Taqdir bitiklari
2.33K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘chada o‘rganganmishlar raqs tushishni. 😂

Jiyanchamni rosa o‘ynatdim bugun ko‘chada. Aqli hamma narsaga yetadi. Hech kim 5 yosh deb o‘ylamaydi gaplashsa.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun 10:00 da Chust istirohat bog‘iga Namangan yosh ijodkorlari yig‘ilyapmiz, kelinglar. 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haftada bir shunaqa master klass o‘tkazib turmasak, miya yomon charchayapti aqliy mehnatlardan. 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
Sizda ham shunaqa tanishlar bormi? 😅

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Borliqning holati Tangriga ayon.
Anglaydi: nima kam, nimasi ziyod...
Mukammal bir sabab koʻyida Rahmon
Boz yangi dunyomi ayladi bunyod?

Sezyapman – cheksizlik haddidan oshdi,
Yoʻqlikka koʻrsatdi ilohiy qadrin –
Chunki armonlarim yanada toshdi,
Chunki qolmayabdi sogʻinchda sabrim.

Yuragimga esa bokira, oʻktam
Boshqa dunyoning ham zalvori engan –
Chunki tillarimga – erta ham, kech ham
Juda ogʻir soʻzlar kelgani kelgan.

©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️Qidiruv! Quyosh bir necha kunlardan beri ishga chiqmayapti.

Oila a‘zolari havotirda. Osmon yig‘layverib qon qilib yubordi.

Kim ko‘rgan bo‘lsa, suyunchisi bor.
Alohida belgilari: oqdan kelgan, istarasi juda issiq, bo‘ylari ancha baland, yuzlari qandaydir nurli.

Maksimal tarqating!

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Bir_yilda_100_kitob

10-asar go‘zal tashbehlari bilan kitobxonlar mehrini qozongan adib O‘tkir Hoshimovning "Yanga" hikoyasi bo‘ladi.

Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕

Yoqimli mutolaa tilayman. Audio variantini mashinada, yo‘lda ham tinglab qo‘ysangiz bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
KUZATUV

Yuragingni avrasang bazo'r,
Tuyg'ularni butkul etsang tiz.
Yomon bo'lar o'tsa yoningdan
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz.

Isyon qilar yurak dafatan,
Zanjirlarni parchalar tuyg'u.
Yonginangdan o'tar-u lekin
Seni yaxshi ko'rmaydi-da u.

Zohiringda sipo va mayin,
Jilmayasan o'lib tirilib.
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz
Muyilishdan ketar burilib.

Ozroq yerga qaraysan keyin,
Ko'kka boqib uflaysan hisni.
Ammo ko'rging kelaveradi
Seni yaxshi ko'rmagan qizni.

©Navoiylik Alisher

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Adashmasam, 1995 yillari Starsburg shahridan kelgan o‘zbek adabiyotining bir fransuz tadqiqotchisi bilan suhbatlashib qoldim. Gap o‘zbek nasri haqida ketdi.
— Bir zo‘r asar bor… — dedi u muallifning ham, kitobning ham nomini eslay olmay. — Juda yaxshi asar…
U qo‘lini osmonga cho‘zib ko‘rsatdi:
— Baland…
Unga yordam berib, adiblarning nomini sanay boshladim:
— … Abdulla Qahhor…
Fransuz quvonib ketdi. Men ham ham behad quvondim.
Gap “O‘tmishdan ertaklar” haqida ekan.
Biz bu qissadagi esse-hikoyalar haqida ancha gaplashdik.
Shunga o‘xshash yana bir voqea.
Bundan yigirma yilcha avval poyezdda bir latish yigit bilan suhbatlashib qoldim. Adabiyotga qiziqar ekan. U yoshligida bir o‘zbek muallifining asarini o‘qiganini, bu kitob juda qiziq ekanligidan gapirib qoldi. Ammo na yozuvchining, na kitob qahramonining ismini eslay olmadi. Men yozuvchilarimizni ismu sharifini bir-bir sanay boshladim. U “yo‘q” deganday bosh chayqar, men esa navbatdagi yozuvchini ismini ovoz chiqarib aytardim.
— … Xudoyberdi To‘xtaboyev… — dedim nihoyat.
— Vo! Vo!.. Xuddi o‘zi! — dedi latish quvonib. — Zo‘r yozuvchi ekan!
U shu zahotiyoq Xudoyberdi akaning qahramoni ismini ham topdi:
— Xashimdjan! — dedi battar quvonib.
— Hoshimjon! — dedim men ham xursand bo‘lib va darhol kitobning nomi ham yodimga tushdi: — “Sariq devni minib”!…
Kasbining adabiyotga aloqasi yo‘q bir latish bu kitobni eslaganidan ko‘nglim tog‘day o‘sdi. Bu kitob orqali o‘zbeklarni ham ozmi-ko‘pmi bilganidan g‘ururga to‘ldim. Jonkuyar, bolalar adabiyoti uchun kuyib-pishib yuradigan Xudoyberdi aka uchun xursand bo‘ldim. O‘smir bolalarim bu kitobni talashib-tortishib, hayajonlanib o‘qishganini esladim.
Adabiyotda o‘zimizdan boshqalar ham o‘qiydigan kitoblar bo‘lgani qanday yaxshi!
Ha, latish yigit bilan suhbatdan paydo bo‘lgan mulohazalarni o‘sha paytda do‘stlarga gapirib yurganim esimda: “Biz g‘arb bolalar adabiyoti klassiklarini asarlarini o‘qiganmiz va ularni mumtoz asarlar sifatida qabul qilamiz. Bizda ham shunday asarlar bor. Masalan, Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari…”.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolalar uchun yozgan kitoblarining saviyasi juda baland.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
Armon

Kitob oʻqisada,
Kino koʻrsada,
“Chiroyli” soʻzlashni bilmadi enam.
Gap ochilsa urush va ukasidan,
Bir ikki oygacha kulmadi enam.
Soʻrabman:
“Amakim joʻnagan payti
Qandoq qasam ichgan,
Qandoq soʻz aytgan?”
— Hech narsa demagan
Faqat fashistni
Bir yomon soʻkkanu...
Qizarib ketgan.

Jim qolaveribman qarab ortidan,
Diydoriga toʻysam boʻlar ekan-ku?
Ilk bora uyatli soʻkinganidan
Yuzimga qarolmay ketgan edi u...

©Aʼzam Oʻktam

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

11-kitob Jon Grinning "Yulduzlar aybdor" asari bo‘la qolsin.

Chunki, yil boshida dastlabki qismini o‘qib, oxiriga yetkazmagandim, chala qolmasin.

Voqealar qiziqarli tus ola boshlagandi hartugul. To‘g‘ri, bestseller asarlardan judayam katta ozuqa olinavermaydi. Biroq, o‘qib turish zarar emas baribir. Nimadir topilar...

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

Yoqimli mutolaa tilayman!


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Otaxon, bu savol haqida qanday fikrdasiz?
— Bu savolni bolasi yo‘q odam tuzgan! ))

P.S/ Shunday savollar bor-ki, boshi esingda qolmaydi oxiriga borguncha.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Majlis bilan nimagadir erishib bo‘ladimi o‘zi?
Jonga tegdi har kuni majlisbozlik.
Bunga chek qo‘yilmaganmidi?

Har safar bir xil masala. Natija bo‘lmsa nima keragi bor, "quruq qoshiq og‘iz yirtadi-ku!"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu gapni aytish ham shart emas balkim,
Lekin hayot o‘zi ta’kidlar shuni.
Otasin gapiga kirmagan har kim —
Onasinikiga kirar bir kuni...

©Bobur Bobomurod

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Namangandagi o‘yinda ugandalik (Afrika davlati) futbolchilarga Chust do‘ppilari kiydirildi.

Biram yarashdi-biram yarashdi!
Bechora futbolchi ham, nima kiyganini bilmadi-yov! 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun Chust tumani madaniyat saroyida millatlar aro hamjihatlikni tarannum etuvchi katta festival bo‘lib o‘tdi.

Unda men Qozoq yigiti obrazida namoyon bo‘ldim. 😅
To‘g‘ri, ko‘zlarim Qozoqqa o‘xshamaydi, ammo bir amalladik-da! )

Nima deysiz? 🤪

@Taqdir_bitiklari ☕️
Qo‘yning shikoyati

Echkivoy bilan yashash,
Rosti, tegdi jonimga.
Bigizday shoxlarini
Niqtab turar qornimga.
Yem-xashakning yaxshisin
Tanlab, avval, u yeydi.
Bir gap desam, shoxlarin
O‘qtalib, «jim bo‘l», deydi.
Ne ham derdim, ko‘naman,
Buncha zolim bo‘lmasa?!
Qiyin ekan yashamoq,
Boshda shoxing bo'lmasa!

©Dilshod Rajab

@Taqdir_bitiklari ☕️