Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Baʼzilar seni oʻzlari uchun sevadilar. Men esa seni sen uchun sevaman. Ayol qanchalik kuchli boʻlmasin, baribir oʻzidan kuchliroq erkakni kutib yashaydi. Balandroq mav­qega erishish uchun emas, oʻziga zaifalik baxtini berishlari uchun. Bir-birovingizni…
“Turkiylarning ayblari shuki, o‘z tarixlarini bilishmaydi, ular o‘z shaharlari haqida juda ham kam ma’lumotga egalar...”

“Sizlar dushmanni ayblamang, balki xotirjam bo‘lganingiz uchun o‘zingizni koying va taslim bo‘lganingiz sabab o‘zingizdan nafratlaning”.

📖 “Turkiston kechalari”

— Najib Kiyloniy

Yumshoq muqova, 192 sahifa,
30 ming.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🔥3😁3😢3🎉3🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O’n-yigirma yilda eskiradigan kitob yozgan odam ilgari ham, hozir ham yozuvchi bo’lmagan, maddoh bo’lgan. "Madfun Turkiston" asaridan Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Inson resurslarini boshqarish kitobining yangi ikkinchi nashri inson resurslarini boshqarishning ganday amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan. Siz qanday lavozim yoki martabaga intilishingizdan qat'i nazar, inson resurslarini boshqarish amaliyotini tushunishingiz, faoliyat yuritayotgan tashkilotingiz va shaxsiy muvaffaqiyatingizni ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Inson resurslarini boshqarishda ish o'rinlarini tahlil qilish va loyihalash, rejalashtirish, potensial xodimlarni jalb etish, munosiblarini o'qitish va rivojlantirish, faoliyat natijalarini baholash, mehnatiga ko'ra mukofotlash va nihoyat ijobiy mehnat muhitini shakllantirish kabi samarali boshqaruv va HR sohasiga asos soluvchi ko'nikmalar o'zlashtiriladi.

📚Inson resurlarini boshqarish

Yumshoq muqova, 396 sahifa, 289ming.
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍6🔥3🥰2😢2👏1🤩1
"Zoe bolishimiz tabiiy. Biz oyoq kiyim tanlashda ko'p vaqtimizni safrlab qo'ydik. Ammo yuradigan yo'lni tanlashni unutdik!"

Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

Adam Uzkusaning "Jannatga taklifnoma" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢7🔥4👍3👏2
💎 Oilashunos adibadan tuhfa!

Kelinim ko'p andishali, halol, mehnatkash qiz, ammo taom pishirishlarga usta emas. Uni ovqatga urinayotganini ko'raman-da, eh, yana o'xshamay qolsa-ya, deb qo'yaman ichimda. Shu asnoda qo'shni chiqib qoladi-yu, paytdan yutaman: "Bolam kelib, qo'llarim uzayib qoldi, och qolsam, boqadiganim bor endi!" Shu gap bilan kelinchagimdan ko'p yaxshi ishlar kutayotganimni bildiraman.
Bir kun qo'shnim : "Keliningiz qiziquvchan ekan, mendan falon taomlarning retseptini yozib chiqib ketdi", dedi. Bir quvondim...demak, ish jildi. Kattadan botmaydigan bir ishora bas, kichik u yog'iga o'zi g'ildirab ketaveradi.

📮 Buyurtma berish:
@TaskinKitob
☎️
+998997217008

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
👍11🥰63👏3🤩3🎉2🔥1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
📌Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Eng barakali nikoh - harajatlari yengil bo‘lganidir". 📌"Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimga amal qilmasa, mendan emasdir. Uylaninglar. Chunki men (qiyomat…
Bolaning qalbi aslida oppoq bir qogʼozga oʼxshaydi. Nima narsa naqshlangan, chizilgan boʼlsa, oʼsha qogʼozda shundoqqina qolib ketaveradi. Undagi naqshlarni chizadigan zot ota bilan onadir. Yoinki ota bilan onaning beparvoligi tufayli koʼchadagi boshqa odamlar chizib qoʼyadi. Ota oʼz farzandini iymonli boʼlib ulgʼaytirish uchun nima qilishi kerak? Men bilaman deydigan odamlar oʼzini ovutish uchun qoʼliga maza qilib gazeta, jurnal oladi, bekorchi vaqtini shunga sarflaydi. Mening nasihatomuz gaplarimni ular oʼziga qattiq oladi, gaplarimni eshitgisi ham kelmaydi. Bunday odamlarga koʼproq qaysidir artistning qanaqa qilib kiyinishligi, qanaqa qilib boʼyanishligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kerak. Ular goʼyo yaxshi odamlar yomonlikning oldidan oʼtayotganlarida koʼzlarini yumib, oʼzlarini koʼrmaganlikka olib beparvolik bilan oʼtganidek bolani yaxshi, iymon- eʼtiqodli qilib tarbiyalash toʼgʼrisidagi gaplarga eʼtiborsiz boʼladilar...

"Ey qizim" kitobidan

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥17👍8😢2🎉2👏1🤩1
Olimni ''xiyonati'' uchun otuv joyiga olib kelishdi...
Qarasa, qachonlardir jim o‘tirgani uchun 5 baho qo‘yib bergan o‘quvchisining nishonida turibdi.
O‘limiga rozi bo‘ldi...


Bayramingiz muborak aziz ustozlar!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢18🔥12👍54👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma zolim bilib qoʻysinki, ortida uning ismini tarixga yozib qoʻyadiganlar turibdi...

Koʻplab suriyalik yoshlar singari, men ham isyon paytida oʻlib ketishim mumkin. Lekin bir yoshli qizim bu yurtda biz kabi qul boʻlib yashamaydi. Men qizimga erkin yashashi mumkin boʻlgan mamlakatni sovgʻa qilmoqchiman. Ota qiziga ozodlikdan ortiq sovgʻa bera oladimi?

Adam Uzkusaning ''Tutqun'' kitobi sotuvda🎉

Yumshoq muqova, 220 sahifa, 38ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍7😢7
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Zoe bolishimiz tabiiy. Biz oyoq kiyim tanlashda ko'p vaqtimizni safrlab qo'ydik. Ammo yuradigan yo'lni tanlashni unutdik!" Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini…
Nabijon Boqiy domlaning navbatdagi kitobi dunyo yuzini ko'rdi. O'zbek adabiyotini yana bir muhtasham asar tavalludi bilan muborakbod etaman!

Asardan parcha: “Nomusli odam Vatan uchun jonini fido qilishi mumkin, millat uchun jonini fido qilishi mumkin, din-e’tiqod uchun jonini fido qilishi mumkin. Turkistonda Vatan ham, millat ham, din-e’tiqod ham yo'q edi. Vatan o'z farzandiga boshpana beradi, panohida asraydi, millat o'z farzandini himoya qiladi, boshini silaydi; din-e’tiqod haqiqiy farzandning imonini mustahkamlaydi…”

“Qodiriy qidirgan kitob”

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥6👍4👏3🎉3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bolaning qalbi aslida oppoq bir qogʼozga oʼxshaydi. Nima narsa naqshlangan, chizilgan boʼlsa, oʼsha qogʼozda shundoqqina qolib ketaveradi. Undagi naqshlarni chizadigan zot ota bilan onadir. Yoinki ota bilan onaning beparvoligi tufayli koʼchadagi boshqa odamlar…
Men din dushmanlarining kuchidan qo‘rqmayman, aksincha musulmonlarning loqaydligidan
qo‘rqaman. Ular bizdan olgan narsalarini kuch bilan ­ olishmagan, aksincha, bizning loqaydligimiz va beparvoligimiz tufayli olishgan.

Modomiki ovozim foyda berar ekan, qamchimni ishlatmayman. Modomiki jim turishim foyda berar ekan, ovozimni ishlatmayman.

Qiziq! Sadaqa qilayotganimizda cho‘ntagimizdagi eng mayda pulni qidiramiz, Allohdan so‘raganimizda esa Firdavs jannatini so‘raymiz.

“Ey qizim” kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢25👍5🔥54🥰2🎉1
- Quyosh botgach Yevropada qorongʻulik hukmronlik qilardi.
Ammo Qurtubada umumiy chiroqlar koʻchalarda ziyo tarqatar edi.

- Yevropa isqirt edi. Qurtubada mingta hammom bor edi.

- Yevropa havosi hashorotga toʻla edi.Qurtuba esa har kuni kiyimini almashtirar edi.

- Yevropa balchiqda yurar edi.Qurtuba koʻchalarida toshlar terilgan edi.

Adem Ukusaning "Safar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
8🥰4🤩3👍2🔥1
“Farzandlaringiz kelajakda o’z so’ziga ega bo’lishini istasangiz, bugundanoq ularga yaxshi kitoblar hadya qiling”.

@TaskinKitoblar nashriyotidan dilbandingiz uchun ajoyib tuhfa!

🍭Yumshoq muqova;
35 sahifa; 10 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob 🐣
👍7🥰6🎉3🔥2🤩2
📖Allohga muhabbat
🎙Mohidil Fozilov@
Banda tavba qilganida Alloh uning tavbasining rostligini sinash uchun, oʻsha gunohiga borish yoʻllarini oson qilib qoʻyadi...

''Muhabbat anatomiyasi'' kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🔥7😢6🥰2👏1
1969 yilda ikki Avstraliyalik do‘stlar sher bolasini sotib olishadi. Arslon bolasi tez orada katta bo‘ladi, parvarish qilishda ham, xavfsizlikda ham muammo bo‘lganligi sababli ular sherni Keniyaga olib ketishadi va uni tabiat bag‘riga qo‘yib yuboradilar. Uch yil o‘tgach, ular o‘zlari qoldirgan joyga sherni ko‘rishga kelishadi. Arslon xavfsirab avvaliga mehmonlarga uzoqdan ikkilanib yaqinlashadi, birdan qadrdon do‘stlarini taniydi va ular tomon yuguradi. Hatto eng yirtqich hayvonga ham sadoqat fazilatini baxsh etadigan ajoyib tuyg‘u bu muhabbatdir...

"Muhabbat anatomiyasi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍14🔥6🥰64
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Men sizni ko'rmagan ummatman o'sha, Assalamu Alayka Ya Rasululloh... Saodat davrida bir on bo'lsada yashashni orzu qilmaydigan musulmon bo'lmasa kerak. Sevimli yozuvchi Ahmad Lutfiy Qozonchining ayni ushbu mashxur asari kitobxonga bu haroratni bera oladi...…
Do'stlaridan biri bunday taklifni Hazrati Aliga (r. a.) qildi:
- Yo Ali, Hazrati Fotimaning qo'lini so'rasang bo'lmaydimi?..
Hazrati Ali bu taklif egasiga ma'noli qarab:
- Abu Bakr bilan Umarning rad etilganlaridan xabarim bor, - dedi va qo'shimcha qildi, - Holbuki, har ikkalalari ham insonlar orasida payg'ambarimizga eng yaqinidirlar...
- Nima qilibdi? Sen Rasulullohning qarindoshlarisan. Uylanadigan yoshga allaqachon yetgansan. Sen ham bir marotaba so'rab ko'r. Rad javobini olsang, Abu Bakr va umar nimani yo'qotgan bo'lsalar, sen ham o'shani yo'qotasan, xolos...
Bu so'zdan keyin Hazrati Ali turib Nabiylar sultonining (s. a. v.) huzurlariga bordi. Biroq gapni nimadan boshlashni bilolmay, xiyol muddat jim o'tirdi. Uning mushkulini Rasulullohning (s. a. v.) o'zlari oson qilib qo'ya qoldilar:
- Yo Ali, mendan Fotimani so'rab keldingmi? - dedilar.
Maqsad hosil bo'lgan edi. Hazrati Alining (r. a.) ko'zlaridan: "Mening ham aytmoqchi bo'lganim, ammo uyalganimdan gapira olmayotgan narsam shu edi", degan ma'noni uqsa bo'lardi. Minnatdor nigoh-la boqib, hayajon va mamnuniyat sezilib turgan va odob bilan bezalgan bir ifoda ila:
- Ha, - dedi.
Bundan keyin ichidagi bo'ronlarning yo'nalishi o'zgardi. Qanday javob olar ekan? Muborak lablardan chiqajak so'z to quloqlarigacha yetib kelguncha sabri yetarmikan?!
Rasulullohning (s. a. v.) yuz ifodalarida rad javobidan asar yo'q edi. Mamnun emasliklarini ko'rsatuvchi biron alomat ham sezilmasdi.
Sultoni anbiyo o'rnilaridan turib, ichkari kirdilar. Qizlari Fotimaga, jiyanlari Ali uni so'rayotganini bildirdilar.
Hazrati Fotimaning yuzi gul rangini oldi. Boshlarini egdilar, javob bermadilar.
Bir muddatdan keyin Hazrati Ali Rasulullohning (s. a. v.) huzurlaridan bunday ne'matni nasib etgani uchun Allohga hamd aytib chiqdi. To'y keyinroq qilinadigan bo'ldi...

Ahmad Lutfiy "Saodat asri qissalari"
4 kitob - 199 ming so‘m.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
19👍8🔥4🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavlono Jaloliddin Rumiy deydi:
"Qadar qulfini sindirishga urinma. Uni faqat Alloh ochadi.
Alloh murod qilsa, kishi sut ichayotganda sinar tishi.
Alloh murod etsa, kishining ishini marmar toshga ham o'tar tishi.
Shuning uchun ham qadarni majburlab, qayg'uni da'vat etma.
Allohga taslim bo'l, Uning roziligini mahkam tut..."

Said Chamlija ''Iymon va huzun'' kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰157👍4🔥3🤩2🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
OʻRNINGIZDAN QIMIRLAMANGLAR! ...Bugun Uhud jangi tugagan boʻlsa-da, musulmonlarning ortini himoya qiladigan kamonchilar xatosi toʻxtagani yoʻq. Barcha maydonlarda bu dinni himoya qiladiganlarga sharaflar boʻlsin! Ular zaiflashganlarida Rasululloh sollallohu…
Hayotda ochiq ko‘rinib turgan narsalardan biri shuki, agar kuchlilar o‘zaro xusumatlashsa, Alloh ularni sabablarga suyantiradi. Ulardan har biri sabablar bilan muomala qilgani miqdoricha g‘alabadan nasibador bo‘ladi.

Ammo zaifga kuchli odam zulm qilsa, Alloh zaifga qasosini olib bermagunicha kuchli o‘lmaydi.

Allohdan o‘zga panohi bo‘lmagan zaiflarga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling!

“Nabaviy tarbiya” kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8🥰43👏2😢1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Chuqur ketmaylik” deymiz. Bilmaymizmiki, bizning bu “chuqur”larimiz naqadar sayoz, qanchalar yuzada... ® B.Fazliddin Itbaliq ko‘lmagini olam deb bilganidek inson ham o‘ziga katta baho berib qo‘yadi. "Hamma bir xil fikrlasa, hech kim firklamayotgan bo‘ladi"…
Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq.

Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Ushbu kitobda “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🥰3🎉3👏2😢1