Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Kitob o‘qiyotganda ichaman deb kofe olgandim.
Kofega berilib, kitob qolib ketdi.😆

Akrom Malikning "Jangchi"sini boshladim. Kim o‘qigan, qanaqa taassurotlar?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁39👍11🔥4🥰32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen ularni professionallarcha suratga olib berasan.

Ularga telefoningni berib, "meniyam opqo‘ying shundoq, iltimos", deysan keyin.

Natija esa... 😆

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁94👍8👏2🤣2🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir do‘stim chet elga ketgandi. Nima ish qilyapsan desam, IT sohasidaman, derdi.

Havas qilardim, bu sohada daromad zo‘r, deb o‘ylab.

Kecha facebookka rasm qo‘yibdi: itlarga ovqat berayotgan ekan. 😆

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁50👍3🤔3😱3
Yomon Qiz
Imron
Men shu yomon qizni yaxshi ko‘raman...

— Imron

@Taqdir_bitiklari ☕️
17🥰5👍1👏1
Shu kitobdan kimda bor?

Jaloliddin Manguberdi haqida bu asar.

Xullas, universitetda o‘qib yurgan kezlarim, kutubxonaga kirsam, shu kitobga ko‘zim tushib qoldi. O‘qidim boshini, qarasam juda qiziq. Tezlashib ketdim. Birinchi qismini tugatib, keyin ketdim.

Hozir laptopdagi eski rasmlarni titkilab tursam, bor ekan. Qo‘msadim o‘qishni...

Kim topsa, o‘qishni maslaxat beraman.

Aytgancha, sovg‘a qiladiganlar bo‘lsa ko‘ndirsanglar bo‘ladi bir amallab meni. 🤓

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍27😁186🤔2
🍃 Hakan Menguch kitoblaridan Rumiyning ifori keladi.

Shu sababdan ham yoqadi ularni mutolaa qilish. Hozir ham do‘konda shu kitoblar yoqib qoldi.

Menda uning 2 ta asari bor edi: "Hech bir uchrashuv tasodif emas", "Qalbingiz sof bo‘lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
22👍5
Mening "Uffqa tutash yo‘l"im joy olgan to‘plamga ham ko‘zim tushib qoldi. 😉

Kim oldi shu kitobdan?

@Taqdir_bitiklari ☕️
18👍6🔥1
Borligingizda qadringizga yetmaganlarni yo‘qligingiz bilan mukofotlang.

Bu ular uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
31👍11😢6👏3
Ertaga qiyomat deyilsa, joynamoz narxini oshiradigan zamonda yashayapmiz...

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢98👍27👏4🔥3
Endi oyoq kiyimimni kiyib bo‘lganimda, xona ich ichida nimamdir qolib ketgan bo‘ladi.

Yana yechib-kiyishga erinib, oyoq uchida asta borib ovolaman. 😄

Hamma erkaklarda shunaqami? Yoki ayollarda ham kuzatiladimi bu holat?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁93👍34🤡6💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
🎉8👍4
***

Qora bulutlar ufqdan sudralib kelar.
Qushlar sayrashdan to‘xtaydi.

Yomg‘ir yog‘adi hozir.

Xonamga kirib o‘ltiraman endi.
Oq qog‘oz oqligicha qolaverar.
“Qalaysiz?” deb eshikni
ochmaydi bolam.
Choy ko‘tarib kirmas xotinim.

Derazada yig‘layotgan yomg‘irning
Yoshlarini artay desam,
o‘rtamizda
shisha bor...

©Usmon Azim
2002 yil

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍167🤔4🥰2😢2🥱2🔥1💔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Menda akrofobiya yo‘q, lekin juda baland joylardan qo‘rqmayman deganimas bu.

Yuqoridagi videoni ko‘rishni o‘zidayoq adrenalin qay darajada bo‘lganini his qildim.

Sizlarni bilmadim-u, men bu yerdan sakrolmasam kerak. Jon shirin. 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁21😱17👍9🤯3🥴2
‼️Bilaman, sizda ham bu holat aniq bo‘lgan.

Dars qilmoqchi bo‘lib, astoydil kirishasiz-u, miyangiz qotib, hech narsa kirmay qoladi, xuddi xotirangiz to‘lgandek. 😣

Quyida bunday holatga tushmasligingiz uchun 5 ta qoida haqida video tayyorladim.

Like bosib, youtube kanalimga ham a‘zo bo‘lib oling, zo‘rlari hali oldinda!👇👇👇

🎬 https://youtu.be/KWdTKOA2S04 👈
👍10🔥4
Mard so‘zim shu

Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlari bari sotilgan.
Mard so‘zim shu, hammasi qo‘rqoq!
O‘zim kimman?
So‘ramang biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor,
Zamon nozik, bola-chaqam  bor.

©O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, "Qish halovati"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏25👍125🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat #hayotiy

Oshxonaga kirib, ovqat buyurtma bersam, oshpaz menga tikilib turib:

— Sizga qizlar qaraganmi? — deydi.

Yomon alam qildi. Qaraganda qandoq, degim keldi. 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣50😁11👍5🤔32
TOLA SOCH

Ayt, bu soching tolasimu,
Jon ipin bir bandimu,
Yoki soching tolasiga
Jon ipim bog‘landimu?

Tola-tola sochlaringdan
Dil yo‘qotmish tinchini,
Yo bu tolang dil qushiga
Qil tuzoq monandimu?

Kecha chiqding soch uchiga
Paxtadan bog‘lab pilik,
Hech qachon e’zozli paxtam
Shuncha ardoqlandimu?

Sochlaring ishqi, bilolmam,
Menga rohat, yo azob,
Bu ilonning jonga solgan
Zahrimu yo qandimu?

Soch meni devona etgay,
Yo magar shoir qilur,
"Ul pari avlodidanmu,
Yo bashar farzandimu?"*

*Zokirjon Habibiy misrasi

©O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 1968 yil.


@Taqdir_bitiklari ☕️
👏20👍104🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Bizni unutganlar, sizga tashakkur!
Bizdan ketganlarga tilaymiz oq yo‘l.
Bizni unutmoqni istagan do‘stim,
Hamisha Allohning panohida bo‘l!

©Malika Salimova


@Taqdir_bitiklari ☕️
❤‍🔥26👏5