MENI UYGʻOTASAN
Gʻamdan zada ko‘nglim charaqla,
Tanda baxtdan qon bor oqimli.
Meni uyg‘otasan, saharlab,
Yelkamga turtishing yoqimli.
Vah, ko‘zi qayg‘udan mahrumam,
Vah, kiygani atlasli barqut.
Meni uyg‘otasan, mahbubam
Dunyo keyin bo‘lmaydi mahdud.
Shudur balki baxtning bekati,
Tasvirlashga ojizman buni.
Meni uyg‘otasan, negadir
Ishim o‘ngi kelar har kuni.
Ko‘zlaringga termulib doim,
Ko‘z yumilar kelganida tun.
Uyg‘otasan jonim, muloyim
Uyg‘onadi men ila ochun.
Meni uyg‘otasan...
©Erkin HOJIMUHAMMAD
@Taqdir_bitiklari ☕️
Gʻamdan zada ko‘nglim charaqla,
Tanda baxtdan qon bor oqimli.
Meni uyg‘otasan, saharlab,
Yelkamga turtishing yoqimli.
Vah, ko‘zi qayg‘udan mahrumam,
Vah, kiygani atlasli barqut.
Meni uyg‘otasan, mahbubam
Dunyo keyin bo‘lmaydi mahdud.
Shudur balki baxtning bekati,
Tasvirlashga ojizman buni.
Meni uyg‘otasan, negadir
Ishim o‘ngi kelar har kuni.
Ko‘zlaringga termulib doim,
Ko‘z yumilar kelganida tun.
Uyg‘otasan jonim, muloyim
Uyg‘onadi men ila ochun.
Meni uyg‘otasan...
©Erkin HOJIMUHAMMAD
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤23👍6🥰3🤔1
Men edim
Jaloliddin Ahmadaliyev
* * *
Jonim bergan men edim,
Yuzin burgan sen eding...
🎵 Jaloliddin Ahmadaliyev — Men edim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Jonim bergan men edim,
Yuzin burgan sen eding...
🎵 Jaloliddin Ahmadaliyev — Men edim
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤22👍8🔥7😢4
* * *
Bir tushman,
kirmoqqa ber izn.
darbadar kezyapman ehtimol.
Qushman-u, osmon yo'q,
azizim,
sen mendan erkimni tortib ol...
Yomg'irman,
jonimni so'rar yer...
Qandayin kuch topay kurashga?!
Menga bir yelkangdan
vatan ber,
bir umr bosh qo'yib yashashga.
©Durdona BAHODIROVA
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bir tushman,
kirmoqqa ber izn.
darbadar kezyapman ehtimol.
Qushman-u, osmon yo'q,
azizim,
sen mendan erkimni tortib ol...
Yomg'irman,
jonimni so'rar yer...
Qandayin kuch topay kurashga?!
Menga bir yelkangdan
vatan ber,
bir umr bosh qo'yib yashashga.
©Durdona BAHODIROVA
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤36👍11👏6🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videodan juda ko‘p narsalarni fikr qilsa bo‘ladi.
Bugungi kunda ba‘zi insonlar orasida yo‘qolib ketayotgan mehr-oqibat, yaqinlarini asrab-avaylash kabi tuyg'ular oddiygina qushlarda namoyon bo‘lmoqda.
Demak, insonlar hayvonlashib ketmoqdami, yoki hayvonlar insonlashib?..
Alloh bergan rizq sizga qay ko‘rinishda yetib kelishi ma‘lum emas. Zero Ayman Yog‘iyning quyidagi gaplari ayni haqiqat: "Agar dengizdagi bir tomchi sening rizqing bo'lsa, Razzoq shu tomchini sen uchun dengizdan chiqarib beradi!"

👍27❤16👏4🔥3😢3
* * *
Bu kecha ham chalg‘itib arang,
Chayib oldim uyqu yuzini.
Xasta nurlar bir-bir egilib
Nigohimdan yuksalar zina.
Derazangga urildi shamol,
Sochlarimni o‘rganida oy.
Yulduzlarning qarashi sirli —
Sen ham uyg‘oq eding hoynahoy.
Ko‘zlarimni yumsam, mumkinday
Ko‘zlaringga qarab turishim.
Baʼzan alam qiladi bunga
Kechalarning guvoh bo‘lishi.
Xasta nurlar va oʻsha zina
Chiqish, tushish qolmaganday farq.
Faqat yerda kutadi meni
Yuzlarini yuvmagan shafaq.
©Munisa Aʼzamova
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu kecha ham chalg‘itib arang,
Chayib oldim uyqu yuzini.
Xasta nurlar bir-bir egilib
Nigohimdan yuksalar zina.
Derazangga urildi shamol,
Sochlarimni o‘rganida oy.
Yulduzlarning qarashi sirli —
Sen ham uyg‘oq eding hoynahoy.
Ko‘zlarimni yumsam, mumkinday
Ko‘zlaringga qarab turishim.
Baʼzan alam qiladi bunga
Kechalarning guvoh bo‘lishi.
Xasta nurlar va oʻsha zina
Chiqish, tushish qolmaganday farq.
Faqat yerda kutadi meni
Yuzlarini yuvmagan shafaq.
©Munisa Aʼzamova
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤34👍11
#hayotiy
#kayfiyat
Siz ham bozorda biror kiyim narxini yarim borobar pastiga so‘rasangiz, sotuvchi birdaniga "oling", desa siqilib qolasizmi qimmat so‘rab qo‘yibman deb? 😫😂

😁144👍14😢4
Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo'lganini sezsa, burningni yerga ishqalaydi.
©Abdulqosim Zamaxshariy
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Abdulqosim Zamaxshariy
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁66👍10🤔5👏3😢3🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun universitetdagi kursdoshlar bilan talabalikni eslab bir ko‘rishaylik, deb NamDUga borgandim.
Bo‘sh kunimni gruppada aytsam, dod deb payshanbani tanlattirganlarning birortasini qo‘ng‘iroq qilib ham topib bo‘lmadi.
Bechora 4 kishi choylashib qaytdik. 😂
Sizlardayam bormi shunaqa ajralib ketgach, yig‘ilmaydigan gruppalar?
O‘shalarni rosa tepsangda aylantirib!
Hali ajralishga ulgurmagan bo‘lsangiz qadriga yeting, hech qaysinisi vafo qilmaydi aniq!
@Rumiy_Jaloliddin 🍃

😁52👍12🥰3😢3❤2🔥1
#kayfiyat #hayotiy
Bir do‘stimga: "Rossiyada magistratura o'qish qiyin emas ekanmi? Rus tilini zo‘r o‘rganib olgandirsan?" desam, "Rus tilini o‘rganishdan ko‘ra O‘zbek tilini o‘rgatish osonroq ekan", deydi. 😁

😁69👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Yodingdami suhbatlarimiz,
Ko'zlaringa tеrmulardim jim.
So'zlaringni, ovozlaringni,
Bo'ylaringni maftuni edim!
Yodingdami, еlib, oshiqib,
Kеling dеsam qushdеk ucharding.
Salom bеrsam, salomim olib,
So'ng dunyoni mahkam qucharding!
Yodingdami o'sha sirli tun,
Yulduzlarning shivir-shiviri.
Sеni bir bor ko'rmoqlik uchun,
Tunlardaman ming yildan bеri.
Oychi?
Esla,
Yodingdami Oy,
To'lin bo'lib bizga boqardi.
Qo'ling quchib, ko'zlarim yumsam,
Sеnga juda-juda yoqardi...
Kеchagina tuyg'ulardan lol,
Sarhush edik, tеlba - dеvona!
Hammasidan kеchdik bеmalol,
Bеgonamiz endi...
Bеgona!
Yodingdami suhbatlarimiz,
Sеn so'zlarding, tinglar edim jim...
©Malika Tavfiq
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yodingdami suhbatlarimiz,
Ko'zlaringa tеrmulardim jim.
So'zlaringni, ovozlaringni,
Bo'ylaringni maftuni edim!
Yodingdami, еlib, oshiqib,
Kеling dеsam qushdеk ucharding.
Salom bеrsam, salomim olib,
So'ng dunyoni mahkam qucharding!
Yodingdami o'sha sirli tun,
Yulduzlarning shivir-shiviri.
Sеni bir bor ko'rmoqlik uchun,
Tunlardaman ming yildan bеri.
Oychi?
Esla,
Yodingdami Oy,
To'lin bo'lib bizga boqardi.
Qo'ling quchib, ko'zlarim yumsam,
Sеnga juda-juda yoqardi...
Kеchagina tuyg'ulardan lol,
Sarhush edik, tеlba - dеvona!
Hammasidan kеchdik bеmalol,
Bеgonamiz endi...
Bеgona!
Yodingdami suhbatlarimiz,
Sеn so'zlarding, tinglar edim jim...
©Malika Tavfiq
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤29👍8🔥4😢4🤔1
Siz nima deysiz?
Odatda xonamdagi jihozlarning tartibini tez-tez o'zgarib turaman. Negadir shu odatim yengillik paydo qiladi ruhimda.
Endi esa, kunlarim juda zerikarli bo‘lib qoldi.
Hayotimga qandaydir o‘zgarish kerak.

❤28👍11😁11😱4👏1
Hammasi boshidan boshlanishini istarmidingiz?
Hozir umringizning qaysidir nuqtasida qaytadan uyg‘onib ketishni?
Demak boy berganlaringiz ko‘proq...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Hozir umringizning qaysidir nuqtasida qaytadan uyg‘onib ketishni?
Demak boy berganlaringiz ko‘proq...
@Taqdir_bitiklari ☕️
😢67👍10🔥6❤5💔1
Namangandagi kitob do‘koniga kirmay o‘tolmayman juda zarur ishim bo‘lsa ham...
🔥14🥰5👍2
#kayfiyat
— Agar bolaligimda onamning gapliga quloq solganimda shu kunlarni ko‘rmasdim...
— Onangiz nima degandilar?
— Aytyapman-ku, quloq solmaganman, deb nima deganlarini qayoqdan bilaman?

😁98👍8🤔3🔥2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
– Xayr, – deding va kuzatdim jim,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?
Xijron bizni halinchak qildi,
Yana
oʻzi
tebratsa,
kerak.
– Xayr, – dedim, jimgina qolding,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?…
Dunyosini angladik, yetdik,
Yashash
uchun
sogʻinmoq
kerak!…
©Farida Afro‘z
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Xayr, – deding va kuzatdim jim,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?
Xijron bizni halinchak qildi,
Yana
oʻzi
tebratsa,
kerak.
– Xayr, – dedim, jimgina qolding,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?…
Dunyosini angladik, yetdik,
Yashash
uchun
sogʻinmoq
kerak!…
©Farida Afro‘z
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤36👍6🔥1😁1
* * *
Bog‘lar zar badanu zar siyna o‘ldi,
Yerda — men, falakda — oy tiyra o‘ldi.
Moviy osmonlardan nariga boqdim —
Sog‘indim, sog‘indim — dard xiyla o‘ldi.
Firoqni lahzada ko‘mgim keladir,
Bedard yor, nahotki, o‘ngim keladir?
Xazonli boqqa kel — seni sog‘indim,
Seni ko‘rmay desam, o‘lgim keladi...
©Usmon Azim

❤26👍5😢2😁1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu mening mo‘jaz kutubxonam.
Lekin hali kichikroq. Endigina 300 ga yaqin kitob yig'dim.
Sizda qancha? Ba‘zilar mol-dunyosi bilan maqtansa, biz kitoblarimizni maqtab, targ‘ib qilaylik! 😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
Lekin hali kichikroq. Endigina 300 ga yaqin kitob yig'dim.
Sizda qancha? Ba‘zilar mol-dunyosi bilan maqtansa, biz kitoblarimizni maqtab, targ‘ib qilaylik! 😊
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤31👍22🥰3🔥2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetda shu ikki qahramon ijro etgan rollar ko‘p bor oldimdan chiqib qolyapti.
Lekin menga ikkisining ham harakteri yoqdi. Qiziq ekan. 😅
@Taqdir_bitiklari ☕️
Lekin menga ikkisining ham harakteri yoqdi. Qiziq ekan. 😅
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁42👍3🥰1🤔1🤬1