Tarixdan onlayn repetitor
174 subscribers
129 photos
20 videos
54 files
52 links
☞ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ ☜

Bu kanal abuturiyentlar va tarixga qiziqadiganlar uchundir.🌏🗺️🗾📜🏺

Bizning kanalda👇

📚Tarix Kitoblari
🎧Audio kitoblar
📊Testlar
🖼️Rasmli Malumotlar
🔥 Online Darslar 💥
🔝

Shularni barchasini topasiz✔️
Download Telegram
1. Rim butun ltalyani zabt etishga erishgan davirda bo’lmagan voqeani aniqlang?
A) “Avesto” kitobi yagona holga keltirilgan
B) Sin Shixuandi Sin sulolasiga asos slogan
C) Qang’ davlati qudratli davlat birlashmasiga aylangan
D) Maurya Ashoka davrida o’z qudrati cho’qqisiga erishgan
2. Kulolchilik va to’quvchilik kashf etilgan davrga muvofiq kelmaydigon malumotni toping?
A) Olimlar ushbu davirni boshlanishini spool idishlar yasalishi bilan belgilashdi
B) Odamlar o’troq turmush tarziga o’ta boshlab, hom g’ishtdan turar joylar qura boshlashdi
C) O’troq turmush tarzi va mehnat qurollarning takomillashishi lamoalarninh dehqonchilikga o’tishlariga imkon berdi
D) lshlab chiqaruvchi xo’jalik ushbu davrning eng katta ixtirosi xisoblanadi
3. Quydagi berilgan shaxslarning qaysi birlari davrlarlarida davlatlar qudratli davlatga aylangan?
1. Yaxmos
2. U-Di
3. Ashoka
4. Yevtidem
5. Kanishka
6. Trayan
7. Perikl
8. Solon
9. Demetriy
A) 1, 2, 4, 6, 8
B) 2, 3, 4, 5, 7, 8, 9
C) 2, 3, 5, 6, 7 ,9
D) 2, 3, 5, 6 ,9
4. Quydagilardan to’g’ri malumotni aniqlang?
A) Xeroneya ostonasidagi jangdan so’ng yunonlar Makadonyaga qaram bo’ib qoldi
B) Mil.avv 2-ming yillikda Attikani sharqiy qismida “Akropol” qurildi
C) Xitoyda ilk davlat Xuanxe daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan
D) Misrda Fiva shaxri homisi Ptax
5. Mark Krass va Spartak o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lgan yilining faslida yana qanday voqea bo’lgan
A) Aleksandr Spitamen qo’zg’alonini bostirish chorasini ko’rib,o’z qo’shinini uch qisimga bo’ladi
B) Spitamen va Aleksandr o’rtasida hal qiluvcji jang bo’ladi
C) MIsrda ekin ekishgan
D) Mesopotamiyada surunkali yomg’ir va daryolar toshqini yuz bergan
7. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan qaysi jihatidan farq qilgan?
A) Rang-barangligi bilan
B) Muhtashamligi bilan
C) Balandligi bilan
D) A va B javob to’g’ri
8. Yahudiya podsholigini bosib olgan davlat o’z qudrati cho’qqisiga erishgan davrda qanday voqea bo’lgan?
A) Kichik Osiyo (Hozirgi Turkiya hududida)da Xet davlati paydo bo’ldi
B) Kiaksar hukmronligi davrida Midya qudratli davlatga aylangan
C)O’rta Osiyo hududidan dastlabki tanga pullar topilgan
D) Rimda barcha fuqorolar mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb elon qilindi
8. Mamalakat hududi Hindiston Shimolidan O’rta yer dengiziga qadar borgan shaxs hukmronligining 3- yili hujum qilgan qabilalar qayerda yashaganligini aniqlang?
A) Eronda
B) Janubi Qozog’iston va Toshkent
C) Shimoliy Qozog’iston va Toshkent
D) Dunay daryosi bo’yida
9. Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatkari bilan savdoda muhim o’rin tutgan davlat qachon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi?
A) Mil.avv III asr o’rtalari
B) Mil.avv II asr oxiri
C) IV Mil.avv II-I asrlar
D) Mil.avv asr
10. Qadimgi Xorazimda qaysi sohalar dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan?
A) Zargarlik, Kulolchilik,Qurilish
B) Kulolchilik, Zargarlik,Qurolsozlik
C) Husnixat,Quruvchilik
D) To’quvchilik
11. Bir davirda bo’lgan voqealarni aniqlang?
1. Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi
2. Ko’zaliqir shaxar xarobalari Xorazimning qadimgi markazi bo’lgan
3. Misrda so’ngi podsholik davri boshlangan
4. Buddaviylik dini paydo bo’lgan
5. Yunonistonda Finikiya alifbosi asosida yozuv vuyjudga keldi
6. Kiaksar davrida Midya qudratli davlatga aylandi
A) 1, 2, 5, 6
B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4 ,6
D) 1, 2, 3, 6
12. Odamlar qarindoshlardan tashkil topganixcham guruhlarga urug’ jamoalarga birlashgan davrining muhim ixtirosini belgilang?
A) Kulolchilik,To’quvchilik
B) Dehqonchilik,Chorvachilik
C) O’q yoy Yasalishi
D) Turar joylar qurilishi
13. Tarixda nomlari “Nomalum xalqlar” tomonidan bosib olingan davlatning xavfli raqibi bo’lgan davlat hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi?
A) Armaniston
B) Turkiya
C) Suriya
D) Misr
14. Quydagi ma’lumotlarnisodit bo’lgan vaqti bilan to’g’ri ketma ketligda joylashtiring?
1. Ko’zaliqir
2. Jonbosqal’a
3. Oybo’yirqal’a
4. Maxalliy taqvim ishlab chiqarilishi (Xorazimda)
5. Tuproqqal’a
6. Qo’yqirilganqal’a
A) 1, 3, 2, 6, 4, 5
B) 1, 2, 3, 6, 4, 5
C) 2, 1, 3, 6, 5, 4
D) 1, 3, 2, 4, 6, 5
15. Kushon podsholigida binokrlik va me’morchilik yuksak darajada rivojlangan bo’lib,qaysi shaxarlar xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan edi?
A) Xo’lchayon,Fayoztepa
B) Qoratepa,Dalvarzintepa
C) Dalvarzintepa,eski Termiz
D) Ayritom,eski Termiz
16. Kushon podsholigida Surxon vohasi bo’ylab O’rta Osiyoga tarqalgan din,saqlanib qolgan davrda….?
A) G’arbiy Rim imperyasi quladi
B) Rim shaxriga asos solindi
C)Xorazimda mahalliy taqvimdan foydalanishgan
D) Olimpiya o’yinlari o’tkazish man etildi
17. Qadimgi Hindiston haqida to’g’ri fikrni aniqlang?
A) Qadimgi Hindlar qanday yumushlar bilan shug’illanishiga qarab to’rt guruhga bo’lingan
B) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi xayvonlar timsolida tasavvur etishgan Olimpiya
C) Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko’chib o’tishiga etiqod qilishgan
D) Rivoyatlarga ko’ra Quyosh xudosi xar tongda oltin aravada yaxshilik ulashish uchun yo’lga tushadi
18. Buyuk ipak yo’lida joylashgan shaxarlarni ketma ketligda joylashtiring?
1. Sian
2. Yorkent
3. Samarqand
4. Dunxuan
5. Buxoro
6. Marv
7. Termiz
A) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6
B) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7
C) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7
D) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6
19. “Shaxar qudratli mudofa devorlari bilan o’ralib,devor burchaklarida burjlar qurilgan.Markazdan o”tgan ko’cha shaxarni ikki qisimga bo’lgan’ Ushbu tarif quydagilardan qaysi biriga mos keladi?
A) Afrosiyob
B) Ko’zaliqir
C) Tuproqqal’a
D) Qiziltepa
20. Quydagi davirlarni muhim ixtirolari bilan to’g’ri joylashtiring?
1. Neolit
2. So’ngi paleolit
3. Mezolit
4. Eneolit
5. Bronza
a. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi
b. Paxsadan imoratlar qurila boshlandi
c. Turar joylar qurila boshlandi
d. yegulik zaxirasi paydo bo’ldi
e. Ortiqcha miqdorda qishloq xo’jalik mahsuloti paydo bo’ldi
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-s, 5-e
B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5e
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 5e
D) 1-s, 2,b, 3-d, 4-a, 5e
21. Misrda firavnlar saroyi va ibodatxonalar qurilishda foydalanilgan ashyodan yana qaysi davlat qurilishda foydalanishgan?
A) Yangi Bobil
B) Yunoniston
C) O’rta Osiyoda
D) Moxendjodaro
22. Xitoyda Sya sulolasini taxtdan ag’dargan qabila boshlig’i tuzgan davlat nomi nima bilan atalgan?
A) Qabila nomi bilan
B) Bosh shahri nomi bilan
C) Davlat nomi shunday bo’lgan
D) Hukmdor nomi bilan
23. Sargon I vafotidan so’ng qachon ko’chmanchi qabilalar zarbasidan Shummer_Akkad davlati parchalanib ketadi?
A) Mil.avv 3-ming yillik 2-yarmida
B) Mil.avv 2-ming yillik boshlari
C) Mil.avv 2-ming yillik o’rtalari
D) Mil.avv 2-ming yillik oxirlari
24. Mil.avv VII-VI asrlarda Baqtrya, Xorazm va So’g’dda hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, manzilgohlardan qanday buyumlar topilgan?
1. Temir buyumlari
2. Kumush buyumlari
3. Oltin buyumlari
4. Yuqori sifatli kulolchilik buyumlari
5. Yuqori sifatli zargarlik buyumlari
6. Bronza buyumlari
A) 2, 32, 3, 5
С) 1, 4, 6
D) 1, 3, 6
25. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan yunon faylasufini aniqlang?
A) Aristotel
B) Suqrot
C) Arximed
D) Diogen
26. Aleksandr askarlarining siyraklashgan saflarini Makadonya tartibida qaysi hudud yoshlari hisobiga to’ldiradi?
A) So’g’diyona va Baqtriya
B) Marg’iyona va Baqtriya
C) So’g’diyona va Marg’iyona
D) Parfiya va Baqtriya

27. Nuqtalarni o’rnini to’ldiring?
……Qarshi kurashish uchun Aleksandr …… bo’yida ……. yaqinida qal’a barpo etish to’g’risida farmon beradi?
A) Saklar, Sirdaryo, Xo’jand
B) Saklar, Zarafshon, Nautaka
C) Saklar, Sirdaryo, Maroqanda
D) Massagetlar, Sirdaryo,Xo’jand

28. Salavkiylar davlatida davlat mudofasi va qo’shinlari tashkil etish bilan ……..dan tayinlangan strateglar shug’illangan
Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni toping?
A) Amaldorlardan
B) Salavkiylardan
C) Sobiq lashkarboshilaridan
D) Zodagonlardan

29. Qadimgi Rimdagi lotinlarni qo’shni qabilalar hujumidan nima himoya qilgan?
A) Mudofa devorlari
B) Daryo va botqoqliklar
C) Tepaliklar
D) Kuchli otliq qo’shin

30. Quydagilardan noto’g’ri fikirni toping?
A) Rimda 14 yoshga to’lganlaridan so’ng voyaga yetgan hisoblanganlar
B) Rimda ov xudosi Diana
C) Marafon jangi markazida baqtriyaliklar muvaffaqiyatli jang olib brogan
D) Mil.avv III asr boshlarida Rimning barcha fuqorolari mavqeyidan qatiy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigon qonunlar qabul qilindi
1) Fransiyada qachondan siyosiy partiyalar faoliyat yurita boshladi?
A) Fransiya Respublika deb e’lon qilingach
B) “Inson va Fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilingach
C) 1-konstitutsiya qabul qilingach
D) Milliy Konventga saylov o’tkazish haqida qaror qabul qilingach
2) «Bu jang... barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga …….. olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Qaysi jang haqida bormoqda?
A) xanjar va nayzalar // yunon-fors urushi
B) xanjar, nayzalar // fors-saklar urushi
C) oyboltalar, xanjar va nayzalar // fors-massagetlar urushi
D) xanjar va nayzalar // fors-massagetlar urushi
3) Afinada shahar aholisining ko’pchiligini …….. tashkil etgan.
1. Dehqon 2. Hunarmand 3. Savdogar 4. Yollanib ishlovchilar
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3 D) 1,3
4) Angliyada mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashgan partiyaga o’zaro mos keladigan atama(partiya)ni aniqlang.
A) Liberallar B) Leyboristlar
C) Konservatorlar D) Demokratlar
5) Qadimgi Afinadagi oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida qanday fanlar o’qitilardi?
A) astronomiya, geometriya, geografiya, tibbiyot
B) geometriya, arifmetika, geografiya, tarix
C) Adabiyot, musiqa, she’riyat
D) astronomiya, geometriya, geografiya, tarix
6) Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan …
A) Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oldilar.
B) xalqaro savdoda sosoniy hukmdorlarning kumush tangalaridan foydalana boshladilar.
C) bir xil vazn va bir xil qiymatdagi kumush va chaqa tangalar zarb etildi.
D) mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi
7) Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich bu …
A) Urug’ jamosi B) matriarxat davri
C) Ibtidoiy to’da D) Patriarxat
8) Patriarxat boshlanishi bilan eng qadimgi…ham yakunlandi.
A) Urug’chilik jamosi B) matriarxat davri
C) Ibtidoiy to’da D) qo’shnichilik
9) Quyidagilardan qaysi biri yangi fir’avnlar sulolasi asoschisi?
A) Tutmos II B) Menes
C) Titmos III D) Yaxmos
14. Kim tomonidan xristianlikni qabul qilinishi natijasida rimliklar “sizning yangi diningiz, bu bizning g‘alabamiz!” – deb yozgan edi?
A) Xlodvig B) Siagriy
C) Egidiy D) Xilperik
15) Quyidagi sulolardan qaysi biri boshqalarida qaraganda ko‘proq hukmronlik qilgan?
A) Sun B) Abbosiylar C) U Day D) G‘aznaviylar
16) So’nggi salib yurishini uyushtirgan Fransiya qiroliga tegishli bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylandi
B) Qirol huzurida umumdavlat boshqaruv tashkilotlari vujudga keldi
C) Qirol domenida feodallar ning o’zaro urushlari taqiqlandi
D) Angliya qiroliga vassal bo’ldi
17) Qo'qon xonligi qo'shinlarining ko'chmanchi qozoq va qirg'iz elatlariga qarshi muvaffaqiyatli yurishlari natijasida xonlikka boýsundirilgan hududlarni belgilang.
A) Katta va qisman O'rta juz o'z ichiga oluvchi hududlar
B) Katta va qisman Kichik juz o'z ichiga oluvchi hududlar
C) Katta, O'rta va Kichik juz xonliklari joylashgan hududlar
D) Kichik va O'rta juz o'z ichiga oluvchi hududlar
18) Rossiya imperiyasining Semipalatinskdan Verniy shahrigacha ...
A) Sirdaryo istehkomi chizig‘i vujudga keltirildi.
B) Sibir istehkom chizig‘i vujudga keltirildi.
C) Zarafshon chizig‘i tashkil topdi.
D) Yangi Qo'qon chizig'i vujudga keladi
19) 1449-yilda Mirzo Ulug'bek fojiasi yuz bergan vaqtda Samarqand shahri amiri kim edi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin B) Abdulatif
C) Mironshoh Qavchin D) Abdulaziz
20) 1898-yilgi Dukchi eshon qo‘zg‘olonida Ketmontepa va Ko‘gart qishlog‘idagi harakatlarga kim rahbarlik qilgan?
A) Ziyovuddin Maxsum B) Chibil bo‘lis
C) Rahmonqulihoji D) Mirkarimboy
21) Xitoyda “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qabul qilingan yilni aniqlang.
A) 1914-yil B) 1911-yil C) 1909-yil D) 1912-yil
22) Rech Pospolita qaysi davlatlar ittifoqidan tashkil topgan edi?
A) Moraviya knyazligi va Bolgariya podsholigi
B) Litva knyazligi va Polsha qirolligi
C) Ukraina va Belarus knyazliklari
D) Buyuk Moraviya va Latviya qirolliklari
23) Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasining 652 a'zosidan 489 tasini yer mulkdorlari tashkil qilgan vaqtda…..
A) Qoraqalpoqlarda Tosh madrasasi bunyod etilgan
B) Buyuk Britaniya yirik mustamlakachi mamlakatga aylandi
C) Buxoroda Shashmaqom vujudga keldi
D) Toshkentda Mo'yi Muborak madrasasi qurilishi yakunlangan
24) XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Zanzibar arab sultonligi qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib olingan edi?
A) Fransiya , Buyuk Britaniya, Gollandiya
B) Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya
C) Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya
D) Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya
25) XIX asr oxirida quyidagilardan qay biri Buyuk Britaniya tomonidan ijaraga olingan?
A) Veyxayvey porti B) Futsziyan viloyati
C) Guamchjuan ko’rfazi D) Sindao ko’rfazi
26) “Irfon” so’zining ma’nosi nima?
A) donishmandlik B) do’stlik C) ezgulik D) bilim
27) Rivoyatlarga qaraganda, qaysi hukmdor jang oldidan xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyruq bergan va jangda g‘alaba qozongan?
A) Pontiy Pilat B) Feodosiy C) Konstantin D) Trayan
28) XVIII asrning ikkinchi yarmida quyidagi qaysi mamlakat fuqarolari inson baxt-saodatining asoslaridan biri hisoblangan – o'z mulkidan erkin foydalanish huquqiga erishdilar?
A) Yaponiya B) AQSH C) Fransiya D) Angliya
29) Manchjurlar imperiyasi qo’shinlari Koreyaga bostirib kirgan yillarni aniqlang.
A) 1628, 1644-yillar B) 1627, 1636-yillar
C) 1627, 1637-yillar B) 1636, 1644-yillar
30) Katolik cherkovi Fransiya qirollaridan qay birini fuqarolarining sodiqlik qasamyodidan mahrum qilgan?
A) Genrix Giz B) Lyudovik XIV C) Genrix IV D) Genrix III
31) Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan hududlarni aniqlang.
A) Ko‘lob, Vaxsh, Qobadiyon
B) Sherobod, Hisor, Kofirnihon
C) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non
D) Xo‘jand, O‘ratepa, Hisor, Pishpak
32) Fransiyada nechanchi yillarda 21 yoshga to'lgan erkak fuqarolarga saylov huquqi berilgan?
A) 1791, 1848-yillarda B) 1792,1848-yillarda
C) 1789, 1830-yillarda D) 1789, 1848-yillarda
33) Nercha shartnomasi qaysi davlatlar o'rtasida imzolangan?
A) Rossiya va Min imperiyasi
B) Jung'or xonligi va Yaponiya
C) Manjurlar va Rossiya
D) Angliya va Hindiston
34) O’rta asrlar Yevropasida Venetsiya singari o’z qudratli dengiz flotiga ega bo’lgan shahar XV asr boshlarida qaysi davlat hududiga kirgan?
A) Fransiya B) Vizantiya C) Italiya D) Angliya
35) Quyidagi qaysi asarda yozuvchi tomonidan Fransiyada «Uchinchi Respublika»ning illatlari, hukmron doiralarning ma'naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari keskin va oshkora kulgi ostiga olingan?
A) G. Manning «Sodiq fuqaro» asarida
B) R. Rollanning «Maydondagi yarmarka» asarida
C) A. Fransning «Silvester Bonnarning jinoyati» asarida
D) E. Zolyaning «Rugon-Makkarlar» asarida
36) Mil.avv II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?
A) hukmon sulola nomidan
B) davlatning bosh shahri nomidan
C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan
D) daryo nomidan
37) Nechanchi yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta — yevro joriy qilinishi YI davlatlarini yanada yaqinlashtirdi?
A) 2000-yil B) 2001-yil C) 2002-yil D) 2005-yil
38) Qaysi davlatda 1988-yili ≪Xalq fronti≫ tashkil qilindi?
A) Estoniyada B) Litvada
C) Ozarbayjonda D) Latviyada
39) O‘zbekiston Oliy Kengashi qachon«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi?
A) 1991-yil 18-no`yabr B) 1991-yil 25 –avgust
C) 1993-yil 7-may D) 1992-yil 2-iyul
40) 1993-yil 1-noyabrda....
A) O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi
B) O‘zbekistonda so‘m muomalaga kiritildi
C) Mudofa vazirligi tashkil qilindi
D) XDP tashkil topdi
41) 1982-yilda Folklend oroli masalasida qaysi davlatlar munosabatlari buzilgan edi?
A) Buyuk Britaniya va Rossiya
B) Braziliya va Portugaliya
C) Fransiya va Buyuk Britaniya
D) Argentina va Buyuk Britaniya
42)

Quyidagi suratda qaysi me`moriy obida tasvirlangan?
A) Nodir Devonbegi madrasasi
B) Mir Arab madrasasi
C) Abdulazizxon madrasasi
D) Sherdor madrasasi
43) Tasvirlangan xaritani tavsiflang.





A) Arab xalifaligining Movaraunnahr tomon yurishlari
B) Arab xalifaligiga qarshi qo’zg’alon
C) Abbosiylarga qarshi xalq norozichiligi
D) “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni
44) Qachon O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining “Kollektivlashtirish va quloq ho`jaliklarini tugatish to`g`risida”gi qaror qabul qilindi?
A) 1933-yil 17-fevral B) 1930-yil 17-fevral
C) 1930-yil 26-yanvar D) 1932-yil dekabr
Тести ишляйдиганла борми
#kerakli
#Qadimgi_dunyo_tarixi

⚜️ Qadimgi yunon xudolari

☣️ Zevs - oliy xudo va qolgan barcha xudolarning rahnamosi
☣️ Poseydon - Zevsning inisi, dengiz hukmdori
☣️ Aid - Zevsning inisi, marhumlar saltanati xudosi
☣️ Afina - Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi
☣️ Apollon - Zevsning o‘g‘li, yorug‘lik, musiqa va she'riyat xudosi
☣️ Demetra - dehqonchilik va hosildorlik ilohasi
☣️ Geya - Yer ilohasi
☣️ Femida - adliya ilohasi
☣️ Gefest - temirchilar va hunarmandlar xudosi
☣️ Artemida - ov xudosi
☣️ Ares - urush xudosi
☣️ Dionis - uzumchilik xudosi

🔺 O‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
Бизда тарих бўйича маълмотлар тест ташлаб бораман Сизлардан гуруппага одам қўшсангиз бўлди.
#Hukmdorlar

👤 Kir II

📌 Kir II mil.avv 558-yilda barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi
📌 Midiya podsholigini bo‘ysundirgandan so‘ng ulkan lashkar tuzdi bosqichilik yurishini davom ettirdi
📌 Armaniston, Lidiya va Bobilni zabt etdi
📌 O‘rtayer dengizi sohiliga chiqdi, Falastin va Finikiyani bo‘ysundirdi
📌 Kir II mil.avv. 530 yilda massagetlar bilan jangda halok bo‘ldi
📌 Kir II ning istilochilik yurishini vorislari Kambiz II va Doro I davom ettirdi
════ ❃• - •❃ ════
🔺 O‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
🔄Bir asrda bo'lgan voqealar

Mil. avv. II asr

🔰M.a.II asr - Poliyen yashagan

🔰M.a.II asr oxiri - Qang’
qudratli davlatga aylandi

🔰M.a.II-asr - Buyuk Ipak yo’li vujudga kelgan

🔰M.a.II-asr - Hindistonda Ajanta ibodatxonasiga asos solinadi

🔺 O‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
#kerakli
#qadimgi_dunyo_tarixi

Tarixiy manbalar:

1️⃣ Moddiy manbalar:

⛔️ Odam suyagi
⛔️ Ko'hna manzilgohlar
⛔️ Qadimgi mehnat va harbiy qurollar
⛔️ Uy-ro'zg'or va zeb-ziynat buyumlari
⛔️ Qadimgi sug'orish inshootlari qoldiqlari
⛔️ Qadimgi shahar va qal'alarning qoldiqlari
⛔️ Tangalar
⛔️ Mehnat faoliyati davomida odamlar yaratgan barcha moddiy manbalar

2️⃣ Yozma manbalar: Bundan 5 ming yil avval Osiyo va Afrika xalqlari yaratgan yozuvlar hamda shundan keyingi tarixiy davrlarda insoniyat tomonidan yaratilgan qadimgi bitiklar, qo'lyozmalar, kitoblar, hujjatlar, badiiy asarlar;

♻️ Qadimgi xalqlar tomonidan yaratilgan qo'lyozmalar

📛 Avesto- O'rta Osiyo xalqlari tarixi
📛 Rigveda- Hindlar tarixi
📛 Marhumlar kitobi va Piramidalar matnlari- Misrliklar
📛 Bibliya- Yahudiylar

♻️ Tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlar

📓 Tarix - Gerodot (Mil.avv V asr)
📔 Geografiya - Strabon (Mil.avv I asr)
📕 Makedoniyalik Aleksandr tarixi- Kvint Kursiy Ruf (Mil. I asr)
📗 Aleksandrning harbiy yurishlari (Aleksandr anabasisi)- Arrian (Mil. II asr)


🔺 O‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
1 “Tarixi jadidai Toshkent” asarining muallifi kim?
J:_________________________________________________________________

2. Buyuk Karl davrida yirik bo‘lmagan hududlarni qaysi amaldor boshqargan?
J:_________________________________________________________________

3. Hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati nima deyiladi?
J:_________________________________________________________________

4. AQSH Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
J:_________________________________________________________________

5. Ilk atom reaktorini kim yaratgan?
J:_________________________________________________________________

6. “Sho‘roi Ulamo” tashkiloti Toshkent sho‘basiga kim rahbarlik qilgan?
J:_________________________________________________________________

7. Mavjud tuzumni tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim qaysi?
J:_____________________________________________________________

8. Bolgariyada Asparux hukmronlik qilgan yillarni yozing.
J:_________________________________________________________________

9. Mir Arab madrasasini qurish uchun sarflangan xarajatlarni kim bergan?
J:_________________________________________________________________

10. AQSH prezidentligiga qatorasiga to‘rt marta saylangan davlat arbobini yozing.
J:_________________________________________________________________



🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
Yopiq savollar tarixchilarga
1. Bir irqning boshqalardan ustunligini da’vo qiluvchi, millatlar o‘rtasida nizo urug‘ini sochuvchi o‘ta o‘ng, ashaddiy millatchilik fanda qaysi atama bilan yuritiladi?
J:_________________________________________________________________

2. Neytralitet nima?
J:_____________________________________________________________

3.Abulxayrxon 1451-yilda qaysi temuriy shahzodaga Samarqand taxtini egallashda yordam berdi?
J:_____________________________________________________________

4. Qachon Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (Molotov – Ribbentrop pakti) imzolangan?
J:_____________________________________________________________

5.Somoniylar davrida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari devoni qanday atalgan?
J:_________________________________________________________________

6.Jaloliddin Manguberdining jangdagi mardligiga qoyil qolgan holda “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan” degan fikrlarni kim aytgan?
J:_____________________________________________________________

7. Yaponiyada 1889-yilda qabul qilingan Konstitutsiya qaysi mamlakat konstitutsiyasini namuna qilib olgan?
J:_____________________________________________________________

8. “Xudoyqul anvar” asarining muallifi kim?
J:______________________________________________________________

9. Ibn al-Asir tomonidan Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan asarni yozing.
J:______________________________________________________________

10. Nechanchi yilda normannlar Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar?
J:_____________________________________________________________


🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
1.Versal tinchlik shartnomasi nechinchi yilda imzolangan?
J:_________________________________________________________________

2.Ispravnik bu…
J:_________________________________________________________________

3.Bahrombek qo‘rboshi qaysi viloyatda istiqlolchilarga rahbarlik qilgan?
J:_________________________________________________________________

4. Movarounnahr hukmdori Abu Said vafotidan keyin taxtga kim o‘tiradi?
J:_________________________________________________________________

5. Jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib o‘tib, qurshab olib zarba berish usuli nima deyiladi?
J:_________________________________________________________________

6. Abolitsionizm bu…
J:_________________________________________________________________

7. Safforiylar sulola nomi asoschisi kim?
J:_________________________________________________________________

8. 1510-1530-yillarda Shayboniylar taxtini kim idora qilgan?
J:_________________________________________________________________

9.O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
J:_________________________________________________________________

10. Abbosiylar sulolasidan taxtga dastlab qaysi xalifa o‘tirgan?
J:_________________________________________________________________
🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
#Turon_buyuklari (darslik kitob asosida)

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850)

♦️ dastlabki savod va bilimlarini Xorazm va Movarounnahrda olgan
♦️ xalifa Ma'mun (813-833) zamonida "Bayt ul-hikma"da mudir sifatida faoliyat yuritgan
♦️ zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi
♦️ 20 dan ortiq asarlar yozgan, bizgacha 10 tasigina yetib kelgan (eng mashhuri "Al-jabr val-muqobala")
♦️ "algebra" atamasi "al-jabr" nomidan olingan
♦️ Xorazmiy nomi matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topgan
♦️ "Al-jabr" asari XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinib, qayta ishlangan
♦️ uning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o'nlik hisoblash tizimining butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etgan
♦️ "Al-jabr"ni mustaqil fan darajasiga ko'tarib, algebra faniga asos solgan
♦️ "Al-jabr" - yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, meros taqsimlash va boshqa hisob va o'lchov ishlarida dasturilamal hisoblangan.

🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
8-sinf jahon tarixi darsligidagi nomi keltirilgan sulolalar (1-qism)

🇬🇧
#Angliya (Buyuk Britaniya) dagi sulolalar: ⬇️

1️⃣ "Tyudorlar" - 1485-1509-yillar hukmronlik qilgan. Genrix VII Tyudor, Genrix VIII Tyudor, Yelizaveta I shu sulola vakillari hisoblanadi;

2️⃣ "Styuartlar" - 1603-1649-yillarda boshqargan va 1660-yilda bu sulola qayta taxtga kelgan. Bu sulola vakillari Yakov I, Karl I , Karl II, Yakov II.

3️⃣ "Oranyelar" - 1688-1714-yillarda hukmronlik qilgan. Bu sulola vakillaridan biri Willem van Oranye.

4️⃣ "Gannoverliklar" - bu sulola hokimiyatda 1714-yildan to XIX asr boshlarigacha turgan. Dastlabki hukmdori Georg I hisoblanadi.

######################

🇫🇷 Fransiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️

1️⃣ "Burbonlar" - bu sulola hokimiyatda 1792-yilgacha, 1814-1815-yillar va 1815-1830-yillarda turgan. Sulola vakillari Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII va Karl X.


######################


🇷🇺 Rossiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️

1️⃣ "Ryuriklar" - bu sulola 1598-yilgacha jami 700 yil hokimiyatda bo'lgan. Sulola vakillari Ivan IV Grozniy, Fyodor Ivanovich.

2️⃣ "Romanovlar" - bu sulola 1613-1917-yillar davlatni boshqargan. Sulola vakillari Mixail Fyodorovich Romanov, Pyotr I, Aleksandr I, Nikolay I.

######################

🇩🇪 Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️

1️⃣ "Gabsburglar" - 1437-1806-yillarda Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan. Jumladan uning tarkibidagi Avstriyani (hukmdori Frans II) ham boshqargan;

2️⃣ "Gogensollernlar" - Brandenburg nomi ostida bo'lgan hududni, keyin 1701-yildan Prussiyani boshqara boshlagan. Bu sulola vakillari Fridrix I, Fridrix II.

######################

🇨🇳 Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️

1️⃣ "Min" - bu sulola hokimiyatda 1368-1644-yillarda turgan.

2️⃣ "Chin" - manjurlarning chin (sin) sulolasi Xitoyni 1644-1911-yillarda boshqargan. Sulola vakillari: Abaxay, Shunchji.

🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor
📙 7-sinf O’zbekiston tarixida

7 raqami
bilan bog’liq voqelar:

💠 Mahmud Qoshg’ariy arab, fоrs,turkiy kabi 7-8 tilni puxta egallagan.

💠 Xonbandi suv omborining qurlishida suvning bosim kuchi hisobga olinganligi XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan kashfiyotdan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.

💠 Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining stunligiga qaramay o‘z ona shahrini 7 oy mudofaa qiladilar.

💠 Amir Tarag’ay Yosh Temurni 7 yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar.

💠 Sharafiddin Ali Yazdiy qo‘shinni 7 qo‘lga – qismga bo‘lib joylashtirish tartibini
birinchi bo‘lib Amir Temur joriy qilgan deb yozadi.

💠 Amir Temur 1371–1390-yillarda olib borgan 7 harbiy yurishdan keyin Mo‘g‘ulistonda tinchlik o‘rnatish va uni o‘zining ta’sir doirasiga kiritib olishga
muvaffaq bo‘ldi.

💠 Amir Temurning 7 yillik harbiy yurishlari 1399-1404-yillarni o’z ichiga oladi.

🔺 Bizga qo'iling o‘z bilimingizni oshirib boring 🔺

♦️BIZNI KUZATIB BORING
♻️ Kanalimizni do'stlaringizga ulashing
🔽
@tarixdan_onlayin_repititor