Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Uning boshi donishmand boshlardan emas, ammo, barcha mamlakat siyosatdonlari kabi nonning qaysi tomoniga saryog‘ surkalganini bilish payida yuradi...

Islomni haqorat qilishdan boshqa g‘oyasi bo‘lmaganlar fikrning emas, Islomni haqorat qilish erkinligini xohlamoqdalar!

Barcha musulmonlarga oʻrnak boʻla olgan inson haqidagi avtobiografik asar Malkolm X “Fitrat”

@TaskinKitoblar _ Fitratidan chiqqan har kimsa gʻaribdir…
🔥96👍5😢2🎉2🤩1
Shuncha gunohdan keyin kulishga xaqqing bormi Ey nafs?!

- Nafs olovini qanday so‘ndirsa bo‘ladi?
- Ehtiyojsizlik bilan, bolam. Hech narsaga bog‘lanma, ehtiyojing tushmasin, bolam. Kim qo‘l siltasa, boy bo‘ladi.

Tana qartaydi, ruh charchadi, lekin nafs hanuz navqiron.

Tarbiya - nafs va uning tasarruflarini aqlga bo‘ysundirishdir.
Masalan, aroq ichish, sigaret chekish, besoqolbozlik, g‘iybat va chaqimchilik kabi zohiriy hamda riyo, adovat, kibr va hasad kabi botiniy illatlarni aql zararli hisoblaydi. Kishi bu ishlarda aql chaqirig‘iga quloq solib, uning aytganiga kirsa, tarbiyali hisoblanadi. Aksi o‘laroq nafsining ko‘yiga tushib, aqlni inkor etsa va shu illatlar bilan yashasa tarbiyasiz bo‘ladi.

“Ma’rifatun nafs”

Qattiq muqova, 380 sahifa, 55ming

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14😢6🔥3👏21🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qasamki, umring tugʻilgan kuningdan emas, balki Alloh taoloni tanigan kuningdan boshlanadi. •Sen haqiqiy sifatlaringni koʻrsat, U senga Oʻz sifatlari bilan madad beradi. •Sen xorligingni koʻrsat, U azizligi bilan madad beradi. •Sen faqirligingni koʻrsat…
Yetishishga umiding uzgan narsaga nisbatan ozodsan. Umidvor boʻlganingning qulisan.

Izoh: Bu - dunyodan umidvor boʻlish va noumidlik haqida aytilgan gapdir. Siz bir narsani qoʻlga kiritishga umidvor boʻlib, tamaʼ qilsangiz uning quli boʻlib qolasiz.

Ega boʻlish uchun oʻzingizni oʻtu choʻqqa urib, uning koʻyida ado boʻlasiz.
Ammo hech narsaga tamaʼingiz boʻlmasa, Allohning taqsimotiga rozi boʻlsangiz, erkin odamdek xotirjam yashaysiz.

Sen haqiqiy sifatlaringni koʻrsat, U senga Oʻz sifatlari bilan madad beradi.
Sen xorligingni koʻrsat, U azizligi bilan madad beradi.
Sen faqirligingni koʻrsat, U boyligi bilan madad beradi.
Sen zaifligingni koʻrsat, U quvvati bilan madad beradi.

Ibn Atoulloh Sakandariy dan yangi tuhfa🔥
Yumshoq muqova, 105 sahifa, 20ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥127👍5🥰2🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qadimgi yunonlar saylovlarda qullarning ishtirok etishini qatʼiyan taqiqlab qoʻyishgandi, boisi Qullar baribir oʻz xoʻjayinlarini saylashardi. Boshqa birovga qul boʻlsam ahvolim bundan-da yomon boʻlishi mumkin deb oʻylaydi va harchand zolim boʻlmasin baribir…
O‘lganda gunohi o‘zi bilan o‘lgan kishiga jannat bo‘lsin!

Bu o‘rinda o‘lganidan keyin hayotda qilgan gunohlarining asari va izi o‘chgan kishi nazarda tutilmoqda. Ayrim gunohlar borki, egasi o‘lganidan keyin ham uning taʼsiri boshqalarda aks etib turadi, o‘zgalar tomonidan davom ettiriladi. Bunga oldin bo‘lmagan gunoh ishlarni joriy qilgan, keyingi avlodning ongini zaxarlaydigan botil fikr va noto‘g‘ri tushunchalarni yoygan, gunohni oshkor qilib, boshqalarni unga targ‘ib etgan kishilarning qilmishlari misol bo‘ladi.

Birortamiz gunohdan xoli emasmiz. Ularga tavba qilamiz va o‘lishimiz bilan ularni biz bilan o‘ldirishini Allohdan so‘raymiz!

Imom Gʻazzoliy dan “Oltin oʻgitlar va ibratli hikoyalar”

Qattiq muqova, 309 sahifa, 55ming

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13👍6👏5😢3🥰1
O‘QISH
Qamoqdalik paytimda o‘qishga qattiq berildim. Mening qachon ko‘rishsa qo‘limda kitob bilan ko‘rishar edi. Yer yuzidagi biror-bir kuch mendan kitobni tortib ololmas edi.
Kitob o‘qish menga ajib eshiklarni ochdi. O‘qishni boshlab, kitob ichidagi maʼnolarni anglab borar ekanman, yangi olamni kashf qila boshladim. Go‘yo kitoblarni hazm qilib borar edim...
Qamoqxona kutubxonasidan u yerning qonunlari ruxsat berganidan ortiq kitoblarni ola boshladim. Bir kunda o‘n besh soatlab kitob o‘qishga qodir edim.
Kitob o‘qish mening hayotimni tubdan o‘zgartirib tashladi. Kitob o‘qishdan maqsadim tashkilotimning faoliyatini yaxshilash yoki uni tubdan o‘zgartirish uchun qandaydir guvohnoma olish emas edi. Men faqat fikran tirilishni istar edim xolos!

Malkolm X

Islom ummatining yuz buyuk shaxsidan biri Malkolm X ning hayoti haqidagi “Fitrat” kitobi tez kunda kitobxonlar hukmiga havola etilajak…

Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥21👍9🥰21
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baribir bizga qolmaydigan dunyo uchun biz bilan qoladigan gunohlar qilmoqdamiz… Malkolm X “Fitrat” @TaskinKitoblar _ Fitratidan chiqqan har kimsa gʻaribdir…
G‘avvoslikning muhim bir qoidasi bor, unga ko‘ra chuqur suv tubiga sho‘ng‘igan inson suv yuzasiga ko‘tarilayotganda qatʼiy tartib va qoidalarga amal qilishi kerak, agar amal qilmasa vafot etishi mumkin. Bu "dekompressiya” deyiladi. Ayni jarayon siyosatda ham kuzatiladi: maʼlum bir totalitar rejim tubidan adolatlik hayotga ko‘tarilayotgan jamiyat ham siyosiy dekompressiya (destalinizatsiya, dekolonizatsiya va h.k.) talablariga rioya qilishi kerak. Agar rioya qilinmasa eski rejim asoratlaridan aslo qutilib bo‘lmaydi, balki u yana qaytalaydi Abulfayz Elchibey aytganidek: " Qulsifatlar ozod qilinsa, yo qullik davrini qo‘msaydi yoki bozordan o‘ziga quldor sotib oladi ".
  Taraqqiyot uchun, avvalo, insonning oʻzi taraqqiy etishi kerak, inson esa taraqqiyotni barpo qiladi, bu eng toʻgʻri yoʻldir.

©Vatslav Gavel (1993-2003-yillarda Chexiya Respublikasining prezidenti)ning " Kuchsizlar kuchi " asaridan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍74
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor?

Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi…

Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan…

Har onining haqqini ado etgan inson haqidagi kitob
“Fitrat”

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍2👏21😢1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Uning boshi donishmand boshlardan emas, ammo, barcha mamlakat siyosatdonlari kabi nonning qaysi tomoniga saryog‘ surkalganini bilish payida yuradi... Islomni haqorat qilishdan boshqa g‘oyasi bo‘lmaganlar fikrning emas, Islomni haqorat qilish erkinligini xohlamoqdalar!…
Nizomulmulk oʻz kitobi vositasida quruq pand nasihatni maqsad qilib qoʻymaydi. U oʻzining va turli davlatlar hukmdorlaring tajribasidan bizga maroqli hikoya qiladi. Buyuk istiqbolli mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish ishtiyoqida boʻlgan har bir ziyoli vatandoshimiz mazkur kitobda bayon etilgan ajdodlar tajribasidan oʻz faoliyatlari uchun zarur saboq va maʼnaviy quvvat olishlari aniq.

Siyosatnoma

Qattiq muqova, 44ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🔥7👏21🥰1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qur'on o'qimasdan avval miyam savollar bilan to'la edi, hech bir kitobdan bu savollarga javob topa olmagamdim. Qur'on ham savollarimga javob, ham qalbimga halovat berar edi. Musulmon bir oilada tug'ilganlar Islomni yaxshi biladi, ammo Islomda yashamaydi.…
Kunlardan birida Savbon roziyallohu anhuning rangi oqarib, titragan holda kirib keldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Nima bo‘ldi, betobmisan?” dedilar.
U: “Yo‘q, bemor emasman. Sog‘ligim ham joyida. Sizni uzoq muddat ko‘rmasam, shu ahvolga tushaman. Agar jannatga kirsam, sizning maqomingiz balandligidan siz bilan ko‘risha olmayman deb havotirlanaman. Alloh saqlasin, agar jahannamga tushsam ham yana sizni ko‘ra olmayman deb qo‘rqaman. Shularni eslab rangim oqarib, tanam titraydi”, dedi.
Shunda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: “Kim Allohga va rasulga itoat qilsa, ana o‘shalar Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar, Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi!” (Niso surasi, 69-oyat)

“Rasulullohga muhabbat” kitobidan

“Rasulalloh (sollallohu alayhi vasallam)ga muhabbat” kitobi qayta yangi ko’rinishda nashr qilindi!

Yumshoq muqova, 176 sahifa, 25ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🔥5🥰3😢32🎉1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Mavjud baxtingizga qanoat qiling. Baxtsizlik baxtning ziyodasiga qiziqqaningizdan boshlanadi”... Meni tushunmog‘ing sevmog‘ingdan yaxshiroq! Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Nega sevgi-muhabbat davomli boʻlmaydi?
Chunki u doimo aybli odatlar va “harom ekanlik” qonunlari ortida yashirinishga majbur. Buning aksi boʻlmish nafrat esa, hammaning koʻz oʻngida jamiyat bilan oʻynashadi.

Hayoting boʻyi doim yugurasan, yetishganing esa faqatgina nasibangdir...

Bugungi yoshlarning eng muhim muammolaridan biri: seriallardagi yoki ishqiy romanlardagi yolgʻon ssenariylarni hayotning haqiqatlari deb oʻylashlari, kattalardan yetarlicha tajriba hikoyalari va haqiqatlari, xotiralarini eshita olmasliklari sababli yuzaga kelayotgan tajribasizlikdir. Shuning uchun ular mehr muhabbat bilan gapirgandek koʻringan har qanday insonga aldanadilar. Ushbu kitob Ishq imtihonida aldanib qolmaslikka, taqdiri bo‘lmagan bilan o‘ralashib amal daftariga dog‘ tushirib qo‘yishdan qo‘rqadiganlar uchun bir yo‘lchiroq bo‘lishiga umid qilamiz...

''Ishq imtihoni yoxud ko‘rganingga ishonma''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥63🥰1👏1🎉1🤩1
MADAMINBEK

Xoinlardan bezib ketgan yuragim,
Fargʻonani tutib turgan tirgagim,
Oʻzingizsiz Turkistonga keragim,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Ot choptiring, otlar uchib oʻynasin,
Ochofatlar dunyosiga toʻymasin,
Qoʻrboshilar qurolini qoʻymasin,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Mardni izlab tolganmikan koʻzingiz,
Sizni eslar mahzun, oʻgʻil-qizingiz,
Margʻilonda qolganmidi izingiz,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Sado bergin, ey togʻlar sen sado ber,
Bizdek mute avlodlarni gado der,
Ozodligu, nomus uchun fido er-
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Shermuhammad, Ergashbek deb boʻzlarman,
Bu zaminda chin doʻst bormi, izlarman?
Bilmam qaysi manzillarni koʻzlarman,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Siz ketdingiz paranjilar yoqildi,
Koʻkraklarga qizil bayroq taqildi,
Munofiqlar iymonini "oq" qildi,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Kofirlarni qiysiratib oʻtdingiz,
Iymon, Islom bayrogʻini tutdingiz,
Siz gʻolibsiz, siz shahidsiz, yutdingiz,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Yoʻllar uzun, yoʻllar sira bitmasmi?
Oʻris kofir boshimizdan ketmasmi?
Ona xalqim orzusiga yetmasmi?
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Siz yoʻq, masjid, madrasalar yopildi,
Chin erkakning aziz boshi chopildi,
Qancha kaslar gʻanimlarga sotildi,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

Duo qiling, Xudo bizni qoʻllasin,
Rahmi kelib, haq yoʻliga yoʻllasin,
Lablaringiz Kavsar bilan hoʻllasin,
Madaminbek sizni koʻrgim kelodir!

© Ahror Aʼzam

@TaskinKitoblar
😢15🔥6👍3🎉2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi… Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan… Har onining haqqini ado etgan inson haqidagi kitob “Fitrat”…
Muxolifat bu haqiqatda yashashga bo'lgan har bir urinishdir!

Bajarilgani aytilganidan muhimroqdir!

Muxolifi yo‘q siyosat kuchsizdir.

Hokimiyat o’z yolg’onlari asiri bo’lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O’tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi. Munofiqlikni munofiqlik ortiga yashiradi. Shuning uchun ham tizimdagi hayot ikkiyuzlamachilik va yolg’on bilan qorishib ketgan bo’lib, unda byurokratik hokimiyat - xalq hokimiyati deyiladi. Insonni total tahqirlash - inson erkinligi deb qaraladi. Axborot izolyatsiyasi uning ochiqligi deb ataladi. Jamoat nazorati tashkilotlarining o’zboshimchaligi qonun ustuvorligi sifatida, madaniyatni yo’q qilish - uning rivojlanishi sifatida, so’z erkinligi cheklanishi - erkinlikning yuksak ko’rinishi sifatida, saylov soxtakorligi demokratiyaning oliy shakli sifatida, tafakkur qulligi - ilg’or dunyoqarash sifatida taqdim etiladi.

"Kuchsizlar kuchi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍3👏2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jannatga taklifnoma _ E'tirof

Musulmonlar islomga qaytishi kerak!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13🔥4😢3🥰2👏2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qur'on o'qimasdan avval miyam savollar bilan to'la edi, hech bir kitobdan bu savollarga javob topa olmagamdim. Qur'on ham savollarimga javob, ham qalbimga halovat berar edi. Musulmon bir oilada tug'ilganlar Islomni yaxshi biladi, ammo Islomda yashamaydi.…
Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍171👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Shunchaki yashash bilan o’limni nima farqi bor? Davlat amaldorlari vaqtini bekor o’tazsa bu davlatda qahramonlar paydo bo’ladi… Hozir hamma sovuq qurol bilan qurollangan. Toshqotgan fikrlar bilan… Har onining haqqini ado etgan inson haqidagi kitob “Fitrat”…
Kitobxon bolalarga 8 tavsiya

1. Kuniga bir soatni kitob o‘qish uchun ajrating. Bunda davomiylik muhim ahamiyatga ega. O‘zingizga har kuni kamida bir soat kitob o‘qishni vazifa qilib oling. Shu tarzda kitob o‘qish tezligingiz muntazam oshib boradi. Sekin-asta kunlik kitob o‘qish soatini ham oshirib borish mumkin.

2. O‘zingizga yoqadigan qulay joyda mutolaa qiling. Yotib o‘qimaslikka harakat qiling — ko‘zingiz charchaydi. Kitobni ko‘zingizdan 30-40 sm uzoqlikda, 45° burchak ostida o‘qing. Yorug‘lik chap tarafdan tushgani maʼqul, muhimi yetarli darajada bo‘lsin. Kitob tanlashda matnning hajmi, shrifti sizga qulay ekaniga eʼtibor qarating.

3. Mutolaaga eng qulay vaqtni tanlay biling. Uxlashdan avval kitob o‘qish tavsiya qilinmaydi — kun davomida turli axborotlarni qayta ishlagan miyangiz kechqurun biroz toliqishi va maʼlumotni yaxshi qabul qilmasligi mumkin. Erta tongdagi mutolaa esa juda foydali — yaxshi dam olgan miyangiz axborotlarni oson qayta ishlaydi va uzoq vaqt eslab qoladi.

4. Kitobdan olgan eng yaxshi fikr va faktlarni qayd etib boring. Baʼzilar bunda kitobning o‘ziga chizish yoki bo‘yashdan foydalanadi. Unday qilmang — sizdan keyin ham birov o‘qishi mumkin. Alohida daftar tutib, unga yozib borsangiz foydaliroq. Mutolaadan so‘ng kitobdan olgan xulosalaringizni ham qayd eting.

5. Qo‘lingizga tushgan har qanday kitobni ham o‘qiyvermang. Kitobni tanlay bilishni o‘rganing. Avvalo ota-onangiz, ustozlaringizdan kitob tavsiyalarini oling. Yoshingizga mos, sizga qaysi biri foydali ekanini ular yaxshiroq bilishadi. Tavsiyalar asosida o‘qishingiz kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib oling. Reja asosida mutolaa qiling.

6. “To‘g‘ri o‘qish” bu tez o‘qib tugatish degani emas. Muhimi — tushunib o‘qish. Kitob o‘qish salmog‘i uning betlari soni bilan emas, qanchalik tushunganingiz bilan o‘lchanadi. Kitobdagi tushunarsiz so‘z va jumlalar maʼnolarini bilish uchun lug‘at va ensiklopediyalar titkilashdan erinmang yoki yaqinlaringizdan so‘rang.

7. Hadeb bir xil mavzu va janrdagi kitoblarni o‘qiyvermang. Bir marta sarguzasht qissa o‘qisangiz, keyingi safar tarixiy asar o‘qing. Ilmiy adabiyotlar, axloqiy kitoblar, psixologik qo‘llanmalar ham foydali. Imkon boricha turli mavzulardagi kitoblarni mutolaa qiling — dunyoqarashingiz kengayadi.

8. Kitob yoqmasa — o‘qimang. Avvalo kitobning mundarijasi bilan tanishing. Agar kitob ilmiy-ommabop bo‘lsa, oldin o‘zingizga yoqqan mavzularni o‘qing. Kitob yoqmadimi, miyangiz qabul qilmayaptimi, charchadingizmi — davom ettirmang. Tanaffus qiling. Istasangiz ovoz chiqarib o‘qing. Yoqtirmagan kitobingizni o‘zingizni majburlab tamomlashingiz kerak emas. Muhimi — o‘zingizga foydali va tushunarli kitobdan zavq olish.

Davronbek Tojialiyev, Ziyouz.com kutubxonasi asoschisi

2021-yili chop etilgan 3-sinflar uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13👏4🔥2🥰2🎉2😢1
Moziyga qilingan safarlar har doim insonga kelajak yo’llarini yoritib beradi. O’tmish va kelajak o’rtasidagi aloqalar o’rganilar ekan, ahamiyat berish kerak bo’lgan eng tahlikali tuzoq - o’tmishni yo maqtanish niyatida yoki dushmanlik qilish uchun qurol vazifasini o’tab qolgani tushuniladi. Hayotning faolligini, rivojlanishini anglay olmagan xalq va madaniyatlarning esa tarixda izi qolmaydi. Xuddi bir paytlar musulmonlar dunyoning ongi bo’lib, bugun esa ongga xizmat qilgan narsa qatori bo’lib qolganiday…

Yumshoq muqova;
227 sahifa; 30 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
👍4👏4🥰3🔥1😢1🎉1🤩1