Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Jannatga taklifnoma _ E'tirof Musulmonlar islomga qaytishi kerak! Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

"Jannatga taklifnoma" kitobidan.

(Yusuf alayhissalom uzoq muddatli ayriliqdan so‘ng otasi bilan uchrashganida "Ota meni sog‘inganingiz sabab yig‘lab ko‘r bo‘lib qoldingizmi?! Deya so‘raydi. Shunda Yoqub alayhissalom "Yoq sog‘inganimdan emas! O‘zligingni (e'tiqodingni) yo‘qotib qo‘yishingdan boshqa din vakillari seni mahv etishlaridan havotirlanib yig‘laganim uchun ko‘zim ko‘rmay qoldi" deb javob beradi... Shoir aytganidek:
"Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q!
Shunchaki yashashni men odat qildim!".

Butun koinot insonni Robbisini tanishi, Unga bandalik qilishi uchun yaratildi! Ushbu kitob zalolat botqog‘idan azizlik martabasiga ko‘tarilgan muslimlar haqida so‘zlaydi.

Shu o‘rinda Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamni yaqinlari bo‘laturib iymon ne'matidan bebahra ketgan insonlarni islom diyorida musulmonlar ichida yashab iymon va islomni anglamay, his etmay o‘tayotganlarga qiyoslasa bo‘ladimi?!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍6🤩3🎉1
“Bo’sh vaqtimda kitob o’qiyman” nima degani?

O’sha “Bo’sh” deyilgan vaqtimizni ham, albatta, kitob o’qib, o’z foydamizga bo’ysundirishimiz kerak. Biroq buning uchun kitob mutolaasi rad etib bo’lmas ehtiyojlar ro’yxatidan joy olishi va kunimizning muayyan qismida oz bo’lsa ham o’rni bo’lishi kerak. Bu o’zimizni isloh etib borish va atrofimizdagilarga yanada manfaatli bo’lishi uchun zarur.

“Safar” bilan safar 🏔

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥157👍4🤩2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qish: “Bahor mening qalbimda” desa, unga kim ham ishonardi? Jubron Xalil Jubronning ''Kesik qanotlar'' kitobidan... Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🧩 Ikki dalil bir-biriga ziddiyatli bo‘lib qolsa, ikkalasi(ning) ham (mo‘tabarligi) soqit bo‘ladi.
🧩 Ma'lum bir narsani tushunmaslik uning yolg‘on ekaniga dalil bo‘la olmaydi.

Ashraf Ali Tahonaviy (1863- 1943) rahmatullohi alayhning “Intibahatul mufiyda fi halli ishtibahatil jadida” (“Yangi paydo boʻlgan shubhalar yechimi haqidagi foydali eʼtiborlar”) kitobida toʻgri eʼtiqodga tegishli turli nozik savollarning javoblari jamlangan. Ushbu kitob Islom aqiydasi asoslariga tegishli boʻlib, unda yettita qoida va shu qoidalar asosidagi eʼtibor berish lozim boʻlgan oʻndan ortiq masalalar misollar bilan bayon qilingan.

Yumshoq muqova, 140 sahifa, 23ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍125🔥3👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin... "Jannatga taklifnoma" kitobidan. (Yusuf…
Шуларми эртанинг хўжайинлари?

Иш юзасидан кўпинча одамлар назаридаги нуфузли бир олий ўқув юрти биноси ёнидан ўтаман. Аксарият ҳолда, танаффусга тўғри келадими, йўлакни талабалар тўлдириб туришади. Атай кузатмасам-да, хатти-ҳаракатлари дарров кўзга ташланади: кимлар ҳазил-ҳузул қилган, қийқириб кулишган, бирови бошқасини сўккан…
Эътибор бермасликка уринаман. Ёшлик шўхликлари-да.

Йўл бўйи уларнинг гаплари қулоққа чалинади:
“Қаерда овқатланамиз?”
“Машинангни олиб келдингми?”
“Кечқурун қаёққа борасан?”
“Кейинги дарсга кирмайман, уйга бориб ухлайман”…

Деярли ҳар сафар шунақа гаплар. Неча йилки, бу шўринг қурғурлар “У ёққа борамиз, бу ёққа борамиз”ни қўймайди. Неча йилки, шунақа такасалтанглар ҳаётини эслатадиган манзарага дуч келаман. Бу туришда улар қачон ўқишга вақт топаркин?

Дарвоқе, ўқиш ҳақида ҳам эслаб қолишади. Сессия арафасида мана бундай сўзлар эшитилади: “Гаплашса бўлармикан?”, “Баҳони кўтариб бермайдими?”, “Бирон нарса сўрадими?”…

Худо кўрсатмасин, эртага бундайлар бирор идорага ишга жойлашса, мансаб курсисини эгалласа борми! Кунимизни кўрсатади-я…

Ҳа, айтганча, улар аллақачон қайсидир курсиларни эгаллаб, халқни қақшатишни бошлаб юборган...

P. S. Буларни бир неча йил аввал йўл-йўлакай ёзиб қўйгандим. Фейсбук шуни эслатди яна. Аммо ҳали ҳам ўша аҳвол!😔😔😔

Behzod_Fazliddin


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12😢5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nafrat o'lik narsadir. Qaysi biringiz qabriston bo'lishni xohlaysiz? Xalil Jubronning ''Kesik qanotlar'' kitobidan...   Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ikki kishining oʻrtasidagi masofalarning eng yomoni - tushunmovchilikdir.

Jubron Xalil Jubron ning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Sanoqli kunlarda hukmingizga havola etiladi

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢152👍2
“...baxtsiz millatning biri ikki boʻlmay, shu qolajagi boʻlsa, muteʼlik unga sharafli qismat boʻlib bitilmish ekan...”

"Qonli gullar vodiysi"

1918-1920 yillarda Fargʻonaning minglab erksevar yigitlari boshini bir qilib, din va millat shaʼni uchun kurashdi. Mana shu kurash Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” roʻmonida badiiylashtiriladi. Bu roʻmon nafaqat kurash, balki soʻngsiz afsus-nadomatlar, armonlar haqida hamdir. Millatimizning qora kunlarga batamom hukm qilinishi haqidagi bir tarixdir. Bu armonli kechmishni har bir musulmon oʻqishi lozimdir. Zero, tarix ulugʻ murabbiydir!

Oʻzligini anglashni, salaflaridan ibrat olishni va kelajagini mustahkam asosga qurishni istagan millat kishilariga Baxtiyor Abdugʻafur qalamiga mansub “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” kitobini oʻqishni tavsiya qilaman.

©️Mubashshir Ahmad

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥74👍4😢1
“Muhtaram musulmonlar, iltimos, saflarni zich qilib, tekislab olaylik. Qo’l telefonlaringizni o’chirib qo’ysangiz. Ketayotganda o’z poyabzalingizni kiying. Kecha xufton namozidan keyin Solih amakining kalishini rosa izlab, topa olmadik. Yoshi ulug’ odam bo’lsa. Shunday ekan, o’z poyabzalingizni kiying. Har kim o’z poyabzalini kiysa nima bo’ladi? Mamlakatda huzur-halovat, tartib bo’ladi. Osoyishtalik bo’ladi. Ahillik yo’qolmaydi”.

“Hamza”

Yumshoq muqova, 202 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar
Mahbublarga ulashing💞
👍11😢7🔥3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
КЎПАЙИБ КЕТАЁТГАН ВАЗИРЛИКЛАР, ҚЎМИТАЛАР ВА АГЕНТЛИКЛАР ҲАҚИДА ЭРТАК (Меҳнаткаш чумоли ролида халқимиз) ... Пашша раислик килган мажлисда бир ходимни қисқартириш масаласи кўндаланг қўйилади. Узоқ бахс-мунозалардан сўнг чумолини ишдан бўшатишга қарор қабул…
KOʻPAYIB KETAYOTGAN VAZIRLIKLAR, QOʻMITALAR VA AGENTLIKLAR HAQIDA ERTAK (Mehnatkash chumoli rolida xalqimiz)

... Pashsha raislik qilgan majlisda bir xodimni qisqartirish masalasi koʻndalang qoʻyiladi. Uzoq baxs-munoza
ralardan soʻng chumolini ishdan boʻshatishga qaror qabul qilishadi. Chumolini ishdan bo’shatilishiga quyidagi muhim asoslarni keltirib oʻtishadi:
1). Chumoli doim ishi koʻpligidan nolishi;
2). Chumoli doim boshqa xodimlardan oyligi kamligidan nolishi;
3). Pul mukofotlari olmaganligi uchun eʼtirozlari;
4). Doim qoʻshimcha chumoli olish haqidagi talablari;
5). Ishdan kech ketib, ertasiga ishga kech qolib kelishi va xokazolarni inobatga olib bir ovozdan chumolini ishdan bo’shatishadi.

Ishdan boʻshagan chumoli oʻzini avvalgi sevimli ishiga qaytganidan bagʻoyat xursand va baxtiyor holatda oʻz sevgan ishini davom ettiribdi...

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘ldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa bo‘ladi?

Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.

"Iymon va huzun" _ qalbingizni g‘uborlardan yuving!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢8👍62🔥2🎉1
"Xolid ibn al-Valid"

Muallif asarni yozishda aniq tarixiy manbalarga asoslangan, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rgan, xaritalarini shakllantirgan. Kitob islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.

Qattiq muqova, 682 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
10👍7🔥1🥰1🎉1
Xoja Ahmad Yassaviy turkiy zabon millatlarning ma’naviy tarixida muhim o’rin tutgan mutasavvuf donishmand. Islomiy ilmlarni, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’gitlarini tushunarli mazmunda bayon etib, xalqning bilim saviyasi oshishi, qalbi poklanishiga salmoqli hissa qo’shgan ulkan shaxs. Turk adibi Aydin Hizning mazkur asarida kambag’alparvar va yetimparvar donishmandning hayot yo’li ta’sirchan uslub va rangdor bo’yoqlarda aks ettirilgan. O’quvchining hayrat hislarini uyg’otuvchi, ichki dunyosiga ezgu tuyg’ular indiruvchi, oxirgi sahifasiga qadar hayajonga soluvchi go’zal asar mutolaasiga marhabo!

Yumshoq muqova, 334 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢43🔥2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ikki kishining oʻrtasidagi masofalarning eng yomoni - tushunmovchilikdir. Jubron Xalil Jubron ning "Kesik qanotlar" kitobidan. Sanoqli kunlarda hukmingizga havola etiladi Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
“Ehtiyotkorlik nima?” deb soʻralganida, arablardan biri aytdi: “Modomiki, bir narsaning rioyasini qilgan ekansan, shu holatni saqlash va kifoya qiladigan darajadagi narsadan ham uzoqroq turish”. “Ojizlik nima?” deb soʻralganida, aytdi: “Ojizlik – imkondan oldin va zamon bilan oʻzaro kelishuvdan ilgari shoshilish”. “Majd nima?”– deyilsa: “Ulugʻ ishlarni bino qilish, qarz-u majburiyatlarni koʻtarish, muhim holatlardan xabardorlik va nafsni harom qilingan ishlardan toʻsish” – dedi. “Sharaf nima?” deb soʻralsa, dedi: “Qoʻshnilarga saxovat, qadr-qimmatni pok saqlash, xoh boy, xoh kambagʻal holatda soʻralgan narsani bera olish”. “Muruvvat nima?” deyilsa, aytdi: “Yuksak himmat va oʻzni yomon otliq boʻlishdan saqlash”. “Hilm nima?” deb soʻralsa, dedi: “Nafrat oʻtini oʻchirish, gʻazablangan paytda nafsni tiyish va jazolashga qodir boʻlaturib, kechirib yuborish”.

Qattiq muqova, 333 sahifa, 75ming so’m.
Buyurtma uchun
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Mahbublarga ulashing💞
👍10🥰43🤩1
“TOQAT” 🌾

Hokimiyat zararli mazmunga ega kitoblarni
Yoqishga buyruq berganda,
Gulxanga tashlanadigan kitoblar ortilgan
Ho’kizlarni qamchi bilan har tomondan haydashganida,
Bir quvg’indagi muallif, yaxshilardan biri
Yoqiladigan kitoblar ro’yxatini ko’rdi va to’satdan
Daxshatga tushdi.
Ko’rdiki, uning asarlari bu ro’yxatda yo’q.
Unutilgan.
U shoshib o’tirdi maktub bitmoqqa,
G’azab bilan hukumatga xat yozdi.
“Meni ham yoqinglar!”-uning uchar qalami yozdi.
Meni tashlab ketmang, bunaqa qilmang!
Nahot? Men yozgan kitoblarda haqiqat yo’qdir?!
Haq kitoblar yoqilayotganda siz
Menga yolg’onchiday munosabat qilyabsiz!
Agar Haqni yozmagan bo’lsam,
Buyuraman:
“Meni yoqinglar!”

Yumshoq muqova, 233 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢6🔥3
“G’arbning o’limi”

Mazkur kitobni mutolaa qilgan kishining nazarida muallifning ko’pgina fikrlari o’ta bahsli, hatto biryoqlama bo’lib ko’rinishi mumkin. Biroq, demografik vaziyatning keskinlashuvi, kishilarning ongi va dunyoqarashidagi o’zgarishlar, azaliy urf-odat va qadriyatlarning yemirilayotgani, g’arb oilasining tanazzulga yuz tutayotgani, immigratsiyaning tobora keskin tus olayotganini tasdiqlaydigan ma’lumotlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

Qattiq muqova, 287 sahifa, 39ming
Buyurtma uchun:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍7🔥7
O’qituvchi o’quvchilardan so’rabdi:
-Eng muhim yulduzlarni nomma-nom sanab berolasizlarmi?
-Qaysi birini ustoz? Sport yulduzlarimi yoki kino yulduzlarimi?

Bolalarning javobi ularning ichki olamini aks ettiradi. Ular o’zga sayyorada yoki yulduzlar dunyosida emas, balki o’zimizning oramizda voyaga yetishadi. Shunday ekan, avvalo o’zimizga yaxshilab nazar solishimiz kerak.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍209
⚡️Haqiqat yalang‘och ham yuraverishi mumkin, lekin yolg‘on hamisha niqobga muhtoj...

⚡️Qish: “Bahor mening qalbimda” desa, unga kim ham ishonardi?

⚡️Bizning cheksiz yoʻqotishlarimizning eng katta va asl sababi, yozilgan satrlar satrligicha, aytilgan gaplar gapligicha, qilingan nasihatlar nasihatligicha qolib ketishidir...

⚡️Ikki kishining oʻrtasidagi masofalarning eng yomoni - tushunmovchilikdir.

Xalil Jubron Xalilning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Ushbu kitob yangi haftada hukmingizga havola etiladi... 🛋

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍95🔥2🤩2🥰1🎉1
Odam oʻzini samimiy tutmasa, yolgʻon soʻzlasa, oʻzi sezmagan holda ezilib, stulga yopishib, nimadandir yashirinmoqchiday, hatto oʻzining gapidan oʻzi qoʻrqqanday harakat qiladi. Agar odam xatarni his qilsa, oʻz fikri, gapi, gʻoyasiga ishonchi boʻlmasa, bu uning tashqi koʻrinishida aks etadi.

Bunday kishilar xiyol egiladi, baʼzilari boshini boʻyin ichiga tortadi. “Toshbaqa shaklini olayotgan kishiga nazar soling. Oʻzini noqulay sezadi, ochiq joyda yashirinishga urinadi. Bu noqulaylik va xatardan choʻchish belgisidir. Kitob insonning ana shunday sirli holatlari va bu holatlarning tahliliga bagʻishlanadi.

Jo Navarro: Siz nimani oʻylasangiz men oʻshani koʻraman🧐

Qattiq muqova, 320 sahifa, 69ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥18👍53
Olimlardan biri shunday degan edi:
“Domla, farzandimga kunda uchta kitob o’qib berdim, ammo uni kitob o’qishga qiziqtira olmadim”.
Ichimda dedim:
“Ustoz, siz bolani bezdirib yuboribsiz. Bolaga bir kunda uchta kitob o’qib bersangiz, albatta, mutolaani yomon ko’radi-da”.
Eng yaxshi ko’rgan mevamiz olma bo’lsin. Bir dona tortiq qilinsa, rahmat aytib, maza qilib yeb olamiz. Ikkinchi va uchinchilarni ham bir amallab yeymiz, ammo qo’limizga tinimsiz olma berilib, yeyish talab etilsa, albatta, olma biz uchun ozuqa, shifo emas, balki zahmat, balo bo’ladi. Hayotini kitoblardan qurilgan devor bilan o’rasangiz, bolaning joniga tegasiz. Shuning uchun maqsadingiz uning o’rganishidan ko’ra qiziqishiga, yoqtirib qolishiga sababchi bo’lishingiz kerak. O’rgatishga yopishib olmay, avvalo, qilayotgan ishidan zavqlanishiga sharoit yarating.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍244🔥4🎉2