Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yusuf alayhissalom zindonband etilgandan keyin zindonlar hikmat uyiga aylangan... Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida ''Kuchli akalarim bor…
“Yigirma bir yoshdaman, ammo yigit emasman. Yigit kishi, haqiqiy er kishi boʻlganimda Istanbulni qaytarib olardim. Mard boʻlganimda Rimga koʻz tikkan boʻlardim. Vaholanki, burnimning tagidagini ham koʻrishga ojizman. Nomardlar bizni qoʻgʻirchoqqa aylantirib qoʻydi. Jilovim ularning qoʻlida. Tayyorlov kursi, imtihon, universitet... Birgina qiladigan foydali ishim test yechish. Ancha avval oʻzgartirilishi lozim boʻlgan tizim izmida yuribman. Istanbulni yoʻqotdim, Bagʻdodni yoʻqotdim. Quddusni boy berdim. Rimni unutdim. Maqsadlarim oddiy: yaxshi fakultet, baland maoshli ish, iloji boʻlsa goʻzal rafiqa, ishlaydigan boʻlsa, yanada yaxshi. Axir bu davrda birgina erkakning topgani nima boʻlardi? Yashash qiyin. Keyin yaxshi uy, undan keyin yangi mashina, bola-chaqa, xullas, shu tarzda yashab oʻtamiz. Eh, meni kim shu koʻyga soldi?..”

Turk adibi Umar Foruq Doʻnmazning “Hamza” asaridan

Yumshoq muqova, 202 sahifa, 40ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢10👍7🥰4
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Yigirma bir yoshdaman, ammo yigit emasman. Yigit kishi, haqiqiy er kishi boʻlganimda Istanbulni qaytarib olardim. Mard boʻlganimda Rimga koʻz tikkan boʻlardim. Vaholanki, burnimning tagidagini ham koʻrishga ojizman. Nomardlar bizni qoʻgʻirchoqqa aylantirib…
Vaholanki, haqiqiy ziyolilar, olimlar, mutafakkirlardan iborat kengash boʼlsa, Аllohning rahmati va inoyati bilan bu kengashning xato qaror qabul qilish ehtimoli kam boʼladi.

Muqaddas dinimiz birgina kishiga soʼzsiz itoat etishga emas, balki maslahatlashib chiqarilgan qarorlarga itoat qilishga buyuradi.

Kun kelib bu dunyoda nasibasi tugashini kuniga hech boʼlmasa bir marta oʼylamagan insonning qalbi qorayar ekan. Oʼsha qoraygan qalbiga dunyo sevgisi toʼlar ekan. Qalbiga dunyo sevgisi toʼlgan inson oxiratini unutar ekan.

"Hamza"
©Umar Foruq Doʼnmaz

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥9👍4😢42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yusuf alayhissalom zindonband etilgandan keyin zindonlar hikmat uyiga aylangan...

Yusuf alayhissalom quduqqa tashlashdan avval akalari tomonidan do‘pposlanganlarida tabassum qilgan ekanlar, akalari nega tabassum qilayapsan deganlarida ''Kuchli akalarim bor, hech kim meni urolmaydi!'' deb yurardim Alloh meni sizlarga urdirdi...
Allohdan o‘zgaga suyanishning oqibatini ko‘rib kulyapman...

Adam Uzkusaning ''Tutqun'' kitobi sotuvda🎉

Yumshoq muqova, 220 sahifa, 38ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍107🔥3😢3🎉3
... Keyinchalik musulmon bo‘lganlarni avvaldan musulmon bo‘lganlardan farqi keyinchalik musulmon bo‘lganlar iymonsizlik azobini boshdan kechirganlaridir. Shu sababli ular islomni ne'mat ekanligini bizdanda kuchliroq his etadilar...

Musulmonlar johil bo‘lgandagina islomni tark etadi!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢204👍3🎉3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma zolim bilib qoʻysinki, ortida uning ismini tarixga yozib qoʻyadiganlar turibdi...

Koʻplab suriyalik yoshlar singari, men ham isyon paytida oʻlib ketishim mumkin. Lekin bir yoshli qizim bu yurtda biz kabi qul boʻlib yashamaydi. Men qizimga erkin yashashi mumkin boʻlgan mamlakatni sovgʻa qilmoqchiman. Ota qiziga ozodlikdan ortiq sovgʻa bera oladimi?

Adam Uzkusaning ''Tutqun'' kitobi sotuvda🎉

Yumshoq muqova, 220 sahifa, 38ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍8🔥2👏1🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Iymon va huzun” Said Chamlija Kitob iymonni mustahkamlab borish, iymoni mustahkam insonga asabiylik, ruhiy tushkunlik daxl qilolmasligi haqida. Minnatdorchilik, qanoat va shukronalik, mamnunlik hissini orttiradi. Ko’ngil halovatiga erishgan inson umidsizlikka…
Кўпчилик хотирам паст дейди-ю, бироқ ҳеч ким ақлим паст демайди. Бу қизиқ, албатта. Яна шундай парадокс: ёш улғайган сайин хотира пасайиб, ақл эса ортиб боради. Хотира фақат эслаб қолиш ва эсда
сақлашдан иборат бўлса, ақл инсоннинг барча олий фазилатларини ўзида мужассамлаштирган ўта мураккаб жараён. Инсон юксак хотира эгаси бўлиши мумкин, бироқ юксак даражада ақлли бўлиш ҳаммага ҳам насиб қилавермайди. Шундай бир вазиятни тасаввур қилиб кўринг: Дейлик, қайсидир бир давлатнинг ёшу қариси ақлли инсонлардан иборат! Балки ўша халқ албатта тараққиётнинг учинчи минг йиллигини бошдан кечираётган бўлармиди. Хотираси кучли мингта одамдан битта ақлли
инсон афзал. Чунки хотираси кучли одам, ҳатто ўзини ҳам бошқара олмаслиги мумкин, бироқ ақлли инсон нафақат ўзини, балки бутун бир давлатни бошқаради ёки оламшумул кашфиётлар яратади. Демак, хотира билан ақлнинг ўзига яраша фарқ қилувчи томонлари кўп.

"Асаб ва руҳият"

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥13👍7😢3👏2👎1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ishq imtihoni" kitobidan iqtibos

Boshlanishi Аllohni rozi qilmaydigan har qanday aloqa nihoyasi sizni ham rozi qilmaydi!

Odamzod uchun nikoh va iymondan boshqa hatto jannatda ham davom etadigan ibodat yoʻq. Oila shunday saodatmand bir bogʻki, hatto jannatda ham davom etadi. Har qanday shartnoma ham maʼlum muddatdan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi, ammo bir-biridan mamnun boʻlgan umr yoʻldoshlarning hayoti esa oʻlim bilan ham tugamaydi.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
16👍10🔥5🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Jannatga taklifnoma _ E'tirof Musulmonlar islomga qaytishi kerak! Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin...

"Jannatga taklifnoma" kitobidan.

(Yusuf alayhissalom uzoq muddatli ayriliqdan so‘ng otasi bilan uchrashganida "Ota meni sog‘inganingiz sabab yig‘lab ko‘r bo‘lib qoldingizmi?! Deya so‘raydi. Shunda Yoqub alayhissalom "Yoq sog‘inganimdan emas! O‘zligingni (e'tiqodingni) yo‘qotib qo‘yishingdan boshqa din vakillari seni mahv etishlaridan havotirlanib yig‘laganim uchun ko‘zim ko‘rmay qoldi" deb javob beradi... Shoir aytganidek:
"Sen meni shunchaki yaratganing yo‘q!
Shunchaki yashashni men odat qildim!".

Butun koinot insonni Robbisini tanishi, Unga bandalik qilishi uchun yaratildi! Ushbu kitob zalolat botqog‘idan azizlik martabasiga ko‘tarilgan muslimlar haqida so‘zlaydi.

Shu o‘rinda Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamni yaqinlari bo‘laturib iymon ne'matidan bebahra ketgan insonlarni islom diyorida musulmonlar ichida yashab iymon va islomni anglamay, his etmay o‘tayotganlarga qiyoslasa bo‘ladimi?!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍6🤩3🎉1
“Bo’sh vaqtimda kitob o’qiyman” nima degani?

O’sha “Bo’sh” deyilgan vaqtimizni ham, albatta, kitob o’qib, o’z foydamizga bo’ysundirishimiz kerak. Biroq buning uchun kitob mutolaasi rad etib bo’lmas ehtiyojlar ro’yxatidan joy olishi va kunimizning muayyan qismida oz bo’lsa ham o’rni bo’lishi kerak. Bu o’zimizni isloh etib borish va atrofimizdagilarga yanada manfaatli bo’lishi uchun zarur.

“Safar” bilan safar 🏔

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥157👍4🤩2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Qish: “Bahor mening qalbimda” desa, unga kim ham ishonardi? Jubron Xalil Jubronning ''Kesik qanotlar'' kitobidan... Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🧩 Ikki dalil bir-biriga ziddiyatli bo‘lib qolsa, ikkalasi(ning) ham (mo‘tabarligi) soqit bo‘ladi.
🧩 Ma'lum bir narsani tushunmaslik uning yolg‘on ekaniga dalil bo‘la olmaydi.

Ashraf Ali Tahonaviy (1863- 1943) rahmatullohi alayhning “Intibahatul mufiyda fi halli ishtibahatil jadida” (“Yangi paydo boʻlgan shubhalar yechimi haqidagi foydali eʼtiborlar”) kitobida toʻgri eʼtiqodga tegishli turli nozik savollarning javoblari jamlangan. Ushbu kitob Islom aqiydasi asoslariga tegishli boʻlib, unda yettita qoida va shu qoidalar asosidagi eʼtibor berish lozim boʻlgan oʻndan ortiq masalalar misollar bilan bayon qilingan.

Yumshoq muqova, 140 sahifa, 23ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍125🔥3👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Inson hamyonini yoʻqotganini, qoʻl telefonini yoʻqotganini, soatini yoʻqotganini... Qoʻyingki, har qanday mayda-chuydani yoʻqotganini juda tez anglaydi. Ammo OʻZLIGINI yoʻqotganini bir umr farqlamay oʻtishi mumkin... "Jannatga taklifnoma" kitobidan. (Yusuf…
Шуларми эртанинг хўжайинлари?

Иш юзасидан кўпинча одамлар назаридаги нуфузли бир олий ўқув юрти биноси ёнидан ўтаман. Аксарият ҳолда, танаффусга тўғри келадими, йўлакни талабалар тўлдириб туришади. Атай кузатмасам-да, хатти-ҳаракатлари дарров кўзга ташланади: кимлар ҳазил-ҳузул қилган, қийқириб кулишган, бирови бошқасини сўккан…
Эътибор бермасликка уринаман. Ёшлик шўхликлари-да.

Йўл бўйи уларнинг гаплари қулоққа чалинади:
“Қаерда овқатланамиз?”
“Машинангни олиб келдингми?”
“Кечқурун қаёққа борасан?”
“Кейинги дарсга кирмайман, уйга бориб ухлайман”…

Деярли ҳар сафар шунақа гаплар. Неча йилки, бу шўринг қурғурлар “У ёққа борамиз, бу ёққа борамиз”ни қўймайди. Неча йилки, шунақа такасалтанглар ҳаётини эслатадиган манзарага дуч келаман. Бу туришда улар қачон ўқишга вақт топаркин?

Дарвоқе, ўқиш ҳақида ҳам эслаб қолишади. Сессия арафасида мана бундай сўзлар эшитилади: “Гаплашса бўлармикан?”, “Баҳони кўтариб бермайдими?”, “Бирон нарса сўрадими?”…

Худо кўрсатмасин, эртага бундайлар бирор идорага ишга жойлашса, мансаб курсисини эгалласа борми! Кунимизни кўрсатади-я…

Ҳа, айтганча, улар аллақачон қайсидир курсиларни эгаллаб, халқни қақшатишни бошлаб юборган...

P. S. Буларни бир неча йил аввал йўл-йўлакай ёзиб қўйгандим. Фейсбук шуни эслатди яна. Аммо ҳали ҳам ўша аҳвол!😔😔😔

Behzod_Fazliddin


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12😢5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nafrat o'lik narsadir. Qaysi biringiz qabriston bo'lishni xohlaysiz? Xalil Jubronning ''Kesik qanotlar'' kitobidan...   Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ikki kishining oʻrtasidagi masofalarning eng yomoni - tushunmovchilikdir.

Jubron Xalil Jubron ning "Kesik qanotlar" kitobidan.

Sanoqli kunlarda hukmingizga havola etiladi

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢152👍2
“...baxtsiz millatning biri ikki boʻlmay, shu qolajagi boʻlsa, muteʼlik unga sharafli qismat boʻlib bitilmish ekan...”

"Qonli gullar vodiysi"

1918-1920 yillarda Fargʻonaning minglab erksevar yigitlari boshini bir qilib, din va millat shaʼni uchun kurashdi. Mana shu kurash Baxtiyor Abdugʻafurning “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” roʻmonida badiiylashtiriladi. Bu roʻmon nafaqat kurash, balki soʻngsiz afsus-nadomatlar, armonlar haqida hamdir. Millatimizning qora kunlarga batamom hukm qilinishi haqidagi bir tarixdir. Bu armonli kechmishni har bir musulmon oʻqishi lozimdir. Zero, tarix ulugʻ murabbiydir!

Oʻzligini anglashni, salaflaridan ibrat olishni va kelajagini mustahkam asosga qurishni istagan millat kishilariga Baxtiyor Abdugʻafur qalamiga mansub “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” kitobini oʻqishni tavsiya qilaman.

©️Mubashshir Ahmad

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥74👍4😢1
“Muhtaram musulmonlar, iltimos, saflarni zich qilib, tekislab olaylik. Qo’l telefonlaringizni o’chirib qo’ysangiz. Ketayotganda o’z poyabzalingizni kiying. Kecha xufton namozidan keyin Solih amakining kalishini rosa izlab, topa olmadik. Yoshi ulug’ odam bo’lsa. Shunday ekan, o’z poyabzalingizni kiying. Har kim o’z poyabzalini kiysa nima bo’ladi? Mamlakatda huzur-halovat, tartib bo’ladi. Osoyishtalik bo’ladi. Ahillik yo’qolmaydi”.

“Hamza”

Yumshoq muqova, 202 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar
Mahbublarga ulashing💞
👍11😢7🔥3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
КЎПАЙИБ КЕТАЁТГАН ВАЗИРЛИКЛАР, ҚЎМИТАЛАР ВА АГЕНТЛИКЛАР ҲАҚИДА ЭРТАК (Меҳнаткаш чумоли ролида халқимиз) ... Пашша раислик килган мажлисда бир ходимни қисқартириш масаласи кўндаланг қўйилади. Узоқ бахс-мунозалардан сўнг чумолини ишдан бўшатишга қарор қабул…
KOʻPAYIB KETAYOTGAN VAZIRLIKLAR, QOʻMITALAR VA AGENTLIKLAR HAQIDA ERTAK (Mehnatkash chumoli rolida xalqimiz)

... Pashsha raislik qilgan majlisda bir xodimni qisqartirish masalasi koʻndalang qoʻyiladi. Uzoq baxs-munoza
ralardan soʻng chumolini ishdan boʻshatishga qaror qabul qilishadi. Chumolini ishdan bo’shatilishiga quyidagi muhim asoslarni keltirib oʻtishadi:
1). Chumoli doim ishi koʻpligidan nolishi;
2). Chumoli doim boshqa xodimlardan oyligi kamligidan nolishi;
3). Pul mukofotlari olmaganligi uchun eʼtirozlari;
4). Doim qoʻshimcha chumoli olish haqidagi talablari;
5). Ishdan kech ketib, ertasiga ishga kech qolib kelishi va xokazolarni inobatga olib bir ovozdan chumolini ishdan bo’shatishadi.

Ishdan boʻshagan chumoli oʻzini avvalgi sevimli ishiga qaytganidan bagʻoyat xursand va baxtiyor holatda oʻz sevgan ishini davom ettiribdi...

Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13🔥32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘ldan ozorni olib tashlash iymondan hisoblansa, fikr va qalbdagi ozorni ketkazish haqida nima desa bo‘ladi?

Biz hammamiz o’zimizni boshqa insonlardan ko’ra ko’proq sevamiz.
Lekin baribir o’zimizning fikrimizdan ko’ra ularning fikri haqida ko’proq qayg’uramiz.

"Iymon va huzun" _ qalbingizni g‘uborlardan yuving!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢8👍62🔥2🎉1
"Xolid ibn al-Valid"

Muallif asarni yozishda aniq tarixiy manbalarga asoslangan, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rgan, xaritalarini shakllantirgan. Kitob islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.

Qattiq muqova, 682 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun: @TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
10👍7🔥1🥰1🎉1
Xoja Ahmad Yassaviy turkiy zabon millatlarning ma’naviy tarixida muhim o’rin tutgan mutasavvuf donishmand. Islomiy ilmlarni, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’gitlarini tushunarli mazmunda bayon etib, xalqning bilim saviyasi oshishi, qalbi poklanishiga salmoqli hissa qo’shgan ulkan shaxs. Turk adibi Aydin Hizning mazkur asarida kambag’alparvar va yetimparvar donishmandning hayot yo’li ta’sirchan uslub va rangdor bo’yoqlarda aks ettirilgan. O’quvchining hayrat hislarini uyg’otuvchi, ichki dunyosiga ezgu tuyg’ular indiruvchi, oxirgi sahifasiga qadar hayajonga soluvchi go’zal asar mutolaasiga marhabo!

Yumshoq muqova, 334 sahifadan iborat.
Buyurtma uchun:
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢43🔥2