Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Miyasida "O" harifi ham yo‘q o‘quvchilar uchrab turadi shunaqa.

Ular boshqa mavzularni yaxshi bilishadi: o‘ziga oro berib yurish, sevgi-muhabbat, o‘ldim-kuydim... 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
BIRINCHI MUHABBAT

Uning maktab davrlarida tushilgan esdalik suratlari orasidan bir qizning rasmini hech chang bosmasdi...

©Elbek Tilavov

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

25-kitob

Dostoyevskiyning "Oydin tunlar" romani
ni hozirgina o‘qib tugatdim (20-25 daqiqa vaqt ketdi).

Bu albatta, meni juda qiziqtirib qo‘yganidan, intihosi qanday bo‘lishiga qiziqqanimdan sodir bo'ldi.

Bu romandagi voqealar ko‘pchilikning hayotida sodir bo‘lgan. Yozuvchi esa mohirlik bilan tuyg‘ularni oydinlashtirib bera olgan.

Har doimgidek elektron, hamda audio variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘ydim.

Sizga yoqimli mutolaa tilayman! 😊

O‘qib bo‘lgach, albatta fikrlaringizni shu yerda, izohlarda qoldiring.

@Taqdir_bitiklari ☕️
#haqiqat

Bir kun albatta afsuslanamiz.
Hammasi uchun...

Bu kun albatta keladi.
Aniq-ki, o‘shanda kech bo‘ladi...


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelinglar-ey tushlik qilamiz!
Yeganmisiz hech shunaqasidan? 🤤

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Bugun

So‘nggi 24 soatda 4-badiiy kitobni o‘qishni boshladim.
Maza qilyapman lekin.)

Qaynoq qahva, telefonsiz xona, chalg‘ituvchilar yo‘q hudud.
Barchasi yetarli, yana nima kerak?

@Taqdir_bitiklari ☕️
Baxt yanada ko‘piga ega bo‘lish degani emas, balki oziga ham qanoat qilmoq degani.

©Hakan Menguch "Qalbingiz sof bo‘lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar"

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

Ernest Xeminguey dunyo adabiyotining zabardast vakillaridan biri hisoblanadi.

Uning har bir hikoya, qissa va romanlari o‘quvchi qalbiga yetib borishi aniq.

Biz o‘qishimiz kerak bo‘lgan 26-asar ham aynan uning "Alvido qurol" asaridir.

Ushbu asarda urushning qonli nafasi fonida muhabbat qissasi ham yoritib berilgan.

Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕

Yoqimli mutolaa tilayman! 😊


@Taqdir_bitiklari ☕️
​​Men juda ko'p urushlarda qatnashdim. Shuning uchun bu masalada g'arazim qattiq, xatto juda qattiq. Men ongli ravishda shu narsaga amin bo'ldimki, urushlarda jang qilayotgan odamlar dunyodagi eng ajoyib odamlardir. Frontning qizg'in qismlariga kirib borganing sari bunday odamlarga ko'proq duch kela boshlaysan... Lekin urushni boshlaganlar, uning olovi ustiga yana olov tashlab turganlar iqtisodiy daromaddan va o'z shaxsiy manfaatidan boshqa narsani bilmaydigan to'ng'izlardir! Men urush olovini yoqqanlar shu urushning dastlabki kunlaridayoq otib tashlanishi lozim, deb hisoblayman.

©Ernest Xeminguey "Alvido qurol"


@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob 27-kitob

Uxlamaganlaaaar!
Kettik, Hakan Menguchning "Qalbingiz sof bo‘lsa, hikoyangiz baxtli yakunlanar" asarini mutolaa qilamiz:

@Badiy_kitob 📕 kanaliga audiosini joyladim. Chunki pdf holti yo‘q hech qayerda.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Buni qarang-a, bugun "Xalqaro blogerlar kuni" ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Shu munosabat bilan o‘zimni bayramim bilan o‘zim chin qalbimdan tabriklayman.

Ishlarimga zafarlar tilayman. Hamisha baxtimga o‘zim sog‘-omon bo‘lay! 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Esingizda bo‘lsa, siz uchun yangi kanal ochgandim.

@Rumiy 🍃 kanaliga qo‘shilib olganmisiz?

Afzalliklari:

• Fon uchun ajoyib rasmlarga yoziladigan so‘zlar.
• Reklamasiz kanal.
• Qalb oromi.
• Bekorchi postlardan yiroq.
• ALLOHNING ISHQINI YONDIRUVCHI...
* * *

Yigirmanchi mart, yarim kechasi
Uyingni yonida chiqishing kutyapman.
Derazangdan bir bora qaramasang
Uxlamayman,
Ovora bo'lma ketmayman!

Yigirmanchi mart, ko'rishim shart,
Ko'rmasa jinni bo'ladi bu telba yurak.
Aniq bilaman, yarim kechasi uxlamaysan,
Bilaman, kutgansan.
Tongacha kutgansan!

Yigirma yoshda qora qosh-da!
Singlim bilan u kursdosh-da,
Hali yosh-da! Sevgilim, hali yosh-da!

Yigirma yoshda qora qosh-da
Singlim bilan u dugosh-da, hali yosh-da!
Atirgulim, hali yosh-da!

O'n sakkiz yoshingda ham,
O'n to'qqiz yoshingda ham,
Ortingdan hech qolmadim,
Yigirma yoshingda ham.

Men bir so'zli yigitman,
Sevging bilan tirikman,
Rad etmagin, kechalari ichimni yeyman.

Endi ko'zlaringni yoshlama, bor,
Qo'llaringdan ushlamayman,
Bo'ldi yalinmayman!
Zokirning gaplari rost,
Mingtalab xatlar yoz,
Yalinmayman!
Yo'q Kechirmayman!

Yigirma yoshda qora qosh-da!
Singlim bilan u kursdosh-da
Hali yosh-da
Sevgilim, hali yosh-da!
Atir gulim hali yosh-da!..

©Ahad Qayum

@Taqdir_bitiklari ☕️
Hozir sizga zamonaviy asarlar TOP-20 reytingini taqdim etaman! 😅

1. "Internetda kechgan umrlar"
2. "Qaytganimda onlayn bo‘l"
3. "Sariq taksini minib"
4. "Gudok qo‘shig‘ini tingla"
5. "Lichkalarda qolgan hislarim"
6. "Internetga kirmagan kim bor?"
7. "Internet mangu yonadi"
8. "Besh akkauntli yigitcha"
9. "Spamlar gapirmaydilar"
10. "Umidlar bloklashsa o‘ladi"
11. "Hamon Tik-tokda o‘zgarish yo‘q"
12. "Kommentariyadagi bitiklar"
13. "Login-paroling haqida so‘zlab ber menga"
14. "Wi-filar mangu yonadi"
15. "Uchgacha ayni vaqti"
16. "Uchdan keyin uxla"
17. "To‘ydan keyin ham megabayt bo‘lsin"
18. "Profilini sotgan rohib"
19. "Zaryad azobi"
20. "To svyaz topgunimcha"


Sizga qaysi yoqdi? 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishi kuchliroq sevadimi, yoki erkak kishi?

Men ham Bobur Yo‘ldoshevning fikrlariga qisman qo'shilaman.

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SEVGI

Biz ikkimiz shunchaki tanish,
Nari borsa — do'stmiz o'rtacha.
Bir ohangda har kun hol so'rash,
Boshqa hech gap yo'qdir o'rtada.

Lekin, har gal tushganida ko'z,
Ko'zlaringni yonishi nechun?
Uchrashganda aytolmayman so'z,
So'ngra dilning xonishi nechun?

Ko'rgim kelar o'ychan ko'zingni,
Sening ma'sum boqishlaringni.
Sezmaysanmi, dilbar o'zingni,
Menga juda yoqishlaringni?

Senga ko'char mendagi titroq,
Bul samoviy sezgimasmi, ayt?
Sensiz o'tgan har onim firoq,
O'rtamizda sevgimasmi, ayt?

Balki, mening o'ylarim yanglish,
Balki hech gap yo'qdir o'rtada...
Ishonmayman, shunchaki tanish —
Nahot dilni shuncha o'rtasa?!


©Muallifni topa olmadim

@Taqdir_bitiklari ☕️
MENI UYGʻOTASAN

Gʻamdan zada ko‘nglim charaqla,
Tanda baxtdan qon bor oqimli.
Meni uyg‘otasan, saharlab,
Yelkamga turtishing yoqimli.

Vah, ko‘zi qayg‘udan mahrumam,
Vah, kiygani atlasli barqut.
Meni uyg‘otasan, mahbubam
Dunyo keyin bo‘lmaydi mahdud.

Shudur balki baxtning bekati,
Tasvirlashga ojizman buni.
Meni uyg‘otasan, negadir
Ishim o‘ngi kelar har kuni.

Ko‘zlaringga termulib doim,
Ko‘z yumilar kelganida tun.
Uyg‘otasan jonim, muloyim
Uyg‘onadi men ila ochun.

Meni uyg‘otasan...


©Erkin HOJIMUHAMMAD

@Taqdir_bitiklari ☕️
Men edim
Jaloliddin Ahmadaliyev
* * *

Jonim bergan men edim,
Yuzin burgan sen eding...

🎵 Jaloliddin Ahmadaliyev — Men edim

@Taqdir_bitiklari ☕️
* * *

Bir tushman,
kirmoqqa ber izn.
darbadar kezyapman ehtimol.
Qushman-u, osmon yo'q,
azizim,
sen mendan erkimni tortib ol...

Yomg'irman,
jonimni so'rar yer...
Qandayin kuch topay kurashga?!
Menga bir yelkangdan
vatan ber,
bir umr bosh qo'yib yashashga.

©Durdona BAHODIROVA

@Taqdir_bitiklari ☕️