Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
YAXSHIMISAN?

​​"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...

©Abduvoris Alijonov


@Taqdir_bitiklari ☕️
👏34👍2310🔥2🥰1🤔1
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
👍9👏7🎉31
ARAVA

Aravada ketmoqdaman men,
Arava qo‘sh g‘ildiraklikdir.
Birisining nomi g‘am bo‘lsa,
Birisining ismi shodlikdir.

Oson emas bu yerda manga,
Yo‘l notekis, tezlik chirpirak.
Og‘olmayman hech qaysi yonga,
Bosib qolar nargi g‘ildirak.

©Xayrulla Hamidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏199👍8🔥2🥰2
Assalom Navro‘z!
Xush kelibsan 21-mart!

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁51😢12👍6👏31😱1🎉1
Kecha Namangan Davlat Universiteti iqtidorli talabalari bilan motivatsion suhbat bo‘lib o‘tdi.

Unda ijodga, kitobga qiziquvchi bir qancha yoshlar ishtirok etishdi.

Suhbatimiz kitob, ijod, maqsad va ilm haqida bo‘lib o‘tdi.

Mehmon sifatida alohida taklif uchun Matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jasur aka Isroilovga minnatdorchilik bildiraman.


*Oramizda NamDU talabalari bormi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍40👏82🔥2🎉1
Zamon!
Sen turibsan nechun parishon,
Nechun soʻnib borar vujudingda choʻgʻ,
Hali oʻlganim yoʻq
yashayapman omon —
itlar yetovida
Qolganim ham yoʻq!

Qani, yur,
yetaklab seni keturman,
Uzoq-uzoqlarni koʻrmoqda koʻzim, —
Men seni itlarga berib qoʻymayman —
Seni yuragimga eltaman oʻzim!

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍1810
Odam bo‘lish qiyin chindan ham... Hayotda faqat xudbin bo‘lib yashash qanchalik tubanlik?!

O‘lmas Umarbekov yaratgan qahramon Abdulla ham o‘z hayotini o‘zi barbod qildi. Nafsi yetaklagan yo‘ldan toymagan yigit oxir-oqibat guldek qiz — Gulchehraning hayotiga zomin bo‘ldi.

Nahot endi o‘zi ilk bor tuygan muhabbatining xotiralari unga bir umr tinchlik bermasligiga ishonmasa?..

Oqibatda kim g‘alaba qozondi? Na qiz, na yigit...
Nima bo‘lganda ham, tanlov faqat bitta bo‘lishi kerak.

Sizchi? Asardan qanday xulosa chiqardingiz?

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢16👍11
#bir_yilda_100_kitob

9-kitob sifatida atoqli adib Chingiz Aytmatov qalamiga mansub "Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar" qissasini tanladim.

Qirg‘iz yozuvchisi ham ruhan, ham qalban bizga yaqin bo‘lib. U yaratgann qahramonlar o‘quvchi ko‘z o‘ngida beixtiyor jonlanishi bilan e'tiborni tortadi.

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

Yoqimli mutolaa tilayman!
Men bilan bo‘ling va 2022-yilda 100 ta asar o‘qing!

Yuqoridagi kanalga audio variantini ham joyladim. U orqali qissani 50 daqiqada tugatishingiz mumkin.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍19
Mening "Barcelonam" o‘ynaydi saldan keyin.

"Tiki-taka" uslubiga ishqibozman shularning.
Bugun ukamdan ham kichik Kataloniya bolalari azaliy raqib "Real" bilan o‘ynaydi.

Balki shudir "Barcelona"ning bugungi o‘yindagi ustunligi.

Nima bo‘lganda ham kuchlisi yutsin. Ko‘p gol ko‘ramiz degan umiddaman.

1:00 gacha kutganim haqqi, 0:0 bo‘lmasin! 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥23😁14👍112
Barcani sindi degan vay mani Realchilari-i-im, Realchilarim!

Yutib tursa oldida, sal boy bersa ortidan,
Sindi, Barca endi degan vay mani Realchilari-i-im.

Messini yomon ko‘rgan, ketishin poylab yurgan,
O‘yinni ko‘rib, shokda turgan vay mani Realchilari-i-m, Realchilarim!

Biz hali sinmadik, biz hali cho‘kmadik,
Vay mani kamtarin, Realchilari-i-m! 😁


P.S: Hazil o‘rnida qabul qilasizlar, Realga adovatim yo‘q. Faqat o‘yingacha rosa asabimni buzishga harakat qilgan Realchilar ko‘p edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥33👍28🤬13😁76🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘chada o‘rganganmishlar raqs tushishni. 😂

Jiyanchamni rosa o‘ynatdim bugun ko‘chada. Aqli hamma narsaga yetadi. Hech kim 5 yosh deb o‘ylamaydi gaplashsa.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🥰34👏19😁123👍3🔥1
Bugun 10:00 da Chust istirohat bog‘iga Namangan yosh ijodkorlari yig‘ilyapmiz, kelinglar. 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
18👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haftada bir shunaqa master klass o‘tkazib turmasak, miya yomon charchayapti aqliy mehnatlardan. 😁

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍22🔥6👏1
Sizda ham shunaqa tanishlar bormi? 😅

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁88🤯10👍7🤔5🤬5
***
Borliqning holati Tangriga ayon.
Anglaydi: nima kam, nimasi ziyod...
Mukammal bir sabab koʻyida Rahmon
Boz yangi dunyomi ayladi bunyod?

Sezyapman – cheksizlik haddidan oshdi,
Yoʻqlikka koʻrsatdi ilohiy qadrin –
Chunki armonlarim yanada toshdi,
Chunki qolmayabdi sogʻinchda sabrim.

Yuragimga esa bokira, oʻktam
Boshqa dunyoning ham zalvori engan –
Chunki tillarimga – erta ham, kech ham
Juda ogʻir soʻzlar kelgani kelgan.

©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
21👍14🔥7👏2
⚡️Qidiruv! Quyosh bir necha kunlardan beri ishga chiqmayapti.

Oila a‘zolari havotirda. Osmon yig‘layverib qon qilib yubordi.

Kim ko‘rgan bo‘lsa, suyunchisi bor.
Alohida belgilari: oqdan kelgan, istarasi juda issiq, bo‘ylari ancha baland, yuzlari qandaydir nurli.

Maksimal tarqating!

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁95👍22🥰19🔥7😢4🤔2👏1
#Bir_yilda_100_kitob

10-asar go‘zal tashbehlari bilan kitobxonlar mehrini qozongan adib O‘tkir Hoshimovning "Yanga" hikoyasi bo‘ladi.

Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕

Yoqimli mutolaa tilayman. Audio variantini mashinada, yo‘lda ham tinglab qo‘ysangiz bo‘ladi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥12👍83
KUZATUV

Yuragingni avrasang bazo'r,
Tuyg'ularni butkul etsang tiz.
Yomon bo'lar o'tsa yoningdan
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz.

Isyon qilar yurak dafatan,
Zanjirlarni parchalar tuyg'u.
Yonginangdan o'tar-u lekin
Seni yaxshi ko'rmaydi-da u.

Zohiringda sipo va mayin,
Jilmayasan o'lib tirilib.
Seni yaxshi ko'rmaydigan qiz
Muyilishdan ketar burilib.

Ozroq yerga qaraysan keyin,
Ko'kka boqib uflaysan hisni.
Ammo ko'rging kelaveradi
Seni yaxshi ko'rmagan qizni.

©Navoiylik Alisher

@Taqdir_bitiklari ☕️
32👍27😢8👏6🤔1