Tarixchi Yoshlar
356 subscribers
794 photos
21 videos
177 files
739 links
Tarxchilar uchun maxsus kanal.
Download Telegram
718 - yilda Xitoyga yurtimizning qaysi shahridan sovģa yariqasida dubulģa jònatilgan?
Anonymous Poll
18%
Buxoro
63%
Samarqand
15%
Marv
4%
Toshkent
Martin Lyuter nechanchi yilda òzining "95 tezisini" cherkov eshigiga yopishtirib ketadi.
Anonymous Poll
17%
1617-yil
22%
1518-yil
53%
1517-yil
9%
1515-yil
Quyidagilardan qaysi biri 15-yoshida universitet talabasiga aylangan
Anonymous Poll
29%
Nyuton
21%
Leybnis
23%
Motsart
28%
Lomonosov
Fransiya nechanchi yilda Jazoirni bosib oladi
Anonymous Poll
22%
1847-yil
50%
1830-yil
17%
1839-yil
10%
1840-yil
Qandahorda Eron bosqinchilariga qarshi qòzģolon nechanchi yilda kòtarilgan
Anonymous Poll
53%
1709-yil
24%
1719-yil
16%
1609-yil
8%
1707-yil
Forwarded from Buyuklar Kundaligi
«Koronavirusga chalinishdan ko‘ra, lotereya yutish ehtimoli yuqori»

Bolgariyalik vrach Veselin Yolov koronavirus tufayli ommaviy vahimaga tushishni to‘xtatishga yordam beradigan ma’lumotlarni e’lon qildi.
Doktor o‘quvchilariga Facebook dagi sahifasi orqali murojaat qilib, kasallikni xotirjam qarshi olish va vahima qilmaslik sabablarini sanab o‘tgan.
«100.000 dan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 77 minggi Xitoydan. Demak, agar siz xitoylik bo‘lmasangiz yoki yaqin orada u yerga bormagan bo‘lsangiz, u holda tashvishlanishingizning 94 foizini olib tashlang.
Agar, rostdan ham koronavirusga chalingan bo‘lsangiz, bu hali vahima qilishga sabab bo‘la olmaydi, chunki:
81 foiz holatda kasallik yengil shaklda kechadi, 14 foiz holatda ozgina og‘ir kechadi. Faqat 5 foizlik holatlarda ahvol keskinlashadi.
Bu, hatto agar siz koronavirusga chalingan bo‘lsangiz ham, tuzalib ketish ehtimoli yuqori, deganidir.
Atipik pnevmoniyadan o‘lim holati 10 foizni tashkil etgan, COVID-19 koronavirusidan vafot etganlar nisbati esa 3,4 foizni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, agar o‘lim ko‘rsatkichlarini yoshga qarab solishtiradigan bo‘lsak, yoshi 50 dan past bo‘lgan kishilarda o‘lim holati atigi 0,2 foiz. Bu degani, agar siz hali 50 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz va Xitoyda yashamasangiz, lotereya yutish ehtimoli yuqoriroq.
Masalan, eng yomon kun bo‘lgan 10 fevralni olib ko‘raylik. O‘sha kuni Xitoyda 108 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Shu kuni:
26 ming 283 kishi saratondan vafot etgan;
24 ming 641 kishining o‘limiga yurak xastaligi sabab bo‘lgan;
4 ming 300 kishini diabet olib ketdi;
2 ming 740 kishining hayotiga pashshalar zomin bo‘ldi;
1 ming 300 kishi qotillik sabab hayotdan ko‘z yumgan;
137 kishini ilon chaqib o‘ldirgan.
Bularning barchasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tuturiqsiz mish-mishlar ta’siriga tushmang, dorixonalardan turli xil dori-darmonlarni sotib olavermang, xuddi oxirzamon keladigandek, oziq-ovqat zaxirasini to‘plamang!
E’tiboringizni shaxsiy gigienaga qarating, sifatli ovqatlaning, vitaminlar qabul qilib, immunitetingizni ko‘taring va yaxshi hayot kechiring!», deb maslahat beradi Veselin Yolov.

@BuyuklarKundaligi
Qarluqlar — qadimda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida yashagan koʻchmanchi turkiy xalq. Poytaxti hozirgi Olmota shahri yaqinida boʻlgan Qoʻyliq edi. Hozirgi kunga kelib qarluq soʻzi Turkiy tillarning bir guruhining nomini anglatadi. 960-yildan boshlab qarluqlar Islom diniga eʼtiqod qilishadi.

Qarluqlar, qorluq — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik uyushma. 3 qabiladan tashkil topgan; ular Xitoy solnomalarida meulo (yoki meuli), chjisi (yoki pofu) va tashili deb nomlangan. 6—7-asrlarda bular Oltoyning gʻarbiy qismida, Chorish (Ob daryosi oʻzanlaridan biri) daryosi havzasida, Irtish daryosining quyi oqimi boʻylarida, Tarbagʻatoyda hamda Jungʻoriyagacha boʻlgan katta hududda yashaganlar. Q, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanib, bir yerdan ikkinchi yerga koʻchib, oʻtovlarda yashaganlar. Q hududi Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonligi oʻrtasida, strategik qulay yerda joylashgani uchun ular oʻrtasida talash boʻlgan. Q oʻz mustaqilliklarini saqlab qolish uchun ular bilan betinim kurash olib borganlar. 7-asr oxirlarida Sharqiy Turk xoqonligi Q. hududining aksariyat qismini xoqonlikka qoʻshib olgan. 742 yil Q, uygʻurlar va basmillardan iborat qabila ittifoqi isyon koʻtarib oʻz mustaqilliklarini tiklaganlar. Q. eltibari (boshligʻi) oʻzini 3 qabilaning shexusi (yabgʻusi) deb eʼlon qiladi. Xitoy qoʻshini bilan arablar oʻrtasidagi Talas jangida Q. hal qiluvchi rol oʻynaganlar. 757—766 yillarda Q Turgashlar davlati hududini egallab olganlar. Chu daryosi boʻyidagi Suyob shahri Q.lar davlati markazi boʻlib qolgan (766—940). Q.ga Jungʻoriya Olatovidan to Sirdaryogacha boʻlgan hudud qaragan. Keyinchalik poytaxt Ili daryosi vodiysidagi Qoʻyliq shahriga koʻchirilgan. 861 yil Q. Koshgʻarni egallashgan. Q.ning ayrim guruhlari 8-asr oʻrtalaridan Zarafshon vohasida, Fargʻona vodiysida, Shim. Afgʻoniston, Tojikiston hududlarida ham yashagan. 10-asrda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirishgan, ilk mulkdorlik munosabatlari shakllana boshlagan. Q. 960 yil islom dinini qabul qilishgan. K. Shoniyozovning fikricha, qoraxoniylar sulolasi bevosita Q. davlati bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uning tadrijiy davomi hisoblangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga kelib Q. Zarafshon daryosining oʻrta va quyi oqimlarida, hozirgi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Shoʻrchi hududlarida yashaganlar. 1924 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida 10 mingdan oshiqroq, Tojikiston hududida 7 mingga yaqin Q. yashagan. Keyinchalik Q. oʻz nomlarini unutib, oʻzbek va tojik millatlari tarkibiga singib ketgan.

Ad. Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.

Qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirishgan. Ayniqsa, Turkiy xalqlarnig Xitoy imperiyasiga qarshi boʻlgan kurashlarida keng ishtirok etishgan.

Qarlulqar yashaydigan yerda keyinchalik qarluqlar oʻzlarining davlatlarini yaratishadi, olamga ularning davlati Qarluq xonligi (766 — 940) nomi bilan keng tarqaladi. Keyinchalik, ular Qoraxoniylar (940 — 1210) davlatini tuzishadi. Qarluq lahjasi oʻzbek va uygʻur tillarining rivojlanishida katta oʻrin egallaydi. Oʻzbek va uygʻur tillari birgalikda Turkiy tillar guruhining qarluq ostguruhiga kirishadi.

@TarixchiYoshlar
​​​​Ivan IV Grozniy (1530.25.8, Kolomenskoye qishlogʻi — 1584.18.3, Moskva) — "Butun Rusning ulugʻ knyazi" (1533 y. dan), 1-rus podshosi (1547 y. dan). Vasiliy III ning oʻgʻli. Mustabid hokim sifatida xalq uni "Grozniy" ("Dahshatli") laqabi bilan atagan. I. IV 40-yillarning oxiridan Tanlangan rada ishtirokida davlatni boshqargan. Uning davrida Zemskiy soborlar chaqirilgan; 1550 yil Sudebniki tuzilgan; boshkaruv va sud islohotlari oʻtkazilgan; 1565 yilda oprichnina joriy etilgan; Angliya bilan savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553); Moskvada 1-bosmaxona qurilgan; Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklari boʻysundirilgan; Boltiq boʻyiga chiqish maqsadida Livon urushi olib borilgan (1558—83); Sibirni bosib olish boshlangan (1581). I. IV ning ichki siyosati ommaviy qatl etishlar, dehqonlarni asoratga solishni kuchayishi bilan ajralib turadi.

@TarixchiYoshlar
John Kennedy (talaffuzi: Jon Kennedi, 1917.29.5, Brookline, Massachusetts — 1963.22.11, Dallas, Texas) — AQShning 35-prezidenti (1961—63), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSH floti ofitseri (1941-45), AQSH kontressi aʼzosi (1947—61). Prezidentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va boshqalar)ni olgʻa surgan. Harbiy bloklar va AQSH qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga SSSR bilan boʻlgan munosabatlarda birmuncha realistik yoʻl tutish yoʻlidan borgan; atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiklash toʻgʻrisidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dallasda suiqasd qurboni boʻlgan.

@TarixchiYoshlar
Forwarded from Times.uz
UZ: Хорижий фуқароларнинг виза муддати автоматик тарзда узайтирилади

Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 17 март кунидаги коронавируснинг мамлакатимизга кириб келиши ва тарқалишини олдини олиш юзасидан чора-тадбирлар дастурини тайёрлаш бўйича республика махсус комиссиясининг йиғилишида қабул қилинган қарорга кўра, карантин муддати даврига тўғри келувчи туризм мақсадида харид қилинган ҳаво ва темир йўллари чипталари, шу жумладан ички қатновлар учун чипталарни харидорлар томонидан қайтарилган тақдирда, жаримасиз қабул қилиш, чипта нархини харидорга тўлиқ қайтариш ёки бошқа муддатга кўчириш чоралари кўрилади.

Ўзбекистон Республикаси ҳудудида бўлган хорижий мамлакат фуқароларининг виза муддати жорий йилнинг 10 апрелигача автоматик тарзда узайтирилади.

Шунингдек, муайян муддатга визасиз кириш ҳуқуқига эга давлатлар фуқароларига ҳам (белгиланган муддат бузилган тақдирда) истисно тарзида мамлакатдан чиқиб кетишига жорий йилнинг 10 апрелига қадар рухсат берилади.

Юқоридаги ҳолатларда уларга нисбатан ҳеч қандай чоралар кўрилмайди!

Манба
@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
BOYAZID I Yildirim (1359-1403) - usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1389—1402), sulton Murod I (Usmonlilar imperiyasi) (1359—1389)ning toʻngʻich oʻgʻli, sulton Oʻrxon I (1326—1359)ning nabirasi. Otasi Kosovo jangida halok boʻlgach, 30 yoshida taxtga oʻtirgan. Boyazid ota-bobolari siyosatini davom ettirib, tez orada Dunay boʻyi davlatlarini oʻziga boʻysundirdi. Soʻng, Vizantiya imperatori Ioann bilan uning oʻgʻli Andronik oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, Andronikka harbiy yordam koʻrsatdida, uni Vizantiya taxtiga oʻtqazdi, Ioanni esa zindonga tashladi. Ammo, ikki yildan soʻng (1394) Andronikni taxtdan tushirib, Ioanni yana taxtiga oʻtqazib qoʻydi. Shunday qilib, Boyazid Vizantiyani butunlay oʻziga qaram qilib oldi. Keyin, Boyazid 1395—1396 yillarda Bolgariya, Makedoniya, Fessaliyani fath etdi, Gretsiyaga bostirib kirib Argos shahrni butunlay vayron qildi, Bolqon arxipelagidagi orollarga chopqun qilib, Moreya va Vengriyaga tahdid sola boshladi. Shunda Bogemiya va Vengriya qiroli Sigizmund I (1368—1437) turli mamlakatlardan katta qoʻshin toʻplab Boyazidga qarshi yurish qildi, ammo 1396-yil 28-sentyabrda Nikopol shahri yonida (Dunay boʻyida)gi jangda tor-mor keltirildi (qarang Salib yurishlari). Jangdan soʻng, Boyazid asir olingan 3 ming kishini qatl ettirdi. Boyazid bu yirik gʻalaba tufayli Bosniya, Vengriyani ham qoʻlga kiritib, Bolqon yarim orolida oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. Biroq, ketma-ket qozongan gʻalabalaridan kibrlanib ketgan Boyazid Anqara jangida Amir Temur tomonidan butunlay tor-mor etilib, oʻzi asir olindi va koʻp oʻtmay vafot etdi.

@TarixchiYoshlar
Forwarded from Xushnudbek.uz
Нуриддин Холиқназаров, Тошкент шаҳар бош имом-хатиби:

«Аллоҳ берган энг катта неъматлардан бири — саломатликдир. Биз унинг қадрига етишимиз керак. Ҳар бир мўмин-мусулмон ўзини эҳтиёт қилиши ва бошқаларни ҳам асраши керак.

Мусулмонлар идораси Уламолар кенгашининг фатвосига биноан бугун барча мўмин мусулмонларимиз жума намозларини ўз уйларида адо этдилар. Уларнинг ибодатларини ва дуоларини Аллоҳ даргоҳида қабул қилсин.
Юртдошларимиздан карантин пайтида имкон қадар уйларида, оиласи даврасида ўтириши мақсадга мувофиқ.

Илгари байрамларда силаи раҳим қилардик, беморларнинг ҳолидан хабар олишни тарғиб қилар эдик. Бироқ ҳозир вазият буни талаб қилмаяпти. Бугун яқин инсонларга силаи раҳим қилиш — уларнинг олдига бормаслик. Чунки уларнинг олдига бориш уларга хавф туғдириши мумкин. Шунинг учун уйда туриб уларга соғлиқ сўраб дуо қилишимиз керак. Фарзандларимиз эса бўш вақтларидан фойдаланиб, китоб мутолааси билан шуғуллансалар, нур устига нур бўлар эди.

Шу нарсани айтиш керакки, ҳар бир инсоннинг ватанпарварлиги эл бошига иш тушганда билинади. Дўст — ташвишда синалади. Ана шундай қийин пайтда нархларни сунъий оширмасдан, даромадларини ҳалол йўл билан кўпайтиргани мақсадга мувофиқдир.

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники
Forwarded from Hilol Nashr
#Yangilik #vahimasizkarantin #hilol_ebook

Hilol eBook дастурида барчаси бепул!

Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм!
Азиз юртдошлар, муҳтарам ватандошлар, диндош биродарлар! «Hilol-nashr» матбаа-нашриёти юртимизда карантин эълон қилингани муносабати билан Hilol ebook дастуридаги барча электрон ва аудио китобларни бир ой давомида бепул тақдим қилади.

«Hilol eBook» қандай дастур?

«Hilol eBook» электрон ва аудио китоблар дастури бўлиб, ушбу дастур орқали шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг барча китобларини юклаб олиб, ўқиш мумкин. Шунингдек, дастурдан Тоҳир Малик, Аҳмад Муҳаммад Турсун каби муаллифларнинг 300 га яқин электрон ва аудио китоблари ўрин олган.

«Hilol eBook» дастуридан дунёда энг кўп тарқалган Android, iOS, Windows, Mac ҳамда Linux (Ubuntu) операцион тизимларда ишловчи жиҳозларда фойдаланишингиз мумкин. Таъкидлаш жоизки, «Hilol eBook» дастури мазкур 5 та операцион тизимда ҳам баравар ишловчи Ўзбекистондаги биринчи дастурдир. Дастурда электрон китобларни кирилл ҳамда лотин алифбосида ўқиш мумкин.

Электрон ва аудио китоблардан бепул фойдаланиш учун дастуримизни юклаб олинг. Аввал рўйхатдан ўтганлар эса интернетга уланган ҳолда «Дўкон» қисмига ўтсалар кифоя.

▶️Hilol eBook дастурини юклаш

Марҳамат, ушбу дастурдан фойдаланиб, ўзингиз ва оила аъзоларингиз вақтини мазмунли ўтишини таъминланг. Аллоҳ таоло барчамизга сабр-матонат ато қилсин, бу синовлардан шараф билан ўтказиб, тез кунларда офият насиб қилсин!

@HilolNashr
Forwarded from Koreys tilini o'rganamiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жонзотга озор берма, охири вой бўлади 🙊

Қайтар дунё канали 👇 https://t.me/joinchat/AAAAAFZgrweFImrr8iTK_A
​​​​Vladimir Ilich Lenin (ruscha:Владимир Ильич Ленин, haqiqiy familyasi Ulyanov, 10(22) aprel 1870, Simbirsk — 21 yanvar 1924, Gorki qishlogʻi, Moskva Guberniyasi)- rus va sovet ateisti va proletariat dohiysi, inqilobchi, Bolsheviklar partiyasining yaratuvchisi, 1917 yildagi Oktabr inqilobining tashkilotchilaridan biri, RSFSR va SSSR Xalq Sovet Kommisarlari raisi, faylasuf, marksistchi, nashriyotchi, marksizm-leninizm yoʻnalishining asoschisi, uchinchi kommunistik internationalning tashkilotchisi, Sovet imperiyasining asoschisi. Asosiy izlanish ishlari sohasi —falsafa va iqtisod

LENIN (Ulyanov) Vladimir Ilich [1870.10 (22).4. Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk sh.) —
1924. 21.1, Moskva viloyati Gorki qishlogʻi] — Rossiya bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining asoschisi. SSSR deb atalgan "qizil imperiya"ning tashkilotchisi. Peterburg "Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash soyuzi"ni tuzishda qatnashgan. 1895 y. RSDRPning 2-sʼyezdi (1903)da bolsheviklar partiyasiga boshchilik qilgan. 1907 yildan muhojirlikda yashadi. 1917 y. apr.da Petrogradga kelib, sotsialistik inqilob yoʻlini ilgari surdi. Petrogradda Oktyabr toʻntarishi (1917 y. 7 noyabr)ga rahbarlik qildi. Sovetlarning 2-Butun Rossiya sʼyezdida XKSga rais boʻldi. 1922 y. L.ning sogʻligʻi yomonlashdi va shu yil dek. oyidan eʼtiboran siyosiy faoliyatda qat-nashmadi. Asosiy asarlari: "Rossiyada kapitalizmning taraqqiysi" (1899), "Nima qilmoq kerak?" (1902), "Materializm va empiriokrititsizm" (1908) "Imperializm kapitalizmning yukrri bosqichi" (1916), "Davlat va revolyusiya" (1917). L.ning jasadi Moskvaning Qizil maydonidagi mavzoleyga qoʻyilgan.

SSSR davrida L. qarashlari mutlaqlashtirilib, uning faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. Uning fikrlariga salgina shubha bilan qaraganlar yoʻq qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga joʻnagan ziyolilar va jahon siyosiy arboblarining koʻpchiligi oʻsha paytdayoq uning "kommunizm qurish" rejasi xom xayol ekanligini aytishgan. 20-asr 80-y. lari oxiri — 90-yillari boshida Sharqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uchrashi va SSSRning parchalanishi oqibatida L. nazariyasi asossiz ekanligi uzil-kesil isbotlandi.

L. oʻz siyosiy faoliyatida Turkistonga bolshevizm gʻoyalarini tarqatishga, mintaqani sovetlashtirishga katta eʼtibor karatdi. L. va Stalin Turkiston muxtoriyatini tugatish rejasini qoʻllabquvvatladi. L.ning tashabbusi bilan Turkkomissiya (1919), Turkbyuro (1920), RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (1922) kabi Markazning nazorat qiluvchi organlari tuzildi va Toshkentga yuborildi. Turkiston fronti (1919) tashkil qilinib, oʻlkadagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakatni tugatish uchun 200.000 ga yaqin qizil askar Turkistonga joʻnatildi. Markaz yuborgan bolshevistik emissarlarga qarshi chiqqan mahalliy rahbarlarni L. "oʻng ogʻmachilik"da aybladi. L. 1920 yilda Buxoro xonligi (amirligi) va Xiva xonligini qizil armiya tomonidan bosib olinishining tashabbuskori. L.ning 1920 y. 13 iyundagi koʻrsatmasiga koʻra, yaxlit Turkiston mintaqasini parchalab tashlash jarayoni boshlandi va u 1925 y. boshlarida tugallandi. Shuningdek, L. Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy, qisman Eron, Turkiya kabi Sharq davlatlarida sotsializm qurish haqidagi rejasi uchun Turkistondan tayanch sifatida foydalanishni moʻljallagan edi. L.ning "kommunistik gʻoya"si 20-asr oxirida Oʻzbekistonda ham butunlay tanazzulga uchradi.


@TarixchiYoshlar
​​Albert Enshteyn
Olim 1879-yil 14-martda Germaniya janubidagi Ulm shahrida tavallud topgan.
1955-yil 18-aprelda 76yoshida AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Prinston shahrida aorta anevrizmasi kasalligi tufayli vafot etgan.
Fuqaroligi: Germaniya (1869-1896/ 1914-1933); Shvetsariya(1901-1955); Amerika (1940-1955)
Millati: yahudiy

Eynshteyn zamonaviy nazariy fizika asoschilaridan biri, Nisbiylik maxsus nazariyasi muallifi bo'lib, “nazariy fizikaga qo'shgan hissasi va fotoelektr ta'sir qonunini ochganligi uchun” 1921 yilda fizika bo'yicha Nobel mukofoti sovrindoriga aylangan.

Eynshteyn hayoti davomida Germaniya, Shveytsariya hamda AQSh mamlakatlarida yashagan.

Albert Eynshteyn dunyodagi 20 ga yaqin yetakchi universitetlarnng faxriy doktori, ko'plab Ilmiy akademiyalarning a'zosi bo'lgan.

Eynshteyn fizika bo'yicha 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shuningdek fan tarixi va falsafasi, publitsistika va boshqalar bo'yicha 150 ga yaqin kitoblar hamda maqolalarning muallifi hisoblanadi. Olim bir qancha muhim fizik nazariyalarni ishlab chiqqan.

Bundan tashqari, Eynshteyn “kvantli teleportatsiya” hamda de Xazaning “Eynshteyn gidromagnit effekti” haqida fikr yuritgan. 1933 yildan boshlab fazoshunoslik va maydonning yagona nazariyasi ustida ish olib borgan. Shuningdek, urushga, yadroviy qurol ishlatilishiga qarshi chiqib, inson huquqlari, xalqalararo o'zaro hamjihatlik uchun kurashgan.


🎓 @TarixchiYoshlar
​​​​Kim Jong-un (talaffuzi: Kim Chen In; kor. 김정은; 8-yanvar 1984-yil, Pxenyan, KXDR) — Shimoliy Koreya davlat, siyosiy, harbiy va partiya arbobi. 2011-yildan KXDR Oliy rahbari

Biografiyasi
1993-1998 yillarda Shveytsariyaning Kyoniz shahrida joylashgan Liebefeld-Steinxolzli davlat maktabi.
8-yanvar 1982-yilda Pxenyanda Kim Jong-il (1941—2011) oilasida tug’ildi.
2006-yilda Kim portretlari tushirilgan nishonlar tarqatilgan paytda uning “taxt vorisi” ekani ma’lum bo’lgan.
2009-yilda Kim Jong-il uni o’zining vorisi deb e’lon qilgan
27-sentyabr 2010-yilda unga Armiya generali harbiy unvoni berildi
2011-yilda KXDR Prezidenti etib saylandi.
18-iyul 2012-yilda Marshal harbiy unvoni berildi.


@TarixchiYoshlar
7-sinf "Jahon tarixi"dan atamalar luğati

Bank — italyan tilida banko — kursi, sarrof do’konidagi o’rindiq nomidan olingan.

Benefitsiy (lot.) – senorning o’z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto’ deb nomlangan.

Birja - atamasi Bryugge shahridagi «Burse» mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to’planadigan joy nomidan olingan.

Bulg’or (Bolgariya) podsholigi (680-1018) (1187-1396) (1908-1944) — xalqlarning buyuk ko’chishlari davrida slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib joylashishlari natijasida, bu yerda qadimgi turkiyzabon bulg’orlar xoni Asparux (643-701) boshchihgida Bolgariya podsholigiga asos soladilar.

Buyuk Moraviya — hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr oxiri — X asr boshlarida vujudga kelgan davlat. X asr boshida bu davlat ko’chmanchi vengerlar tomonidan parchalangach, uning hududlari Chexiya davlati tarkibiga kirgan.

Cherkov yig’inlari – III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining: cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi.

Dialektika – hozirgi mantiqqa o’xshash fan bo’lib, unda o’quvchilar munozara olib borishga, o’z ftkrini isbotlashga o’rgatilgan.

Domen (lotincha dominium — mulk) — qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yermulklari.

Dvoryanlar (nomdor zodagon) — feodallar toifasining imtiyozli qismi. Imtiyozlar merosiy bo’lib avloddan-avlodga o’tgan.

Freska (ital. fresco – yangi) — nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm.

@TarixchiYoshlar
​​​​🕌Me'moriy yodigorlik.

Pizza minorasi - qöngiroqli minora. Shaxardagi Santa Mariya Assunta cherkovining ansambl qismi. (Piza cerkovi). Shaxardagi Pizza minorasi dunyoga őzining noodatiy qurilishi tuzilishi bilan mashxur.

☑️ Qurilish 1360 tugatilgan. Qulash jarayoni esa 2008yilda tugatilgan. Minorada 294 ta chiqish zinasi bor.

☑️Balandligi 55,86 yerning eng past nuqtasidan va 56,7 m eng baland tarafidan. Diametri 15,54 m. Uning oĝirligi 14 453.

☑️ Proekt muxandisi Bonano Pizano. Minora qurish rejasi ikki bosqicda bolgan 9-avgust 1173 yil ikkinci bosqich tanaffusi 200 yil bolgan 1360 yilgacha. Minora oq marmardan qurilgan.

☑️Har bir qavatda galereya bolgan. Xar bir galareyani tashqi körinishi klassik ustun va arkalar biln bezatilgan.

🖌 @TarixchiYoshlar -Tarixchilar uchun maxsus!
​​​​Oʻrta Osiyo (arab istilosi)
7-asrda murosasiz qabilalararo urushlardan soʻng kichik Madina shahri arab qabilalarning siyosiy birlashuv markaziga aylandi. Oʻz kuchlarini qoʻshni vohalar va shaharlar tomon yoʻnaltirgan koʻchmanchi qabilalar sardorlari Madina atrofida tezkorlik bilan birlashadilar. Arablar birin-ketin gʻalaba qozonib tezda Suriya, Falastin, Eronni zabt etadilar, 651 yili esa ular Marvga yetib kelib, uni jangsiz ishgʻol etadilar. Arablarning gʻalabalari ularning asl kuchidan koʻra koʻproq bosib olingan mamlakatlarning zaifligi va parokandaligi bilan izohlanadi. 674 yili xalif Muaviya tomonidan yoʻllangan Ubaydulloh ibn Ziyod chamasi birinchi boʻlib Amudaryoni kechib oʻtgan. U Poykandni qurshovga olib, ishgʻol etadi. Buxoro qirolichasi ustidan gʻalaba qozonib, u shahardan katta oʻlja -qurol-yarogʻ, kiyim-kechak, oltin, kumush va koʻplab asirlar olib ketadi. Soʻgʻd hukmdorlari Kesha i Nesefa buxoroliklarga yordam berishga qaror qilishadi, ammo, Narshohining hikoya qilishicha, arab qoʻshini soʻgʻdlarni dahshatga solgani bois, ular jang maydonini tark etishadi. Arab tarixchisi Belazurining soʻzlariga qaraganda, Buxoro asirlari qullarga aylantirilgan. Erksevar buoroliklar oʻz taqdirlariga tan berishni istamadilar. Ular Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, uni oʻldirishadi. 704 yili Xurosonning noibi etib, Qutayba ibn Muslim tayinlanadi. U Movarounnahr, yaʼni Amudaryoning oʻng sohilidagi oʻlkalarni toʻliq bosib olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 705-706 yillarda u Balx, Poykandni ishgʻol etadi, ammo Bogʻdis Nizoq Tarxun boshchiligidagi soʻgʻdlar va turkiylarning keskin qarshiligiga duch keladi va chekinishga majbur boʻladi. 709 yili Qutayba burilish yasashga erishadi.

@TarixchiYoshlar