Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
3.93K subscribers
1.46K photos
207 videos
10 files
361 links
Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar...

Buyurtma va murojaat uchun @TaskinKitob

Instagram sahifamiz ➡️
https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=NTc4MTIwNjQ2YQ==
Download Telegram
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy

“Buxoro tarixi”

Islom dini yurtimizga qanday kirib kelgan? Yurtimizning islomgacha bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hayoti qanday edi? Ushbu savollarga "Buxoro tarixi"dan javob olishingiz mumkin.

Ushbu kitobda qadim Movarounnahr, xususan, Buxoroyi sharifning islomdan oldingi ijtimoiy-siyosiy hayoti, shu bilan birga, arablarning Buxoroni fath qilishi va yurtimizga islom dinining yoyilishi haqida soʻz boradi. Muallif  shahar-u qishloqlarning tasviri va tavsifiga, tarixiy shaxslarning hayoti hamda faoliyatiga alohida toʻxtaladi. Shuningdek, “Buxoro tarixi”da turli hikoyat va rivoyatlar, hadislar ham oʻrin olgan.

Yumshoq muqova, 158 sahifa, 23ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢9👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pga ega bo‘lsang molingdan ber, ozga ega bo‘lsang qalbingdan...

Iymon va huzun

😄 Kuningdan bir kuning qolsa ham kitob oʻqi, pulingdan bir puling qolsa ham kitob oʻqi!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩17👍10🔥2🎉1
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Инсон бир нарсани қаттиқ соғинса, у яқинлашгани сари, соғинчининг кучлилигидан, ўша нарсанинг ифорини сеза бошлайди... “Рамазон соғинчи“ (qattiqmuqova) 30ming Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
Қолганини яхшилайверинг, ўтгани кечирилади. Қолганини ғанимат билаверинг! Ахир Аллоҳнинг раҳматига қачон ноил бўлишингизни билмайсиз-ку!

Олдингизда охирги ўн кунлик турибди. Унинг орасида эса минг ойдан яхшироқ бўлган тун ҳам бор. Хордиқ ва уйқуни камайтиринг! Тоатга енг шимаринг, тер тўкинг! Охиратингиз учун тайёргарлик кўринг! Дунё ўткинчидир! Рамазон эса "саноқли кунлар"гинадир!

Иброҳим Адҳам ҳазратларидан сўралди:
— Рамазонни қандай иҳё қиламиз?
Жавоб қисқа ва аниқ бўлди:
— Очиқни ёп, ёпиқни оч!
Оғзингни ёп, қўлингни оч!
Бахилликни ёп, саховатни оч!
Тамбалликни ёп, ғайратни оч!
Ғийбатни ёп, яхши гумонни оч!
Беҳуда ишларни ёп, нафл ибодатларни оч!

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🔥11👍7
Иқтисодни кўпчилик мураккаб соҳа деб ўйлайди. Атрофдагилар ҳам кўпинча иқтисод бўйича оддий фундаментал нарсаларни тушунмаслигини кўп кўрамиз.

- Доллар яна нимага ошди?
- Нархлар нимага ошяпти?
- Нега маҳсулот етишмаяпти?
- АҚШ хоҳлаганча доллар "печат" қилиб дунёни бошқарадими?


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍16
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Bandaning qiyomat kunida birinchi hisob-kitob qilinadigan narsasi NAMOZDIR”.

“Namoz uchun vaqtning avvali - Allohning rizosi, vaqtning o’rtasi - Alloh rahmati, vaqtning oxiri esa - Allohning afvidir”.


📋Qazo namozlarni belgilab borish uchun qulay jadvallar asosida tuzilgan va oyat, hadis, o’gitlar bilan boyitilgan mo’jazgina qaydnoma.

Yumshoq muqova, 19 sahifa, 12ming
Murojaat uchun : @Taskinkitob

@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢13👍9
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
O'tmishning asiri, kelajakning quli. Biz yo o'tmishning asiri, yoki kelajakning quli bo'lganimiz bois uning ichidagi vaqtni qadrlamaymiz. Kecha o'tdi, ertangi kun – orzu, bugun esa – Robbimizdan bizga bir in'omdir. Keling, ushbu kundan umr yo'ldoshimiz,…
Eskilar kichik narsalardan topgan baxtni, biz bugungi kunda katta imkoniyatlar ichidan ham topa olmayapmiz, chunki shukronalik, qanoat kabi tuyg'ularimiz kundan-kunga kamayib bormoqda. Mol-mulkimiz ortgani sayin ish va ma'sulyatimiz ham ko'payib, ibodatga vaqt ajratolmay qolyapmiz.

Sheniz Yujelning "Baxt-Allohga ishonmoqdir" kitobidan...


Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍75🔥2
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bir otliq chanqog‘ini qondirish va biroz nafas rostlash ilinjida soy bo‘yida to‘xtadi. Ammo otini bog‘laydigan hech narsa topolmadi. Keyin dediki: “Shu ko‘rinib turgan o‘rmondan yog‘och kesib, soy bo‘yiga qoqib qo‘yay. Mendan keyin kelganlarga ot bog‘lash…
Bir musulmon uyiga yegulik olib kirolmayotgan bo‘lsa, “Menga nima, axir ularni ochlikka men mahkum etganim yo‘q-ku”, deyilmaydi.

Haq yo‘li va da’vosi bunday yondashuvni qat’iyan man etadi.
Buning aksi o‘laroq, shu narsani hech qachon unutmasligimiz kerak:

“Men musulmonman. Jiddu jahd qilaman.
Hammaning qornini to‘yg‘azadigan jamiyat qurilishi uchun bor imkonimni ishga solaman.
Yo‘qsa, boyagidek qiyinchilik bilan kun kechirayotgan, boshiga ochlik balosi tushgan kimsalar hisobini Alloh mendan so‘raydi.”

Inson bo‘lmoq demak - mana shunday fikrlamoq demak.
Yaxshi odam aynan shunday o‘ylaydi, tafakkur qiladi..🫧

Najmiddin Erbaqonning “G‘oyam” kitobidan

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍26
Unutma, dunyo hanjari bilan koʻnglingi jarohatlasang, yara oʻtib ketar izi qolar, dardi bitar iztirobi qolar.

“Yo Allohim” dedi, “men Ahmad, gʻarib Ahmad, gʻofil Ahmad, qul Ahmad. Madad Yo Rab, madad...
Bilmas edim, oʻrgatding, koʻrmas edim koʻrsatding, meni yoʻqdan bor qilding, meni yaratding. Aql ato etding, koʻngil berding, jon kirgizding, ism va jism berding. Endi Seni tanimaslikka, nomingni zikr qilmaslikka haqqim bormi? Har aʼzoning bir zakoti bordur. Tilimning zakoti Seni zikr qilmoq, oyoqlarim zakoti Sen tomon yurmoq, koʻzlarimning zakoti har narsada Seni koʻrmoq, koʻnglimning zakoti Senga oshiq boʻlmoq, aqlimning zakoti Seni tanimoq. Va iymonimning zakoti, bilmaganlarga Seni tanitmoq...

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉14👍9
Mening asl yurishim Safo bilan Marva orasida yugurish emas, oʻsha yugurishdagi holimdir. Hayotimda hech kimni aybdor qilmadim. Hech kimga dardisar boʻlmadim. Tilimni tiydim, hech kimga shikoyat qilmadim. Boshimga tushgan ishlarga hech kimni aybdor deb bilmadim, har ishni Oʻzidan koʻrdim. Yolgʻizlik oʻlkasida tark etildim – ozod qilingandek boʻldim. Butun firoqlarimni, bor hasratlarimni bir umr bosh qoʻyganim
– Kaʼbaning bagʻrida ketkazdim. Haqiqiy ishqni topdim. Vujudni foniy qilishning nomi ishq ekanini bildim.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🎉141
Tasodifga ishonganlar ishonaverishsin, lekin mening eʼtiqodimga koʻra, dunyoda birgina chang zarrasi ham tasodif bilan qoʻzgʻalmaydi. Zero, iymonim komilki, Alloh bor — tasodif yoʻq...

Istanbul faqat meningina emas, dunyoda oʻzini inson sanagan kim boʻlsa, bari tishini labiga qadab tikilgan shahar. Istanbul — orzular shahri.

Oʻlim — ayrimlar bayram, baʼzilar uchun esa toʻy emish. Va shuni angladimki, koʻnglida Ishqi boʻlmaganlar oʻlimdan qoʻrqarmish.

Odamzod bola aqli bilan haqiqatni anglaydi.

... qoʻrqayotgandim, yolgʻoni yoʻq! Hatto qattiq qoʻrqayotgandim, lekin oʻsha lahzalarda angladimki, odamzod oʻlimdan qoʻrqqani uchun oʻliklardan qoʻrqar ekan.

Anglatmoq uchun soʻz kerak ekan, shubhasiz. Biroq anglash uchun soʻzga hojat yoʻq. Yigʻlash kerak ekan. Yigʻladim va angladim…

Biz bu dunyoda surgunlikda yashayotgan gʻarib musofirga oʻxshaymiz.

Oʻlimni oʻzi bilan omonatdek koʻtarib yurgan kishiga oʻlim gʻam keltirmaydi.

©️Fotih Duman
“SIR. OSHIQLAR OʻLMAS” asaridan
🎉19👍62🤩2
🤡 Танаффус пайти ўқитувчи ўқувчилар билан ўйнаши, улар билан бирга кунни режалаши ва баҳоларни муҳокама қилиши қанчалик тўғри ва самарали эканлигини биласизми?

📈 Бу ишлар энг яхши таълим тизимига эга бўлган Финландия мактабларида бажарилиши ва финлар ўзлаштиришда ҳаммадан илғор эканлигини ҳисобга олсак самарали ҳисобланади.

Ушбу китобда фин таълими тизими ҳақида батафсил ёритилган ҳамда ўзбек мактабларида ҳам қўллаш мумкин бўлган 33 стратегия таклиф этилган.

Тимоти Уокер: Финландия таълим мўъжизаси

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩15👍4
Hatto shamollar kelib uzr soʻragan taqdirda ham, shox singanicha qolaveradi.

''Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir'' kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍17🔥84
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
• "Boshqalarning nomusiga ko'z tikuvchining o'z nomusini asramoqqa imkoni bo'lmas" • Islomga ro'baro kelishi mumkin bo'lgan xatarlarning eng yomoni, dinning faqat masjiddan iborat bo'lib qolishidir. • Alloh biror qalbni hayosini tortib olganchalik jazolamagan.…
Ҳар бир нарса Аллоҳнинг қадари билан бўлади. Аллоҳ таоло банда учун бахтлилигини, бадбахтлигини, ризқини, умрини тақсим қилиб қўйган. Сенга ёзилган нарса, заифлигингга қарамай, сенга келади. Сендан бошқага ёзилган нарсага қувватинг билан ҳам етолмайсан.

''Эй қизим''
Али Тантовий раҳимаҳуллоҳ

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍242
Tez kunda Jannatga taklifnoma asari muallifidan yangi asar taqdimoti...
''Safar'' _ Hayot yashalgan kunlar emas esda qolgan kunlardir...

(Ayni vaqtdan boshlab Taskinkitoblar dan istalgan kitobni buyurtma berib, 7 xildagi kitobdan birini hadya sifatida olishingiz mumkin...)

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩12👍5
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Ko‘pga ega bo‘lsang molingdan ber, ozga ega bo‘lsang qalbingdan... Iymon va huzun 😄 Kuningdan bir kuning qolsa ham kitob oʻqi, pulingdan bir puling qolsa ham kitob oʻqi! Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar…
"Rasulullohni tushimda ko‘rdim"

Kitob muallifi Abu Anas Abdulaziz mavzuni ulamolarning moʻtabar fikrlariga asoslanib yoritgan va hikoyalarni ishonchli manbalardan saralab o‘quvchiga taqdim etgan.

Asarning o‘ziga xos jihati shundaki, tush haqidagi tarqoq maʼlumotlar turli manbalardan terib olinib, yakdil kitob shakliga keltirilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushda ko‘rish hukmlari mohiyatiga va asarning asliga ishora qilib turishi eʼtiboridan tarjimaga “Rasulullohni tushimda ko‘rdim” deb nom qo‘yildi.

Yumshoq muqova, 157 sahifa, 31ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩157👍1😢1
Jamiyatning munofiq fuzalolaridan koʻrgan musibati, qattol jinoyatchilaridan koʻrgan koʻrgiliklaridan alamliroq boʻladi.

Shayx Muhammad Gʻazoliy, “Muslimlar xulqi” kitobidan

Qattiq muqova, 403 sahifa, 53ming
Buyurtma berish
@TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
😢12👍7
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
🤩15
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Bir musulmon uyiga yegulik olib kirolmayotgan bo‘lsa, “Menga nima, axir ularni ochlikka men mahkum etganim yo‘q-ku”, deyilmaydi. Haq yo‘li va da’vosi bunday yondashuvni qat’iyan man etadi. Buning aksi o‘laroq, shu narsani hech qachon unutmasligimiz kerak:…
Sionizm va "Maxfiy dunyo davlati"ning barcha tarkibiy qismlari bularga itoat etishga majbur. AQShdagi Rokfiller, Angliyadagi Rotshild, Italiyadagi Agnelli kabi oilalar "Qasam ichgan 70 lar guruhi"ga mansub. Ular BMTning ham bosh miyasi sanaladi. Amerika maxfiy xizmati-CIA ham Isroil va Mossadning nazorati ostida. Faqat AQShning emas, barcha mamlakatlarning Markaziy banklari mazkur kuchlar nazorati ostida. Ular tuzgan BMT, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg'armasi, Yevropa Ittifoqi, NATO, IATA, Lloyd's kabilarning hammasi odamlar orasida fitna to'ldirish uchun faoliyat ko'rsatayotir.

"G'oyam" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍151
Taskin Kitoblar 📚 Taskin Books
Sionizm va "Maxfiy dunyo davlati"ning barcha tarkibiy qismlari bularga itoat etishga majbur. AQShdagi Rokfiller, Angliyadagi Rotshild, Italiyadagi Agnelli kabi oilalar "Qasam ichgan 70 lar guruhi"ga mansub. Ular BMTning ham bosh miyasi sanaladi. Amerika maxfiy…
Bolalarimiz naq 15 yil o'qisa ham, odob, iffat, hayo so'zlarini eshitmay ulg'ayishmoqda. Halol nima, harom nima- bexabar. Agar farzandlarimizni Vatanga, millatga foydasi tegadigan insonlar qilib tarbiyalashni istasak, ta'lim tizimini boshdan-oxirigacha qayta ko'rib chiqishimiz lozim.

Foizga pul berish vositasida va kreditlar oqibatida o'ta boy toifalar ham axloqsizlik tomon bormoqda. Chunki foizlar, kreditlar va inflyatsiyalar orqali boyigan, nafsini tarbiyalamagan kishi qo'liga katta pullar tusha boshlagach, giyohvandlik, ichkilikbozlik, qimorbozlik kabi illatlar to'riga juda oson ilinadi. Bu ham yetmagandek, keyinchalik o'zi ham mayxonalar, qimorxonalar ochib oladi. Xullas, boylar shunday ishlar bilan atrofidagilarga "o'rnak" bo'lgach, kambag'allar va boshqa toifalar orasida ham o'sha illatlar yoyila boshlaydi.

"G'oyam" kitobidan.

Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!
👍18😢2