Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Keling, 2022-yilda yuzta kitob o‘qiymiz!

Aytishga oson, demang. @Badiy_kitob 📕 kanaliga eng sifatli audiolarini ham joylab boraman.

1 ta asarni 1-2 soatda eshitib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Muhimi bekor yurmaysiz ko‘chada ham. Kutaman! 😊
Eshakka teskari minib kelayotgan afandidan so‘rashibdi:
– Nega teskari o‘tirib oldingiz?
– Orqadan keladigan xatarni ko‘rish uchun.
– Olddan keladigan xatar-chi?..
– Unga eshak javobgar!
Afandiga o‘xshaydi ayrim odamlar. Eshakka ishongani kamday, hamma javobgarlikni unga yuklab, hayotlarini barbod qilishadi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Savoding gullab ketsa ham oson emas...

Bugun o‘quvchilarim tuman miqyosida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinlarida qatnashib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mas‘ullarning diplomga jamoa nomini to‘g‘ri yozishga ham aql-u zakovati yetmabdi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
Piyolaning hazili

Choynak, do‘stim, ne uchun
Burning doim osmonda?
Ha-a, bilaman, og‘zingga
Quyib turar Qumg‘onlar.

Lekin menga kerilma,
Jilmasdan shu o‘rnimdan,
Ichganingning barini
Tortvolaman burningdan.

©Dilshod Rajab

@Taqdir_bitiklari ☕️
😀😀😀

Bu yilgi tug‘ilgan kunim fayzli kunga to'g'ri kelibdi: Ramazonning 1-kuni...
O‘zi aslida ham juma kuni tug‘ilganman. ))

Ha mayli, bu o‘z yo‘liga. Salom 24! 🥳

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

– Eshmat, sevgan qizing senga xiyonat qilib, boshqasi bilan yuribdi.
– Azizami yo Faridami?
– Aziza.
– Universitetda oʻqiydigan Azizami yo, kollejda oʻqiydiganimi?
– Universitetda oʻqiydigani.
– Koʻzoynak taqib yuradigan Azizami yo, sochini oʻrib yuradigan Azizami?
– Koʻzoynak taqadigani.
– Jin ursin bu bevafo qizlarni!


@Taqdir_bitiklari ☕️
Sanjar Sadullayev
@sherlar_audios
Sanjar Sa‘dullayev — o‘chiring ismimni xotirangizdan, yo‘qman ortiq...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy do‘st

Bir kuni Umar ibn Hattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qildilar...

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Qizim, shu kitobni o‘qib chiqsang, 100 dollar beraman.
— Bo‘ldi, kelishdik.

Ertasiga:
— Oyi, o‘qib bo‘ldim, bering 100 dollar.
— Aldama, o‘qimagansan.
— Nega, qayerdan bildingiz?
— Pul kitobning ichida edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ramazonda vaqtni o‘tkazish qiyin bo‘lmasligi uchun Qur'ondan tashqari, "Yiliga 100 ta badiiy kitob", degan marafoninda ishtirok eting.

📕
@Badiy_kitob kanaliga audio va elektron variantlarini joylab boraman. 1 ta kitobni bemalol 2-3 soatda tugatasiz.

Mashinada, ishda, yo‘lda, ahamiyatsiz... 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Nega uni tanlaysan? Sovchilarimga yo‘q deyapsan har safar. Kam joyim bormi undan?

— Sen chiroylisan, kelishgansan, yaxshisan. Ammo u boshqacha-da...

📹 "Vatan" filmidan parcha

@Taqdir_bitiklari ☕️
#bir_yilda_100_kitob

2022-yil hisobidan o‘qiydigan 12-asarimiz Murat Tosun qalamiga mansub "Olim yetishtirgan onalar" kitobi bo‘ladi.

Ushbu kitobda ilm ahllari va payg‘ambarlarni dunyoga keltirgan onalar qanday bo‘lgani, hamda ular bilan sodir bo‘lgan voqealar xususida so‘z boradi.

Ishontirib aytaman-ki, o‘zingizga olam-olam tushunchalarni olasiz. Kitob unchalik qimmat emas, 25 ming so‘m atrofida tursa kerak.

Ha aytgancha, ona bo‘lish arafasidagi ayollar va umuman barcha qizlarga sovg‘a qilish uchun ajoyib kitob. 😊

Kitobning elektron versiyasi hech qayerda yo‘qligi uchun uni audio variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joyladim. Ushbu fayl "zip" formatida bo‘lib, yuklab olgach, fayl ustiga bosib, ochsangiz ichidan audio ko‘rinishi chiqadi.

Yoqimli mutolaa tilayman! Men boshladim!

@Taqdir_bitiklari ☕️
AFSUS

Kimningdir qo‘lida,
kimningdir oyog‘ida,
kimningdir yo‘lida,
kimningdir ko‘zida,
kimningdir yuragida,
kimningdir so‘zida,
kimningdir cho‘ntagida,
kimningdir taqdirida,
kimningdir umrida,
kimningdir o‘limida –
hech narsa yo‘q.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
Audio
Musibatlarga go‘zal sabr qilish to‘g‘risida ajoyib hikoyat...

"Olim yetishtirgan onalar" kitobidan
Elektron varianti:
@Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Achchiq_haqiqat

Yurtimizda mehnatni qadriga yetmaydigan yaramaslar ko‘payib ketyapti. 😒

Sen itdek qiynalib mashinangni yuvasan. Lattang quriguncha qushlar yana yuvadigan qilib tashlayapti. 🤧

Bormi shunaqa qiynaladiganlar mendan boshqayam?

Eng qizig'i qushlar mashina rangining farqiga borishadi. Oq mashinga qora, qora mashinaga oq bezaklar. 🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Bir_yilda_100_kitob

Marafonimiz davom etadi! 🥳
Bu yil hisobidan biz o‘qiydigan 13-asar sevimli adib O‘tkir Hoshimovning "Xayollarga bo‘laman tutqun" nomli hikoyasi bo‘ladi.

Ortiqcha ta‘rif berib o‘tirmay qo‘ya qolay a? Yaxshisi o‘qing, yoki tinglang. Taassurotlaringizni kommentariyada qoldiring. Yoqimli mutolaa tilayman!

Ha aytgancha, elektron versiyasini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga yukladim.

@Taqdir_bitiklari ☕️
TERSIYAT

Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

©Xayrulla Hamidov


@Taqdir_bitiklari ☕️
– Xiyonat qilgan odamni qanday sevish mumkin?..
Be‘manilik!

@Taqdir_bitiklari ☕️
So‘ragan edingiz

Siz so‘ragan o‘sha go‘zal, qalbga orom beruvchi nashidani quyidagi link orqali tinglashingiz mumkin👇

📹 https://youtu.be/ZCyCN519AZ8