Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Bir safar karomatgoʻylarning eng keksasi kelajakning senga nima keragi bor, deb so'rab qoldi.
– Kelajakda nima qilishim lozim, ana shuni bilib olishim kerak, – deb javob qilgandi Tuyakash. – Men bo'lishini xohlamaydigan hodisalar bor, ularning oldini olishni, yo'nalishini oʻzgartirishni istayman.
U holda ular sening kelajaging boʻlmay qoladi, – degandi karomatgoʻy.
– Hech boʻlmasa, yuz beradigan hodisaga tayyorlanib turaman.
– Agar yaxshilik yuz bersa, bu – kutilmagan ajoyib sovgʻa boʻladi. Mabodo yomonlik yuz beradigan boʻlsa, sen buni yuz berishidan ancha oldin his qilasan.
– Kelajakda mening taqdirim nima boʻladi, ana shuni bilishni xohlayman, chunki men bandaman, – dedi Tuyakash. – Odamlarning taqdiri esa o'z kelajagiga bog'liq boʻladi.
Karomatgoʻy uzoq sukut saqladi. U choʻpchalar bilan rom ochardi – bir dastasini yerga tashlab, qanday tushga niga qarab taqdirni bashorat qiladi. Shu kuni rom ochmaslikka qaror qildi.

©Paulo Koelo "Alkimyogar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2310
Vaqtdan oʻzib ketdim –
Soatlar begʻam,
Koʻksim tulporiga topilmadi ep.
Yur, biz ham odamday yashaymiz, desam,
Koʻnmaysan, odamlar nima deydi, deb.

Boshi ogʻirlashib borar olamning,
Bahorni ming bitta gʻamlar oʻrtadi.
Kechirishlari ham soxta odamning,
Oʻtsa,
bahrimizdan Xudo oʻtadi.


©Rashid Xoʻjamov


@Taqdir_bitiklari ☕️
33👍7🔥3
Tiktokka kirganimda bu so‘zni o‘qib qo‘rqa boshladim. 😆

G‘alati o‘qilarkan.

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁96🤬5👍4😱31🤯1
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊

JUMA MUBORAK BOʻLSIN!

🌱 Tortiq boʻlsin sizga duo-
🌱 salomlar
🌱 Duoda eng goʻzal shirin
🌱 kalomlar.
🌱 Iloho uyingiz nurlarga
🌱 toʻlsin,
🌱 Juma ayyomingiz muborak
🌱 boʻlsin!

Salovot aytishni unutmang:

📿Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
13🔥3👍2
Muhabbat bir shaxsni ikki marta sevmoqdir. Bir marta tasavvur qilgani kabi. Ikkinchi marta haqiqatiga ko‘ra.

©Ayman Yog‘iy

@Taqdir_bitiklari ☕️
51👍6🔥5
#photo

Kecha olgan suratim.
Nimalar kelyapti xayolingizga?

@Taqdir_bitiklari ☕️
43👍13🤔4🤩3🥰1
Qorlar yog‘di.
Qizdirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –O‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtiyorlar bermadi javob.
Qorlar bosdi.
Kuydirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –O‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtsizlar ham bermadi javob.


©Rauf PARFI

@Taqdir_bitiklari ☕️
39👍13🔥5👏3🤯1
@Rumiy 🍃 kanalini o‘qib, qalbga taskin berishga nima yetsin?

Tezda qo'shilib oling!
21🥰5👍2
Juda ma‘noli rasm ekan. 😄

Rostdan ham shunaqamikin-a?
Nima deysiz, kim kimning tuzog‘iga ilinadi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁74👍10😢9👏7🥰1
Kim bugun tongda turib, Yaratgandangina so‘rab, yaxshi niyat bilan imtihonga yo‘l olayotgan bo‘lsa, Alloh ishini xayrli qilsin!

Talaba bo‘lasiz in sha Alloh albatta!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍5922
Sen Bo'lmasang Boshqasi
Озода Саидзода
Opa yomon aytganlarda shu qo‘shiqni. 😁

Kayfiyatni darrov ko‘tarvoradi, energiyaga boy, nima deysiz?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁32👍17👏5🔥4🤬3
Imtihong‘a kirg‘anda shoshib, hovliqib o‘-o‘-o‘, deb qomang‘lar. 😁

Imtihoni bor do‘stlarimizga jo‘natib qo‘yamiz. Motivatsiya bo‘ladi. 😅

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁34👍4🔥2👏2
Hayotiy masala 😐

Ayol qalbi teskari magnitga o‘xshashi bor gap.
Ayollarning o‘zi nima deydi bu fikrga?

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍6112👏3😢3🤔1
* * *

Dunyo ogʻusini tutmadi oshkor,
Pinhon zugʻum qildi... Zoʻriqib ichdim.
Jonchiqar ogʻriqqa ayladi duchor,
Oqdi qoʻshiqdaryo – erigan jismim.

Asli qurbon boʻlmoq bizga qismatdir...
Nimadan siqilding – zahildir roʻying?
Dorga osmoq boʻlsang – boʻyim balanddir,
Koʻkka osmoq boʻlsang – yetmaydi boʻying!..


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
25👍16
* * *

Yarador bo‘lganman hayotda ko‘p bor,
Uyimga emaklab kelganman zo‘rg‘a.
Faqat adovatmas berguvchi ozor,
Hattoki gulbarg ham yaralaydi, ha.

Bilmasdan, yaralab qo‘yganman men ham,
Noo‘rin takalluf qilganmanda goh.
Kimningdir yuragi yaxlagan shu dam,
Muz uzra yurgandek u yalangayoq.

Nechun qadrdonlar, do‘stlaring g‘arib,
Vayron qalbi aro sayr qilaman.
O'zim ham tez og‘ir jarohatlanib,
O'zga dillarni ham oson tilaman.

©Y.Yevtushenko

@Taqdir_bitiklari ☕️
25👍15😢9🔥5
Bandalari orasida ham seni tushunadigan bir qadrli insoning bo‘lsa, bu — baxt!

Topolmagan bo‘lsangiz, izlashdan tolmang. 🙂

@Taqdir_bitiklari ☕️
40🥰10👍6🔥3🤬2🤩2🤔1
Marjona
Abdujalil Qo'qonov
Kechki timega beg‘ubor qo‘shiq.
Juda yoqadi.)
Marjonalar bormi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
17👍8
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊

JUMA MUBORAK BOʻLSIN!

🌱 Tortiq boʻlsin sizga duo-
🌱 salomlar
🌱 Duoda eng goʻzal shirin
🌱 kalomlar.
🌱 Iloho uyingiz nurlarga
🌱 toʻlsin,
🌱 Juma ayyomingiz muborak
🌱 boʻlsin!

Salovot aytishni unutmang:

📿Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
6👍5