Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
#Kayfiyat

– Eshmat, sevgan qizing senga xiyonat qilib, boshqasi bilan yuribdi.
– Azizami yo Faridami?
– Aziza.
– Universitetda oʻqiydigan Azizami yo, kollejda oʻqiydiganimi?
– Universitetda oʻqiydigani.
– Koʻzoynak taqib yuradigan Azizami yo, sochini oʻrib yuradigan Azizami?
– Koʻzoynak taqadigani.
– Jin ursin bu bevafo qizlarni!


@Taqdir_bitiklari ☕️
Sanjar Sadullayev
@sherlar_audios
Sanjar Sa‘dullayev — o‘chiring ismimni xotirangizdan, yo‘qman ortiq...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy do‘st

Bir kuni Umar ibn Hattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qildilar...

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Qizim, shu kitobni o‘qib chiqsang, 100 dollar beraman.
— Bo‘ldi, kelishdik.

Ertasiga:
— Oyi, o‘qib bo‘ldim, bering 100 dollar.
— Aldama, o‘qimagansan.
— Nega, qayerdan bildingiz?
— Pul kitobning ichida edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ramazonda vaqtni o‘tkazish qiyin bo‘lmasligi uchun Qur'ondan tashqari, "Yiliga 100 ta badiiy kitob", degan marafoninda ishtirok eting.

📕
@Badiy_kitob kanaliga audio va elektron variantlarini joylab boraman. 1 ta kitobni bemalol 2-3 soatda tugatasiz.

Mashinada, ishda, yo‘lda, ahamiyatsiz... 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Nega uni tanlaysan? Sovchilarimga yo‘q deyapsan har safar. Kam joyim bormi undan?

— Sen chiroylisan, kelishgansan, yaxshisan. Ammo u boshqacha-da...

📹 "Vatan" filmidan parcha

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

2022-yil hisobidan o‘qiydigan 12-asarimiz Murat Tosun qalamiga mansub "Olim yetishtirgan onalar" kitobi bo‘ladi.

Ushbu kitobda ilm ahllari va payg‘ambarlarni dunyoga keltirgan onalar qanday bo‘lgani, hamda ular bilan sodir bo‘lgan voqealar xususida so‘z boradi.

Ishontirib aytaman-ki, o‘zingizga olam-olam tushunchalarni olasiz. Kitob unchalik qimmat emas, 25 ming so‘m atrofida tursa kerak.

Ha aytgancha, ona bo‘lish arafasidagi ayollar va umuman barcha qizlarga sovg‘a qilish uchun ajoyib kitob. 😊

Kitobning elektron versiyasi hech qayerda yo‘qligi uchun uni audio variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joyladim. Ushbu fayl "zip" formatida bo‘lib, yuklab olgach, fayl ustiga bosib, ochsangiz ichidan audio ko‘rinishi chiqadi.

Yoqimli mutolaa tilayman! Men boshladim!

@Taqdir_bitiklari ☕️
AFSUS

Kimningdir qo‘lida,
kimningdir oyog‘ida,
kimningdir yo‘lida,
kimningdir ko‘zida,
kimningdir yuragida,
kimningdir so‘zida,
kimningdir cho‘ntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir o‘limida –
hech narsa yo‘q.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
Audio
Musibatlarga go‘zal sabr qilish to‘g‘risida ajoyib hikoyat...

"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
Elektron varianti:
@Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Achchiq_haqiqat

Yurtimizda mehnatni qadriga yetmaydigan yaramaslar ko‘payib ketyapti. 😒

Sen itdek qiynalib mashinangni yuvasan. Lattang quriguncha qushlar yana yuvadigan qilib tashlayapti. 🤧

Bormi shunaqa qiynaladiganlar mendan boshqayam?

Eng qizig'i qushlar mashina rangining farqiga borishadi. Oq mashinga qora, qora mashinaga oq bezaklar. 🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Bir_yilda_100_kitob

Marafonimiz davom etadi! 🥳
Bu yil hisobidan biz o‘qiydigan 13-asar sevimli adib O‘tkir Hoshimovning "Xayollarga bo‘laman tutqun" nomli hikoyasi bo‘ladi.

Ortiqcha ta‘rif berib o‘tirmay qo‘ya qolay a? Yaxshisi o‘qing, yoki tinglang. Taassurotlaringizni kommentariyada qoldiring. Yoqimli mutolaa tilayman!

Ha aytgancha, elektron versiyasini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga yukladim.

@Taqdir_bitiklari ☕️
TERSIYAT

Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

©Xayrulla Hamidov


@Taqdir_bitiklari ☕️
– Xiyonat qilgan odamni qanday sevish mumkin?..
Be‘manilik!

@Taqdir_bitiklari ☕️
So‘ragan edingiz

Siz so‘ragan o‘sha go‘zal, qalbga orom beruvchi nashidani quyidagi link orqali tinglashingiz mumkin👇

📹 https://youtu.be/ZCyCN519AZ8
Odam bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom. O‘shanga qul bo‘ladi qoladi.

©R.N.Guntekin "Choliqushi"

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Istagingiz muhayyo!

Siz so‘ragan, ko0pdan beri qidirganingiz qalbga taskin beruvchi o‘ta go‘zal nashida: 😊👇

📹 https://youtu.be/MlC_NU7UxO4

Ko‘pchilikka yetib borishi uchun layk bosib qo‘ying, kanalga obuna bo‘lishni unutmang. Yangi videolarni birinchilardan bo‘lib topasiz!
Siz qarg‘aysiz taqdiringizni,
Ham aytasiz unga tashakkur:
— Biz yo‘q qildik bir-birimizni...
Biz yo‘q qildik...Xudoga shukur!...

Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin! — borni tortiq qilasiz.
So‘ngra xafa bo‘lasiz mendan —
"Qaytmayman", deb yig‘lab ketasiz.

Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!...
Kulgingizga yarashmagay hech,
Xitobingiz o‘rtagan titroq.

Hijrondan so‘ng savollar teran,
Hijrondan so‘ng javob — da’fatan...
Men hammadan pinhon saqlagan
She’rlarimni sizga aytaman.

Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda so‘zlar tug‘iladi — hur.
...Qarg‘amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur.


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

Bu galgi o‘qishimiz kerak bo‘lgan 14-kitob "Qissasi Rabg‘uziy" asaridir.

Bu asarda yaratilishga oid hikoyatlar, Paygʻambarlar qissalari bauon etilgan bo‘lib, ulkan ilm manbai sifatida xizmat qila oladi.

Elektron varianti: @Badiy_kitob 📕

Yoqimli mutolaa tilayman!


@Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️Bu hikoyani albatta o‘qishingiz kerak. U hayotingizni o‘zgartira oladi.

📹 https://youtu.be/i5K4-ZZqQ7I
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari