Taqdir bitiklari
2.34K subscribers
1.23K photos
335 videos
5 files
102 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻlgin deding - yerga koʻmding -
Ildiz boʻldim.

Koʻkka otding - yoʻq boʻl deding
Yulduz boʻldim

Tilim kesding - tilim aytdi
Rost kalima...

Qiyin boʻldi senga shoʻrlik
Dushmanim-a?!

Dushmanim-a toshlar otib
Toʻymaydursan.

Tuproq boʻlay, desam, nega
Qoʻymaydursan?..


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
– Xayr, yaxshi qol... – dedi u.
– Xayr, yaxshi bor, – dedi Tulki. – Mana senga aytmoqchi boʻlgan sirli gapim: faqat koʻngil koʻzigina ochiq, eng asosiy narsani koʻz bilan koʻrolmaysan.
– Eng asosiy narsani koʻz bilan koʻrolmaysan, – deb takrorladi Kichkina shahzoda, bu hikmatni eslab qolish uchun.


©Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️
***
Chorraxa.
O‘sha yo‘l,
O‘sha yo‘lakcha.
Hamon o‘sha edi yo‘ldagi chiziq
Men uchun bu yo‘lning fayzi bo‘lakcha,
Sen...
taqdirimdagi eng go‘zal yoziq!
Yoziqlarim ichra manguga borsan,
Sen qolib ketgansan vidolarimda.
Borsanki,
hamisha yoding mujassam,
Va mangu yashaysan duolarimda...


©Barno ODILJON qizi, namanganlik yosh va umidli shoira

@Taqdir_bitiklari ☕️
Shaxmatda bir qoida bor!
Agar piyoda raqib kataklarining birinchi qatoriga yetib borsa, shohdan tashqari xohlagan figurasiga aylanishi mumkin.
Lekin, ot yoki fil bunday bo‘la olmaydi. Shuning uchun piyoda bo‘lib tug‘ilganingizga xafa bo‘lmang. Mehnatingiz bilan marraga yetib boring va istalgan figuraga aylaning. Buning mazasi o‘zgacha bo‘ladi.
Ishoning...


@Taqdir_bitiklari ☕️
Nihoyat, siz kutgan onlar ham yetib keldi! 🚀

📚 Badiiy kitob va matnlarni tez o‘qish endi sizning ham qo‘lingizdan keladi.

Endi, o‘rtacha bir kitobni 3-4 soatga qoldirmay o‘qib tugata olasiz! 😯 Ha, albatta tushungan holatda!
Buning o‘z uslublari bor.

Bu haqida instagram sahifamda videoroliklar orqali tushuntirishni joiz deb bildim.

Faqat, buning uchun siz quyidagi:
havola orqali o‘tib, menga "follow" qilishingiz kerak, hamda oxirgi joylangan postimga layk bosib, kommentariyada 5+ do‘stingizni "otmetka qiling".

Bepul maslahat va darslarda ko‘rishguncha!

@Superxotira 🧠
***
Tun...
Shoirning baxtiday qaro,
Xotiralar mendan oʻch olar.
Jonim zarif gʻussalar aro
Sochlaringdek uzun kechalar.

Tun...
Koʻksimda ulkan alanga,
Choʻgʻlanadi yulduzlar — chaman.
Sezdim: borsa kelmas yaralgan
Sochlaringdek uzun koʻchalar.

Toʻrt tomonim sen — sohibjamol,
Boshim oqqan tomonga yurdim.
Meni tezroq nigohingga ol
Sochlaringdek uzunmas umrim.


©Nurmuhammad AZIZ

@Taqdir_bitiklari ☕️
Bir qoshiq qonimga zormisiz
Xurshid Rasulov
***
Sevaman, ayrilmoq taxlikam,
Qilich qosh, sochlari dormisiz?
Afv eting, telbaman malikam,
Bir qoshiq qonimga zormisiz?



Xurshid Rasulovdek ma‘noli, ham yoqishli qo‘shiq kuylaydiganlar juda kam.
Shuning uchun ham bu insonning san‘atini hurmat qilaman va sevib tinglayman.


🎵 Xurshid Rasulov "Bir qoshiq qonimga zormisiz?"

@Taqdir_bitiklari ☕️
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun men eng sevgan ovoz sohibi, dublyaj qiroli Sanjar Sa‘dullayev 67 yoshida vafot etdi... 😔

Inna lillahi va inna ilahi rojiun...
Oxiratlari obod, joylari Jannat bo‘lsin!

Sanjar Sa‘dullayev shu kungacha ko‘plab filmlar va ko‘rstuvlarda bosh qahramonlarga ovoz bergan, diniy loyihalar hamda kitoblarni ovozlashtirishda ishtirok etgandi.


Siz bu insonni qaysi roli orqali yaxshi tanirdingiz?


@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz sevgan, kadr ortidagi sehrli ovoz sohibi Elbek Mirzohidov (Kungfu panda, Yalqov Sit, Jumong, Mert...) faqatgina sohir ovozli "qirol" emas, unda ajoyib taqlid qobiliyati ham bor.

O‘zingiz qanchalik o‘xshaganiga baho bering.

@Taqdir_bitiklari ☕️
📹 Siz ham yiliga bemalol 100 ta kitob o‘qiy olasiz!

Ishonmaysizmi? 😳
Unda youtubedagi bepul darslarimni kuzatib boring, bunga amin bo‘lasiz!

Quyidagi videoga albatta "👍" layk bosib, kommentariya qoldirishni unutmang, shunda keyingi darslarni ham chiqaraman.

📹 TOMOSHA QILISH: 👇
https://youtu.be/XLJj5Wd7SUM

Kanalga obuna bo‘lishni ham unutmang! 😉
Men seni deb savoblarga urdim bosh,
Men seni deb xatolarga qayrildim.
Men seni deb gunoh qildim bag'ritosh,
Men seni deb bu dunyomdan ayrildim.

"Tangrim" dedim - bir bandacha bo'lmading,
"Tangrim" dedim tubanlarga qayrilding.
Yuz o'girdim - hayolimda so'nmading,
Men seni deb u dunyomdan ayrildim.

Oh, lahzada yo'qlar etding, bor etding.
Borimga ham, yo'g'imga ham sen yorsan.
Meni qanday gunohlarga yor etding,
Ikki dunyom yo'qdir faqat sen borsan.


©Usmon Azim
1966


@Taqdir_bitiklari ☕️
12 yoshli jajji o‘quvchim Zebo endi Muhammad Yusufning "Iqror" she‘rini o‘qibdi. 😊

@Taqdir_bitiklari ☕️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
Shu deyman, Shareit ham yaqin yillarda undan foydalanish uchun qon tahlili, 086 forma, 3×4 rasm, passport nusxasi, mahalladan spravka so‘ramasa bo‘ldi-da! 😀

@Taqdir_bitiklari ☕️
• Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.
• Oʻn barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni oʻzgartirma.
• Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.
• Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.


©Lev Tolstoy

@Taqdir_bitiklari
Assalomu alekum yaxshimisilar!Bu guruh Qodirov Abdurashid akamizga Jigar ko'chirib o'tkazish operatsiya uchun pul kerak. Alloh yo'lida kimni qo'lidan kelganicha yordam qilinglar. Iltmos yordam qilinglar.
Plastik karta:
8600 5729 2906 5212
Abdumutalov Azamat Abdurashid o'g'li nomida plastik

Naqt pul va Ma'lumotlar uchun:+998 94 179 09 59
+998998466021
https://t.me/+L4UkeAmbcVRhM2Ey