Bugun ehtiyotsizlik tufayli mashinamni biroz tekizib oldim. Bitta orqa chiroq sindi. Hisoblab ko‘rsa, yo‘q joydan xarajat bu ham yaxshigina.
Lekin, qalbimga quloq tutdim shu zahotiyoq. Zarracha ham tashvishlanmadi.
Xursand bo‘ldim: "mol-dunyo egallab olmabdi qalbimni", deb...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Lekin, qalbimga quloq tutdim shu zahotiyoq. Zarracha ham tashvishlanmadi.
Xursand bo‘ldim: "mol-dunyo egallab olmabdi qalbimni", deb...
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍58❤🔥14❤9🥰8🔥3😁1🤡1
Tish shifokoriga kirsam, obdon tekshirib bo‘lgach:
– Qanaqa ukol qilay uka? – deyapti.
Harchand urinmay dorining nomi hayolimga kelmadi.
Nima deb javob beray shunda?..
Men bilsam, nimaga bordim kasalxonaga o‘zi? 😐
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Qanaqa ukol qilay uka? – deyapti.
Harchand urinmay dorining nomi hayolimga kelmadi.
Nima deb javob beray shunda?..
Men bilsam, nimaga bordim kasalxonaga o‘zi? 😐
@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣26😐18😁11👍5🤯5🥴5❤2
Do‘konga kirsam, bittasi sigaret olayotgan ekan.
Qo‘lidagi sigaret qutisiga biroz tikilib turdi-da, ustidagi "Jinsiy zaiflik" degan yozuvni o‘qib:
– Menga hov anavi rak yoki gangerenadan bera qoling, – deydi.
P.S: Endi kasallikniyam tanlab chekyapsizlarmi odamlar? 🤣

🤣81😁7👍5🔥3🌚3🤡1🤨1
let's fall in love for the night (lyrics)
FINNEAS
Eng sevgan qo‘shiqlarimdan biri...
Let‘s fall in love for the night and forget in the morning...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Let‘s fall in love for the night and forget in the morning...
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤24👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍12🥰4👏2
Another Love
Tom Odell
Tongni menga yoqadigan sokin qo‘shiq bilan boshlashga nima deysiz? 🙂
I wanna cry and I wanna love
But all my tears have been used up
On another love, another love
All my tears have been used up...
@Taqdir_bitiklari ☕️
I wanna cry and I wanna love
But all my tears have been used up
On another love, another love
All my tears have been used up...
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍14❤9😢3🔥1🥰1
O‘qituvchi:
– Nega darsga kelmading?
O‘quvchi:
– Ustoz bizda qor yog‘di.
— Bu bahona bo‘lolmaydi. Qani rasmini ko‘rsatchi.
— Mana!
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Nega darsga kelmading?
O‘quvchi:
– Ustoz bizda qor yog‘di.
— Bu bahona bo‘lolmaydi. Qani rasmini ko‘rsatchi.
— Mana!
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁64🤯16👍9❤4🔥1🏆1
Ikki-uch yildan buyon xalq tilida "aql tishi" deb nomlanadigan orqa jag‘ tishlarim oz-ozdan chiqib kelardi.
Bugun birdan bezovta qilib qoldi-yu, ko‘zimdan yosh chiqarib yuboray deyapti og‘rig‘i. Aksiga olib, bugun dam olish kuni!
Baxtning kulganini qarang.
Bu azobni dushmanimgayam ravo ko‘rmayman. Ilgariyam og‘rigan, lekin sal insof bilan edi-da! Bunisi og‘riqning "Pro Max" versiyasi bo‘lyapti... 🤒
Shu alpozda qanday tong ottirishimni o‘ylasam... 😵💫🤕
— Yaxshilar, qanday qilib uy sharoitida amallab tursa bo‘ladi ertagacha?

😢34👍8🔥1
Bolalikdan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini stadionning o‘zidan tomosha qilishni orzu qilaman.
Shu jumladan Amerikada yashashni ham. Yaqin 3-4 yil ichida ketishni niyat ham qilib yuribman in sha Alloh.
Qizig‘i shunda-ki, navbatdagi jahon chempionati roppa-rosa 4 yildan keyin Amerika, Kanada va Meksikada bo‘larkan.
Bir gap bor-o-ov!
Amalga oshyaptimikin orzular? 🤔😁
Aytgancha, keyingi jahon chempionatiga O‘zbekiston ham chiqish ehtimoli juda yuqori. Chunki ishtirokchilar soni 32 tadan 48 taga yetkaziladi.

🥰23👍12👏3
* * *
Garchi ishi mo‘ldir – bu dunyo hushyor!
Yurakni boricha ochmoqlik qayda?
Birgina so‘zim bor, yolg‘iz so‘zim bor,
O‘sha eski so‘z-da...
Aytaymi qayta?
Cho‘chima. Men hozir ketaman.
Bu dam
Nechun boshni egding?
Uyalma yoshdan...
Qayrilib qarayman.
Qanday go‘zalsan!
Hatto ayriliq ham senga yarashgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Garchi ishi mo‘ldir – bu dunyo hushyor!
Yurakni boricha ochmoqlik qayda?
Birgina so‘zim bor, yolg‘iz so‘zim bor,
O‘sha eski so‘z-da...
Aytaymi qayta?
Cho‘chima. Men hozir ketaman.
Bu dam
Nechun boshni egding?
Uyalma yoshdan...
Qayrilib qarayman.
Qanday go‘zalsan!
Hatto ayriliq ham senga yarashgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
😢30👍10🥰5🤔1
Yaxshiyam baxtimizga har qanday gapimizni ko‘tara oladiganlar ham bo‘ladi.
Nega-ki, ular bilan oramizda masofa yo‘q. Huddi-ki bir vujud kabi.
Eng yaqin insoning eng qo‘pol so‘zlarni gapirsa-da, ko‘nglingga olmaysan. Qalbingdan yiroq kimsaning biroz kinoyasi ham tunlari uxlatmay chiqadi.
Hayotingizda bormi shundaylar?

❤61👍12👏3🤔1
O‘ylab qarasam, sunnatga muvofiq yaqinlarim bilan orani yaxshilashga faqat men urinar ekanman.
Endi o‘zlariga ham qo‘yib berishni o‘rgandim. Chunki andishaning oti bir kun kelib qo‘rqoq bo‘ladi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Endi o‘zlariga ham qo‘yib berishni o‘rgandim. Chunki andishaning oti bir kun kelib qo‘rqoq bo‘ladi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍53👏5🤯3❤1
Fousheé - Deep End (Lyrics)
Mr.Radio
❤11👍5🥰4🔥1
Inglizcha qo‘shiq tashlaganim kimlargadir yoqmabdi va bundan fojea yasashibdi.
Qisqa javob bermoqchiman:
Qaysidir tilda qo‘shiq eshitish o‘sha tilni yanayam tushunishga yordam beradi.
Undan tashqari, o‘sha chet ellik qo‘shiqchilar o‘zbekcha qo‘shiq eshitsagina eshitishimiz kerakmi ularni?
Shunchaki yoqqani uchun eshitish ham mumkin-ku masalan. Kim aytganining nima qizig‘i bor? 😂
Keyin, men da‘vat qilish uchun tashlamadim. Kimgadir yoqsa eshitadi, yoqmasa ochmaydi.
Aytgancha, milliy qo‘shiqlarni ham shunchalik eshitaman-ki, men eshita olgan eski qo‘shiqlarga toqat qilolmaydi ko‘pchilik yoshlar.

👍46❤8🔥6😁4👏2