Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
206 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Yumshoq muqova, 287 sahifa, 39ming Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Ҳеч бири шу ерларда ўлиб кетишдан чўчимайди. Зеро, улар юртларидан – гўзал Онадўлидан, азим Истанбулдан чиқаётганида ҳар нарсани бўйнига олиб чиққанди, ҳатто ўлимни ҳам. Кейинроқ, эҳтимол, қайта олмасмиз дея уйларига хабар юборолмасалар-да, қалбларидан отилиб чиқаётган марш мисраларини қуруқшаган лабларида баралла хиргойи қиладилар: “Бориб айт, эй ажал, кутмасинлар бизни уйда...”

"Мадина мудофааси"
•Исмоил Билгин

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢13👍8🤩1
Баъзи одамлар “Намоз учун ҳам кураш бўладими?” деб ўйлаши мумкин. Ҳа, бўлади: ё ётган жойингиздан туриб, намозни адо этасиз, ёки йўқ! Бу кураш нимага ёки кимга қарши?.. Намозга туриш албатта кураш, ҳатто қайсидир маънода нафсимизга қарши курашдир. Ҳар куни эрталаб мўмин ўз нафси ва нафсининг энг яқин дўсти бўлмиш шайтонга қарши курашади. Ҳар бир мўмин, айниқса, охирзамонда адо этолган ҳар бир бомдод намозидан сўнг ғалаба қозонгандек хурсанд бўлиши керак. Намоз учун кураш учта душманга: нафс, шайтон ва заиф имонга қарши бўлади ва бу жуда қийин курашдир. Бу уч душман ҳар доим бирлашиб, сизни мағлуб этишга ҳаракат қилади. Aгар имонингиз заиф бўлса, душманларингизнинг иши осонлашади ва Aллоҳ сақласин, мағлуб бўласиз.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍115😢5🤩4🔥2🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bir otliq chanqog‘ini qondirish va biroz nafas rostlash ilinjida soy bo‘yida to‘xtadi. Ammo otini bog‘laydigan hech narsa topolmadi. Keyin dediki: “Shu ko‘rinib turgan o‘rmondan yog‘och kesib, soy bo‘yiga qoqib qo‘yay. Mendan keyin kelganlarga ot bog‘lash…
#mentugatgankitob

Ushbu asar ko’pchilik kitobxonlarga ma’lum bo’lganidek- siyosiy, tarixiy asardir.
Kitobni mutolaa qilar ekansiz, mu’allif sizga quyidagilar haqida so’zlab beradi:
1- Najmiddin Erbaqon haqiqiy islom ummati, musulmon liderlariga xos va mos bo'lishlikka intilgani (Va qaysidir ma’noda buni uddalagani).
2- Musulmonlar bunday g’arib holga qanday kelib qolgani, nima sabab bunday qilingani.
3- Siyonizm, imperiyalizm, mustamlakachilik, masonlik, oliy irq-yahudiylik, “Arab bahori” , kapitalizm va kommunizmning asl maqsadlari.
4-Va muallif qarashlaridagi adolatli tuzm haqida .
Qisqacha qilib aytganda bugungi dunyo siyosatining asosi, maqsadlari va o‘yin uslublarini qat'iy dalillar bilan bayon qilib bergan.
Kitob so'ngi sahifalari esa muallifning musulmon yoshlariga balki insoniyat taqdiri uchun qayg'urgan har bir insonga ma'naviy, siyosiy tavsiya va nasihatlari bilan o'quvchiga so‘ng so‘z aytadi.
Bu kitob Akrom Malikning "Xalqa" asaridagi mazlumlikda qonlari daryo bolgan xalqlarning tarixi va buguniga siyosiy tahlil va yechim bergan kitob deb o‘ylayman.
Kitobdan birgina parcha sizni kitobga yetarlicha bog’lab qo‘yaoladi :
Buning ochiq dalili o’tgan asrning 90-yillari boshida Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tatcher Uelsda bo’lib o’tgan NATO yig'ilishida (“Sovuq urush” yakunlanib, Sovet Ittifoqi parchalandi, endi NATOni ham bekor qilamizmi?)degan savolga bergan javobidir: ”Dushmani bo‘lmagan mafkura yashay olmaydi. Bizning hayot kechirishimiz uchun albatta, dushmanimiz bo‘lishi shart. Sovet Ittifoqi tarqalgandan so’ng yovlarimiz qatoridan chiqdi. O’rniga yangisini topishimiz lozim. Bu yangi dushman Islom bo’ladi.

''G‘oyam'' Najmiddin Erbaqon

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢5🔥32
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Баъзи одамлар “Намоз учун ҳам кураш бўладими?” деб ўйлаши мумкин. Ҳа, бўлади: ё ётган жойингиздан туриб, намозни адо этасиз, ёки йўқ! Бу кураш нимага ёки кимга қарши?.. Намозга туриш албатта кураш, ҳатто қайсидир маънода нафсимизга қарши курашдир. Ҳар куни…
– Югур, югур! Мана, яна вақт ғизиллаб ўтмоқда. Тутиб қол! Югур! Сен ҳам югур!
– Нимани тутаман, ўтиб кетган нарса нима эди? Кўра олмадим ҳам.
– Вақт. Вақтни ушлаб олишинг керак. У доим қочади, шунчалик тез югурадики, сезмайсан ҳам. Уни тутишинг керак.
– Ё Худойим-эй! Бу нимаси, вақтни қандай ушлаб олиш мумкин? Aллоҳим, қандай етиша оламан бу замоннинг тезлигига? Оёғимда дармон қолмади, мен югурганим сари у янада тезлашяпти, тута олмаяпман. Тўхтат вақтни...

"Мукаммал кун"

Yumshoq muqova, 70 sahifa, 30ming so‘m

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍13😢4🔥2👎1🤩1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
<unknown> – Nomus haqida_1
Husning ko‘zlarni charchatishi mumkin, ammo go‘zal xulqing har vaqt insonni o‘ziga maftun etaveradi. Go‘zal xulq qancha ulashsang ham kamaymaydigan boylikdir…

"Ey qizim" kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
16👍8🤩3🔥2😢1
Qayerga qaramang, hamma joy gavjum: bozorlarda odam qaynaydi, koʻchalar tirband, hatto kasalxonalar ham bemorlardan toʻla, xuddi hamma bemor boʻlgandek...

Biroq masjidga qarasangiz, boʻm-boʻsh, xuddi namoz farz boʻlmagandek. Ushbu kitob oʻz oʻquvchilariga vaqtni bergan Allohga vaqt ajratolmayotganlar asri haqida hikoya qiladi.

Mutolaa qiling va Alloh bilan koʻngil suhbatingiz ya'ni namoz ibodatingizni isloh etishga harakat qiling.

Qattiq muqova, 300 sahifa, 51ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍125😢3🔥1🤩1
Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi bilan yaqindan tanishish, uning taʼlimoti haqida bilishni istaganlar uchun ushbu asar ta'sirchan manbadir. Asarni mutolaa qilar ekansiz, sabr, kamtarlik, pushaymonlik, ruhiy kamolotga yetishish kabi tushunchalarni chuqurroq anglay borasiz.

Turkiy davlatlar yetakchilari va turkiy qabilalarning Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiga hurmati, munosabati, ushbu donishmand shaxsning turkiy tilli xalqlar ichida islomni yoyish borasidagi hissasi kabi tarixiy masalalar yoritilgan ushbu asar oxirgi sahifasiga qadar sizni hayajonga soladi.

Yumshoq muqova, 45ming so‘m
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
8🤩4👍3🔥1
Мен ҳам сен каби қийинчиликдаман, аммо йиғлашни қойиллата олмайман!

​Менга ростгўйлик ҳақида гапирма, мени алдамасанг бас!
Менга вафо ҳақида гапирма, мени сотмасанг бас!
Менга ғоя ҳақида гапирма, тилингни тийсанг бас!
Менга жаннатга йўл ҳақида гапирма, олдимда юрсанг бас!

"Мўминнинг нияти амалидан яхши бўлади. Мунофиқнинг эса амали ниятидан яхши бўлади".

Tongi suhbatlar 45ming
Tungi suhbatlar 40ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍52🎉2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=YmMyMTA2M2Y= Instagram sahifamiz yangilandi... (Qullik... Ibrohim Adham hazratlari ozod qilish niyatida bir qulni sotib oladilar. Quldan so‘radilar: — Isming nima? — Siz kim deb chaqirsangiz o‘sha ismim bo‘ladi…
"Bu shaharda men birorta musulmon farzand o'z ota-onasini qariyalar uyga berib yuborganini ko'madim. Iltimos, mening ham o'g'limga Islomni o'rgating, shoyad u ham menga o'shalardek muomala qilsa."

Musulmon bir oilada tug'ilganlar Islomni yaxshi biladi, ammo Islomda yashamaydi. Keyinchalik musulmon bo'lib hidoyat topganlar Islomni yaxshi bilmaydi, lekin ular Islomda yashash uchun jonini ham berishga tayyor!


Adam Uzkusa "Jannatga taklifnoma"

#Sanoqlikunlarda

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍195😢3🤩3🎉2
Qur'on o'qimasdan avval miyam savollar bilan to'la edi, hech bir kitobdan bu savollarga javob topa olmagamdim. Qur'on ham savollarimga javob, ham qalbimga halovat berar edi.

Kechqurun Istanbulga kirib kelgandim. Ertalab har tarafni bomdod namozining azonlari tutib ketdi. Lol bo'lib qoldim. Birinchi marta buncha ko'p azonni ayni onda eshitayotgandim. Uy egasi bilan masjidga chiqdik, imom "Hashr" surasini o'qidi. Ma'nosini bilmasam ham rosa yig'ladim.

Adam Uzkusa ''Jannatga taklifnoma''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
20👍8😢6🔥5🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar,
Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar,
Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar,
Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

© Najmiddinbek Ermatov

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍4🔥2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar, Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar, Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar, Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir. Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir. © Najmiddinbek…
Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Koʻtarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan koʻzlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday,
Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday,
Ultontozlar kun sanab, e voh, shuni kutganday,
Elning kuni nomardga qolganga oʻxshayotir.

Yuz ellik yil otangni otganni ogʻa sanab,
Dili buzuq kelganning qadamiga gul qadab,
YO, HAQ, deya yonganning mozoriga tosh qalab,
Saroyingga qargʻalar qoʻnganga oʻxshayotir.

Eldan chiqib elidan irganganlar koʻringay,
Oʻz tarixin oʻzgadan oʻrganganlar koʻringay,
Gʻujuri-yu zaboni oʻzgarganlar koʻringay,
Oʻz farzanding oʻzingni sotganga oʻxshayotir.

Kechang zavolga doʻndi, haykalday qotib boʻldi,
Sening bor nasibangni beklaring totib boʻldi,
Bugundan-ku ayrilding, ertangni sotib boʻldi,
Yoʻl koʻrsatar mayogʻing oʻchganga oʻxshayotir.

Burgut uchgan zovlarda quzgʻun bazm etmoqda,
Ildizingni kavshabon toʻngʻiz hazm etmoqda,
Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda,
Qoshiq butun, qiliching singanga oʻxshayotir.

Kechagi yovqir nigoh bugun yerga qadalgan,
Vatan kutgan jasorat non topishga atalgan,
Boʻyin egik, qoʻl qadoq, tizzalaring qavargan,
Umid koʻzyosh shoʻridan soʻlganga oʻxshayotir.

Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar,
Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar,
Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar,
Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

© Najmiddinbek Ermatov

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢18👍10
КЎПАЙИБ КЕТАЁТГАН ВАЗИРЛИКЛАР, ҚЎМИТАЛАР ВА АГЕНТЛИКЛАР ҲАҚИДА ЭРТАК (Меҳнаткаш чумоли ролида халқимиз)

... Пашша раислик килган мажлисда бир ходимни қисқартириш масаласи кўндаланг қўйилади. Узоқ бахс-мунозалардан сўнг чумолини ишдан бўшатишга қарор қабул қилишади. Чумолини ишдан бушатилишига куйидаги муҳим асосларни келтириб ўтишади:
1). Чумоли доим иши кўплигидан нолиши;
2). Чумоли доим бошқа ходимлардан ойлиги камлигидан нолиши;
3). Пул мукофотлар олмаганлиги учун эътирозлари;
4). Доим қўшимча чумоли олиш хақидаги талаблари;
5). Ишдан кеч кетиб, эртасига ишга кеч қолиб келиши ва хоказоларни инобатга олиб бир овоздан чумолини ишдан бушатишади.

Ишдан бўшаган чумоли ўзини аввалги севимли ишига қайтганидан бағоят хурсанд ва бахтиёр ҳолатда ўз севган ишини давом эттирибди...

#tezkunda

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍18😢9
Турмуш мисоли сафардир, шунинг учун йўлнинг охирига эмас, унда ўтган вақтга эътибор қаратишимиз лозим.

Баъзан тавозе билан, баъзан қаҳқаҳалар отиб, баъзан қўл ушлашиб, йўл торайиб қолганда эса бир-биримизни қўллаб-қувватлаб манзилга етиб борамиз. “Яхшиямки умр йўлдошимсан” дея оладиган даражада чидамли, хушчақчақ ва фидокор бўлган пайтимизда биргаликда масрур бўламиз.😊

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍10😢5🤩1
TaskinNews…🥁

Kitobxonlarning sevimli yozuvchisi Omina Shenliko’g’lining minglab qalblarni larzaga keltirgan, hidoyatga yuzlantirgan asari endi yangi ko’rinishda.

@TaskinKitoblar _Yaxshi yangiliklar sari odim!
👍14👎1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=YmMyMTA2M2Y= Instagram sahifamiz yangilandi... (Qullik... Ibrohim Adham hazratlari ozod qilish niyatida bir qulni sotib oladilar. Quldan so‘radilar: — Isming nima? — Siz kim deb chaqirsangiz o‘sha ismim bo‘ladi…
- Nihoyat qaytding-a, bolam. Seni kelmaydi, u kofir bo‘ldi dedilar.
Bularning bari yolg‘on-a?
Nima bo‘ldi senga, yolg‘on emasmi?
Sen tug‘ilgandan keyin azonni o‘zim aytdim. Sen kofir bo‘lishing mumkinmi?
Allohni unutib, Uning eng sevgan bandasini inkor qilolasanmi?

Oh, qaytding. Allohimga shukrlar bo‘lsin.
Ko‘rdim, nihoyat bu muborak tuproqlarga qaytib kelganingni ko‘rdim..

“Tug‘ilgan payting qulog‘ingga o‘zim azon aytganman, albatta kelasan”, degandingiz. Aytganingizdey bo‘ldi, mana keldim. Meni kechiring. Toki bundan keyingi hayotimni huzur-halovatda davom ettirayin, - dedi ko‘zlari yoshga to‘lib.

Birozdan keyin qabr boshidan ohista qaddini rostladi. Bir necha qadam tashlagan ham ediki:
- Ehsonim, bolam - degan ovoz eshitganday bo‘ldilar. Bir-birlariga qaradilar. Ammo orqaga o‘girilishga, qabrga qarashga jasorat topolmadilar..

“Ona faryodi” Raif Jilasun

Yumshoq muqova, 30ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍138🤩7
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
"Turkiston qayg'usi" deyarli sotilmayapti... Anglayapmanki bu kitob bekorga bunday nomlanmagan ekan, ummat uchun qayg'uradiganlar kam, qayg'urish tugul qayg'u haqida bilishni xohlaydiganlar ham kam...😔😔😔 Shu o'rinda (adashmasam)Dostoevskiyni bir gapi yodimga…
"Ўзбекнинг пешонаси нега шўр?

...Бунинг устига 1966 йили 26 апрелда Тошкент шаҳрида бўлган зилзила баҳонаси билан, уйлари бузилган ўзбекларга ёрдам етказиш деган бўлиб, барча жумҳуриятлардан киши чақирдилар. Ҳақиқатда эса, зилзиладан вайронликка учраган марказий янги шаҳар бинолари эди. Ерлик халқ офатдан омон эдилар.

Шундоқ бўлса ҳам, буни баҳона қилиб, неча минглаган ўзбекларни мажбурий равишда кўчириб, шаҳар ташқарисига чиқаздилар.

Айниқса, Тошкентнинг энг тарихий жойи ҳисобланган Шайхонтоҳур маҳалласи бутунлай бузилиб, ундан ном нишона ҳам қолмади.

Шаҳар ташқарисига чиқарилган бечораларни Қурбақаобод деган қий далага обориб ташлади. Уйларини бузишда етарлик моддий ёрдам берилмади. Бу бечоралар ёш гўдак болалари билан шу кунларда ҳам қийналмоқдалар.

20-асрга келиб ўз ватанларида ўзлари хор бўлдилар".

Алихонтўра Соғунийнинг «Туркистон қайғуси» китобидан.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢17👍32
''Agar saflaringiz notekis bo‘lsa Alloh sizlarga qaramaydi''

''Osmoningdan uzilma''

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
16👍4😢3🤩2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jannatga taklifnoma _ E'tirof

Musulmonlar islomga qaytishi kerak!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢19👍5🤩21🔥1