viloyat markazlarigacha yetkazib berish bepul👀
Toshkent shahar boʻylab yetkazib berish 16ming soʻm.
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍4👏4😢2