Taqdir bitiklari
2.24K subscribers
1.22K photos
335 videos
6 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Kerak payti seni eshitolmasa, yelka tutolmasa, atrofingdagilarning bori nima-yu, yo‘g‘i nima?

O‘ylar | @Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Senlab so‘zlaganni sen ham sizlama,
Ayovsiz yo‘llardan taskin izlama.
Bir chetga surib qo‘y xotiralarni,
Seni unutganni sen ham eslama.


Kimga jo‘natishni bildingiz-a?

She‘r | @Taqdir_bitiklari
Hayitga yetkazganiga shukur!

Bugun naqadar go‘zal kunligini bilasizmi? Bir tomondan ramazon hayiti shukuhi taralib turgan bo‘lsa, boshqa tomondan juma nurlari porlab turibdi.

Har ikki ayyomingiz muborak bo‘lsin azizim!

@Taqdir_bitiklari
Bir narsani hech tushunmayman-da!

Har bayramda allaqaysi kanaldagi tayyor tabrikni lichkaga tashlaydiganlarning miyasida shaxsiy tabrigi yoki fikri bo‘lmaydimi?

Yo yozishga ketadigan vaqtga arzimaydimi anuv jo‘natilayotgan inson?

Xulosa | @Taqdir_bitiklari
Endi bir necha kun ovqat yeb qo‘yishdan qo‘rqib yurishlar bor.

Qorin har kungidan ko‘ra qattiqroq ocha boshlaydi. Soat sayin suv talab qiladi tana.

Ramazondagi Allohning rahmiga qoyil qolish kerak. Alhamdulillah!

Rosti-da | @Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasodiflar yo‘q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida,
Biz anglamas buyuk hikmat bor...

Kimga yuborish sizga havola )

She‘r |
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqayam intervyu bo‘ladimi? 😁

Protokolga nima deb yozishgan ekan-a? Shu meni qiziqtiryapti juda.

Intervyu | @Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Menga qiziq emas, ko’zlaring rangi,
Kim bilan baxtiyor, kimga zorliging.
Muhimi huzurli so’zing jarangi,
Muhimi, dunyoda sening borliging…

She’r
| @Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Ketayotgan bo’lsa, to’sma yo’llarin,
Shunchaki omonlik tilab qo’ygin, bas.
Qo’yib yubordimi, sening qo’llaring?
Unda u shunchaki seniki emas…

She’r |
@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“-cha” qo’shimchasi zo’r-da!

Eng qo’pol so’zlargayam uni qo’shib, egalik qo’shimchasi bilan aytilsa, erkalashdek eshitilaveradi.

Ishonmasangiz, sinab ko’ring. Marhamat )

Rosti gap | @Taqdir_bitiklari
— Sahroda, harqalay, oʻzingni yolgʻiz his qilar ekansan..
— Odamlar orasida ham yolgʻiz his qilaverasan. – dedi ilon...


©A.S.Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"

@Taqdir_bitiklari ☕️ 
Hecham “hayot menga adolatsizlik qilyapti”, deya ko’rma.

Nima ekkan bo’lsang, shuni o’ryapsan.
Baxtiyor bo’lsang, kimnidir ko’nglini ko’targaning uchundir. Xafa qilishayotgan bo’lsa, sening ham ibtidoda shunga monand qilganlaring bordir.

Hayot shunday-ki jo’ra, bermasang ham olavermaysan. Baxtni ham, sitamni ham.

Qars ikki qo’ldan chiqishini hamon inkor etsang, hali xudbinsan, qalb ko’zing ochilmabdi.

@Taqdir_bitiklari
кузу-кузу [muzmo.ru]
[muzmo.ru] Таркан
Turk qo’shiqlari, voh, ayniqsa Tarkan, Yalin qo’shiqlari!..

Playlistimdan ilindim )
Kuningiz xayrli o’tsin.

Qo’shiq | @Taqdir_bitiklari
Taqdir bitiklari
[muzmo.ru] Таркан – кузу-кузу [muzmo.ru]

Vur, vur bu akılsız başlari duvarlara taşlara vur.


“Qo’shiqdan”

Rosa “kimdirbop” ekan. #)

@Taqdir_bitiklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She’rning “qichig’i” )
Eshitib yuzimga tabassum yugurdi. Maza qildim ochig’i.

Ayniqsa anu joyi “laminatsiya qilsam” 😂


* * *
“Xayolim xayolingga integratsiya qilsam…”
— zamonaviy terminlardan tuzilgan adabiy she’r namunasi.

©Rustam Mirvohid

She’r | @Taqdir_bitiklari
Inson bir gugurt cho’piga o’xshaydi.

Kimningdir hayotini yoritish uchun yonasan, ammo oxirida qo’llari kuymasligi uchun tashlab yuborishadi.

Ana shunday qismatga duchor bo’lmaslik uchun, hech kimga borini bermaslik kerakligini anglashimga uzoq yillar ketdi. Lekin muhimi – anglaganim.

Endi hammasini imkon qadar o’ziga qo’yib berishni o’rgandim. Zotan, qancha tirishganing bilan, izni senda bo’lmasa – benaf.

Hayot kundan-kun yangi narsalar o’rgataveradi. Goho psixolog yordamiga muhtoj bo’ladi kishi. (Bu ruhiy kasallik belgisi emas, shunchaki teranroq ruhiyatni anglash uchun). Aytgancha, iltimos shu yerdayam qilayotgan ibodatlaringizni ko’z-ko’z qilib, dinni aralashtirib izoh yozmang. Qilaman ularniyam, faqat aytishim shartmas. Men hozir dunyoviy tomoniga izoh beryapman.

Xullas, psixolog ham qiynayotgan savollarimga yechim ko’rsatdi. Barchasi to’g’ri. Men o’zimni sevmay qo’yibman, hurmat qilmay qo’yibman. Meni kechir, men!

Olovimizni istamasalar, bizni yoqmasinlar.

Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
Isbotlashga urinish – yuksak xatolardan bittasi.

Men buni kech anglagan bo’lsam-da, aytaman. Kimgadir oqning “oqligini” isbotlashga jon jahdi bilan urinish nodonlikdir. U “qora” ko’rayotgan bo’sa nima bo’pti? Balki, ko’zlarida nuqsoni bordir? Yoki, oqni u boshqa nom bilan atar? Nima bo’lganda ham, uning fikri o’zgarishi uchun o’zingizni gugurt donasidek yoqib, kul qilmang.

Haqiqat siz qurbon bo’lsangiz ham, nomini har turli shakllarga almashtirsangiz ham o’zgarmaydi, haqiqat bo’lib qolaveradi.

Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari