Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.92K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Alloh uchun qalbini bir-biriga bog‘lagan insonlar abadiy baxt lazzatiga muyassardir, muqaddimasi bu dunyoda, davomlisi oxiratdadir. Kunlik baxtni ortidan quvib abadiy baxtni unutib qo‘ymoqdamiz, ko‘zimiz zino botqog‘iga botib undan chiqish uchun chora izlamaydigan…
Али Тантовий роҳимаҳуллоҳ ўзининг "Зикриёт" китобида айтади:
"Эллик йилдан бери адабиёт билан машғулман. Ёзаман, нашр қиламан. Ҳатто энг ашаддий душманларим ҳам мени ёзган нарсаларим билан айблай олмайди. Шундай бўлсада айтаманки, адабиёт, шеър ва санъат агар инсонлардаги динни кетказса, мурувватни йўқотса, иффатни зое қилса ва обрўни тўкса бунақанги адабиётга, шеърга ва санъатга Аллоҳнинг лаънати бўлсин!".

Шайх Тантовий тўғри айтади. Биз ёзаётган ҳар-бир ҳарфни аслида амал саҳифаларимизга ёзиб бормоқдамиз. Биз ижтимоий тармоқларда ёзаётган ҳар-бир калимани фаришталар битиб бормоқда. Биз ёзаётган ҳар-бир жумламиз учун Аллоҳнинг ҳузурида ҳали тик турамиз.
У кунда сизга: "Асарингда беҳаё саҳналарни кўпайтирсанг унинг бозори чаққон бўлади", дейдиган нашриётлар туриб бера олмайди.
У кунда "лайк"лар сони, "поделиться"лар адади, қарсаклар овози сизнинг жонингизга оро кирмайди. Қабрда ёлғиз ўзингиз дафн қилинасиз. Уларнинг ҳеч бири сизга фойда бермайди.

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢26👍112
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kimdir jurnalistlardan, kimlardir esa yong‘indan, o‘g‘ridan, politsiyadan, qamoqxonadan yoki Xudodan, jamoa yoxud hamkasblarning qoralashidan, turmush o‘rtog‘idan... qo‘rqadi. Agar inson axloq va axloqsizlik o‘rtasidagi farqni tushunish darajasidagi hushyor…
Aslida biz ulugʻlayotgan ajdodlar uzoq tarixda boʻlgani, yaqin tarixdagilar esa oʻz nafslari va bilimsizligi ortidan ikki buyuk imperiya oʻrtasida talashilgan oʻlja boʻlganini bildim.

Kitob 700 betdan oshiq boʻlsa-da bir ichiga shoʻngʻib ketganingizda 100 bet keyingi varoqlardan chiqib qolasiz. Oʻqidimmi yoki kino koʻrdimmi deb oʻylanasiz.

Men bu kitobdan Napoleon askarlari rus yerlaridan qochish paytida hattoki oʻz otlarini yeb qoʻyishganini, savodsiz afgʻon hukmdori Doʻstmuhammadning adolatli hukmdorligi haqida oʻqidim. Doʻstmuhammad oʻqish-yozishni bilmasada uning adolati xalq orasida olqishlarga sabab boʻlgan ekan. Dehqon zolimlarning yoʻqligidan, fuqarolarning uylari xavfsizligidan, shaharning qatʼiy tartib-qoidalaridan, savdogarlar adolatli hukm chiqarilishidan, mol-mulkining himoyalanganidan xursand edi, deb yozgan tarixchilar. Qarang, xalq uchun koʻp narsa kerak emas.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍12🔥4😢3
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ushbu yangi kitobda siz quyidagilarni bilib olasiz: • Qanday qilib yangi mijozlar topish va mavjudlaridan koʻproq foyda olish; • “Katta biznes”larga moʻljallangan marketing kichik va oʻrta biznes strategiyalarini oʻldirishi sabablari; • Tom maʼnoda bir…
Bu davlatda insonlarning barchasini o‘zaro teng qiluvchi yagona joy bor – birgina muassasada faqir fuqaro Rokfellerlar bilan teng, ongi past inson Eynshteyn bilan teng va o‘qimagan odam professor bilan teng. Bu muassasa, hurmatli jentlmenlar, sud deb ataladi.

"Oʻljani qoʻlga tushirmoqchi boʻlsang, shoshmaganing maʼqul. Indamay kut. U qiziqib inidan boshini chiqarib koʻrishi aniq".

“– Gek, – dedi Attikus biz­ga chappa qarab tur­gancha, –  a­gar bu ishni berkitsak, men butun umr Jem­ga bermoqchi bo‘l­gan tarbiyamni inkor qil­gan bo‘laman. Goho men yaxshi ota bo‘lolmadim deb o‘ylayman, ammo ularnin­g mendan boshqa hech kimi yo‘q. Jem boshqalardan emas, mendan o‘rnak oladi va men doim unin­g ko‘zi­ga tik qaray olish uchun to‘g‘ri yashash­ga harakat qildim. A­gar bu ishni berkitmoqchi bo‘lsam, unin­g ko‘zi­ga qaray olmay qolaman, bu ish­ga qo‘l ur­gan kunim o‘g‘limni umrbod yo‘qotaman.

«MAZAXCHINI O‘LDIRISH»

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍162
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Safar" kitobi

Biz bilgan islom avval qanday edi?
Muallif Adem Uzkusa sayohati davomida shu savolga javob topishimizga yordam beradi.

Sayohat eng buyuk va jiddiy fan sifatida yana oʻzligimizga qaytishga yordam beradi”.

Muqova
yumshoq;
Sahifa
222 bet;
Narxi
— 29.000 so‘m.

📩
Buyurtma uchun @TaskinKitob ga murojaat qiling.

@TaskinKitoblar
12👍2🔥2🤩2🎉1
Forwarded from .
Muhammad Bo'zdagning "Ishq imtihoni yohud ko'rganingga ishonma" kitobi, ko'plab insonlarning hayotidagi muhim hissiyotlardan biri - ishqning mohiyatiga oid. Kitobda muallif ishqni birlashuvchi va xalqaro bilim, falsafa, tarix va adabiyotga oid misollar yordamida tahlil qiladi.

Muhammad Bozdağning "Ishq imtihoni" nomli kitobi, sevgining turli yo'nalishlarini ko'rsatadigan asar hisoblanadi. Kitob, munosabatlardagi muammolarni va ularning yechimlarini yanada o'rgatadigan hamda shaxsiy rivojlanish va o'zingizga hurmat ko'rinishlarini ham muhokama qiladigan manba.
Kitobda diniy masalalar ham ko'rsatilgan, ammo umumiy hisobda, ishqning ko'pgina ko'rinishlari haqida gapiriladi.

Qisqa aytganda, "Ishq imtihoni" kitobi, sevgi mavzusiga keng qarash yo'nalishini taqdim etgan, o'quvchilarga amaliy maslahatlar beruvchi, o'qitish usuli hisoblanadi.
Bu kitobda tavsiyalar, yechimlar va eslatmalar mavjud boʻlib, buni oʻqish albatta siz uchun fiydali boʻlishiga ishonaman.

#Kitobdan

" Ey buyuk Robbimiz! Bizlarni xayrsiz insonlardan asra. Bizlarga umr yoʻlida hamrohlik qiluvchi ishonchli, xayrli bir juft va xayrli avlodlar nasib qilgin!

" Yer yuzidagi hamma narsani sarf qilganingda ham, ularning qalblarini birlashtirolmagan boʻlarding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Chunki U Gʻolib va Hikmatli Zotdir! "

Kitobni @taskinkitoblar dan topishingiz mumkin)))

@Asmaa_kitab
👍157
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavjud baxtingizga qanoat qiling. Baxtsizlik baxtning ziyodasiga qiziqqaningizdan boshlanadi”...

Meni tushunmog‘ing sevmog‘ingdan yaxshiroq!

Muqova - yumshoq;
Sahifa - 191 bet;
Bahosi - 29.000 so’m.

Buyurtma berish :
@TaskinKitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢8🔥6👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📜Sunani Termiziy
Muallif: Abu Iyso Muhammad At-Termiziy

Ulug‘ muhaddis Imom Termiziyning «Sunani Termiziy» («Al-jomiʼ as-sahih») asari yangi nashri Misr Qohira nusxasiga asoslandi, Bayrut, Riyoz nusxalari bilan qiyoslandi. Boblar va hadis raqamlari arabiy asliyatga moslab chiqildi. Asar Hanafiy fiqhi asosida diyorimiz kitobxonlari manfaatlariga mos zarur ilmiy sharh va izohlar bilan taqdim etilmoqda.

Qattiq muqova, 511 sahifa
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥12👍3🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
“Anʼana o‘liklarning tirik ruhi, anʼanaviylik esa tiriklarning o‘lgan ruhidir”, «Sizlar kofirsizlar, do‘zaxga tushasizlar. Xudolaringiz yaramas, aqidangiz noto‘g‘ri. Biz musulmonlar esa haqiqat ustidamiz, yaqinda jannatga tushamiz”, deyishgan deb o‘ylaysizmi?…
Ey koʼngil!
Nega mayda-chuyda buncha narsalarga gʼam chekasan?
Gʼam bilan nega siqasan jonni, jononni?
Yozgan Haqdir.
Yozilgan haqingdir.
Sabr, shukur, duo uchburchagida boʼl. Sabring salomatlikka, shukring hidoyatga, duong esa rahmatga aylanadi, inshoolloh...

''Afv et Allohim''

Yumshoq muqova, 49ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍196🔥5🤩3😢2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Oqil shundayki, ikki yaxshilik va ikki yomonlik orasidan, yaxshilik yaxshirog'ini va yomonlik yaxshisini ajratadi. "Tazkirat ul-avliyo" Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar
Hazrati Uvays Qaraniydan:
– Qandoqsan? – deb soʻradilar.
– Tongda turib, kechgacha yashash-yashamasligini bilmaydigan kishi qandoq boʻlur! – deb javob berdi.

Bir kishi Abu Abdullohga:
- Qanchalik zohidsiz-a?!
- Sen mendan ham zohidroqsan.
- Qanday qilib?
- Chunki men dunyodan kechganman, sen esa oxiratdan.

“Tazkirat ul-avliyo”

Qattiq muqova, 525 sahifa, 85ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢25👍7
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Nafsni poklashda xato-kamchiliklarni tan olib, uni muolaja qilishga intilish, doim o‘zini tergash, Allohga yukinish, U Zotdan yordam so‘rash muhim hisoblanadi. Qalbni davolash tanani davolashga o‘xshaydi. Tanamizda biron kasallik bo‘lsa, shifokorga murojaat…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qalblar tabobati”

Nafsni poklashda xato-kamchiliklarni tan olib, uni muolaja qilishga intilish, doim o‘zini tergash, Allohga yukinish, U Zotdan yordam so‘rash muhim hisoblanadi.

Qalbni davolash tanani davolashga o‘xshaydi. Tanamizda biron kasallik bo‘lsa, shifokorga murojaat qilamiz, bilar-bilmas o‘zimizcha davolanmaymiz. To‘g‘rimi?

Xuddi shunga o‘xshab, ruhiy tarbiyaga muhtoj inson o‘zicha davolana olmaydi. Bunda biz uchun bosh shifokor anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamdirlar. U zotning tavsiyalari qalbimizga malham boʻladi.

Ziyovuddin Rahimning mazkur kitobi qalblarga shifo boʻladi, in shaа Alloh.

Qattiq muqova, 59ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍28👏1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Kimdir jurnalistlardan, kimlardir esa yong‘indan, o‘g‘ridan, politsiyadan, qamoqxonadan yoki Xudodan, jamoa yoxud hamkasblarning qoralashidan, turmush o‘rtog‘idan... qo‘rqadi. Agar inson axloq va axloqsizlik o‘rtasidagi farqni tushunish darajasidagi hushyor…
#Vatandoshlik_dasturi

Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥8👍3
Forwarded from Taskin Books
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli ayollari, nabiralariga bo’lgan go’zal lutflari aks ettirilgan ushbu risolada bugungi kunda oila qurishning ahamiyati, turmushda uchraydigan ziddiyatlarga yechimlar va mustahkam munosabatlarda asqotadigan qoidalar o’rin olgan.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, mutolaa jarayonida kitobning har bir bo’limiga mos va muvofiq tarzda Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari va ulamolarning ibratomuz so’zlari keltirilganligiga guvoh bo’lasiz.


@TaskinBooks 🎨
👍16🔥127
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Osmoningdan uzilma, ey dil"

Shayx ­Alouddin­ Mansur Qur’oni karim ma’nolarini zamonaviy oʻzbek tiliga birinchi boʻlib oʻgirgan.

Siz azizlarga taqdim etilayotgan mazkur kitobda Shayx ­Alouddin­ Mansur hazratlari­ bilan­ bo‘lgan suhbatlar­ saylanmasi jamlangan.

Kitobni oʻqir ekansiz, marhum olimning nafaqat diniy sohada, balki adabiyot va ijtimoiy masalalarda ham yetuk shaxs boʻlganiga ishonasiz.

Qattiq muqova, 373 sahifa, 42ming
Buyurtma berish @TaskinKitob


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16
Амир Темур

17 буюк жангда ғалаба қозонган,
27 давлатни бўйсундирган, бирорта жангда мағлуб бўлмаган моҳир саркарда...

Самарқанд, Бухоро ва Кешда, бутун Мовароуннаҳрда ўзига хос уйғониш даврига сабабчи бўлган давлат арбоби...

Устози Мир Саййид Бараканинг оёқлари остида дафн этилишини васият қилган, уламоларга юксак эҳтиром кўрсатган камтарин инсон...

Yumshoq muqova, 51ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍19
«Алвидо Бухоро» романи «Ёнаётган Бухоро» романининг давомидир. Романда инқирозга юз тутган Хоразм давлатнинг тикланиши ҳақида сўз боради. Жалолиддин Хоразмшоҳ отасининг ўлимидан сўнг қўшинни қайтадан тўплаб, мўғул қўшинига зарба бера бошлайди, қисқа фурсатда давлатни қайтадан оёққа турғизади. Афсуски, саркарда Темур Маликка бу йўлда мўғуллар эмас, кўпроқ ирқчилик, биродаркушлик тўғаноқ бўлади. Мусулмон давлатлар ҳам муштарак ғаним қаршисида бирлашиш ўрнига, ўзаро адоватлашади ёки бир-бирига ёрдам бермайди. Хоразмшоҳлар давлатини қайтадан тиклаган Жалолиддин Хоразмшоҳ мўғул қўшинини мағлубиятга учратади, лекин мўғуллар уюштирган маккорона фитна туфайли Салжуқийлар давлати билан жанг қилишга мажбур бўлиб, бу жангда мағлубиятга учрайди. Оқибатда Хоразмшоҳлар давлати бутунлай қулайди.

Yumshoq muqova, 49ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
10👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ishq imtihoni" kitobidan iqtibos

Boshlanishi Аllohni rozi qilmaydigan har qanday aloqa nihoyasi sizni ham rozi qilmaydi!

Odamzod uchun nikoh va iymondan boshqa hatto jannatda ham davom etadigan ibodat yoʻq. Oila shunday saodatmand bir bogʻki, hatto jannatda ham davom etadi. Har qanday shartnoma ham maʼlum muddatdan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi, ammo bir-biridan mamnun boʻlgan umr yoʻldoshlarning hayoti esa oʻlim bilan ham tugamaydi.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍2710🔥10
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ey koʼngil! Nega mayda-chuyda buncha narsalarga gʼam chekasan? Gʼam bilan nega siqasan jonni, jononni? Yozgan Haqdir. Yozilgan haqingdir. Sabr, shukur, duo uchburchagida boʼl. Sabring salomatlikka, shukring hidoyatga, duong esa rahmatga aylanadi, inshoolloh...…
Haqiqat yalang‘och ham yuraverishi mumkin, lekin yolg‘on hamisha niqobga muhtoj...

Xalil Jubron ning ''Kesik qanotlar'' kitobidan...

Sanoqli kunlarda hukmingizga havola etiladi...

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16🔥82
Yosh yapon ofitseri Yutaro Toda Antanta qo‘shinlari tarkibida Rossiya shimolidagi Pomoryega kirib kelganida hayoti tubdan o‘zgarib ketishini tasavvur qilmagandi. Tinch va osuda hududda dushmanga qarata biror marta o‘q uzmagan zobit partizanlarga asir tushdi, lekin tez orada ularning hurmatini qozonib, otryad komandiriga aylandi. Biroq NKVD xodimining asossiz gumonlari bilan qamoqqa olinishi uning hayotidagi eng murakkab voqealarning debochasi bo‘ldi. Yutaro o‘zi istamagan holda yangi tuzilgan Hukumatning qamoqxonasidagi insoniylikdan yiroq ichki sirlarga guvoh bo‘lib qoldi. Buning badalini esa umrining uzoq yillarini mahbuslikda o‘tkazish bilan to‘lashiga to‘g‘ri keldi...
Sobiq Ittifoqdagi NKVD xizmatining shafqatsiz tartib-qoidalari, uning baʼzi xodimlari uchun insonlar hayotini qurbon qilish arzimas ish ekanini Yutaro o‘z boshidan o‘tkazgan voqealar misolida ko‘rdi. Biroq olis shimoldagi lager azoblari ham uning irodasini sindira olmadi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥10👍4
Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" 6 juzli kitobi

📚Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari"ning birinchi kitobida tibning nazariy masalalari, ikkinchi kitobida sodda dorilarning tavsifi va tibbiy ta'siri, ya'ni dorishunoslik masalalari ko'rilgan edi.
Asarning uchinchi kitobi uning eng katta qismi bo'lib, u odam tanasi a'zolarining kasalliklari tashxisi va muolajasiga bag'ishlangan. Unga, o'rta asr tibbiy an'anasiga ko'ra, boshdan oyoqqacha bo'lgan a'zolarda sodir bo'ladigan, o'sha davrda ma'lum ko'p kasalliklar kiritilgan.
Uchinchi kitob hajm jixatidan katta bo'lgani uchun asarning avvalgi nashrlarida u ikki jildga bo'lib chop etilgan edi, uchinchi nashrda ham shu shakl saqlandi.
Zero, bu nashr "Tib konunlari" uchinchi kitobining 1979— 1980 yillarda amalga oshirilgan ikkinchi nashri asosida tayyorlandi.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍11🔥6
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Hamma zolim bilib qoʻysinki, ortida uning ismini tarixga yozib qoʻyadiganlar turibdi... ©Adam Uzkusa _ ''Tutqun'' romanidan Tez kunda _ Taskin Kitoblar da Adam Uzkusa ning ''Tutqun'' asari premyerasi⚡️ Aytgancha ''Safar'' yangi haftada sotuvga chiqadi🥳
Адашмасам, 2018 йил эди. Президент рамазон ҳайити арафасида афв эълон қилди. Комиссия таркибида бўлган прокурорнинг ҳайрат билан айтган гаплари ҳеч эсимдан чиқмайди, чунки суяк-суягимдан ўтиб кетган. Ўша ишлар ҳамон давом этаётганига 21 ёшли йигитнинг қамалгани очиқ далилдир.

Ўша прокурор айтган эди:
“Афв этиладиганлар рўйхатида 67 ёшли момо ҳам бор экан. 20 йилга қамалган. Шунинг 17 йилини ўтириб бўлган. Ҳузуримизга кирганида ўрнимда ўтиролмадим. Бошқалар ҳам туриб кутиб олишди. Сочлари оппоқ, қадди букилган, ранглари сўник... Арзимаган айби учун қамашган. Қаранг, 98 йилги портлашларда қора рўйхатга тушган йигит шу момонинг номида бўлган уйда ижарада турган. Бўлди! Бошқа айби йўқ. Шугина айби учун 20 йил беришган. Тасаввур қиляпсизми, 20 йил?! “Дело” билан танишиб чиқиб бошимни чангаллаб қолдим. Кўзларимдан ёш тирқираб кетди.
Момога биринчи айтган гапим узр сўраш бўлди: “Бизни кечиринг, онахон, биз 17 йилга кечикдик!” дедим...”

Кейин 18 ёшли бир қизнинг ҳам ҳаёти увол бўлганини айтган эди: телефонини ўғирлатиб қўйган. Лекин қиз милисага ариза бермаган. Кейин бир нокас ўша телефондан четга, тақиқдаги одамларга қўнғироқ қилган. Айланиб келиб, ўша қиз катта муддатга қамалган. Судялар ҳам билиб туриб, катта муддат беришган. Ноинсофларча!.. “Телефон йўқолса, гарчи арзимаган арзон матоҳ бўлса ҳам, милисага билдириб қўйиш керак...” деган эди.

Бунақа ноҳақликлар ўнлаб эмас, юзлаб, минглаб бўляпти. Ноҳақ оққан кўзёшлар аслида кўзёш эмас, қон! Бу қонлар ҳали шу дунёнинг ўзидаёқ бадалини сўрайди. Фақат ўша судялару прокурорлардан эмас, сиздан, мендан, жамиятдан, давлатдан! Ҳаммамиз жавоб берамиз!

Бунақада неча ўн йиллардан бери жар солиб айтилаётган “инсон қадри”, “адолатли жамият” деган шиорлар қачон рўёбга ошади?! Ё у гаплар фақат халқни алдаш, кўзбўямачилик учунми? Жамият адолатли бўлмас экан, кучли давлат қуриш ҳақида гап-сўз бўлиши мумкин эмас!

Эскартиш: Расмни кўриб, онамнинг мен афғонга тушганимдаги ҳолати эсимга тушди (муштипарим устунга суяниб йиғлаган). Оналарни йиғлатган ҳукумат узоқ яшамайди. Узоқ яшайман деган ҳукумат оналарни қон қақшатмайди!


Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢20👍9🔥4