Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Bunday sharoitda maza qilib uxlashga nima deysiz? 👀😴

Bir dona istagan kitobingizni ham ovolishingiz mumkin 🤩
Sherik tanlolmaysiz, joy yo‘q.

Osmon to‘la yulduz, yirtqich akulalarni hisobga olmaymiz, yo‘q deb o‘ylaymiz. Allambalolar deb shirin xayollarni beliga tepmang kommentariyada.

Bu yerga qochishdan maqsad miyaga biroz tinchlik kerak. 🙂
Aytgancha, u yerda internet yo‘q. 😲

@Taqdir_bitiklari ☕️
🥰28👍157🔥2👏2😁2
#tundalik

Tutqunlikda yashagan qush ozodlikni jazo deb o‘ylaydi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢25👍87🔥6🥰3👏1
Shu xonada yashashni istardim juda.

Oh, barcha g‘uborlar ketsa kerak dildan.
Qiziq,
Uxlaging kelarmikin-a?
🤔🧐

@Taqdir_bitiklari ☕️
🥰3917👍10😁6🔥1🤯1
#hayotiy

Biz qutqardik, deb o‘ylagan qurbaqalar aslida o‘sha botqoqda yasharkan...

P/S: Yaxshilik hammaga ham yoqavermaydi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏33👍16🔥5🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Bir lahzadek o’tdi-yu ketdi
Nogahoniy bu qisqa visol.
Kemalardek uchrashgan edik,
Ayrilurmiz kemalar misol.

Na men senga ishq izhor etdim,
Na sen menga mayl etding oshkor.
Seni bir zum tutmoqqa endi
Na haqqim bor, na huquqim bor.

Sohillarda sayr aylagan on
So’z ochmoqqa jur’at qilmadim.
Bu quvonchlar so’ngida hijron
Borligini, netay, bilmadim.

Endi naf yo’q, vaqt o’tdi, ketdi,
Tamom bo’ldi bu qisqa visol.
Kemalardek uchrashgan edik,
Ayrilurmiz kemalar misol.

Suzarkansan manzilga tomon,
Oq yo’l tilab qolgum, dilrabo.
Yetkazing deb sohilga omon
Shamollarga qilgum iltijo.

©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
31👍13😁4🥰3🔥1
Ayriliq zo'r keldi
Yuraklar ko'ndi.
Ajab, siljimadi holsiz qadamlar.
Yer-u ko'k tushundi,
dunyo tushundi,
Bizni tushunmadi qalbsiz odamlar.
Alamlar zo'r keldi,
ko'zyoshlar tindi,
Barmoqlar yig'ladi kaftlaringda jim…
Nega asrolmading,
nega dil sindi?
Nega eshitmadi bizlarni hech kim?!
Na bir so`z,
na bir sas,
na faryod, nido,
Uzoqlashib borar hissiz qadamlar…
Osmon faryod chekdi,
tushundi Xudo,
Bizni tushunmadi qalbsiz odamlar…!


©Lobar Aziz

@Taqdir_bitiklari
27👍8😢8🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachonki IELTS imtihoniga ketishdan avval keksa buvingdan duo olsang:

🤲 Iloyo imtihonni beshga topshirgin bolam.
— Faqat bu emas.
🙀🤯🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁485👍3👏1
— Yur, bu yerlardan ketamiz. Sen pianino chalib berasan, men senga menemen pishirib beraman.
— Menemenni yaxshi ko‘rishimni qayerdan bilasan?
— Men faqat shuni pishirishni bilaman, shundan. 😁

🎥 "Qashqirlar makoni" serialidan

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁4614👍6🥰6🔥3
Nimaga xalq orasida "yaxshi" so‘ziga sinonim sifatida "yomon" so‘zi ham qo‘llanilarkin-a? 😁

"Kecha yomon uy oldim" 😲
"Hozir yomon pul topvoryapman, bezovta qilmay tur" 🤐
"Kallasi yomon ishlaydi-da!" 🤓
"Yomon so‘zlari aqlli shu odamni" 🥸

"Sizni yomon ko‘raman", ham shular toifasiga kirarmikin? 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁91🤔5👏4👍3
Eng sifatlilarini: @Rumiy 🍃 kanalimga joylayman.

Qo‘shilib oling!
14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁30😢5🎉2
Kanalga nimadir yozmoqchi edim boya, shu esimdan chiqib qoldi.

Nima edi o‘sha, siz bilmaysizmi??

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁59🤔73👍1😢1
15 Kun (Durdona.net)
Ozodbek Nazarbekov
Chiroyli aytilgan qo‘shiq.

O‘zi Ozod akani san‘atkor sifatida juda hurmat qilaman. Juda ko‘p ijrolari yoqadi.

Ba‘zi qo‘shiqlar bor-ki, bolalikni ham yodga solib yuboradi o‘sha paytlarda ko‘p eshitilgani uchun.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍317🔥2🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Farosat onadan tug‘ma bo‘ladimi, yoki orttirilgan bo‘lishi ham mumkinmi hayot davomida?

Ba‘zan shularni o‘ylashga majbur qilishadi. 😑😬

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁34👍6😱1
Paxta–2015/16. Yohud kulish yo‘q faqat.

Studentlikdan yodgorlik 😂
Sobiq kursdoshlar tashlab qolishdi. (Biram hijolat bo‘lib ketdim o‘sha paytdagi rasmni ko‘rib. 😆)

Na iloj oshing halol bo‘lsa ko‘chada ye, ekan.
Meni topdingizmi shu rasmdan? 😂

Yaxshiyam paxta terish yo‘qoldi. Lekin bir tomondan sarguzashtlar ham juda ko‘p bo‘lardi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍52😁237👏6🔥2🤩1
Kichkina bolaligimda "Ruh 5:13" degan kino bo‘lardi.

Kechki payt uyda hamma qayoqqadir ketgan edi adashmasam. Xullas bir o‘zim edim.

Nima hayol bilan DVDga o‘sha kino diskini qo‘yib, (maza qilib ko'raman deb o‘ylagan bo‘lsam kerak-da😆) borib joyimga joylashib oldim.

Sal o‘tgach, shunaqa qo‘rqa boshladim-ki, nima qilishni bilmay qoldim. Kamiga ovozini ancha baland qilib qo‘ygan ekanman.

Borib o‘chirib qo‘yishga ham qo‘rqqanman (U paytda TV pultli emas ekan shekilli) svetlarniyam o‘chirib ko‘ryotgan ekanman.

Shu ko‘yi oxirigacha ko‘rganman majburan 😂
Keyin 1 hafta kunduziyam ko‘chada yolg‘iz o‘zim qo‘rqib yurganman. ☹️

P.S/ Qo‘rqinchli kino shaydolari uchun Turk ijodkorlari tomonidan hayotiy voqealarga asoslanib, suratga olingan 6 qismli "Siccin" serialini tavsiya qilaman. Majburlamayman lekin ko‘ring deb 😁.

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁44👍11😱11🤯2😢2
Yo‘lda ketayotganda ham ilhom kelib qoldi qayerdandir 😁

Qanday baho berasiz?
Dublyajda ham sinab ko‘rsammikin o‘zimni 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍205😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega men qaysi idoraga yumush bilan borsam, eng muhim odam "abetga" chiqib ketgan bo‘laveradi? 🤨

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁65👍4🤬4😢3