Taqdir bitiklari
2.15K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
5👍1
Qanday juft tanlash kerak?

Bu haqida youtube kanalimda o‘z fikrlarim bilan o‘rtoqlashdim. Kanalga a‘zo bo‘lib, like bosib qo‘yishni unutmang. 👇

https://youtu.be/4HB6EUuhno8
👍5🔥1
Shu ko‘ylakni qanaqa rangda ko‘ryapsizlar?

Menda ko‘k-qora. Sizdachi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤯16🤣11👍5🤔4🔥1
Yuqoridagi ko‘ylakning rangini topish sizga qiyinlik qildi. 😂

Mayli, osonroq savol beraman: Bu krossovkaning rangi qanday? 😀

Menda chiziqlari och yashil — 🧼, o‘zi esa kulrang — 📁.

@Taqdir_bitiklari
👍21😁11💯9🤣8🤬3🥴2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘rt yil kutilgan Jahon chempionati finali bir necha daqiqalardan so‘ng boshlanadi nihoyat.

Messi uchun oxirgi imkoniyat. Bunday afsonaviy erani eng nufuzli sovrin bilan yakunlash ayni muddao bo‘ladi.

Hech ikkilanmay aytaman-ki, Argentina finalga chiqa olmay, Portugaliya chiqqanida Ronaldo ushbu kubokka ega chiqishini istagan bo‘lardim. Chunki, men uchun haqiqiy afsonalar 2 ta! Asosiysi — Messi!

Qani, hamma futbolga! Manzil: Sport TV

🌟 Yuqoridagi videoda esa "eng zo‘ri kim", degan savolga dunyo futboli yulduzlari javob berishdi.

@Taqdir_bitiklari
❤‍🔥11👍8🔥32
Aytgancha, shunchaki ichi qoralik qilmaslik kerak.

Kuchlilarni tan olish ham kerak ba‘zida. Ronaldo bunga erisholmadi, afsus. Lekin, endi Messiga qarshi muxlislik qilish shunchaki kuchsizlik belgisi.

Aslida ikkisi ham bizga hech nima bermaydi.

Men esa, shunchaki faoliyat chiroyli yakunlansin degan fikrdaman.

P.S: Ronaldochilar hozir rasmdagi holatda emish. ))

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣18👍15🥴3🤨3
O‘yin tempiga chidab bo‘lmayapti qoil!
Tarixdagi eng qiziq final! Kim yutsa ham! 🔥
🔥47👍6🤩5
Messi chempion! 🔥

U endi haqiqiy QIROL! 👑
🔥79👏24🤬14🤨9👍7🎉5🤯2🥱2
🏨 Hilbert mehmonxonasi haqida eshitganmisiz? Bu yerda hamma uchun joy albatta topiladi.

Unda cheksiz sondagi xonalar bor (Buni nemis matematiklari o‘ylab topishgan).
Tasavvur qiling, mana shu cheksiz xonalarda cheksiz sondagi cheklanmagan mehmonlar bor.

🥸 Agar bitta yangi mehmon kelib qolsa, hammaga bitta keyingi xonaga ko‘chib o‘tish haqida e‘lon qilishadi. Hamda bo‘shab qolgan 1-xonani yangi mehmonga berishadi.

😲 Agar yuzta yangi mehmon kelib qolsa, har bir kishidan o‘zidan yuzta keyingi xonaga ko‘chib o‘tish so‘raladi. Qarabsiz-ki, 1-xonadagi mehmon 101-xonaga, 2-xonadagi mehmon 102-xonaga ko‘chib o‘tadi. Natijada dastlabki 100 ta xona yangi mehmonlar uchun bo‘shaydi.

😵‍💫 Tasavvur qiling, cheksiz sondagi yangi mehmonlar kelib qolsa, ularni qanday joylashtirish mumkin?

P.S: Xonalar soni cheklanmagan darajada cheksiz.

@Taqdir_bitiklari
👍31🤣11🤯4🤔3❤‍🔥2
Bugun hayotimda birinchi marta "ГАИ" xodimi to‘xtatdi.

Eng qizig‘i rasmiy formada ekanligimni ko‘rib:

— Talabamisiz? — deb soʻradi.

Men esa, butun hayotimni gapirib bergandan ko‘ra "ha", deb qo‘ya qoldim. 😅

Hujjatlarimni tekshirib bo‘lgach, qaysi yo‘nalishda o‘qishimni so‘radi. Menam shartta "matematika", devordim rostini aytib.

Bir mahal:
— Tenglama deb nimaga aytiladi? — savolga tutib qoldi.

Hayron bo‘lib, javob berdim. Keyin navbatdagi savolga o‘tdi:
— Moddiy nuqta nima?

Maktabda o‘qiganlarim esimga kelganicha bir narsalar dedim. U esa, to‘g‘rilab, davom etdi:

— Trayektoriya deb nimaga aytiladi?

— Aka, o‘zi nimaga fizikadan savolga tutyapsiz meni? — dedim oxiri sabrim chidamay.
— Shuniyam bilmaysizmi qovun? Mayli oqyo‘l! — emish. 🤣

Kamchiligi bo‘lmasa kundalik ham tekshirishga o‘tyapsizlarmi endi? 😆

Nima bo‘lganda ham shu sovuqda nazorat qilayotgan insonlar sog‘ bo‘lishsin!
Shular borki ko‘chalarda sal bo‘lsa ham tartib bor. Aks holda jilovlanmagan Afrika bo‘lib ketardi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣74👍37😁9❤‍🔥6👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eshitib kulaverib o‘lib qolay degandim birinchi martada. 😆

Qancha eshitsam ham kulgu kelaveradi baribir.

Aytgancha, bu latifadan fojea yasash shartmas. Shunchaki kayfiyat uchun.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣22😁10👍7🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
🥰6👍2
* * *
Loy, ustiboshim bo‘ldi, voy!
Otaverma buncha loy
Suvoqchini qizimisan ay-ay-ay-ya!

©Jahongir Poziljonov

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣96🤔12🤯93😁3❤‍🔥2👍2🔥1
Bugungi video maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va unga muayyan fursat ichida erishish haqida bo‘ldi.

O‘ylayman-ki, albatta foydali bo‘ladi siz uchun.

4 daqiqa vaqtingizni ayamaysiz, like va "podpiska" bosasiz degan umiddaman.

Keyingi video nima haqida bo‘lishini istaysiz, izohlarda yozib qoldiring. Rahmat.

💻 https://youtu.be/dthtnA3E0Ys
🥰5👍1👏1
BOZOR MADONNASI

Isiriq olish uchun bozorga tushgandim. Darvozadan kiraverishda somsa sotib oʻtirgan ayolni koʻrib, beixtiyor toʻxtab qoldim. Rostini aytsam, bunday mukammal xilqatni umrimda koʻrmagandim. Yuzi shu qadar tiniq, qosh-koʻzi, lablari shu qadar mutanosib , shu qadar jozibali ediki , rahmatli Chingiz Ahmarov tirilib kelsa , oʻzbek madonnasini shu ayolga qarab chizgan boʻlardi. Xayolimdan “Qaysi baxti chopgan er shunday pari-paykar bilan yasharkin?” – degan oʻy kechdi.
Xarid qilib qayta chiqayotib , gʻalati shovqin-suron eshitdim. Yaqin kelib, tagʻin toʻxtab qoldim. Boyagi ayol roʻparasida ozodagina kiyingan, boʻyinbogʻ taqqan bir kishi koʻzini pirpiratib , esankirab turar, chamasi qayoqqa qochishini bilmay , gʻujanak boʻlib olgandek edi. Somsa vajidan eʼtiroz bildirganmi, oralaridan noxushroq gap oʻtganmi, xullas , ayol uni shu qadar qalashtirib haqorat qilar , ogʻzidan shu qadar iflos soʻzlar otilib chiqardiki , qirq yil koʻmir tashigan aravakash bunday soʻkishlarni eshitsa , oʻzi ham, oti ham, aravasi ham, boringki koʻmiri ham uyatdan qizarib ketgan boʻlardi! Yomon gap odamni xunuk qilib yuborishini shunda koʻrdim. “Pari-paykar” ning chiroyli koʻzlari olayib ketgan, oydek yuzi qiyshayib, vahimali tus olgandi...
Xayolimdan “Qaysi baxtiqaro er shunday alvasti bilan yasharkin” – degan oʻy kechdi...


©Oʻtkir Hoshimov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍80🤣16💔3😐2
Our reality is a lot different from what we dream about...

@Taqdir_bitiklari ☕️
18👍8😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
👍114🕊2❤‍🔥1🤯1🐳1
Oxirgi marta o‘tgan yili yozgan ekanman. Bormisizlar?
🤣107😁20👍15🥰85🐳3🥱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JAVA ("Dunyo seni tog‘angmas" qo‘shig‘i ijrochisi)dan yangi xit — "Gaz yo‘q"

To‘g‘risi qo‘shiqlari tobora yoqib boryapti menga. To‘g‘ri, ovoz juda zo‘r bo‘lmasligi mumkin, lekin aytilishi va ma‘nosi yaxshi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁40👍13😐9🤬4🥱3👏1