Gullar bayrami shundoqqina Namangan Davlat Universiteti yonbag‘rida joylashgan istirohat bog‘ida o‘tkaziladi.
Ammo talabalik yillarimizda har kuni ham qiziqib kiravermaganmiz. Endi qiziq tuyilyapti hordiq olish. 😁
Kelinglar, shu yerdamiz.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ammo talabalik yillarimizda har kuni ham qiziqib kiravermaganmiz. Endi qiziq tuyilyapti hordiq olish. 😁
Kelinglar, shu yerdamiz.
@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Koʻrishamiz bu kun sogʻinib...
Soʻzlashamiz yana sansirab.
Sen oʻynaysan qayin bargini,
Sen chopasan uzoq hansirab...
Soʻng yoʻqotib qoʻyadi bizni
Begonalar, shahar, avtolar.
Oy bulut-la toʻsar yuzini,
Oppoq qayin oʻylanib qolar...
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
Koʻrishamiz bu kun sogʻinib...
Soʻzlashamiz yana sansirab.
Sen oʻynaysan qayin bargini,
Sen chopasan uzoq hansirab...
Soʻng yoʻqotib qoʻyadi bizni
Begonalar, shahar, avtolar.
Oy bulut-la toʻsar yuzini,
Oppoq qayin oʻylanib qolar...
©Shavkat Rahmon
@Taqdir_bitiklari ☕️
Oltin bo'lsam qiymatimni har kim ham bilar. Men bir oddiy temir bo'layinki, qiymatimni faqat anglagan bilsin.
©Shams Tabriziy
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Shams Tabriziy
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana, nihoyat piano sotib oldim! 😀
Darrov qisqagina nimadir chaldim, biror narsani eslatdimi sizga?
@Taqdir_bitiklari ☕️
Darrov qisqagina nimadir chaldim, biror narsani eslatdimi sizga?
@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu esa eng sevimli filmim musiqasi.
Balki o‘xshagandir.
Chalishni yaxshi bilmayman hali, ammo sevimli musiqalarimni bir amallashga harakat qilaman. 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
Balki o‘xshagandir.
Chalishni yaxshi bilmayman hali, ammo sevimli musiqalarimni bir amallashga harakat qilaman. 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
☘JUMA MUBORAK BOʻLSIN!
🌱 Tortiq boʻlsin sizga duo-
🌱 salomlar
🌱 Duoda eng goʻzal shirin
🌱 kalomlar.
🌱 Iloho uyingiz nurlarga
🌱 toʻlsin,
🌱 Juma ayyomingiz muborak
🌱 boʻlsin!
Salovot aytishni unutmang:
📿Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..

#bir_yilda_100_kitob
Mana, 23-kitobga ham yetib keldik fevraldan beri. Bu O‘tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"i bo‘ladi.
Elektron variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘ydim.
Marafonga endi qo‘shilayotgan bo‘lsangiz, shu yerdan boshlashingiz ham mumkin. Muhimi o‘qish!

O‘lsam-u unutsang...
O‘lsam-u unutsang menday yigitni,
Yog‘ar yo‘llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o‘tadi ruhim...
Unga nima deysan, bevafo yorim?
O‘lsam-u unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o‘choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...
Shunga nima deysan, bevafo yorim?
Sen Xudo emassan axir, o‘ylanma,
Jonimning rishtasi qo‘lida uning,
Ammo Muhammadsiz o‘tmaydi kuning,
Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..
©Muhammad Yusuf

Zanjirlarni uzdim,
Gʻullarni buzdim.
Oxir zindonni ham ayladim vayron.
Erkin havo bilan hur bazm tuzdim —
O‘ynadim bearmon,
Kuldim bearmon.
Mendan kulma, bola!
Hey, mendan kulma...
Sezyapman, kurashli taqdirlaringni.
Buzmoq — endi sendan,
Uzmoq — endi sendan —
Mening men ko‘rmagan zanjirlarimni.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Gʻullarni buzdim.
Oxir zindonni ham ayladim vayron.
Erkin havo bilan hur bazm tuzdim —
O‘ynadim bearmon,
Kuldim bearmon.
Mendan kulma, bola!
Hey, mendan kulma...
Sezyapman, kurashli taqdirlaringni.
Buzmoq — endi sendan,
Uzmoq — endi sendan —
Mening men ko‘rmagan zanjirlarimni.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Usmon Azimning "Yig'lama yuragim" she‘rini 6-sinf o‘quvchim Zebo o‘qibdi.
Yoqdimi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yoqdimi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob
24-kitob
O‘qigan badiiy asarlarim ichida eng qalbga yetib boradigani "Kichkina shahzoda" asaridir.
(Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕 kanalida)
Bu asarni tushunmaydiganlar, sirdan uqqanlar yosh bolalar uchun deb o‘ylashadi. Ammo, uning tag zamirida juda chiroyli timsollar yashiringan.
Masalan, ushbu asarda gul bu sevgan yor timsolidir.
" – Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi… Ammo izlagan narsasiga erisholmaydi…
– Ha to‘g‘ri – tan oldim men.
– Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?" deyiladi ushbu asarda.
Asarning har bir jumlasi aslida siz tushunganingizdek emas, har biri ostida boshqa ma‘no yashirin. Uni anglaganingiz hamon yanayam yoqa boshlaydi.

ONA TUPROQ
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas?
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer.
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter,
Moʻtabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil
©Erkin Vohidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Nega inson yerni qutlug‘ der,
Tuproqni ham sanar muqaddas?
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Tuproq o‘zi tabarruk emas.
Dastlab o‘sha yer uzra odam
To‘kkanida halol manglay ter,
Gavhar undi ona tuproqdan,
Qutlug‘ bo‘ldi muazzam bu yer.
O‘z muborak tuprog‘in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas.
Yo‘q, moʻtabar emas asli yer,
Qutlug‘ emas tuproq hech qachon.
Muborakdir inson to‘kkan ter,
Moʻtabardir qutlug‘ toza qon.
1959 yil
©Erkin Vohidov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Kimlar bor deyapti? 😅
Bechora sharhlovchilar 90 minut davomida tailandliklarning shunaqa ismlarini aytaman deb tildan qolishadi. 😂
Tailandning o‘yinini sharhlash rosa talash bo‘lsa kerak o‘rtalarida.
O‘yinchilarning bechora bolalariga va ularning maktabdagi ustozlariga ham oson emas. 😁

* * *
Meni qaytadan chiz,
Bo‘yog‘ing yetsa
Bor sovuq ranglarni yuborgin sarflab.
Bu daydi ruhimni
Ha, ayni shu kez
Tomchilardek yuvib ketmoqda harflar.
Meni qaytadan chiz,
To‘qnashmasin hech
Ojiz siyratimda qoralar, oqlar.
Daraxt tanasidan tomgan shiradek
Ko‘rinib to‘kilsin ko‘nglimdan dog‘lar.
Meni chiz,
Axir men tugallanmadim,
Mudom og‘riq berar yakunsiz qismim.
Ruhimga moslab chiz vujudimni ham
O, shunda ne shakl topajak jismim?
Chizaver,
Chaplayver ranglar dodlasin
Ko‘zimni qadahdek tasvirga yo‘g‘ir.
Nigohim to‘kilsa, tuproq yodlasin
Maysalar yig‘lasin istig‘for o‘qib.
Meni qaytadan chiz...
©Madina Norchayeva
@Taqdir_bitiklari ☕️
Meni qaytadan chiz,
Bo‘yog‘ing yetsa
Bor sovuq ranglarni yuborgin sarflab.
Bu daydi ruhimni
Ha, ayni shu kez
Tomchilardek yuvib ketmoqda harflar.
Meni qaytadan chiz,
To‘qnashmasin hech
Ojiz siyratimda qoralar, oqlar.
Daraxt tanasidan tomgan shiradek
Ko‘rinib to‘kilsin ko‘nglimdan dog‘lar.
Meni chiz,
Axir men tugallanmadim,
Mudom og‘riq berar yakunsiz qismim.
Ruhimga moslab chiz vujudimni ham
O, shunda ne shakl topajak jismim?
Chizaver,
Chaplayver ranglar dodlasin
Ko‘zimni qadahdek tasvirga yo‘g‘ir.
Nigohim to‘kilsa, tuproq yodlasin
Maysalar yig‘lasin istig‘for o‘qib.
Meni qaytadan chiz...
©Madina Norchayeva
@Taqdir_bitiklari ☕️
Sizningcha:
Inson sevsami baxtliroq yashaydi, yoki sevilsami?
Bir umr. Faqat bittasini tanlang.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Inson sevsami baxtliroq yashaydi, yoki sevilsami?
Bir umr. Faqat bittasini tanlang.
@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Miyasida "O" harifi ham yo‘q o‘quvchilar uchrab turadi shunaqa.
Ular boshqa mavzularni yaxshi bilishadi: o‘ziga oro berib yurish, sevgi-muhabbat, o‘ldim-kuydim... 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
Ular boshqa mavzularni yaxshi bilishadi: o‘ziga oro berib yurish, sevgi-muhabbat, o‘ldim-kuydim... 😁
@Taqdir_bitiklari ☕️
BIRINCHI MUHABBAT
Uning maktab davrlarida tushilgan esdalik suratlari orasidan bir qizning rasmini hech chang bosmasdi...
©Elbek Tilavov
@Taqdir_bitiklari ☕️
Uning maktab davrlarida tushilgan esdalik suratlari orasidan bir qizning rasmini hech chang bosmasdi...
©Elbek Tilavov
@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob
25-kitob
Dostoyevskiyning "Oydin tunlar" romanini hozirgina o‘qib tugatdim (20-25 daqiqa vaqt ketdi).
Bu albatta, meni juda qiziqtirib qo‘yganidan, intihosi qanday bo‘lishiga qiziqqanimdan sodir bo'ldi.
Bu romandagi voqealar ko‘pchilikning hayotida sodir bo‘lgan. Yozuvchi esa mohirlik bilan tuyg‘ularni oydinlashtirib bera olgan.
Har doimgidek elektron, hamda audio variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘ydim.
Sizga yoqimli mutolaa tilayman! 😊
O‘qib bo‘lgach, albatta fikrlaringizni shu yerda, izohlarda qoldiring.

#haqiqat
Bir kun albatta afsuslanamiz.
Hammasi uchun...
Bu kun albatta keladi.
Aniq-ki, o‘shanda kech bo‘ladi...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Bir kun albatta afsuslanamiz.
Hammasi uchun...
Bu kun albatta keladi.
Aniq-ki, o‘shanda kech bo‘ladi...
@Taqdir_bitiklari ☕️