Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Odamlar boshqalarning qiyinchiligidan foyda chiqarishga tirishadigan bo‘lib ketganmi shunaqa?

@Taqdir_bitiklari
😢26🤔8🔥5
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
🆕 “Orzu va dengiz” kitobi nashrdan chiqdi!

❗️ Aziz kitobxonlar! Yosh yozuvchilarning eng sara hikoyalaridan iborat to‘plamni, albatta, o‘qib chiqing. Keling, bugungi davr nafasini birgalikda his etamiz!

🖌 Mutolaadan so‘ng 41 nafar muallifni baholashingiz, umumiy kitobga yoki o‘zingizga yoqqan bitta hikoyaga taqriz yozib, nashriyotimizning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘lishingiz mumkin!

🎁 “Orzu va dengiz” kitobi an’anamizga muvofiq 30-iyun, 1-2-iyul kunlari 35 ooo so‘mdan sotiladi. Chegirma narxda xarid qilishga ulgurib qoling!

P.s. 2-iyul kunidagi taqdimotda mualliflar bilan ko‘rishishingiz va kitobingizga dastxat qo‘ydirishingiz mumkin. Kitob bayramiga marhamat!

@Factor_books — kitobxonlar tomondamiz! 🥰
12👍6
Bugun juma.
Juma namozigacha qancha qoldi soatga qaravoringlar. 🤗

• Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad!
64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAXT NIMA?

Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni
Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo‘llaridan tutib ro‘yoni
Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog‘ing bilan
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda Baxtlaring sochiq
Bahorlardan go‘zallik yiqqan,
Baxt emasmi? Ko‘zlaring ochiq?
Osmonga boq, ko‘kka oy chiqqan!
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki Baxt – yelib tolmoqlik
Hammaga ham nasib etmaydi
Tongda turib nafas Olmoqlik!


©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
37👍16🔥3😢2
MUHABBATNING TABIATI

Tunlar oromidan achinmay kechdim.
Ko‘nglimni sen bilan etdim munavvar.
Sonsiz chigallikka urildim, yechdim.
Angladim: sen menga qismat muqarrar.

O‘zimni ming marta qatl ayladim,
Ming marta o‘zimga hadya etdim jon.
Sovuq bir tosh edim, qo‘shiq boshladim...
Ayt, yana nimani aylayin qurbon?

Gullarga burkangan badanin ochib,
Ko‘zimga termular bir malak — Hayot!
Uning og‘ushidan men ketdim qochib,
Sen — go‘zal she’rimni aylagani yod.

Meni xarob etdi beto‘xtov g‘ulu,
Chorasiz hijronning gapiga ko‘ndim.
Olis-olislardan uchib keldiyu
Qo‘llaring ohista kiftimga qo‘ndi...


©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
12👍6🔥2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Sen qoʻngʻiroq qilmaysan...
Men ham.
Sen yozmaysan, menda ham subut.
Senga sogʻinch qiladi alam,
Men sabrla saqlayman sukut!

Sen kibrli, men oʻta magʻrur,
Sen osmonda, men undan baland
Sen kibrga, men gʻururga qul,
Faqat mehr qahat, muhabbat qahat!

Unutdim deysanu, ammo parishon,
Gʻarq boʻlib ketasan hayolimga goh.
Unutdim deyman-u, tunlari hamon.
Hayoling bagʻridan topaman panoh.

Istab kelolmaysan, ming bitta sabab,
Men boraman desam yoʻlim unmaydi.
Ayt, nega bir umr Xudodan soʻrab,
Bir umr shu ishqdan ketib boʻlmaydi.

Seni koʻribdilar sochlaringda oq,
Faqat men haqimda soʻrar emishsan.
Keyin lablaringa tarqalib titroq,
Jimgina ovozsiz yigʻlar emishsan.

Menchi, men, oʻzimni koyib charchadim,
Taslim boʻlganligim ehe,qachonlar.
Kamondek egilib boʻlsa ham qaddim,
Gʻurur gerdayishin qoʻymas, oqpadar!

Umrimiz oʻtmoqda, oʻtib boʻldiyam.
Necha kun yashashga qoldi haqqimiz.
Balki haq dunyoda tanib olishchun,
Birrovga sevishib oldik ikkimiz!


©Malika Salimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍42😢2213🔥3👏2😁2
Insonlar ikki narsa uchun afsuslanishadi; Biri qilgan ishlari uchun, yana biri qilmagan ishlari uchun.

©Abdukarim Mirzayev

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍484🔥4😢4👏2
#bir_yilda_100_kitob

Hamma o‘qishi kerak, deb o‘ylayman Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning "Baxtiyor oila" kitobini.

Marafonimizning 29-kitobi aynan shu bo‘ladi. Elektron variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘yganman.

Yoqimli mutolaa tilayman!

@Taqdir_bitiklari ☕️
17👍8🥰1
Arafa va Juma ayyomi muborak bo'lsin do‘stlarim.

Bugun chin musulmonlarning bayrami! 🙂

Alloh siz va oila a‘zolaringizni Jannat ila mukofotlasin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍116🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum qadrdonim! 🌹

Bugun musulmon ahliga bayram. Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!.. 🙂


Iymoning nuridan qalbingiz to‘lsin,
Ko‘ngil shodligidan ko‘zingiz to‘lsin.
Shunday qutlug‘ kunda ey birodarim,
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin.

@Taqdir_bitiklari ☕️
10👍3🥰1
15👍5🥰5
Kommentariyadagi fikrlarni o‘qib chiqib, "Solihlar gulshani" kitobidagi hikoyalarning eng saralarini o‘qib berishga qaror qildim.

Chunki bu kitobning audio versiyasi mavjud emas.

Quyida "Alloh uchun g‘azab qilgan eding" nomli hikoyani tinglashingiz mumkin: https://youtu.be/LlVEYyKu-rc

Keyingi qismlar ham chiqishini istasangiz, videoga like bosib, kanalga a‘zo bo‘lib qo‘yishni unutmang.

Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. 👇

📹 https://youtu.be/LlVEYyKu-rc
👍143
* * *

Og‘irlikning girdibodida
Buzildi tan muvozanati,
Yurak — vazmin-vazmin otida —
Tamomila zabt etdi mani.

Mag‘lub yana keraksiz xasmi?
Meni tashlab ketmagan, olam.
Tangrim, senga kerak emasmi,
Yuragidan yengilgan odam?

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
14👍11
#bir_yilda_100_kitob

O‘qishimiz kerak bo‘lgan 31-kitob Hakan Menguchning "Hech bir uchrashuv tasodif emasdir" asari bo‘ladi.

Uning audio variantini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘ydim.

Kanalga qo‘shilib olish esdan chiqmasin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍10🔥1🤯1
TOKZOR

Novdalarning mungli shiviri,
Hovli etagida qorayar bahor,
Tunga termulgancha bir tanish sirni
Asta pichirlayman takror va takror...

Menga qiziq, axir, lahzalar umri,
Senga qiziqmasmi mavjud ekanim?
Esimda...
munavvar kunlar sururi ―
So‘zsiz ko‘zlaringga baxtni ekkanim!..

...Yana lablarimda gul to‘kar oting,
Tag‘in yuguradi o‘ylarim tinmay.
Nahot, tinch qo‘ymaydi ming yillik yoding,
Yer tortishish kuchin unutmaganday?..

Axir, yashagim bor edi ochilib,
Biroq yo‘liqqanim bo‘ldi ranj-u g‘am.
Nahot, taqvimimiz ketgan sochilib,
Nega menga kelar yo‘llaring mubham?!


©Navruza Jasurova

@Taqdir_bitiklari ☕️
13👍11👏4
Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" degan asarni o‘qiyapman hozir. Rostini aytsam, juda qiziqib qoldim. Kichik-kichik alohida hikoyalardan iborat ekan.

Zerikmaydi ko‘p o‘qiy olmaydigan odam ham.
Muhimi ma‘nosi ulkan.

Pdf, hamda audio varianti hech qayerda yo‘q ekan, ovvora bo‘lmang.

@Taqdir_bitiklari ☕️
14👍7🥰3😢3