Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Majlis bilan nimagadir erishib bo‘ladimi o‘zi?
Jonga tegdi har kuni majlisbozlik.
Bunga chek qo‘yilmaganmidi?

Har safar bir xil masala. Natija bo‘lmsa nima keragi bor, "quruq qoshiq og‘iz yirtadi-ku!"

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bu gapni aytish ham shart emas balkim,
Lekin hayot o‘zi ta’kidlar shuni.
Otasin gapiga kirmagan har kim —
Onasinikiga kirar bir kuni...

©Bobur Bobomurod

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Namangandagi o‘yinda ugandalik (Afrika davlati) futbolchilarga Chust do‘ppilari kiydirildi.

Biram yarashdi-biram yarashdi!
Bechora futbolchi ham, nima kiyganini bilmadi-yov! 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bugun Chust tumani madaniyat saroyida millatlar aro hamjihatlikni tarannum etuvchi katta festival bo‘lib o‘tdi.

Unda men Qozoq yigiti obrazida namoyon bo‘ldim. 😅
To‘g‘ri, ko‘zlarim Qozoqqa o‘xshamaydi, ammo bir amalladik-da! )

Nima deysiz? 🤪

@Taqdir_bitiklari ☕️
Qo‘yning shikoyati

Echkivoy bilan yashash,
Rosti, tegdi jonimga.
Bigizday shoxlarini
Niqtab turar qornimga.
Yem-xashakning yaxshisin
Tanlab, avval, u yeydi.
Bir gap desam, shoxlarin
O‘qtalib, «jim bo‘l», deydi.
Ne ham derdim, ko‘naman,
Buncha zolim bo‘lmasa?!
Qiyin ekan yashamoq,
Boshda shoxing bo'lmasa!

©Dilshod Rajab

@Taqdir_bitiklari ☕️
Keling, 2022-yilda yuzta kitob o‘qiymiz!

Aytishga oson, demang. @Badiy_kitob 📕 kanaliga eng sifatli audiolarini ham joylab boraman.

1 ta asarni 1-2 soatda eshitib qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Muhimi bekor yurmaysiz ko‘chada ham. Kutaman! 😊
Eshakka teskari minib kelayotgan afandidan so‘rashibdi:
– Nega teskari o‘tirib oldingiz?
– Orqadan keladigan xatarni ko‘rish uchun.
– Olddan keladigan xatar-chi?..
– Unga eshak javobgar!
Afandiga o‘xshaydi ayrim odamlar. Eshakka ishongani kamday, hamma javobgarlikni unga yuklab, hayotlarini barbod qilishadi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Savoding gullab ketsa ham oson emas...

Bugun o‘quvchilarim tuman miqyosida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinlarida qatnashib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mas‘ullarning diplomga jamoa nomini to‘g‘ri yozishga ham aql-u zakovati yetmabdi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
Piyolaning hazili

Choynak, do‘stim, ne uchun
Burning doim osmonda?
Ha-a, bilaman, og‘zingga
Quyib turar Qumg‘onlar.

Lekin menga kerilma,
Jilmasdan shu o‘rnimdan,
Ichganingning barini
Tortvolaman burningdan.

©Dilshod Rajab

@Taqdir_bitiklari ☕️
😀😀😀

Bu yilgi tug‘ilgan kunim fayzli kunga to'g'ri kelibdi: Ramazonning 1-kuni...
O‘zi aslida ham juma kuni tug‘ilganman. ))

Ha mayli, bu o‘z yo‘liga. Salom 24! 🥳

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

– Eshmat, sevgan qizing senga xiyonat qilib, boshqasi bilan yuribdi.
– Azizami yo Faridami?
– Aziza.
– Universitetda oʻqiydigan Azizami yo, kollejda oʻqiydiganimi?
– Universitetda oʻqiydigani.
– Koʻzoynak taqib yuradigan Azizami yo, sochini oʻrib yuradigan Azizami?
– Koʻzoynak taqadigani.
– Jin ursin bu bevafo qizlarni!


@Taqdir_bitiklari ☕️
Sanjar Sadullayev
@sherlar_audios
Sanjar Sa‘dullayev — o‘chiring ismimni xotirangizdan, yo‘qman ortiq...

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy do‘st

Bir kuni Umar ibn Hattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qildilar...

@Taqdir_bitiklari ☕️
#Kayfiyat

— Qizim, shu kitobni o‘qib chiqsang, 100 dollar beraman.
— Bo‘ldi, kelishdik.

Ertasiga:
— Oyi, o‘qib bo‘ldim, bering 100 dollar.
— Aldama, o‘qimagansan.
— Nega, qayerdan bildingiz?
— Pul kitobning ichida edi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
Ramazonda vaqtni o‘tkazish qiyin bo‘lmasligi uchun Qur'ondan tashqari, "Yiliga 100 ta badiiy kitob", degan marafoninda ishtirok eting.

📕
@Badiy_kitob kanaliga audio va elektron variantlarini joylab boraman. 1 ta kitobni bemalol 2-3 soatda tugatasiz.

Mashinada, ishda, yo‘lda, ahamiyatsiz... 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Nega uni tanlaysan? Sovchilarimga yo‘q deyapsan har safar. Kam joyim bormi undan?

— Sen chiroylisan, kelishgansan, yaxshisan. Ammo u boshqacha-da...

📹 "Vatan" filmidan parcha

@Taqdir_bitiklari ☕️