Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Айтиб қўяй, мақолада номи келган азиз ва ҳурматли шуарога нисбатан оғзи кўпириб Худонинг ҳимоясига ўтадиган эшшакмиясига от тепган мутаассиблар блок зондонига улоқтирилади.

СЎЗдан даҳшатлироқ қудратга эга бўлган хилқат йўқ оламда!
СЎЗ тоғдан ҳам оғир нарса, кўтара олмайдиган СЎЗни бўйнига олишдан тоғлар ҳам қўрқади, деган ҳақиқатни унутманг, азизлар!

Ҳурмат билан Алиф Маҳмуд
31. 01. 24

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢11👍42🔥2
Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar.
Chunki, bu shum maslak rivojlanishiga ikki narsa: kambag‘allik, ongsizlik bo‘lishi albatta shartdir. Bular esa Rusiya tuprog‘ida, ayniqsa, Sharqiy Turkiston, Xitoyda to‘liq topilganlikdan dahriylar bundan foydalanib, shu sassiq maslaklarini bu o‘rinlarda joylashtira oldilar. Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha tushirilmas og‘ir yuk bo‘lib ortilib qoldi.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢5🔥41👍1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Minglab eshitgandan birlab ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi kerak edi. Endi shunisi qiziq, eng hayron qolarlik ishdurki, uyg‘urlar qon-qarindoshlari o‘zbeklar boshlariga kelgan shundayin ulug‘ ofat-balolarni ko‘ra-bila turib, ongsizlik, ilmsizlik kasofati…
Kitobsevarlar diqqatiga, bugundan boshlab bir hafta davomida, ikkitadan ziyoda kitob xarid qilsangiz, viloyatingizdagi pochta ofislarigacha yetkazib berish tekin!

Batafsil @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👏113👍2🥰2🤩2🎉1
Meniki boʻlgan yagona narsa gunohlarimdir…

Hurriyat tomon bosilgan ilk qadam avvalo ozod emasligingni tushunib yetishingdir! Uygʻonmaguningcha uxlayotganingni bilolmaysan, axir hamma ham tushini tush ekanligi uygʻongach anglaydi!

Malkolm X “Fitrat”

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥17😢5👍3👏21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Капалак умрига ўхшайди муҳаббат. Тушунмаганга бир кунлик, тушунганга эса бир умрлик... Афсуски, ўткинчи севгининг тузоғига тушган жуда кўп ёшларнинг икки дунёси ҳам барбод бўлмоқда. Дунё бунчалар жозибали ҳолга келган бу охирзамонда илоҳий ишққа эришиб, қутилиб…
Juda ko‘p yoshlardan bularni ifodalagan maktublar olganimni eslayman. Bir birini sevib qolibdi va namozni boshlabdilar. Ishqning zavqi-shavqiga to‘liq aloqasi bo‘lmagan holida kutilmaganda ikki taraf ham dindor bo‘lib qolibdi. Lekin keyin… Ayriliq kelgach esa namoz ham nihoyasiga yetibdi. Hatto giyohvand moddalar va ichkilikning tuzoqlariga tushganlari bo‘libdi. Boshiga kelganlarining alamini Allohdan olmoqchi va shu sababli Allohga nafratda bo‘lganlarini ko‘rdim.
Tarbiyalanmagan va eʼtiborsiz qoldirilgan o‘smir! Bosqichma bosqich nimani va qachon, qanday shaklda kelishini, yuz berishini oila kattalaridan eshitmagan, tanishtirilmagan. Suv toshqinlari oqizib ketayotgan chim, o‘tlar singari o‘smirlik gormonlari hali u yoqqa, hali bu yoqqa tortib qo‘porib tashlagudek.
Hayvonlar singari istaklariga asir bo‘lgan gavjumliklar.

“Ishq imtihoni” kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim
🔥16🥰5👍4👏21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tafakkurga chorlovchi kitob! 🎓

Musibatimiz shundaki:
Turmush quramiz, sevmaymiz.
Farzand ko‘paytiramiz, tarbiya bermaymiz.
Bino quramiz, taʼlim bermaymiz.
Namoz o‘qiymiz, taqvo qilmaymiz.
Ishlaymiz, mukammal amalga oshirmaymiz.
Gapiramiz, rost so‘zlamaymiz.

Haqiqat baʼzilarning gʻashini (gʻazabini) keltirishini koʻrgan paytingda, sukut aslida hikmat ekanini anglab yetasan.

O'z qadrini saqlashning asosiy qonuni:
Agar dushmaning pastkash bo'lsa, u bilan jang qilma!

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍7👏21😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Men din dushmanlarining kuchidan qo‘rqmayman, aksincha musulmonlarning loqaydligidan qo‘rqaman. Ular bizdan olgan narsalarini kuch bilan ­ olishmagan, aksincha, bizning loqaydligimiz va beparvoligimiz tufayli olishgan. Modomiki ovozim foyda berar ekan, qamchimni…
"Qizimni ozroq loviya va guruchni bir mis patnisga solib ustiga baqlajon, bodring va bir-ikkita o‘rik tashlab chiqib ketayotganini ko‘rdim. Undan:
- Kimga eltayapsan?- deb so‘radim.
U:
- Qorovulga, buvim aytdi,dedi.
Men:
- Buyoqqa kel, bir-ikkita likopcha olib, Har bir taomni alohida likobchaga sol. Bir qadahda suv, qoshiq va sanchqi qo‘y, dedim.
U aytganimday qilib patnisni qorovulga yetkazdi. Qaytishda mening oldimga kelib so‘radi:
- Nega unday qildingiz?
Men dedim:
- Chunki taom berish mol bilan sadaqa qilishdir. Tartib esa tuyg‘u bilan sadaqa qilishdir. Birinchisi qorinni to‘ldirsa, ikkinchisi qalbni to‘ldiradi.
Birinchisidan qorovul o‘zini bizdan ortgan taomga muhtoj tilanchiday his qiladi. Ikkinchisidan esa o‘zini yaqin do‘st, aziz mehmonimiz his qiladi.
Mol berish bilan ruh berish o‘rtasida katta farq bor. Ana shu ikkinchisi Allohning nazdida ham, faqirning nazdida ham buyukroqdir.

“Ey qizim” kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰23👍1910👏2😢2🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Farzandlaringiz kelajakda o’z so’ziga ega bo’lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling”. @TaskinKitoblar nashriyotidan dilbandingiz uchun ajoyib tuhfa! 🍭Yumshoq muqova; 35 sahifa; 10 ming. Buyurtma: @TaskinKitob 🐣
“Farzandlaringiz kelajakda o’z so’ziga ega bo’lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling”.
Qayta qayta o‘qilgan kitob yomon bo‘lishi mumkinmi?! 😉

🍭Yumshoq muqova;
35 sahifa; 10 ming.

Buyurtma:
@TaskinKitob 🐣

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰14👍4😁4😢2🎉1
Navoiyni qizgʻanarsan benavolardan...

Quyida Hazrat Navoiyni qayta kashf etishingiz mumkin.

MP3 versiya

https://youtu.be/t78mnm51gZI?si=X5SaOW5CnnxwGzdD

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Meniki boʻlgan yagona narsa gunohlarimdir… Hurriyat tomon bosilgan ilk qadam avvalo ozod emasligingni tushunib yetishingdir! Uygʻonmaguningcha uxlayotganingni bilolmaysan, axir hamma ham tushini tush ekanligi uygʻongach anglaydi! Malkolm X “Fitrat” Buyurtma…
Kechikkani uchun uzr!

Islom ummatining yuz buyuk shaxsidan biri Malkolm X (Malik Shaxboz) hayoti haqidagi qaynoq risola kitobxonlar mutolaasiga tayyor!

1-parcha
2-parcha
3-parcha
4-parcha

Yumshoq muqova, 224 sahifa, 42ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉11👍4🔥3👏32🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videotaqdimot🔥

Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir!
Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib qolgan qullardir...

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Malkom X ning "Fitrat" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍6🥰6👏3😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
https://telegra.ph/Har-onining-haqqini-bergan-Zot-02-10
Surat: Eronda Malkolm X ga bag‘ishlab chop etilgan pochta 📨 markasi.)

"Fitrat" kitobidan tagiga chizib o‘qiladigan jumlalar. 🎯

Agar hozir boʻlmasa qachon? Agar men boʻlmasam kim?
Diningga koʻra yashamasang, yashash tarzing diningga aylanib qoladi...
Hech narsa uchun turmaydigan odam hamma narsa uchun
yiqiladi.

... Va aslida bu gap bilan “Afrikada hech narsam qolmadi” deyapsiz. Yoʻq, siz Afrikada fikringizni, ongingizni qoldirgansiz!
Kechagi qul to qullik zehniyatidan qutulmagunicha aslo mustaqil boʻla olmaydi. Boʻlsa, muztarqul boʻladi.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍7👏3
Adam Uzkusaning "Safar" kitobidagi tagiga chizib o'qiladigan jumlalardan ba'zilarini e'tiboringizga havola etamiz.

✍🏻 Hayot yashalgan kunlar emas esda qolgan kunlardir...
✍🏻 “Dunyoqarashi tor boʻlgan insonlarning har qanday narsani barbod qila olishlarini guvohi boʻlganimdan beri tafakkurimni
kengaytirish uchun sayohat qilaman”.
✍🏻 Barcha muhtasham hikoyalar ikki zaylda: bir insonning safarga chiqishi yoki bir shaharga begonaning tashrifi ila boshlanadi...
✍🏻 “Anʼana o‘liklarning tirik ruhi, anʼanaviylik esa tiriklarning o‘lgan ruhidir”.
✍🏻 “Hech qaysi oʻlimning ortidan Andalusiyaning ortidan yigʻlangani kabi yigʻlanmadi. Hech qaysi qabr toshi Andalusiyaning qabr toshiday hoʻl boʻlmadi”

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥5👏5👍3🥰3🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Islom ummatining yuz buyuk shaxsi” dan biri Malkolm X ning avtobiografiyasi va oʻtkir nutqlaridan iborat “Fitrat” kitobidan parchalar:

📌Senga Xudo yaratgan narsadan nafratlanishni kim
o‘rgatdi?!

📌Islomni haqorat qilishdan boshqa g‘oyasi bo‘lmaganlar fikrning emas,
Islomni haqorat qilish erkinligini
xohlamoqdalar!

📌Eng yaxshi nasihat goʻzal oʻrnak boʻlmoqdir!

📌Agar uygʻoq bo‘lmasangiz, gazetalar (bugunimizda - media, ijtimoiy tarmoq) sizni mazlumlarni yomon ko‘radigan, zolimlarni yaxshi ko‘radigan qilib qoʻyadi…

“FITRAT” Malkolm X

Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💌
👍8🔥76🥰3👏3
Forwarded from Tafakkur chizgilari
Shayx Hamza Yusuf buyuk musulmon yetakchisi Malkolm Iks haqida

U tarixni o'qirdi — buyuk tarixchi Dyurantning "Sivilizasiya bayonlari"ni oʻqidi, u ko'p jildli dunyo tarixini o'qidi, u Gerodotni o'qidi, u Arnold Toynbini o'qidi. U falsafani o'qidi.

Qamoqxonada ajoyib bir kutubxona bor edi, uning aytishicha, bu kutubxona qamoqxonaga hadya qilingan edi. Agar siz Alkatrazga tashrif buyursangiz, ularda kichik qamoqxona kutubxonasi borligi koʻrasiz, u yerda hozir kitoblar yo'q, lekin devorlarda mahbuslar falsafaga qiziqqanlari va Kant va boshqa faylasuflarni chuqur ishtiyoq bilan oʻqiganliklari yozilgan.

U Kant, Shopengauer, Nitsshelarni o'qirdi. Spinoza uni ayniqsa hayratda qoldirgan. U g'arb sivilizatsiyasini katta bir koʻlanka qoplagan, deb hisoblardi. U shuningdek, afro-amerika tarixini ham oʻqidi, u qora tanlilarning ruhi haqida ham oʻqidi.

Bu odam favqulodda notiq edi. U gʻoyat oʻqimishli aql sohibi edi. Bunga shubha yoʻq. Bu odam o'zini (oʻz nafsini) tarbiyalash yoʻlida juda qiyinchilik bilan kurash olib bordi. U yillar davomida tinim bilmay o'qidi.

U qamoqda tong sahar soat uchgacha o'qirdi, u oʻqish uchun zalning chirogʻidan foydalanardi va har 58 daqiqada, qorovul kelib ketgani bois, xonasiga qaytardi, chunki bu vaqtda ularga oʻqishga ruxsat berilmasdi, qoʻriqchi kelganda u o'zini uxlayotgandek ko'rsatardi, chiqib ketgach, joyiga qaytib borib, oʻqishini davom ettirardi.

Bu inson Malkolm Iks boʻladi. Buyuk insonlarni buyuk qiladigan narsalar — tartib-intizom, o'z-o'ziga qarshi kurashish va dangasalikni yengish, oson yo'ldan borish vasvasalarini yengib oʻtish qobiliyati. U yuksak intizomli shaxs edi — u ham axloqiy, ham aqliy va ham ruhiy intizomga ega edi.

@Tafakkur_chizgilari
🔥19👍1
Oilani yo‘qotgan kunimiz, aslida, hamma narsani qo‘ldan boy bergan bo‘lamiz. Ana shunda haqiqatdan ham dunyoda turib, jahannamda yashashni boshlaymiz!

Oila, jannat kabi yo‘ldoshni kutish bilan emas, jannat yo‘ldoshi bo‘lish orqali barpo etiladi.

Sanoqli kunlarda Muhammad Amin Yildirimdan Oila axloqi kitobi🎉

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10🥰93👏3🤩3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Juda ko‘p yoshlardan bularni ifodalagan maktublar olganimni eslayman. Bir birini sevib qolibdi va namozni boshlabdilar. Ishqning zavqi-shavqiga to‘liq aloqasi bo‘lmagan holida kutilmaganda ikki taraf ham dindor bo‘lib qolibdi. Lekin keyin… Ayriliq kelgach…
Sevgi tomon bormoqchi bo‘lsangiz, AQLINGIZNI o‘zingiz bilan olib boring. Agar aql sari bormoqchi bo‘lsangiz, MUHABBATNI unutib qoldirmang. Chunki AQLSIZ muhabbat xavfli, MUHABBATSIZ aql esa dahshatlidir.

"Ishq imtihoni"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13👍83🤩3🥰2👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Videotaqdimot🔥 Qullikdan-da yomoni qullik zehniyatiga oʻrganib qolishlikdir! Hozir qullik bekor qilingan-ku dersiz! Ha! Jismoniy qullik bekor qilingan ammo maʼnaviy qullik qiyomatgacha davom etadi! Bunga asosiy sabab quldorlar emas, qul boʻlishga oʻrganib…
Malkolm X hayotidan ibratlar

Qamoqdagi hayotining soʻnggi ikki yilida Malkolm non va pishloq isteʼmoli bilan kifoyalangan. Sabab shuki, qamoqxona xodimlari unga choʻchqa goʻshti tegmagan taomlarni berishni rad etishgandi.
U shunchalik kambagʻal ediki, Makka ziyorati (Haj) uchun hatto yangi oyoq kiyim sotib olishga qurbi yetmadi. O‘gay singlisi Ella Kollinz unga Makkaga ziyorati uchun pul bergan.
U Bettiga (rafiqasi) sevgi maktublari yozar hamda u va bolalari uchun sovgʻalar berib, ularning koʻnglini xushnud etardi.
Chet elda boʻlgan vaqtlari, u zavjasi namozni qoldirmasligiga ishonch hosil qilish uchun unga telefon orqali buni eslatib turardi.
Aytishlaricha, u kuniga oʻrtacha 18-20 soat ishlardi va kechasi oʻrtacha 2 soat uxlardi (bundan uning rafiqasi Betti shikoyat qilgan).
1964-yil dekabr oyida Oksford universiteti va Londondagi masjid talabalari Malkolm Iksning oyoq kiyimida teshik borligini payqashgan.
U vafot etganida bisotida bor yoʻgʻi 150$ boʻlgan.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍7🥰3😢21👏1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Qizimni ozroq loviya va guruchni bir mis patnisga solib ustiga baqlajon, bodring va bir-ikkita o‘rik tashlab chiqib ketayotganini ko‘rdim. Undan: - Kimga eltayapsan?- deb so‘radim. U: - Qorovulga, buvim aytdi,dedi. Men: - Buyoqqa kel, bir-ikkita likopcha…
Аёл бир китобни ўқийдиган бўлса, уни эри ва болалари ҳам у китобни ўқигандай бўлади.

Изоҳ: “Отамизнинг аёллар илмига бўлган рағбатини уларга берадиган таърифларидан сезар эдик. Бирор аёл учун мақтов келтирмоқчи бўлсалар, мақтов ўлчовлари «У ўқиган, илмли аёл», дердилар. Агар қайсидир аёл кишидан норозиликларини ифодаламоқчи бўлсалар «Ҳа, ўқимаган-да», дердилар. Уларнинг наздидаги ўлчов – ўқиш эди”,

Одинахон Муҳаммад Содиқ.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
14👍10🔥2🥰2👏1😁1😢1