Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin... "Jannatga taklifnoma" kitobidan. (Yusuf…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Islomofobiya haqida nima deya olasiz?

Bizning ota-onalarimiz aslida, musulmon bo’lishimizdan unchalik ham bezovta bo’layotganlari yo’q. Chunki musulmon bo’lganimizdan keyin dunyoning eng yaxshi insoniga aylanayotganimizga guvoh bo’lmoqdalar. Muammo shakllangan tamaddunda, insonlarimizda emas. Tamaddunning 24 soatlik ish kuni faqat islom diniga nafrat uyg’otish bilan o’tmoqda. Amalda esa G’arbda odamlar islom diniga dushman bo’lishdan ko’ra, islomga qiziqishmoqda, uni qidirishmoqda.

“Jannatga taklifnoma” kitobidan.

🌾@TaskinKitblar _ Mahbublarga ulashing!
😢12👍7🔥32😁2👏1🎉1
⚡️“Nafsingni xorlamaguningcha aziz bo’lmaysan”!

Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.

Yumshoq muqova; 176 sahifa,
26 ming.

📮Buyurtma:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍9🔥3😢2🤩2🥰1
Abdulaziz Kiranshal qalamiga mansub ushbu kitob o’z o’quvchilariga fayzli oila qurish, xayrli avlod qoldirish, halol rizq topish, balo-qazo va musibatlardan omonda bo’lish, uy, ish hamda o’qishda muvaffaqiyat qozonish borasidagi manfaatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Kitob orqali huzurli hayot kechirish uchun tavsiyalarga guvoh bo’lasiz.

📘Qattiq muqova;
164 bet; 40.000 so’m.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar_ Munosib tanlov!
🥰7👍6🤩3🔥21
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Majlislaringizni menga salavot aytish bilan ziynatlanglar, menga aytgan salavotlaringiz qiyomat kunida sizlarga nur bo’ladi” dedilar.

Imom Daylami rivoyat qilgan.

📿Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin!

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim! 💌
🥰86👍4🔥4😢2🤩2👏1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
🥁Uzoq kutilgan kitob nihoyat qayta va to‘ldirilgan holda sotuvda! " Kuchsizlar kuchi " asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini ochib beradi. Asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolish…
Sabzavot do’koni mudiri (ko’katchi) piyoz va sabzi rastasiga “Butun dunyo proletarlari birlashingiz!” shiorini osib qo’ydi. Ko’katchi dunyoga nima demoqchi? Nahotki u dunyo proletarlarini birlashtirish niyatida bo’lsa? O’ylashimcha, ko’katchilar shiorlar ma’nosi haqida tafakkur qilmaydilar. Ushbu targ’ibot matohini bizning ko’katchimizga sabzi va piyozga qo’shib, ombordan keltirishdi. Va u boshqalar qatori yillar davomidagi odat sifatida shiorni rastasiga osib qo’ydi. Shiorni osmasa u muammolar girdobida qolardi. Shiorning og’zaki shaklini quyidagicha ifodalash mumkin: “Men, ko’katchi X. U belgilangan makondaman va nima qilishim kerakligini anglayman. Kutilganidek, harakat qilaman. Menga ishonishingiz mumkin va shaxsiyatimda xavf mavjud emas. Men bo’ysinuvchiman, shuning uchun tinch hayotga haqliman. Mazkur matnosti xabar o’zining aniq manziliga ega: “U yuqoriga, ya’ni ko’katchining boshliqlariga yo’naltirilgan va chaqimchilardan himoya qalqoni hamdir”.

"Kuchsizlar kuchi" kitobidan

@TaskinKitoblar
👍12🔥2🤩21🥰1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yomon kitob o’qimoq - xiyonat!
U bizni minglab yaxshi kitoblarni o’qishdan mahrum qiladi…


Munosib tanlov _ @TaskinKitoblar!💌
👍9🤩62🔥2🥰2👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Odam alayhissalom qalbini jannatga berib qo’ygan edi, biz uni jannatdan mosuvo qildik.
Yoqub alayhissalom qalbini Yusufga berib qo’ygan edi, biz uni qul qilib sottirdik.
Muhammad alayhissalom qalbini Oisha roziyallohu anhoga berib qo’ygan edi, biz unga “Buyuk bo’xton” ni nozil qildik.
Inson kimga nimaga muhabbat qilsa u bilan sinaladi.

“Muhabbat anatomiyasi” kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🥰103😢2🔥1🎉1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
📒Yumshoq muqova; 155 sahifa; 35 ming. 📮Buyurtma: @TaskinKitob ⚓️Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi. U o‘zini qudratli va zo‘ravon politsiya apparati…
Hokimiyat o’z yolg’onlari asiri bo’lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O’tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi. Munofiqlikni munofiqlik ortiga yashiradi. Shuning uchun ham tizimdagi hayot ikkiyuzlamachilik va yolg’on bilan qorishib ketgan bo’lib, unda byurokratik hokimiyat - xalq hokimiyati deyiladi. Insonni total tahqirlash - inson erkinligi deb qaraladi. Axborot izolyatsiyasi uning ochiqligi deb ataladi. Jamoat nazorati tashkilotlarining o’zboshimchaligi qonun ustuvorligi sifatida, madaniyatni yo’q qilish - uning rivojlanishi sifatida, so’z erkinligi cheklanishi -
erkinlikning yuksak ko’rinishi sifatida, saylov soxtakorligi demokratiyaning oliy shakli sifatida, tafakkur qulligi - ilg’or dunyoqarash sifatida taqdim etiladi.

"Kuchsizlar kuchi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍7🥰2😢2
Usmoniylarning Ka’bai muazzamaga haddan ziyoda ehtirom ko’rsatgani bu ta’mir asnosida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Sulton Murod davrida sel toshqini ro’y berib, Ka’baning ikki tomoni cho’kadi.
Ka’bani ta’mirlash uchun Rizvon og’ani darhol Ka’baga yuboradilar. Tekshiruv ishlarini olib borgan me’mor cho’kkan joylarni ta’riflar ekan, Ka’bai muazzama haqida “yiqildi”, “cho’kdi” deb ta’birlash odobsizlik deb, shunday ifoda qo’llaydi: “Ka’batullohning falon, falon qismlari sajdaga boribdi”.

Yumshoq muqova;
106 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing!
🔥134
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“G’arbning o’limi” Mazkur kitobni mutolaa qilgan kishining nazarida muallifning ko’pgina fikrlari o’ta bahsli, hatto biryoqlama bo’lib ko’rinishi mumkin. Biroq, demografik vaziyatning keskinlashuvi, kishilarning ongi va dunyoqarashidagi o’zgarishlar, azaliy…
Mabodo Kolumb tirik bo‘lgan taqdirda ham hozir Amerikaning mahalliy aholisi bo‘lmish hindulardan yolvorib uzr so‘rayotgan bo‘larmidi...

Aslida yevropa va amerikani e'tiqodsizlik harob qilayapti... Bizni esa chala e'tiqod!

"G‘arbning o‘limi"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢13👍8🔥52👏2😁1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
🚀 Gʻarb oxirgi 400 yilda tabiiy ilmlarda ilgarilab ketgani Xudosizligidan emas, balki tabiiy ilmlarni oʻzlashtirganidandir. ✈️ Xuddi shunday, undan avvalgi ming yil davomida Islom olami tabiiy ilmlarda peshqadam boʻlgani Xudojoʻy boʻlganidan emas, balki…
Oisha onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqlari haqida so‘rashganida:
“U zotning xulqlari Qur’on edi. Qur’on rozi bo‘lgan ishdan rozi, Qur’on norozi bo‘lgan ishdan norozi bo‘lar edilar”,- deb javob berganlar.

Insonga vojib bo‘ladigan narsalarning birinchisi go‘zal axloq bilan xulqlanmoqlikdir.
Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Qiyomat kunida mo‘minning (amallar) me’zonida chiroyli xulqdan ko‘ra og‘irroq amal yo‘qdir”,- dedilar.

Qur'ondagi chang qalb sahrosidan keladi...

Qurʼon tinglaganda maʼnosini tushunmay turib, koʻzga yosh kelishi baxt boʻlganidek, maʼnosini tushunib turib, yigʻlamaslik ham fojeadir.

Qurʼonni yod olmay turib, amalda tatbiq qilish baxt boʻlganidek, uni yod olib, amalda tatbiq qilmaslik ham xorlikdir.

“Qurʼon amal qilinish uchun nozil boʻlgan. Odamlar esa uni qiroat qilishni amal, deb bilyaptilar”.

Qattiq muqova, 240 sahifa, 47ming,
Buyurtma uchun @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
11👍8🥰1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey ummatim! Juma kunlari menga ko'p salovat ayting. Chunki ummatimni Juma kuni aytgan salovotlari menga taqdim etiladi". Allohumma solli a’laa sayyidina Muhammad! @TaskinKitoblar _ Mahbublarga ulashing! 💌
• Qolaversa, Bolsheviklarning 70 yillik zulmidan endigina jismonan ozod bo'lgan biz o‘zbek turklari shon-sharaflarga burkangan tariximizni ilk bora o‘z nuqtai nazarimiz bilan o'rganyapmiz, xolos.
• Boz ustiga, yashirib nima qildik, biz haligacha bol‘sheviklarning ma'naviy zulmidan ozod bo'lganimiz yo‘q: ongimiz kommunistik mafkura bilan yetib o'rtasida darajada zaharlangan.

• Oxir-oqibat, mudom esda tutmoq kerakkim, turk olamining ichki muammolarini "o‘zgalar" faqat o‘z manfaatlariga moslab hal etadilar: o'zgalar "dono" bo'lsalar-da, hech qachon bizning milliy manfaatlarimizni ko'zlab mushkulimizni oson qilmaydilar.

"Chingiz afandiga maktublar"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🔥8👏1🤩1
Bugungi muhitda qachonki din nomi tilga olinsa uni bugungi dunyoda zid va muholif deb tushunilmoqda. Oddiy misol biror kimsa dinga amal qilishga chaqirilsa, ko'pincha, dunyoni batamom tark etishga da'vat qilyapti deb tushunishadi. Va "agar biz dinga amal qilsak, dunyoviy ehtiyojlarimiz, talab va xohishlarimiz hamda go'zal hayot tarzimizni tark qilishimizga to'g'ri keladi, yo'qsa, biz dinning talablarini bajar olmaymiz", degan fikrga borishadi. Go'yo din bilan dunyo bir-biriga raqib, bir-biriga ziddek, ikkisini jamlashlikning imkoni yo'qdek. Bu risolada bunday qarashlarni noto'g'ri ekanini bayon qilmoqchiman.

''Din va oxirat fikri'' kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍7👏3😢3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hakan goʻshakni tutqazib, prezident Erdoʻgʻan men bilan gaplashmoqchi ekanligini aytdi... ''Tutqun'' romanidan. Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Istibdodning eng xunuk koʻrinishi, jaholatning ilmga va nafsning aqlga istibdodidir.

Madfun Turkiston

Yumshoq muqova, 518 sahifa. 48ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍5🔥21🥰1👏1🎉1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hakan goʻshakni tutqazib, prezident Erdoʻgʻan men bilan gaplashmoqchi ekanligini aytdi... ''Tutqun'' romanidan. Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Nega mamlakat urush ichida qoldi?

Uzoq yillar davomidagi zulm xalqning sabr kosasini to‘ldirib bo‘lgandi. Agar o‘shanda isyon emas tashqaridan hujum bo‘lgan taqdirda ham xalq bosqinchilarga yordam bergan bo‘lardi. Fuqarolar urushidagi ikki tomonning biri hukumat va hukumat xizmatchilari, ularning oila a'zolari yani zolimlarning yaqinlari yana biri esa hukumat va hukumatga xizmat qiluvchilarga aloqasi bo‘lmagan oddiy mazlum xalq...

Natijada hukumat o‘z zulmini davom ettirish xalq esa adolat uchun kurashdi.

"Tutqun" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍5😢53🔥2👏2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nega sevgi-muhabbat davomli boʻlmaydi? Chunki u doimo aybli odatlar va “harom ekanlik” qonunlari ortida yashirinishga majbur. Buning aksi boʻlmish nafrat esa, hammaning koʻz oʻngida jamiyat bilan oʻynashadi. Hayoting boʻyi doim yugurasan, yetishganing esa…
Baʼzilar seni oʻzlari uchun sevadilar. Men esa seni sen uchun sevaman.

Ayol qanchalik kuchli boʻlmasin, baribir oʻzidan kuchliroq erkakni kutib yashaydi. Balandroq mav­qega erishish uchun emas, oʻziga zaifalik baxtini
berishlari uchun.

Bir-birovingizni seving, ammo muhabbatdan kishanlar barpo etmang!

Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥14👍83😢3🥰1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Odam alayhissalom qalbini jannatga berib qo’ygan edi, biz uni jannatdan mosuvo qildik. Yoqub alayhissalom qalbini Yusufga berib qo’ygan edi, biz uni qul qilib sottirdik. Muhammad alayhissalom qalbini Oisha roziyallohu anhoga berib qo’ygan edi, biz unga “Buyuk…
1969 yilda ikki Avstraliyalik do‘stlar sher bolasini sotib olishadi. Arslon bolasi tez orada katta bo‘ladi, parvarish qilishda ham, xavfsizlikda ham muammo bo‘lganligi sababli ular sherni Keniyaga olib ketishadi va uni tabiat bag‘riga qo‘yib yuboradilar. Uch yil o‘tgach, ular o‘zlari qoldirgan joyga sherni ko‘rishga kelishadi. Arslon xavfsirab avvaliga mehmonlarga uzoqdan ikkilanib yaqinlashadi, birdan qadrdon do‘stlarini taniydi va ular tomon yuguradi. Hatto eng yirtqich hayvonga ham sadoqat fazilatini baxsh etadigan ajoyib tuyg‘u bu muhabbatdir...

"Muhabbat anatomiyasi" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🔥43🥰3🤩2👏1
Oʻqituvchi meni bir soatda men yashaydigan yerning boʻlagi ”Vatan” deb atalishiga ishontira oldi. Men esa bu Vatanni oʻttiz yildan beri ”inson” ekanimga ishontira olmadim...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍19😁8🔥6😢62
Aslo taqdir dema! Taqdirning ustida taqdir bor. Nima qilsang bekor! Osmondan keladigan qaror bor!

"Ishq imtihoni"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
11👍9🥰5🔥4😢3👏2🎉1🤩1
Berahm odam hammaga yordam berishning iloji yoʻq, deydi va umuman hech kimga yordam bermaydi.
Unutmangki, arqon tolalardan iborat bo'ladi.

E'tiboringizni Toshkent Pediatriya instituti Oftalmologiya (Ko'z kasalliklari) bo'limiga zarur bo'lgan jihozlar uchun "Open Budjet" orqali hayriya qilish imkoniyatiga qaratsak. Agarda ovozlar kerakli miqdorda to'plansa, yosh bolalarning ko'z ichi yallig'lanishi (Yiringlash) ni tozalovchi qurilmalar sotib olinadi va hozirda xususiy klinikalarda 12 million so'm atrofida bo'lgan amaliyot davlat kasalxonasida bepulga amalga oshiriladi!

Sizdan bir ovoz! Evaziga esa davolanishga mablag'i bo'lmagan bolajonlarning quvonchi va Robbingizning ajri...

Ovoz berish uchun link https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/90486af7-ab6e-4673-89d2-6d4e243f948e

Shu ssilka bo'yicha kirib, ovoz berish uchun sms orqali telefon raqamingizni kiriting. 3700 dan kelgan kodni ko‘rsatilgan joyga yozing. 1 ta sim kartadan 1 marta ovoz beriladi.

Xabarni yaqinlarga ulashishni unutmang!
😢8👍5🔥4