Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Abdurrahmon Mag’ribiy rohmatullohi alayhdan hikoya qilinadi. U kishi shunday dedilar: “Menga aytib berishdiki, “Xallod ibn Kasir joni chiqqanidan keyin boshlarini tagidan riq’a (xat turi) topildi. Unda “Bu Xallod ibn Kasirga do’zaxdan ozodlik xati”dir deb yozilgan edi. Uning ahlidan “Bu kishining nima amallari bor edi?” deb so’ralganida, ahllari “U kishi juma kuni ming marotaba “Allohumma solli a’la Muhammadin Nabiyyil ummiy” deb salavot aytar edilar” dedi.

Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍8🔥53🥰3🎉3🤩3👏2
📒Ivan Turgenov |
“Otalar va bolalar”

Qattiq muqova;
234 sahifa; 32 ming.

🔇Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlik va yangilikka intiliah kabi fazilatlarni asarning asosiy g’oyasi sifatida talqin etadi. Kitobdagi voqealar o’sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tag-tugi bilan yo’q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko’rsatib beradi. Kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishga o’rgatuvchi ushbu asar mutolaasi kitobxonga o’zgacha zavq bag’ishlaydi.

💌@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz.
👍5🥰4👏3🤩32😢2🎉1
Inson uchun qullik tasodifiy, erkinlik tug’madir.

Adam Uzkusaning "Tutqun" asaridan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10🔥4👏43🥰1😢1
📒Yumshoq muqova;
155 sahifa; 35 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

⚓️Hokimiyat o‘z yolg‘onlari asiri bo‘lganligi uchun soxtakorlikka ehtiyoj sezadi. O‘tmishni, bugunni, kelajakni va statistikani qalbakilashtiradi.
U o‘zini qudratli va zo‘ravon politsiya apparati mavjud emasday tutadi. Inson huquqlariga rioya qilayotganini surbetlarcha ta’kidlaydi. Muvofiqlikni muvofiqlik ortiga yashiradi.
⚖️U yoki bu diktaturaning faoliyat doirasi qanchalik tor va jamiyat madaniyatsiz bo‘lsa, diktatorning xohish-irodasi ham shunchalik ochiq: aytaylik, "yalang‘och" intizom, "dunyoga murakkablashtirilmagan munosabat" (o‘zining sharafsiz diktator ekanligini dunyo hamjamiyatidan yashirmay totalitar boshqaruvda davom etish) va "o‘z-o‘zini dafn" (ya’ni, diktatura o‘z o‘lim urug‘ini o‘zi bilan olib yuradi) qilish orqali amalga oshiriladi.

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
👍8🥰3🤩3🔥2😢2🎉1
👍245🥰5🤩5😢3🔥2👏2🎉2
“Men to’grilik orqasidan bosh ketsa “ih” deydirgan yigit emasman. Garchi men turlik bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan, ham anglashmovchiliklar orqasida ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko’zlarning ko’ngli uchun bo’lsa ham menga oliy bo’lg’on jazoni bera ko’ringiz. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, go’l, vijdonlik yigitga bu qadar xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir”.
Samarqand. 1926-yil.

📌Qattiq muqova;
394 sahifa; 45 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
👍11🥰32🔥2🎉2🤩2👏1😢1
🎤Qattiq muqova;
287 sahifa; 65 ming.

Yumshoq kuch nima? Bu o’z istagimizni majburlash yoki badal orqali emas, balki qiziqtirish va ishontirish orqali maqsadga erisha olish qobiliyatidir. Strateg Sun Szi “G’alabaning eng a’losi yuz marta jang qilib, yuz marta g’alaba qozonish emas, balki jang qilmasdan g’olib bo’lishdir”, deb aytgan edi. Shu jihatdan kuchning mavjudligi emas, undan qay tarzda foydalana olish juda muhimdir.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz @TaskinKitoblar
👍12🥰3🤩32👏2🎉2🔥1
-Ey Allohning Rasuli, Yaman elidagi Qaran qishlog’idan Uvays ismli bir zot sizni ziyorat qilish uchun kelgan edi. Muborak jamolingizni ko’rishga intizorlardan biri ekan. Sizni uydan topmagach, g’amga botdi, qaytib ketdi. U ketgach, uyimizdan shunday xushbo’y kela boshladi!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
-Ey Oisha, sen u zotni ko’rdingmi? - dedilar.
-Ha, Allohning Rasuli, o’z ko’zlarim bilan ko’rdim.
-Unday bo’lsa, sening ko’zlaringni men ham ziyorat qilayin. Ko’rishing va ko’rganing muborak bo’lsin.

Qattiq muqova;
239 sahifa; 39 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz: @TaskinKitoblar 🌾
8👍6😢5🥰4🤩2🔥1👏1🎉1
📌Qattiq muqova;
367 sahifa; 69 ming.

Ushbu asar demokratik va avtoritar davlatlar rivojining tarixiy va zamonaviy tendensiyalariga bag’ishlangan.
Shuningdek, manipulyativ diktaturalar demokratiyada zaifliklar keltirib chiqarishi va ulardan foydalanmaslik uchun chidamlilik yaratish yuzasidan takliflar beriladi.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍73🔥3😢3🥰2👏1🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Yomon kitob o'qimoq - xiyonat!
U bizni minglab yaxshi kitoblarni o'qishdan mahrum qiladi".

O'yga toldiruvchi, o'zni taftish qilishga undaydigan falsafiy hikoya va jumlalar muallifi Xalil Jurbonning ushbu to'plamidan joy olgan hikoyalar va jumlalar kitobxonni hayot mohiyati va tiriklikning bahosini his etishga undaydi. O'qir ekansiz, “qanday yashadim, endi qanday yashayman?” degan savollarga javob izlashga majbur bo'lasiz...

📒Yumshoq muqova;
122 sahifa; 19.000

Buyurtma: @TaskinKitob

💌@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12👏3😢32🥰2🔥1🎉1
Qattiq muqova;
647 sahifa; 39 ming.

Biz aksariyat hollarda ikkilanib, fikr bildirishga ojizlik qilamiz. Omma oldida hayajon bosib, o’z nuqtai nazarini ifodalay olmaydiganlar ham bor. Ularda jo’yali fikr bo’lsa-da, ko’pchilik huzurida bayon etishga ojizlik qilishadi. Deyl Karnegi o’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash haqida so’z yuritadi.

📮@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥7👍4👏32😢2🥰1🤩1
👍17🔥3🥰3👏32🎉2🤩2😢1
Ko'pincha Oisha onamiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan: "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz?" deb so'rar edilar.
Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallam har gal "Arqon tugunidek" deb javob berardilar.
"Ey Rasululloh, siz aytgan tugun qanaqa bo'ladi?" derdilar Oisha roziyallohu anho.
"Tugundek tugun" deya tabassum qilardilar sollallohu alayhi vasallam.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu: "Islomda eng avvalgi sevgi Nabiy alayhissalomning Oisha roziyallohu anhoga bo'lgan sevgisidir".

📒Qattiq muqova;
288 sahifa; 47 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

Munosib hamrohingiz _
@TaskinKitoblar
👍156🥰4🔥3😢3🤩2👏1🎉1
🌾Yuz yoshga yaqinlashgan, qaddi kamon singari bukilib qolgan bir qari kishi qo’liga hassa ushlab borar edi. Uni bir yigit ko’rib qoldi va masxara qilib:
- Bobo, ushbu kamonni qanchaga sotib oldingiz, men ham olay- dedi.
Qariya shunday javob qildi:
- O’g’lim, sabr qil. Uzoq yashasang bu kamonni senga tekinga berishadi.

Qattiq muqova;
302 sahifa; 59 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

💌Munosib tanlov _ @TaskinKitoblar
12👍8👏4🔥3🥰3😢2🎉1
- Alisher, nechun o’shul kitob ilkingdin tushmaydur? Bugun maktabxonada senga diqqat bilan qarab turdim. Yana “Mantiq ut - Tayr” ni taxta ostina qo’yib, takror o’qiding. Yaxshiki, domla ko’rib qolmadilar. Bo’lmasa, boshingga tayoq kelib tushgusi erdi.
- O’qimaymen desam ham o’qigim kela beradur. Qushlar haqidagi hikoyalar hayolimni chulg’ab olg’on.
- Men Sa’diyning “Guliston” ini afzal ko’rurmen. “Mantiq ut - Tayr” dan o’lsa, o’ligi ortiq.
- Sen qushlar tilini qunt bilan o’qub chiqg’oningda bunday demag’on bo’larding.
- Rosti birla aytsam men bu kitobni o’qidim-u, ma’nisini uqolmadim. Ammo sening aqling joyida, men yurtga podsho bo’lsam, albatta, seni o’zimga vazir qilib olgaymen.

🕯Alisher Navoiy haqida yozilgan qaysi asarlarni mutolaa qilgansiz?

🌴Qattiq muqova;
475 sahifa; 65 ming.

@TaskinKitoblar _ Munosib tanlov!
6🔥3👏3😢2👍1👎1🎉1🤩1
Jobir roziyallohu anhu Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi:

"Juma o'n ikki soatdir. Undan bir soatda qaysiki musulmon Allohdan biror narsani so'rasa, Alloh azza va Jalla unga o'sha narsani berur. Bas, uni asrdan keyingi oxirgi soatdan izlanglar”.

Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin!

Mahbublarga ulashing_ @TaskinKitoblar 💌
🔥16👍84👏4🥰2🤩2😢1🎉1
🔖Hadicha onamizning laqablari “Tohira” bo’lgan. Islomdan keyin esa “Kubro” sifati bilan tanildilar.

🔖Rasul alayhissalomning ilk ayoli, islomni qabul qilgan birinchi inson edilar.

🔖Ular vafot etgan yillari “Mahzunlik yili” deb nomlangan.

🔖Tirikliklarida jannat xabarini olgan bo’lib, o’limlaridan keyin ham dugonalari Habibimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ziyorat qilinganlardan edilar.

🔖Rasululloh tomonidan: “Vallohi, menga undan yaxshisi qaytib berilmadi” deya e’tirof etilgan edilar.

Qattiq muqova;
223 sahifa; 49 ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢11👍65🥰4🔥2🤩2👏1🎉1
🥁Uzoq kutilgan kitob nihoyat qayta va to‘ldirilgan holda sotuvda!

" Kuchsizlar kuchi " asari sobiq SSSR kommunistik tuzumining mohiyatini, rejim hayoti va uning mafkuraviy maqsadlarini ochib beradi. Asarda g‘ayriinsoniy tuzumlarda o‘zlikni saqlab qolish, sof hayotiy qadriyatlar asosida yashash shartlari, shuningdek, posttotalitar tuzumlarda o‘zlikni asrash ko‘nikmalari ta'sirli misollar bilan yoritiladi.

📒Yumshoq muqova;
160 sahifa; 35 ming.

Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10🔥3🥰3😢3👎1👏1🎉1🤩1
⚡️“Atom odatlar” — aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma!

Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki notoʻgʻri tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.

Yumshoq muqova; 294 sahifa;
48 ming.
Qattiq muqova - 57ming.

📮Buyurtma: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Munosib hamrohingiz!
🔥10👏54👍3🥰2😁1🎉1🤩1